Reja: Salb yurishlarining boshlanishi sabablari Salb yurishlarining Rim papaligi tomonidan uyushtirilishi


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/37
Sana02.04.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1320132
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   37
Bog'liq
Jahon tarixi 2 majmua.

Mavzu : XI-XV asrlarda Eron Reja:  
1.Buvayhiylar sulolasi davrida Eron.2.Eron Saljuqiylar davlati tarkibida.3.Eronda ismoiliylar 
davlatining tashkil topishi.4. Mо‘g‘ullar tomonidan Eronni istilo qilinishi va Xulakuiylar 
(Elxoniylar) sulolasi hukmronligining о‘rnatilishi.5. Muzaffariylar sulolasi davrida Eron.6.XIV 
asrda Erondagi xalq harakatlar. 
Buvayhiylar sulolasi davrida Eron. Oxirgi Sosoniy Yazdigard III 651 yilda vafot etgandan sо‘ng, 
Sosoniylar davlati faoliyatini tugatdi. Bu vaqtda kuchli harbiy davlat bо‘lib birlashib olgan 
arablar Fors davlati yerlariga hujum boshladi va forslarning hech qanday jiddiy qarshiligiga 
uchramay, tez orada g‘alaba qozonishdi. VII asrning о‘rtalarida sosoniylar imperiyasi о‘zaro 
ichki kurashlar, tobe xalqlarning mustaqillik uchun olib borgan kurashlari hamda jabr-
zulmdan qiynalgan dehqonlar va hunarmandlarning g‘alayonlari natijasida zaiflashib qoladi. 
Bu hol arab istilochilari uchun qulay sharoit tug’dirgan edi. Natijada VII asrda sosoniylar 
imperiyasi arablarning zarbasiga bardosh qila olmasdan qulaydi. 
Arablar Eronni bosib olgach, ular Erondagi soliq tizimini saqlab qolishdi. VI asrda Iroq 
sosoniylarga 214 mln dirham (VI asrdan XIV asrgacha Osiyoning musulmon mamlakatlarida 
muomalada bо‘lgan kumush tanga) soliq topshirgandi. Arablar quyidagicha soliq miqdorini 
joriy etishdi: 1 jarib (arab.yuza,hajm va og‘irlik о‘lchov birligi bо‘lib, bir gektarga teng bо‘lgan) 
yerga ekilgan bug‘doy uchun 4 dirham, 1 jarib arpa uchun 2 dirham, 1 jarib xurmozor uchun 
8 dirham, 1 jarib uzumzor uchun 6 dirham. Iroqdan keladigan soliq xalifa Ali davrida 120 mln 
dirham bо‘lsa, Muoviya davrida 100 mln dirhamga tushdi. Ummaviylar noibi Hajjoj paytida 
tushum vaqtinchalik 135 mln dirhamga yetdi. Eronda islomni qabul qilmaganlardan jizya 
undirilgan. Yangi dinni qabul qilganlar jizya tо‘lamagan. Dehqonchilik yerlaridan 
musulmonlar ushr (dehqonchilik mahsulotlaridan olinadigan zakot, daromadning о‘ndan biri 
hisobida olinadigan soliq turi) tо‘lagan bо‘lsa, aynan о‘sha yerda dehqonchilik qilayotgan 
g‘ayridinlar xiroj (hosilning 4/1 hajmida undirilgan soliq turi) tо‘lagan. Eronda yerlarning 
katta ulushi 3 qismga bо‘lingandi. Butun-butun qishloqlari boshqaradigan dehqonlarga 
qarashli yerlar, davlatga qarashli yerlar, kohinlarga qarashli yerlar. Arablar yerlarning 
barchasini musodara qilib, Arab davlatining yerlari deb e’lon qilishdi. 701 yilda Hajjojdan 
sо‘ng hokimiyatga kelgan voliy (voliy.arab.hokim, noib-о‘rta asrlarda Sharq mamlakatlarida 
viloyat hokimi) Abdurahmon ibn al-Ash’as ummaviylarga qarshi isyon kо‘tardi. Unga arablar 
va forslar qо‘shildi. Isyonchilar ummaviylar qо‘shinini mag‘lub etib, Basra va Kufani 
egallashdi. 702 yili isyon bostirildi. Muoviya davrida 671 yilda Nishopur, Marv, Balx, 
Tohariston va Xuroson shaharlariga 50 ming arab oilasi kо‘chirildi. Abbosiylar hukmronligi 
davrida 755 yili Nishopur va Ray shaharlarida Sunbod boshchiligida isyon kо‘tarildi. 
Qо‘zg‘olonga Abu Muslimning о‘ldirilishi sabab bо‘lgan. Isyonda mazdakiylar va shialar ham 
qatnashdi. Isyonchilar Nishopur, Kumis, Ray shaharlari va ularning atroflarini egallashdi. Abu 
Ja’far isyonni bostirish uchun 10 ming kishilik qо‘shin jо‘natdi. Ray va Hamadon oralig‘idagi 
hududda yuz bergan isyonchilar halokatga uchradi, ularning qolgan-qutgani qochib qutildi. 
Sunbod tutib olinib о‘ldirildi. Eronda arablar zulmiga qarshi 767 yili Ustod Sisa boshchiligida, 


778-779 yillarda Jurjonda surxi alam qо‘zg‘oloni, 816-837 yillarda Ozarbayjon va G‘arbiy 
Eronda Bobak boshchiligida qо‘zg‘olon, 839 yilda Tabariston (Mozandaron) da madyor 
boshchiligida qо‘zg‘olonlar bо‘lib о‘tgan va bular arablar tomonidan bostirilgan. Eronni 864-
928 yillarda Alaviylar sulolasi boshqargan, ular о‘zlarini Hasan ibn Alining avlodlari deb da’vo 
qilishgan. 928 yili Alaviylar somoniylardan mag‘lubiyatna uchradi, shundan sо‘ng 
hukmronliklari tugadi. Alaviylar davlati amirlari: Hasan ibn Zayd (864-883), Muhammad ibn 
Zayd (883-900), 900 yili somoniylar Tabaristonni egaladi, alaviylar G‘ilonga qochishdi va (900-
913 yillarda boshqarishdi), Hasan ibn Ali (913-916), Hasson ibn Qosim (916-928) lar 
boshqarganlar.  Buvayhiylar 932-1062 yillarda G‘arbiy Eronni boshqargan sulola bо‘lib, 

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling