Reja: Salb yurishlarining boshlanishi sabablari Salb yurishlarining Rim papaligi tomonidan uyushtirilishi


XVI asrning boshlariga kelib Eronda Safaviylar davlati


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/37
Sana02.04.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1320132
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   37
Bog'liq
Jahon tarixi 2 majmua.

XVI asrning boshlariga kelib Eronda Safaviylar davlati tashkil topadi, bu davlatga shoh 
Ismoil asos solib, bu davlat (1502-1736 yillarda ) yashagan. Safaviylar turkiy tilda 
gaplashganlar, ular etnik jihatdan turkiylar (ozarbayjonlar) bо‘lishgan. Islomning shia 
mazhabiga e’tiqod qilishgan. Yangi dinastiya о‘z nomini shayx Sayfiddin Isxoq nomidan
olgan bu shayx (1253-1334 yillarda yashagan). 
Mavzu : XI-XV asrlarda Xitoy Reja:  
Xitoy mо‘g‘ullar sulolasi hukmronligi ostida. Min sulolasining idora qilishi. Xitoy 
shaharlarining taraqqiyoti. Min sulolasining ichki va tashqi siyosati.Xitoyga Yevropaliklarning 
kirib kelishi.
XII asr oxirida Xitoy 3 qismga bо‘lingan edi:
1) Shimoliy Xitoyni egallagan Nyuchji imperiyasi.
2) Janubiy Xitoyni egallagan Sun imperiyasi.(960-1279)
3) Tongg‘ut podsholigi-bu podshohlik (987-1227 yillarda boshqargan) bо‘lib, shimoli-
sharqiy Xitoyni egallagan edi, bu podshohlikka X asr oxirida kо‘chmanchi tongg‘ut 
qabilasining boshlig‘i Likitzin asos solgan edi.
(Tongg‘utlar-X asrning oxirida Xitoydagi hozirgi Gan’su viloyati va Shan’shi 
viloyatining g‘arbiy qismida Si-Sya davlatini tuzgan tubet-birma guruhiga mansub 
xalqdir.1127-yilda tongg‘utlar davlatini mо‘g‘ul bosqinchilari tor-mor qilishgan. Keyin 
ularning bir qismi Sinxaydagi tibetlar tarkibiga kirib ketgan qismi mо‘g‘ul va xitoyliklarga 
aralashib ketgan. 1930-yillargacha rus adabiyotlarida tongg‘utlar Sinxay viloyatidagi 
chorvador tibetlarga nisbatan ishlatilgan). Temuchin Taychiutlar qabilasidan chiqqan 
Bordjigin avlodining boshlig‘i bо‘lgan Yesugey-baturning о‘g‘li edi. Taychiutlar (taychiut 
qabilalari- Onon va Selenga daryolari etaklarida yashaganlar). 1206 yilda Onon daryosi 
bо‘yida bо‘lgan qurultoyda mо‘g‘ul zodagonlari Temuchinni Chingizxon ya’ni “ulug‘ xon” deb 
e’lon qiladilar. Chingizxon 1155-1227 yillarda yashagan. Chingizxon Nyuchji imperiyasi 
hududiga 3 marta 1206, 1207 va 1209 yillarda yurish qilgan edi. Temuchin о‘zining 
ittifoqchisi bо‘lgan Jamuxani 1204-yilda mag‘lubiyatga uchratib qatl ettiradi va hokimiyatni 
egallaydi. X asrda shimoliy Xitoyda yashovchi kidan qabilalari Tong sulolasidan ajratib 
qо‘yilgan edi. Ammo, XII asrning boshida nyuchjilar deb ataluvchi hamda Amur daryosi 
bо‘ylarida yashovchi Tungus qabilasining boshlig‘i Aguda kidanlarni tor-mor qilib, shimoliy 
Xitoyni bosib olib о‘z podshohligini Oltin, ya’ni xitoychasiga xunn deb ataydilar. Chingizxon 
1206 yildan boshlab xunnlar bilan urush qilish rejalarini tuza boshlaydi. 1210-yilda nyuchjilar 
imperatori Madaki vafot etgandan sо‘ng, uning vorisi Yun Szi Xey Chingizxondan о‘lpon olish 
uchun vakil yuboradi. Vakil Chingizxonga imperatorning buyrug‘ini tiz chо‘kib qabul qilishini 
talab qiladi. Chingizxon vakilni qaytarib yuborib, urushga tayyorgarlik kо‘ra boshlaydi, chunki, 
xunn imperatori Chingizxonnning amakilari Barqon va Xamiqoyni yovuzlarcha о‘ldirgan edi. 


Chingizxon 1211-yil mart oyida Kerulen daryosi bо‘ylaridan faqat otliqlardan iborat qо‘shin 
bilan Xitoy tomon yо‘l oladi. Yurishga uning 4 о‘g‘li-Jо‘ji, Chig‘atoy, О‘qtoy va Tulular ham 
borishgan. Kerulendan to Xitoy devorlarigacha masofa 750 chaqirimga (1 chaqirim 1,5 km) 
bо‘lib, bu masofani 40-kunda bosib о‘tish mumkin edi. 1211-yil sentabrda Chingizxon Vu Sha 
Pxi qal’asini bosib oldi, noyabrda esa Szyuy Yunga kirib bordi va bu yerlarni istilo qilinishi 
xunn imperatorini uning shimoliy yerlaridan butunlay uzib qо‘ydi. Bu paytda xunnlar 
poytaxtida g‘alayon boshlandi. Xunnlar lashkarboshisi Gushaxu imperatorini о‘ldirib, unga 
ukasi Utubuni о‘tqazadi. Mо‘g‘ullar Xitoyni 90 ta shahrini talon-taroj qildilar. Utubu 
mо‘g‘ullar bilan 1211yil dekabrda tinchlik shartnomasi imzolaydi, mо‘g‘ullar ketgandan sо‘ng 
poytaxtni janubga Byan Gin (hoz. Kayfin)ga kо‘chiradi. Utubu kidan qabilalariga ot va 
qurollarini topshirishni buyuradi, shunda kudanlar Chingizxonga itoatkorlik bildirib, yordam 
sо‘raydilar. Chingizxon harbiy harakatlarni qaytadan boshlaydi. Chingizxon 1227 yil mayida 
xunnlar yurtiga g‘arbdan kirib boradi. Bu paytda tongg‘utlar hukmdori Li Xyan iyul oyida 
shaharni topshirishga rozi bо‘ladi. Oradan kо‘p vaqt о‘tmay 1227 yil 16 avgustda 66 yoshida 
Chingizxon Tongg‘ut yurishi avjiga chiqqan paytda vafot etadi. (1206-1407yillar- Osiyo va 

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling