Reja: Salb yurishlarining boshlanishi sabablari Salb yurishlarining Rim papaligi tomonidan uyushtirilishi


Mavzu : XVIXVII asr birinchi yarmida Fransiya


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/37
Sana02.04.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1320132
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   37
Bog'liq
Jahon tarixi 2 majmua.

Mavzu : XVIXVII asr birinchi yarmida Fransiya  
Reja:
XVI asrda Fransiyaning iqtisodiy taraqqiyoti. 
Fransisk I davrida absolyutizmning muvaffaqiyatlari. 
Fransiyada reformatsiyaning yoyilishi. 
Gugenotlar urushi va uning birinchi, ikkinchi davrlari.
Genrix IV ning iqtisodiy va tashqi siyosati. 
Rishele va uning absolyutizmni mustahkamlash siyosati.
XVI asrda Fransiya Garbiy Yevropada markazlashgan eng yirik davlat edi. U iqtisodiy
taraqqiyotida ancha katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Fransiya iqtisodiy jihatdan Ispaniyaga,
Germaniya, janubiy Italiya va Skandinaviya mamlakatlariga qaraganda koproq rivojlangan 
mamlakat edi. Ayniqsa Puatu viloyati va Pikardiyadagi movut ishlab chiqarish, Bretan, Men 
va Normandiyadagi polotno ishlab chiqarish, Tur, Lion, Orlean va boshqa joylardagi shoyi 
toqish- manufaktura (lot.qolda yasalgan buyum degani) ning rivojlanib borayotgan sanoat 
tarmoqlari edi. 
Fransiyada oyna, qand, qogoz, shoyi, mato ishlab chiqarish ham rivojlandi. 
Parijning attorlik (parfyumeriya) va zargarlik mollarining dongi hamma yoqqa tarqalgan edi.
XVII asrda Parij modalar markazi bolib, Yevropa modasini Parij belgilaydigan boldi. 
Italiyadan ozlashtirilgan gilam toqish, kozgusozlik, oynasozlik, chinni ishlash manufakturalari
ham muvaffaqiyat bilan rivojlanib bormoqda edi.
Fransuz bosmaxonalarida bosilgan kitoblar Fransiyaningning ozidagina emas, balki 
Yevropaning boshqa mamlakatlariga ham tarqalar edi. Fransuzlar yasagan zambaraklar XV
asrdayoq butun Yevropadagi eng yaxshi toplar deb hisoblanar edi.


Fransiya ilgarigidek Orta dengiz orqali qizgin savdo sotiq ishlari olib borardi. Marsel
mamlakatning eng katta porti edi. Ammo shu bilan birga Atlantika okeani bilan boglangan 
garbiy va shimoliy portlarning ham ahamiyati oshib bormoqda edi. Bordo, Laroshel, Nant, 
Gavr, Depp shaharlari ham katta portlar edi. Lion shahrida olib boriladigan savdo- sotiq
ishlari xalqaro ahamiyatga ega bolishi bilan birga bu shahar goyatda katta pul bozori ham 
edi. Lion birjasida Antverpen bilan raqobat qilardi. 
Mol ayirboshlash va savdoning osishi shaharlarda bozorlar qurishni taqozo etgan. 
Fransiyaning Tuluza shahrida 1203 yili galla bozori qurilib, shaharda undan tashqari vino, 
teri-moyna, poyafzal sotadigan maxsus bozorlar ham bolgan. Manbalarda yozilishicha, Parij 
shahri atrofidagi mol bozorlarida har haftada 1300 blsh hokiz, 8200 bosh qoy, 200 bosh 
buzoq sotilgan. 
XVII asrda yopiq bozorlar ham qurila boshlandi. Eng katta bozorlar London va Parijda 
qurilgan edi.
Fransiyada ogirligi va zarb shakli turli bolgan pullar bolgan. Bu pullarni qirollargina emas, 
balki yirik feodallar va katta shaharlar ham chiqarardi. Faqat Fransiyaninig ozida XVI asrda 
kamida 80 xil tanga zarb qilingan. 
Savdoning osishi shahar aholisi ortasida burjuaziya sonining kopayishiga olib keldi. Burjua 
sozining ozi Fransiyada XII asrdayoq paydo bolgandi va shaharning hurmatli fuqarolarini 
anglatardi. Sudyalarga, advokatlarga, notariuslarga, vrachlarga, dorixona xodimlariga ana 
shunday murojaat qilishardi. 
Fransiya iqtisodiy jihatdan Angliya bilan Niderlandiyaga qaraganda sekinroq rivojlanmoqda 
edi. Aholining kopchiligi qishloq xojaligi bilan shugullanar edi. Fransiyada bu paytda ham 
yerni qolda yogoch omoch bilan haydashgan. XVII asrda temir omochdan boy dehqon 
xojaliklarida qollanilgan, chunki temir qimmat bolgan. Yogoch omochdan song yerni 
boronalab chiqishib, keyin ekishardi. Bugdoy pishganda uni qol oroq bilan orishardi.Urugni 
30 ta teshikli bori terisida sepishgan. 
Dehqonlar toplaydigan pul soligi doim bir tarzda bir meyorda bolgan. Fransuz dvoryanlari 
ingliz dvoryanlaridan shu bilan farq qilardiki, ularning dehqonlar qolidagi yerlarni tortib 
olishlari uchun biror muhim bahona yoq edi. Shunday qilib fransuz dehqoni yersiz qolishi 
xavfi ostida emasdi. Bu jihatdan fransuz dehqonining ahvoli, ingliz dehqonining ahvolidan 
durustroq edi. Ammo fransuz dehqonining boshqa mushkulliklari bor edi. Fransuz dehqoni
davlatga ham katta- katta soliqlar tolardi. Dehqonlardan olinadigan soliqlar
markazlashgan Fransiyaning juda tez osib ketgan idoralarini taminlab turuvchi asosiy
manba edi.
Qirol saroyi, armiya va cherkov goyat kop mablag talab etardi. Davlat olgan soliqlarning 
bir qismi, keyinchalik har xil nafaqalar, hadyalar tarzida yana dvoryanlarga kelib tushardi. 
Fransuz dehqoni pomeshchiklarga feodal rentasini aslida ikki marta tolardi: bir marta
chinsh (polyakcha.czynsz, nemischa.Zins-foiz degani- Yevropada feodalizm davrida senorga 
mahsulot yoki pul bilan tolanadigan muntazam soliq), tariqasida va u bilan bogliq bolgan har 
xil tolovlar shaklida ozining mahalliy yer egasi senyoriga tolardi;shuningdek, davlat soliqlari 


tariqasida feodallar ham tolar edi. Katolik cherkovi foydasiga ushur ham saqlanib qolgan edi. 
Biroq fransuz dehqoni bulardan boshqa yana bir senz (lot.census,censeo-royxatga olaman 
sozidan olingan bolib,(yiliga senorga pul bilan tolanadigan soliq) tolashga majbur edi. Fransuz 
dehqonlarining juda kopchiligi sudxorlardan qarzdor bolib qolgan edi. Orta asrlarda 
Fransiyada dehqonlar katta tolov berib ozod bolgan edilar ana shu ish dehqonlarni qarzga 
botirib qoydi. Keyinchalik yuz yillik urush davridagi xonavayronlik natijasida dehqonlarning 
sudxorlarga qaramligi yanada kochayib ketdi. Nihoyat bu qaramlik davlat soliqlarining tinmay 
oshib borishi tufayli yana kuchayib mustahkamlanib ketdi. Bunday sharoitda fransuz 
dehqonining qarzdan qutilishiga hech qanday imkon yoq edi.
Qirol Fransisk I davrida (1515-1547) qirol hokimiyati goyat zor qudratga ega bolgan edi.
Fransisk I (Fransua I) dastavval cherkovni tamomila oziga boysundirdi. Papa Lev X bilan 
Bolonda tuzilgan konkordat (kelishuv. Papa va qaysidir mamlakat qiroli ortasida mazkur 
mamlakatdagi katolik cherkovi huquqi maqomi va uning papa bilan munosabatlarini tartibga 
soluvchi shartnoma) ga kora, fransuz qiroli barcha yepiskoplarni vazifalarga ozi
tayinlaydigan boldi. Shu bilan birga papa fransuz cherkovidan keladigan daromadning 
kopchilik qismini qirolning ozi olishi uchun huquq berdi.
Songra Fransisk I Bosh shtatlarini mutlaqo chaqirmay qoydi. Fransisk I qonun chiqaruvchi 
hokimiyat oz qolimda bolishi lozim deb bilar va bu hokimiyatni vakillar yigini bilan 
ortoqlashishni sira istamas edi. 1527 yilda Parij parlamenti majlisida hozir bolganlar qirolga 
murojaat qilib:Siz qonundan yuqori turasiz, sizni qonun va qoidalar hech narsaga majbur 
etolmaydi, bunday hokimiyatning ozi yoq degan edi, parlament raisi. 
Qirol davlat boshqarmasining mayda-chuydalariga ham shaxsan ozi aralashardi. Butun 
markaziy boshqarma qirol kengashi qolida edi. Bu kengash turli nomdagi bolimlarga; Katta 
va kichik Kengashlar, Moliya kengashi va boshqalarga bolingan edi. Qirolning ozi kengash 
azolarini tayinlar va barcha masalalarni ozi hal qilardi. Hukumat azolari tarkibi- oliynasab 
shahzodalar, ruhoniylar, moliyachilar, yuristlar tashkil qilardi. Amalda mamlakatda qirolning 
shaxsiy hukmronligi ornatilgan edi. Joylarda, chekka olkalarda hokimiyatni gubernatorlar 
boshqarar, ularni oliy tabaqa vakillaridan qirolning ozi tayinlardi.
Fransisk I ham italyan urushlarini davom ettirdi. U Karl V Gabsburg bilan tort marta 1521-
1525, 1527-1529, 1536-1538, 1542-1544 yillarda urush qildi. Fransisk I diplomatiya sohasida 
katta istedod egasi bolib, Gabsburglarga qarshi kurashda oziga kop ittifoqchi olgan bolsada,
Italiyadagi urushlari muvaffaqiyatsiz kechdi. 1525 yilda Paviya yonidagi jangda Fransisk I asir
tushgan edi. Sonngi urushda Karl V Fransiyaga bostirib kirib Parijga hujum boshlaydi. German 
protestant knyazlarining imperatorga qarshi qozgolonga tayyorlanayotganidan xabar
topgan qirol urush harakatlarini davom ettirishdan voz kechdi. U 1544 yilgi Fransisk I bilan 
tuzgan shartnomaga binoan har ikkala tomon qolga kiritgan yerlaridan voz kechdi.
Fransiskdan keyin uning vorisi Genrix II davrida (1547-1559) italyan urushlari yana boshlanib 
ketdi. Bu urush 1559 yil Kato-Kambrezi shahrida tuzilgan shartnoma bilan tugadi. Unga 
muvofiq Genrix II Italiyadan tamomila voz kechdi, ammo Filipp II ham oz tomonidan muhim 
bir masalada yon berdi. Fransiya Mets, Tul, va Verden shaharlari bilan birgalikda 
Lotaringiyaga ega bolib qoldi.


Fransiyada reformatsiya ham gumanistlar doirasida boshlandi. Lefevr d Etapl 1512 yildayoq 
Apostol Pavelning maktublari (apostol, yunon.-elchi; islomda-shogird,izdosh manosida;-ilk 
xristianlikning shakllanish davrida diniy targibotchilar), haqidagi kitobi bilan maydonga 
chiqqan edi. U ozining bu kitobida Lyuterga oxshab najot yoli- dindir degan goyani ilgari surdi. 
Lefevr 20- yillarda tavrotni fransuz tiliga tarjima qila boshlagan edi. Lefevr reformatsiyani 
tayyorlab bergan bolsada, protestant bolmagan edi. U hayotining oxirigacha rasman katolik 
bolib qolaverdi. 
Fransiyaga Lyuterning kopgina izdoshlari kochib kelishi munosabati bilan bu mamlakatga 
Lyuter goyalarining kiritilishi protestantizmning yoyilishiga koproq tasir korsatdi. Avval 
boshda Kalvinning ozi ham Lyuterning izdoshi edi. U faqat keyin 30 yillarga kelib bu
talimotni chuqurlashtirdi. Parijning yirik burjuaziyasi ham katolik diniga mahkam yopishib 
olgan edi, chunki qirol singari katolizm ham Fransiyadagi ilmiy birlikning simvoli edi. 
Fransiyada katolik cherkovi Germaniyadagi singari papaga tobe emasdi, tamomila qirolga 
boysunardi. Fransisk I bir oz vaqt mamlakatga reformatsion goyalarning yoyilishiga indamay 
keldi, chunki u qirolga qarshi olib borayotgan korinishda german protestant knyazlaridan 
madad olib turardi. Ammo 30- yillar ortalarida qirol hukumati yeretiklarni juda qattiq taqib 
qila boshladi.
1535 yilda lyuterlardan 35 kishi otda kuydirildi va 300 kishi qamoqqa olindi. 
1540 yilda Fransiyada inkvizitsiya (Inkvizitsiya. katolik cherkovining qidiruv, sud-tergovva 
jazo funksiyalarini bajaruvchi katolik cherkovi tashkiloti bolib, 1229 yili Tuluza shahrida 
tuzilgan. 1233 yili Rim papasi Grigoriy IX ning maxsus bullasi bilan inkvizitsiyaning qarori 
barcha katoliklar uchun majburiy bolgan) joriy qilindi. Yoyilib borayotgan kalvinizm 
mamurlarini tashvishga solib qoydi. Genrix II davrida yangi qirolning mamlakatning idora 
qila boshlashidayoq kalvinistlarni jazolash uchun favqulotda tribunal (lot.tribus,tribunal-sud 
qilish joyi,alihida sud sozidan olingan bolib,Fransiyada siyosiy jinoyatlarga doir ishlarni 
korgan favqulodda sudi) tuzildi. Yangi sud Otli palata deb ataldi. 
1547 yildan to 1550 yilgacha Otli palata 500 tacha hukm chiqardi, shundan 60 tasi olim 
jazosi haqida edi.
Shunga qaramay Fransiyada reformatsiya kuchayib bordi. Kalvinistlar yoki fransuzcha 
gugenotlar-(Gugenotlar degan soz Jenevada reformatsiya tarafdorlarini bildiradigan 
nemischa 
sozining 
buzib 
aytilishidir); 
(gugenotlar 
fransuzcha.huguenots, 
nemischa.Eidgenossen-ittifoqchilar sozidan olingan bolib, XVI-XVII asrlarda Fransiyadagi 
kalvinizm tarafdorlari) Fransiyaning janubida 30-40 yillarda kuchayib ketishdi. Dvoryanlar 
ham kalvinizmga qoshila boshladilar. 
Ular kalvinizmni ozlarining sofdini deb, markazlashgan katolitsizmga qarshi din deb 
bilardilar, chunki katolik dinini qirol va Parij dini deb, XVI asrda ham janubliklar uchun yot 
bolib qolavergan Shimoliy Fransiya dini ham deb bilardilar. 
Fransiyada reformatsiya uch bosqichga bolinadi. Birinchi bosqich- XVI asrning 20-30 
yillarini oz ichiga olib, lyuteranlikning tarqalish davri hisoblanadi. Ikkinchi bosqich- (1534-
1559) yangi mazhab tarafdorlarining qatiy harakatlari, reformatsiyaning kengayishi bilan 


xarakterlanadi. 1560 yildan reformatsiyaning uchinchi davri boshlanadi. Bu bosqichda 
harakatga zodagonlarning qoshilishi natijasida uning tarkibi kengaydi va reformatsiyaning 
xarakteri ozgardi. Natijada qirol yana diniy murosa yolini tanladi. U fuqarolarga din erkinligini, 
ruhoniylarga oila qurishni va cherkov marosimlarini milliy tilda otkazishga ruxsat berdi. Bu 
narsa papaning obrosiga putur yetkazardi, shuning uchun papa bu islohotlarga ruxsat 
bermadi. Natijada 1560 yildan Fransiyada uchinchi bosqichni tashkil etgan fuqarolar yoki 
diniy urushlar davri boshlandi.
Genrix II dan keyin ketma-ket uning uch ogli Fransisk II (1559-1560), Karl IX (1560-1574) va 
Genrix III (1574-1589) qirollik qildilar. Fransisk II davrida saroyga Lotaringiyalik feodal Gizlar 
oilasi yetakchilik qildi. 10 yoshida qirollik qila boshlagan Karl IX vaqtida uning onasi kelib 
chiqishi Italiyalik Yekatirina Medichi qirollikda regent (lot.regens-boshqaruvchi, monarxiya 
davlatlarida taxtning boshligi, taxt egasining yoshligi, qirolning kasalligi, balogatga 
yetmaganligi uch vaqtinchalik bajarib turish) bolib xizmat qila boshladi. 60-yillar boshida eng 
yirik feodallar ikkita diniy siyosiy guruhga bolinib ketdilar. Feodallarning bir qismi Gizlar 
boshchiligidagi katolitsizm tomonida edi. Yekatirina Medichi ham ular tomonga qoshilgan edi. 
Boshqa bir guruhga kalvinchi- gugenotlar guruhiga Burbonlar boshchilik qildilar. Burbonlar 
xonadonining boshligi Antuan Burbon kichkina vassal davlat bolgan fransuz Navarrasining 
qiroli edi, Burbonlar Fransiyaning janubuda mashhur edilar.
Gugenotlar urushi 36 yil davom etdi (1562-1598). Qirollarning qarindoshi, katoliklar 
rahnamosi Gersog Giz 1562 yilning 1 martida qoriqchilar guruhi bilan Shampan viloyatidan 
otayotib, Vassi shahrida gugenotlarga duch keladi. Protestantlar gimni kuylanganligini eshitib, 
Gizning odamlari gugenotlarni tarqatmoqchi bolishadi. Lekin, qarshilikka duch kelishadi. 
Shunda gersogning odamlari qollaridagi qurol bilan tinch gugenotlarga tashlanishadi. 20 dan 
ortiq kishi oldirildi va 100 ga yaqin kishi yaralandi. Parijda Gizni xuddi qahramonlardek kutib 
olishdi. Vassidagi bu voqea 30 yildan ortiq davom etgan (1562-1594) diniy urushlarning 
boshlanishiga olib keldi. Bu kurashda gugenotlar Angliyadan va Germaniyadagi protestant 
knyazlardan, katoliklar esa Ispaniyadan yordam olib turdilar. 
XVI asrning 20-yillaridan boshlab gugenotlar qattiq taqib qilina boshlandi. Katoliklar 
tarafida qirol va mamlakat aholisining asosiy qismi bor edi.
Shundan song dastlabki 10 yil ichida 3 marta urush boldi, unda Fransua Giz bilan gugenotlar 
rahbari Antuan Burbon oldirildi.
Karl IX (1560-1574) Fransiyada Valualar sulolasining vakili edi. U kichkina bolganligi uchun 
uning onasi kelib chiqishi Italiyalik Yekatirina Medichi qirollikda regent bolib xizmat qila 
boshladi.
Diniy urushlar mamlakatda yovuzlik va jaholatni kuchaytirdi. Katoliklar oz tashkilotini 
tuzib, son-sanoqsiz yurishlar tashkil qilib. Gugenotlarni oldirishardi. Ular ayollar va bolalarga 
ham shafqat qilishmasdi. Gugenotlarning mol-mulklari yoqib yuborildi. 
Gugenotlar unchalik shafqatsiz emasdilar, ular qolga kiritilgan shaharlarda cherkovni 
vayron qilishar, avliyolarning haykallarini, ikonalarni sindirardilar. Ular bolalar va ayollarga 
tegishmasdi. 


Diniy urushlar paytida protestantlar qirol hokimiyatini yon berishga majbur qildilar. 1570 
yilda Sen-Jermenda qirol yarashish ediktiga imzo chekdi. Gugenotlar katoliklar bilan bir 
qatorda davlat mansablarini egallash huquqiga ega boldilar. Protestantlarning diniy 
marosimlariga hamma yerda ruxsat berildi. Biroq tinchlik uzoqqa chozilmadi. 
Fransiyadagi ozaro urushga Angliya, Ispaniya, Niderland gyozlari, nemis askarlari, italyan 
va shveysar yollanma jangchilari aralashdilar. 
Gugenotlarning rahbarlari admiral Gaspar de Shatiyon Koloni (1519-1572) u 1569 yildan 
gugenotlar yetakchisi, Karl IX ning yaqin maslahatchisi bolib, Varfolomey tunida Genrix Giz 
buyrugi bilan oldirilgan. Va Genrix Navarskiylar edilar.
Karl IX katoliklar va gugenotlarni yarashtirish maqsadida singlisi Margaritani Genrixga 
turmushga berishga qaror qiladi. Toyni 1572 yilning avgustiga belgiladilar.
Eng avvalo gunenotlarning yolboshchilaridan biri admiral Koloniga suiqasd qilindi. Uni 
panadan otilgan oq bilan yarador qilishdi, lekin u tirik qoldi. Regent Yekaterina Medichi 
gugenotlarning qasd olishidan qorqib zarba berishga qaror qildi.
Parijga nikoh toyiga kelgan gugenotlar 1572 yil 24 avgustga otar kechasi xoinona qirib 
tashlandi. Bu «Varfolomey kechasi yoki tuni» deb ataldi. Osha kunda 2 ming gugenot halok 
boldi. Qotillik bir necha kun davom etdi. Zamondoshlar hammasi bolib 30 ming kishi oldirildi 
deb hisoblaganlar. Genrix Navrskiy katolik diniga otganligi uchun tirik qoldi. Shu kechadan 
song, gugenotlarning urushining ikkinchi davri boshlandi. 
Madridda va Rimda Varfolomey tuni haqidagi xabarni quvonch bilan kutib olishdi va 
tantanali bayram qildilar. Papa Grigoriy XIII bir tomonda ozining portreti va ikkinchi tomonda 
qolida xoch ushlagan va gugenotlarni oldirayotgan farishta tasvirlangan medal tayyorlashga 
buyruq berdi. Ispaniya qiroli Filipp II (1556-1598) xat jonatib Karl IX ni shunday onasi borligi 
bilan, Yekaterina Medichini esa shunday garoyib ogli borligi bilan tabrikladi.
Sen-Jermen edikti yoq qilindi. Diniy urushlar Fransiya uchun fojea boldi.
70 yillarning ortalarida katoliklar shimolda Katoliklar ligasi nomi ostida ozlarining siyosiq 
ittifoqlarini tuzdilar. Bu ligaga Genrix Giz boshchilik qildi. Bu liga Parijdagi qirol hokimiyatini 
nazorat qilib turardi. Ular qirol Genrix III (1574-1589) ning gugenotlar bilan yarash bitimi 
tuzish va ularga diniy erkinlik berish togrisidagi urinishlariga qarshilik korsatdi. 1584-1585 
yillarda Parijda yana bir siyosiy tashkilot Parij ligasi tuzildi. Bu ligaga kirgan burjuaziya 
vakillari qirolni gugenotlarga yon bergani uchun, saroy ahlini esa dabdabali hayoti uchun
qirol amaldorlari va sudyalarni tamagirliklari uchun tor-mor qilishga tayyor edilar.
Genrix III davrida mamlakatda fuqarolar urushi davom etardi. Bu paytga kelib, 
gugenotlar mamlakatni bolib tashlashga qaror qilishdi. 
Reformatsiyaning ikkita burjua va dvoryan yonalishlari birlashib, 1575 yili konfederatsiya 
(ittifoq, birlashma. davlat tuzilishining bir shakli) tashkil qilishdi. Ular mamlakat janubidagi 
katta yerlarni Dofine va Langedokdan Sentonjgacha birlashtirilib, ozlarining yaxshi 
qurollangan armiyasi, soliq va boshqaruv tizimi bor edi.


Protestantlikka qaytgan Genrix Navarskiy ularning rahnamosi boldi.
Katolik liganing tasiridan qorqib ketgan Genrix III Parijdan qochib chiqdi va Genrix Gizni 
oz yoniga chaqirdi. 1588 yilning dekabrida uni oldirtiradi. Qirol liganing boshqa azolarini ham 
qamoqqa oldi. 
Parijliklar Genrix III ni bu ishi uchun kechira olishmas edi. 1589 yilning yozida monax Jak 
Kleman (1567-1589) qirolni ogir yarador qildi. Ogir yarador qirol Fransiyani boshqarishga 
Genrix Navarskiyni nomzodini aytdi, lekin Parij gugenotni qabul qilmasligini ham aytib otdi.
Ehtiyotkor va ayyor siyosatchi Genrix Navarskiy ham mamlakat protestant-qirolni qabul 
qilmasligini tushunardi. Parij messa (katoliklar ibodati) ga arziydi,-dedi ozini Genrix IV nomi 
Fransiya qiroli deb elon qilgan Genrix Navarskiy. U ikkinchi marta katolik mazhabiga 
otdi.1594 yilning 27 fevral kuni Genrix Shartr ibodatxonasida toj kiydi, 22 martda esa Parij 
qirolga oz darvozalarini ochdi. 
U hokimiyat tepasiga kelgach. Katoliklar bilan gugenotlar ortasidagi munosabatlarni 
yaxshilashga harakat qildi. U katolik amaldorlarni taqib qilmadi. Aksincha ularni ehsonlarga 
komib tashladi. Genrix IV ning tashabbusi bilan 1598 yili Ispaniya bilan tinchlik shartnomasi 
imzolandi va katoliklikni davlat dini deb elon qilgan Nant ediktini chiqardi. 1598 yilda 
imzolangan bu edikt 1685 yilgacha malakatda diniy sabr-toqat tantana qildi. Bu edikt katolik 
mazhabini davlat dini deb elon qilgan bolsa ham, gugenotlarning siyosiy va diniy huquqlarini 
tartibga soldi, mamlakatda diniy murosasozlikka erishildi. Gugenotlarga erkin ibodat qilish 
huquqi berildi. 
Genrix III ning olimi bilan Valualar dinastiyasi tugaydi. Oz tarafdorlari tomonidan Genrix 
Navarskiy Genrix IV nomi bilan yangi Burbonlar dinastiyasini boshlab berdi. (Burbonlar 
sulolasi- 1589-1792, 1814-1815, 1815-1830 yillarda Fransiyada hukmronlik qilgan), bu sulola 
Fransiya, Ispaniya va Italiyada ham XVI-XX asrlarda hukmronlik qilgan. Fransiyada burbonlar 
sulolasini boshqargan qirollar; Genrix IV (1589-1610), Lyudovik XIII (1610-1643), Lyudovik XIV 
(1643-1715), Lyudovik XV (1715-11774), Lyudovik XVI (1774-1792), Lyudovik XVII shahzoda,
(1792-1814), Lyudovik XVIII (1814-1815, 1815-1830), Karl X (1824-1830) lar idora qilishgan.
Genrix IV zamonida yollarni yaxshilash ishlariga ham katta etibor berildi va muntazam 
pochta joriy qilindi. Genrix IV Bosh shtatlarni chaqirmaydigan boldi, Parij parlamentini 
oziga boysunishini talab qildi. Cherkov ishlarida ham Genrix IV papaning aralashuviga toqat 
qilolmadi. Genrix IV ning siyosatini amalga oshirishda uning birinchi ministri Maksimilen de 
Betyun Syulli (1560-1641 yillarda yashagan) ning xizmatlari katta boldi. Genrix IV ning qirollik 
paytida unga 20 marta suiqasd qilingan. 1610 yili katolik Fransua Ravalyak uni xanjari bilan 
oldirdi. Uni vafotidan song katoliklar ham, gugenotlar ham sharafladilar. Unini davrida 
absolyutizm galaba qildi, ichki tinchlik va barqarorlik ornatildi. Taxt Genrix IV ning ogli 
Lyudovik XIII va uning onasi Genrix IV ning ikkinchi xotini Mariya Medichiga otdi. Mariya 
Medichi regent edi. Saroy ayonlarining tasiriga dosh berishga uning irodasi yetishmasdi. Ular 
ozlariga yaxshi orinlarni berishga, qimmatbaho sovgalar qilishga uni kondirdilar. Xazina bom-
bosh bolib qoldi va mamlakat jar yoqasiga kelib qoldi. Uning davrida pulga muhtoj bolgan 
hukumat 1614 yilda Bosh shtatlarni chaqirdi. Ammo Bosh shtatlarga toplangan guruhlar 
murosaga kela olmay, hatto bir- birlariga dushmanlik qildilar. Fransiyada mutlaq 
monarxiya XVI asrda shakllana boshladi. Fransisk I davrida (1515-1547) oz huquqlariga va oz 


hukmronligining cheklanmaganligiga shunchalar ishonar ediki, biron marta ham General 
shtatlarni chaqirmadi. U oz buyruqlarida: Mening irodam shunday, deb yozar va yangi 
qonunni tasdiqlashga shu yetarli deb hisoblardi, chunki biz shuni xohlaymiz,-derdi u. Ingliz 
parlamentidan farqli ravishda Fransiyaning General shtatlari doimiy ishlovchi organga 
aylanmadi. Ular juda kamdan-kam, kuchli zarurat tugilgandagina chaqirilardi. 1614 yildan 
boshlab butun XVII asr davomida General shtatlar biror marta ham toplanmadi. Hatto 1614 
yildagi General shtatlar ham tarqatib yuborilib, to 1789 yilgi fransuz inqilobigacha 
chaqirilmadi. Genrix IV (1589-1610 yillar) davrida mustahkamlangan qirolning mutlaq 
hukmronligi XVII asrning boshlarida yanada kuchaydi. Feodal zodagonlarning yosh Lyudovik 
XIII davridagi (1610-1643 yillar) oz mavqeini tiklashga qilgan harakatlari zoye ketdi. 
Fransiyada mutlaq hukmronlikning mustahkamlanishi qirolning birinchi vaziri Rishele nomi 
bilan bogliqdir. 1614 yilda chaqirilgan Bosh shtatlarda istedodli yepiskop Arman Jan dyu 
Plessi Rishele (1585-1642) etibor qozonib, saroy diqqatini oziga jalb qildi va qirol kengashi 
xizmatiga otdi.1619- yilda fransuz qirolining taqdimiga kora, papa unga kardinal (katolik 
cherkovi iyerarxiyasida Rim papasidan keyin, yepiskopdan oldin turuvchi ruhoniy) unvonini 
berdi va u (1624-1642) yillarda qirolning 1-vaziri boldi. U shunday degan edi: Mening birinchi 
maqsadim qirolning buyukligi, ikkinchi maqsadim qirollikning buyukligini taminlash bolgan 
deb yozadi. Bosh vazir ozboshimcha hokimlarni mansabidan tushirdi. U duelni, 
dvoryanlarning otishishlari, qilich bilan ozaro janglarini taqiqladi. Dvoryanlar oz qonlarini 
faqat qirol xizmatini bajarish paytida tokishlari mumkin degan edi, Rishele. Duelda urushgan 
dvoryanlarni duelda birontasi oldirilmagan taqdirda ham, Fransiyadan haydattirilardi.Rishele 
gugenotlar masalasini tubdan hal qilishga muvaffaq boldi. Birinchi ministr gugenotlarning 
davlat ichidagi davlatini yoqotish maqsadida qirollik armiyasi Laroshelni qolga kiritdi, 
gugenotlarning qalalari, shaharlari, qorgonlari olib qoyildi, lekin kardinal ularning diniy 
erkinligini cheklamadi. Rishele Genrix IV ning mamlakatni mustahkamlash va birlashtirish 
yolini davom ettirdi, uning davrida diniy taqiblar toxtatildi. Mamlakatda diniy mojarolarga 
chek qoyish maqsadida u gugenotlar ham, katoliklar ham mening koz oldimda bir xil 
fransuzlardir, mening davlat dushmanlaridan boshqa ganimlarim yoq, degan edi. Rishele 
Fransiyaning idora qilish tizimini qayta tashkil etdi. Absolyutizm-shunday boshqaruv shakliki, 
unda oliy hokimiyat hech cheklanmagan holda bir kishiga monarxga tegishlidir. 
(absolyutizm.lot.-mutlaq, cheklanmagan) ning yanada rivojlanishida intendantlar (intendant 
fransuzcha,intendant-boshqaruvchi, 
mudir; 
XV-XVIII 
asrlarda 
Fransiyada 
davlat 
boshqaruvining alohida sohasi (savdo, moliya) ni boshqargan mansabdor shaxs) intendant 
mansabi Fransiyada Rishelega qadar ham mavjud edi. Lekin Rishele bu idora qilish usuliga 
muntazam umumiy tus berib, uni keng qollar edi. Viloyatlarni idora qilish markazdan 
yuborilgan politsiya, sud va moliya intendantlar markaziy hokimiyatning joylardagi goyat 
kuchli quroli edi. Bu mansablar Fransiyadagi boshqa mansablarga oxshab pulga sotilmas, 
sotib olinmas va otadan- bolaga meros bolib otmas edi. Shuning uchun ham joylardagi 
hokimiyat aslida qirol agentlari qoliga otib ketgan edi.Xazinani toldirish uchun u sanoatni, 
savdoni, kema qatnovini yolga qoydi. Uning davrida Fransiya ottiz yillik (1618-1648) urushga 
tortildi. Fransuz armiyasi eng kuchli armiyaga aylandi. Gersog Rishele qirolning birinchi 
ministri bolib, 18 yil Fransiya siyosatini oz qolida ushlab turdi va 150 yil- 1789 yilgi Buyuk 
fransuz inqilobigacha saqlanib qolgan siyosiy tuzumni yaratdi. Fransiya Yevropaning eng 
qudratli davlatiga aylandi.Iqtisodiy siyosat sohasida Rishele Genrix IV singari rivojlangan
manufakturani qollab- quvvatladi. U yana fransuzlar savdo flotining rivojlanishiga homiylik 


qildi. Uning davrida Fransiyada 22 ta savdo firmasi tashkil qilindi. Markazlashgan davlat 
apparatining kuchayishi qirol saroyi xarajatlarining oshishi kop mablag talab qilardi, bu narsa 
dehqonlar qozgoloniga olib keldi. XVII asrning 30-40 yillarida dehqonlarning ayrim 
harakatlari mamlakatning Pikardiya, Shampan, Burgundiya, Langedok, Dofineda ham bolib 
otgan. Rishele 1642 yilda ottiz yillik urush avj olib ketgan paytda oladi, Fransiya bu urushga 
1635 yildan boshlab qatnashib kelardi. 1643-yilda Lyudovik XIII ham olgach, uning orniga 
Lyudovik XIV (1643-1715) otirib, u 5 yoshida taxtga kelgan, davrida Fransiyada cheklanmagan 
yoki absolyut monarxiya uzil-kesil qaror topdi. Uning nomidan Fransiyani onasi Avstriyalik 
Anna boshqardi, lekin amalda Annaning eri Rishele orniga (1643-1661 yillarda birinchi vazir
bolgan) Italiyalik kardinal, Mazorini hech qanday cheklovlarsiz idora qildi. Lyudovik XIV 
Davlat-mening ozim der edi. U fuqarolardan, zodagonlardan oz buyruqlarini sozsiz 
bajarishlarini talab qilgan. Fuqarolarning huquqi yoq, faqat majburiyatigina bor der edi qirol. 
Qirolning bazm va ovlardan bosh vaqtida qabul qilgan qarorlari davlatning qonuni bolib 
qolavergan. 

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling