ataldi va 1368-1644 yillarda Xitoyni boshqardi.
Min sulolasining hukmdorlari; Chju Yuan Chjan (1368-1398); Chju Yuan Ven (1398-
1402); Chju Di (1402-1424); Chju Gaochi (1424-1425); Chju Chjan Szi (1424-1435); Chju Sich
Jen (1435-1449); Chju Siyuy (1449-1457); Chju Sich Chjen (1457-1464); Chju Szyan Shen
(1464-1487); Chju Yutan (1487-1505); Chju Xouchjao (1505-1521); Chju Xousun (1521-1567);
Chju Szayxou (1567-1572); Chju Itszyun (1572-1620); Chju Chanlo (1620); Chju Yuszyao
(1620-1627); Chju Yuszyan (1627-1644) lar boshqarishgan.
Bu dinastiya dastlab Nankin shahrini poytaxt etib tanladi, lekin kо‘p о‘tmay yana
poytaxt Yanszin shahriga kо‘chib, bu shahar endi Pekin degan yangi rasmiy nom oldi. Minlar
sulolasi davlatga imperator boshchilik qilardi. Davlatda butun oliy qonun chiqarish va sud
hokimiyati imperator qо‘lida tо‘plangan edi. Taxt imperatorning katta о‘g‘liga meros bо‘lib
о‘tardi. Imperatorning boshqa о‘g‘illariga knyazliklar - udellar berilgan. Udellar ularning
xususiy yer egaliklari bо‘lib qoladi. Imperator saroyi kо‘p sonli xizmatchilar, imperatorning
xotinlari, qullardan iborat bо‘lib, davlat boshqaruvida muhim rol о‘ynaydi. Ayni paytda
pastdan yuqoriga bо‘ysunish (ierarxiya) asosida tashkil etilgan maxsus chinovniklar apparati
rivojlanadi va takomillashadi. Bu apparatning tepasida, xuddi Tan sulolasi davridagidek, oltita
mahkama (ministrlik) ning boshliqlari, shuningdek, senzorat (oliy nazorat-tekshiruv organi),
beshta komissarlar hamda oliy harbiy-qо‘mondonlik organlari turardi.XV asrdan e’tiboran
haram xodimlarining siyosiy tasiri kuchaya boshlagan. Hukmdorlar ularni davlat
mansablariga jalb qilganlar. Haram xodimlaridan iborat amaldorlarga imperatorlar juda katta
vakolatlar berardilar. Bazan ularning vakolatlari, hatto, saroy ishlari doirasidan ham chetga
chiqar edi. Bu vaqt о‘tishi bilan hokimiyatning ikkita markazi - saroy («ichki») va mahkama
(«tashqi») hokimiyatining tashkil topishiga sabab bо‘ldi.Minlar sulolasi davrida oltita
markaziy mahkamalarning faoliyati dastlab ikkita maslahatchi va birinchi darajali
Do'stlaringiz bilan baham: |