Reja: Salb yurishlarining boshlanishi sabablari Salb yurishlarining Rim papaligi tomonidan uyushtirilishi


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/37
Sana02.04.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1320132
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   37
Bog'liq
Jahon tarixi 2 majmua.

vira (xun haqi, tovon) va sotishni kо‘zda tutuvchi normalar kо‘p bо‘lgan bо‘lsa, endi birinchi 
о‘ringa boshqa manfaatlar chiqdi. Hukmron sinf ekspluatatsiya qilinuvchi ommaning 
qarshiligini bostirish uchun terroristik usullar qо‘llay boshladi. Jazoning maqsadi sifatida 
qо‘rqitish birinchi о‘ringa chiqarildi. Agar ilgari mulkiy jazolar asosiy hisoblangan bо‘lsa, endi 
u keyinga surib qо‘yildi. Qonunnoma о‘limga mahkum etish va savdo qatli deb atalgan yangi 
jazolarni joriy qildi va bular kо‘p jinoyatlar uchun qо‘llanildi. XVI asrda prikaz (mahkama) lar 
soni 10 taga yetdi. 1535 yilda Rusda yagona pul joriy qilindi. XVI asrning о‘rtalarida feodal 
yer egaligi ancha mustahkamlandi. Rus yerlarining 3/1 qismi monastir va cherkovlarga 
qarardi. О‘zlashtirilayotgan yerlarda esa yangi pomeshchik xо‘jaliklari paydo bо‘ldi. Eski 
turdagi yirik boyarlar xо‘jaligi esa yildan-yilga kambag‘allashib о‘z mavqeini yо‘qotdi.1549 yil 
fevralda Ivan IV feodallarning turli qatlamlari vakillarini yig‘di- bu birinchi Zemstvo sobori edi. 
Zemstvo soborlarida dvoryanlar hal qiluvchi ovozga ega edi. Keyinchalik Zemstvo soborlariga 
savdogarlar, hunarmandlar va dehqonlardan ham vakillar qatnashadigan bо‘ldi. 1550 yilda 
yangi “Sudebnik” qabul qilinib, bu sudebnik Yurev kunida dehqonlarning ozodlikka chiqish 
imkoniyatlarini cheklab qо‘ydi. Shu davrdan boshlab Rusda ham hunarmandchilikning 
qishloq xо‘jaligidan ajralib, alohida sohaga aylanishi boshlandi. Tez orada 200 ta 
hunarmandchilik sexlari shakllandi. Bu sudebnikka asosan boyarlarni qilgan ayblari uchun 
endi ularni noiblar sudi emas, balki podshoning о‘zi yoki sudyalari sud qiladigan bо‘ldi. 
Cherkov yerlariga soliq solishdagi bir qator imtiyozlar bekor qilindi. Prikazlar (mahkama) 
tizimi rivojlandi. Mamlakatda ichki va tashqi savdo rivojlana boshladi. Rusda XVI asrning 
boshlarida -1503 yili Seversk yerlari: Chernigov, Starodub, Rilsk, Putivl, Gomel, Novgorod 
Severskiy va boshqa shaharlar, hammasi bо‘lib 25 ta shahar va 70 ta volost, 1514 yili 
Smolensk yerlari birlashtirildi. XVI asrning ikkinchi yarmida shaharlar soni о‘sdi. Yangi 50 ta 
shahar, shu jumladan, Arxangelsk, Oryol, Voronej, Belgorod, Samara, Saratov, Tyumen kabi 
shaharlar tashkil topdi. Markazlashgan davlat tashkil topishi jarayonida Rossiyada 
samoderjaviye boshqaruv uslubi shakllandi. XV asr oxiridagi hujjatlarda birinchi marta 
mamlakat “Rossiya” deb atala boshlandi. Rossiya davlatining tashkil topishi XVI asrning 
о‘rtalarigacha davom etgan jarayon bо‘lib, XVI asrning о‘rtalariga kelib Rossiya 
markazlashgan davlatga aylandi. Ivan IV 1547-1553 yillarda о‘z hukumatidagi boyarlarni 
dvoryan vakillari bilan almashtirdi. Ayni vaqtda Moskva uezd ida “saylangan ming” qoidasiga 
amal qilinib, 1070 kishi dvoryanga yer berishga qaror qilindi, chunki ular podsho 
hokimiyatining tayanchi edi. Yangi soliqlar joriy qilindi, buning uchun esa yerlar, xо‘jaliklar 
qaytadan rо‘yxatga olindi.Ivan IV ning harbiy sohadagi islohotlaridan biri 1550 yili 3 ming 


kishidan iborat streletslar qо‘shinini tuzish bilan boshlandi. Streletslar podshoning shaxsiy 
qо‘riqchilariga aylandi. XVI asr oxirida Rossiya qо‘shini soni 100 ming kishiga yetdi. 
Dvoryanlar uchun 15 yoshidan umrining oxirigacha harbiy xizmat joriy qilindi. Podshoning 
harbiy islohotlari mamlakat harbiy qudratini oshirdi. 1564 yilda Ivan IV (Grozniy) tomonidan 
muhim siyosiy tadbir о‘tkazilib, bu tadbir tarixda oprichnina nomini oldi. Ivan IV 
markazlashgan davlat tizimida umumiy yerlardan katta qismini ajratib oldi. Bu yerlar podsho 
yerlari yoki oprichnina deb ataldi. Oprichninaga muhim savdo yо‘llari, strategik jihatdan 
ahamiyatli bо‘lgan chegara hududlari kiritildi. Barcha shahar va uezdlardan oprichninaga 
kо‘ngilli bо‘lib yozilmagan knyazlar, boyarlar, dvoryanlar va hukumat odamlari zо‘rlik bilan 
kо‘chirildi. Oprichnina knyaz va boyarlarning hukmronligiga qarshi qaratilgan, ularni 
bо‘ysundirishga yо‘naltirilgan siyosat bо‘lib, u о‘ta shafqatsizlik bilan olib borildi. О‘n minglab 
oddiy odamlar ham qurbon bо‘ldi. Oprichnina podsho qо‘lidagi kuchli harbiy jazo tashkilotiga 
aylandi. Ivan IV olib borgan oprichnina siyosati natijasida feodal yer egalarining ijtimoiy 
tarkibi о‘zgardi. Yerlarning dvoryanlar foydasiga qayta taqsimlanishi yuz berdi.1572 yil kuzida 
oprichnina bekor qilindi.1584 yili podsho Ivan IV Grozniy vafot etgach taxtga uning о‘g‘illari 
Fyodor va Dmitriylar keldi. Fyodor 1584-1598 yillarda boshqaradi, uning aqliy layoqatsizligi 
tufayli boyarlarning ta’siri kuchaydi. 1591 yilda Dmitriy vafot etadi. 1598 yilda Fyodorning 
vafot etishi bilan Rossiyada 700 yil hukmronlik qilgan Ryurikovlar sulolasi tugaydi. 

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling