Reja: Salb yurishlarining boshlanishi sabablari Salb yurishlarining Rim papaligi tomonidan uyushtirilishi


beklik belgisi bо‘lib, u hо‘kiz yoki ot dumidan yasalgan)


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/37
Sana02.04.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1320132
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   37
Bog'liq
Jahon tarixi 2 majmua.

beklik belgisi bо‘lib, u hо‘kiz yoki ot dumidan yasalgan) ni kо‘tarib, 1404 yil oxirida 272 
ming 612 kishidan iborat qо‘shin bilan Xitoy sari yuzlandi. О‘sha yili qish О‘rta Osiyo 
tarixidagi engqattiq qishlardan bо‘lgan edi. Sirdaryoning suvi bir metrga muzlagan, 
askarlardan kо‘pining qо‘l-oyoqlarini, quloq-burunlarini sovuq olgan edi, shunday bо‘lsa ham 
u yurishni davom ettirib, 14 yanvar kuni О‘trorga keladi. Shu yerda u shamollab kasallikka 
chalinadi va 18 fevralda vafot etadi, uning olamdan о‘tishi bilan Xitoy yurishi amalga oshmay 
qoladi.AQSH lik davlat va siyosat arbobi Richard Nelson shunday deb yozgan edi: ”Amir 
Temur agar kо‘proq yashasa va Xitoyga qarshi boshlanayotgan yurishida g‘olib chiqsa, 
Uraldan to Tinch okeangacha bо‘lgan butun Osiyo hukmdori bо‘lishi muqarrar edi”. О‘z 
ichki ahvolini yaxshilab olgan Min dinastiyasi yangi yerlar bosib olish hamda Xitoyning tashqi 
bozorlarini kengaytirish maqsadida istilochilik yurishi uyushtirdi. XV asr boshlarida Min 
imperiyasining g‘arbdagi qо‘shnisi Amir Temur davlati bilan munosabatlari murakkablashdi. 
Ikki davlat о‘rtasidagi muqarrar urush harakatlari 1405-yili Amir Temurning yurishi vaqtida 
vafoti sababi tо‘xtadi. Shundan sо‘ng Min sulolasi vakillari 1406-yili Vetnamni bosib olib
о‘zining viloyatiga aylantirdi. Koreya bilan Tibet Xitoy imperatori hukmronligi ostida edi. 
Keyinchalik Xitoy Mо‘g‘ulistonni ham istilo qildi. Min hukumati Hindi-Xitoy (Osiyo qit’asining 
janubi-sharqiy qismida joylashgan orol bо‘lib, bunga Birma, Vetnam, Kambodja, Laos, 


Malayziya, Tailand kabi davlatlar joylashgan), Indoneziya, Hindiston, va hatto Sharqiy 
Afrika qirg’oqlariga ham yirik harbiy dengiz ekspeditsiyalari yuborib turdi, masalan, Admiral 
Chjan Xe boshchiligidagi flot 62 ta kema, 30 mingga yaqin harbiy dengizlardan iborat katta 
kuch bilan 1405-1433 yillar mobaynida Zond arxipelagi, Shri-Lanka va Hindistonga 7 marta 
harbiy yurishlar uyushtirdi. Bu harbiy ekspeditsiyalar mamlakatning mavqeini oshirish va 
tashqi savdoni yuksaltirishga qaratilgan edi.Xitoy hukumati bilan Markaziy Osiyodagi 
temuriylar davlati bilan munosabatlar ijobiy bо‘lgan. Masalan, 1418 yilda Ardasher boshliq 
Shohruh elchilari Xitoyga borganlar. 1419 yilda bunga javoban Lu di va Jong ku Xitoydan 
Samarqandga elchi bо‘lib keladilar. Xitoy hukumati 1415-1420 yillarda Samarqandga 
Ulug‘bek saroyiga ham 2 marta о‘z elchilarini yuborgan.1420 yilda Shohruh va Ulug‘bek 
Mirzolar 530 nafardan iborat elchilik karvonini Shodixо‘ja, amir Kо‘kcha, Sultonshoh, 
Muhammad baxshilar boshchiligida Xitoyga jо‘natadilar, elchilar Xitoyda ikki yildan ortiq 
bо‘lib, 1422 yilda Samarqandga qaytadilar. 
Amir Temur vafotidan keyingi 100 yilga yaqin davr mobaynida Turkistondan Xitoyga 
107 marta, shu jumladan, 1415-1440 yillari Mirzo Ulug‘bek nomidan 22 marta elchilar guruhi 
kelgan.Xitoy manbalarining guvohlik berishicha, о‘sha zamonda Xitoy shaharlariga 
Samarqandlik savdogarlar kelib bozorlarda ot sotishgan. 1390-yil bahorda Samarqandlik Sho 
Jо‘ra ali (Shachiyeer Aliyi) Lyanchjou shahrida 670 ta ot sotgan. Mahalliy hokim imperator 
Tayszuga hisobot berib, mazkur savdogarni Pekinga yuborishni sо‘ragan. 1388-1500 yillar 
davomida Toshkent, Xuroson, Sheroz, Hirot, Isfaxon shaharlaridan 120 dan ortiq elchi 
guruhlari Xitoyga borgan. Ayrim elchilar guruhiga 200 kishidan iborat savdogarlar qо‘shilib 
borgan. Savdogarlar Xitoyga ot, tuya kabi chorva mollari, qimmatbaho toshlar va ulardan 
yasalgan buyumlar, dorivorlar va mahalliy hunarmandchilik mahsulotlari olib borishgan. 
Xitoydan esa, asosan, ipak, chinni idishlar, choy, ravoch va dorivorlar olib kelingan. XVI 
asrdan boshlab Min imperiyasi istilochilik yurishlari emas, balki bundan keyin mamlakatning 
chegaralarini mudofaa qilishga tо‘g‘ri keldi. G‘arb tomondan unga mо‘g‘ullar xavf solib 
turardi. 1550 yilda mо‘g‘ullar Pekinga katta qо‘shin bilan kirib kelib shahar chekkasiga о‘t 
qо‘yib ketadi. XVI asrning 60-yillarida Xitoy yaponlar agressiyasiga qarshi og‘ir kurash olib 
borishga majbur bо‘ldi. Yaponiyada 1582-yilda hokimiyat tepasiga kelgach Tayemu Xideyisi 
Xitoyga qarshi urush boshlaydi, u nafaqat Xitoyni balki Koreyani, Manchjuriyani, Filippin 
orollarini, Tayvanni, keyin esa Xitoyning о‘zini ham bо‘ysundirmoqchi bо‘lib, u hatto о‘z 
poytaxtini Xitoyga kо‘chirishni ham mо‘ljallab qо‘yadi. Lekin Min dinastiyasi samuraylar 
hujumini qaytarishga kuch topib, XVI asr oxirida ularni qit’adan surib chiqardi. XV-XVI 
asrlarda Xitoyda sinfiy ziddiyatlar g‘oyat keskinlashib ketdi. Qishloqda feodal zulmning avj 
olishi sudxо‘rlikning yoyilishi, soliqlarining oshib borishi xalq ommasini noroziligini keltirib 
chiqardi. Minlar hukmronligi davridagi eng katta qо‘zg‘olon ijarachi Den Mao-Si 
boshchiligidagi 1448-1449 yillarda Fuszyan viloyatida katta qо‘zg‘olon bо‘lib о‘tdi. Uning 
tevaragiga о‘n minglab dehqonlar tо‘plandilar. Qо‘zg‘olonchilar eski rentani talab qilib, 
oshirilgan ijara haqini tо‘lashdan bosh tortdilar. XVI asrning boshlarida dehqon qо‘zg‘olonlari, 
boshqa janubiy viloyatlar- Guandun, Guansi, Xunan, Xubeyga, janubi-sharqda Szyansi, 
g‘arbda-Sichuan, shimolda –Shensiga yoyildi. Min mperatorlarining idora qilishiga mahramlar 
(ular juda katta boylik tо‘plab, imperatorga yaqin turishlari tufayli yuqori va daromadli 
lavozim egalari edilar) katta ta’sir kо‘rsatdilar. Bularning saroy ahliga xо‘jayinlik qilishi 

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling