Reja: Restoran biznesi haqida umumiy tushuncha. Restoranda xizmat ko‘rsatish madaniyati


Download 153 Kb.
bet4/4
Sana08.03.2023
Hajmi153 Kb.
#1251632
1   2   3   4
Bog'liq
3-mavzu

Bosh ofitsiant – ofitsiantlarning hamma ishlariga rahbarlik qiladi. Shuningdek, shveysar, kiyim iluvchi, zal, tualet farroshlari, bufet xodimlari ishlari ham uning nazoratida bo‘ladi.
  • Ofitsiantlar, kiyim iluvchilar, shveysarlar mijozlar esdan chiqarib qoldirib ketgan buyumlarini bosh ofitsiantga topshirishadi, bosh ofitsiant bu haqsa jurnalga yozadi va restoran direktoriga ma’lum qiladi. Bosh ofitsiant ofitsiantlar brigadirlariga rahbarlik qiladi, ofitsiant va boshqa xodimlarning ishga chiqish grafigini tuzadi, uning bajarilishini nazorat qiladi. Zalning tegishli qismlarini ofitsiant brigadalari, zvenolariga, ma’lum miqdordagi stollarni esa xizmat qilish uchun ofitsiantlarga bo‘lib beradi. Bundan tashqari oshxona bilan zal o‘rtasida izchil aloqa bo‘lishini, ovqatlarni ko‘ngildagidek rasmiylashtirib, dasturxonlarga tortilishini nazorat qiladi. Ofitsiantlarga hisob-kitob blankalarini beradi, kassaga topshiriladigan reestrga imzo qo‘yadi.
  • Restoranlar tizimiga kompyuter texnologiyasini kiritgan rahbarlar boshqarishning yuqori darajalariga erishmoqda. Bu usul mijozlar uchun ayniqsa katta qulaylik tug‘diradi. Quyidagi ishlarni bajarish avtomatik tarzda amalga oshirilishi mo‘ljallanadi:
  • dam olayotgan turistlarning ovqatlantirish grafigini ishlab chiqish;
  • buyurtmalar va ularning bajarilishini hisobga olib taomnoma tuzish;
  • ishlab chiqarishni boshqarish;
  • xizmatni boshqarish;
  • yakka buyurtmalarni hisobga olish;
  • hisob-kitob ishlarini olib borish.

Download 153 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling