Reja: Salb yurishlarining boshlanishi sabablari Salb yurishlarining Rim papaligi tomonidan uyushtirilishi


Sharqiy Yevropada tashkil topgan va chingiziylar tomonidan boshqarilgan Mо‘g‘ullar


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/37
Sana02.04.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1320132
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   37
Bog'liq
Jahon tarixi 2 majmua.

Sharqiy Yevropada tashkil topgan va chingiziylar tomonidan boshqarilgan Mо‘g‘ullar 
davlati hukmronlik qilgan davr).Chingizxoning vorisi etib tayinlangan О‘qtoy 1230-yilning 
avgustida Xitoyga yurish boshladi. Mо‘g‘ullar Nin Sya shahri yonida g‘alaba qozonib, sо‘ng 60 
ga yaqin qal’ani vayron qildilar, Fin Syan qal’asini qamal qildilar. 1231-yilning may oyida 
oziq-ovqat yetishmasligi sababli bu qal’a taslim bо‘ldi. Bu paytda mо‘g‘ullar xizmatiga о‘tgan 
ofitserlardan biri О‘qtoy yoniga kelib poytaxt Xenanga borish yо‘lini aytadi. Xunn 
imperatorining buyrug‘iga kо‘ra О‘qtoyga qarshi 1232-yil yanvarida 110 ming jangchidan 
iborat piyoda va 5 ming otliq askar mо‘g‘ullarning shimoliy qо‘shinlariga qarshi Txun Guan 
shahri atroflariga qо‘yildi, 30 ming otliqlardan iborat va 150 ming jangchi Din Chjeu yonida 
О‘qtoyga qarshi tо‘plangan edi. О‘qtoy 1232-yilning yanvarida qarshilik kо‘rsatgan Pxu Chjeu 
qal’asini qо‘lga kiritadi, sо‘ng Tulu qо‘shinlari bilan birlashadi va poytaxtni qamal qildi. 
Tarixchilarining yozishicha, shaharda yuqumli kasallik tarqaladi, va shahar ichkarisidan 900 
mingga yaqin tobut olib chiqilgan. 1215-yil Pekin shahri egallangan. 1233-yil poytaxt 
mо‘g‘ullar qо‘liga о‘tadi va 1234 yilda Shimoliy Xitoy tо‘la bosib olindi va mо‘g‘ulllar Xitoyni 
bosib olish uchun 70 yil vaqt sarflaganlar. Janubiy Xitoyda qisqarib qolgan Sun imperiyasi 
1279-yilgacha, ya’ni Chingizxonning nevarasi Xubilay (Tuluning о‘g‘li) bosib olgunga qadar 
yashab keldi. Xubilay yangi mо‘g‘ul dinastiyasiga asos soldi, bu dinastiya xitoycha Yuan deb 
ataldi va (1279-1368 yillarda Xitoyni boshqardi). Yuan sulolasi hukmdorlari: Xubilay (1271-
1294); Temur (1294-1307); Xaysan (1307-1311); Ayurbarida (1311-1320); Shidebala (1320-
1323); Yesun Temur (1323-1328); Rajapika (1328); Tug‘ Temur (1328-1329); Xoshila (1329); 
Tug‘ Temur (1329-1332); Irinjinbal (1332); Tо‘g‘on Temur (1333-1368) lar boshqarishgan. 
Tuluning о‘g‘li Xubilay (1259-1294) zamonida Xitoyning shimolida tashkil topgan mо‘g‘ullar 
monarxiyasi Markaziy Xitoyga, sо‘ngra esa Janubiy Xitoyga ham yoyildi. 1278-yilda ilgarigi 
Sun dinastiyasining poytaxti Xanchjou shahri olindi. 1279 yilda Janubiy Xitoy tamomila istilo 
qilindi. Yangi dinastiya 1264 yilda Yuan dinastiyasi degan nom oldi.1294-yilda Xubilay 
vafotidan keyin uning nabirasi Temur Chengzung nomi bilan taxtga о‘tirib (1294-1307) yillar 
boshqarib, bobosining siyosatini olib bordi. Mо‘g‘ullar istilosi Osiyo va Yevropaning boshqa 
mamlakatlari uchun qanday dahshatli bо‘lsa, Xitoy uchun ham shunday bо‘ldi. Mо‘g‘ullar 
istilosi vaqtida Xitoy behisob qurbonlar berdi, mol-mulkidan ajraldi. Mо‘g‘ullar Xitoy yerlarini 
taqir chо‘lga va о‘z podalarini boqish uchun yaylovga aylantirdilar. Xitoy xalqiga og‘ir soliqlar 


solindi. Yuan dinastiyasi davrida asosiy harbiy kuch mо‘g‘ullardan iborat bо‘lgan bо‘lsa, yuk 
tashuvchi, yer qazuvchi ishchilarga mahalliy aholi jalb qilinardi. Mо‘g‘ullar Xitoydagi yerlarni 
unda yashaydigan dehqonlari bilan birga bо‘lib olishadi.Mо‘g‘ullar davrida tо‘lovlarning 
oshib borishi faqat dehqonlar va hunarmandlarni emas, hatto savdogarlarni ham xonavayron 
qiladi. Hukumat tо‘xtovsiz о‘sib borayotgan xarajatlarni qoplash uchun qо‘shimcha qog‘oz 
pul chiqara boshlaydi. Bu esa pulning qadrsizlanishiga, mahsulot va hunarmandchilik 
buyumlarining qimmatlashishiga sabab bо‘lgan. Qо‘li gul hunarmandlar qulga yoki yollanma 
askarga aylantirilgan.Xubilay mamlakatni boshqarishni xitoycha usulini qо‘llasa-da, mahalliy 
amaldorlar xizmatidan voz kechadi. Natijada davlat moliyasi о‘zbek Ahmadga topshirilsa, 
Nasriddin va Masariylar lashkarboshilikka tayinlangan. Davlat amaldorlari orasida turli xalq 
vakillarini uchratish mumkin edi. Mо‘g‘ullar istilosi natijasida shaharlardagi kо‘plab 
hunarmandlar qulga aylantirildi va ularning kо‘pchiligi mо‘g‘ullar qо‘shinlariga xizmat qilish 
uchun Xitoydan olib ketildi. Mо‘g‘ul zodagonlari kо‘pgina yerlarni о‘z qо‘llariga olishlari 
natijasida xususiy mulklar soni kо‘paydi. Mulklardagi dehqonlarning ahvoli og‘irlashdi; ular 
tamomila krepostnoyga aylandi. Dehqonlar sotilar va sotib olinardi, qaram dehqonlarning 
majburiyatlari, renta va boshqa soliqlar oshib bordi. XIII asr oxiri-XIV asr boshiga kelib, 
mо‘g‘ullar xitoylarning ta’siri ostiga tushib qoldilar. Ular xitoy tilida gapiradigan bо‘ldilar, 
xitoy yozuvini о‘zlashtirdilar, xitoylarning ilgarigi idora uslubini qabul qildilar. Xitoyda Eron, 
arab, О‘rta Osiyo va hind savdogarlari paydo bо‘ldi. Venetsiyalik sayyoh va savdogar Marko 
Polo (1254-1324 yillarda yashagan) 1275 yilda Pekinga keladi va о‘zini Xubilayxonga 
tanishtirgan va xayrixohligini sezgach, unga о‘z xizmatini taklif etgan. Xubilayxon Yevropa 
bilan aloqalarini rivojlantirish lozimligini inobatga olib, Marko Poloning taklifini qabul qildi va 
shu yо‘sinda venetsiyalik yosh sayyoh Xubilayxonning maslahatchisiga aylanib saroyda 
yuksak lavozimni egallagan.Marko Poloning yozishicha, xon unga turli topshiriqlarni berar, 
yalinishlariga qaramasdan Venetsiyaga qaytishga ruxsat bermas va hatto uch yil davomida 
Yanchjou shahrining hokimi etib tayinlagan edi. Shunday qilib, Marko Polo 1275 yildan 1291 
yilgacha, jami 16 yildan ortiq vaqt qolib ketgan. Va nihoyat 1291 yilda Venetsiyaga qaytishga 
ruxsat olgan. Marko Poloning yozishicha, Xitoy ipagi, chinnisi, temiri va misi dunyoning 
hamma burchagiga chiqarilgan. Biroq bu savdodan tushgan daromad xitoylarni emas, asosan 
mо‘g‘ul zodagonlari hamda chet eldan jalb qilingan savdogarlarni boyitgan.Xitoy shaharlari 
Kayfin, Chendi, Uchan shaharlari Xitoyning yirik savdo va hunarmandchilik markazlari edi. 
Shaharlarning о‘sishi hunarmandchilikni jadal rivojlanishini ta’minladi. Hunarmandchilikning 
an’anaviy turlari kulolchilik, chinni buyumlar ishlab chiqarish taraqqiy qildi. Yangi bо‘yoqlar 
ixtiro qilindi. Natijada chinnining nim yashil, nim kulrang va nim havorang kabi nafis ranglari 
tayyorlana boshlandi. Xitoy shaharlarida kiyim tikish,poyafzal,rо‘zg‘or buyumlari, 
yelpig‘ichlar,soyabonlar,zeb-ziynat buyumlari ishlab chiqaradigan ustaxonalar joylashgan edi. 
Marko Poloning yozishicha, ustaxonada 10 tadan 40 tagacha kishi ishlagan. Sex a’zosi bо‘lish 
Xitoy hunarmandlari uchun majburiy edi. Ninbo, Xanchjou, Guanchjou shaharlari rivojlangan 
shaharlar edi. Bu davrda Xitoyda mehnatkash xalq ommasining ahvoli yomonlashdi. XIV 
asrda mо‘g‘ul imperatoriga qarshi saroyda bir necha marta fitna uyushtirildi. Aholining keng 
doiralari о‘rtasida о‘z oldiga chet eldan kelgan hukmronlardan ozod qilishni maqsad qilib 
qо‘ygan milliy-inqilobiy tashkilotlar tuzildi. 1351-yilda Xenan va Shandun viloyatlarida “oq 
nilufar” degan tashkilot tomonidan tayyorlangan “qizil peshanabog‘lilar” qо‘zg‘oloni bо‘lib 
о‘tadi. 1356-yilda “qizil peshanabog‘lilar” mо‘g‘ul dinastiyasining poytaxti bо‘lgan Yanszin 
(Pekin) shahriga tahdid qildilar. XIV asrning 60 yillarida kо‘pgina Xitoy viloyatlarida 


mо‘g‘ullarga qarshi qо‘zg‘olonlar bо‘ldi. Bu qо‘zg‘olonlarning harakatlantiruvchi kuchlari 
dehqonlar edi. Qо‘zg‘olonchi dehqon armiyasining rahbarlaridan Chju Yuan Chjan (1369-
1398yillarda yashagan) 1369-yilda imperator deb e’lon qilindi.U mо‘g‘ullar hukmronligini 
ag‘darib, Tayszi nomi bilan taxtga о‘tirdi. U ta’sis etgan yangi dinastiya Min dinastiyasi deb 

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling