Reja: Salb yurishlarining boshlanishi sabablari Salb yurishlarining Rim papaligi tomonidan uyushtirilishi


Mavzu: Sо‘nggi о‘rta asrlarda Hindiston


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/37
Sana02.04.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1320132
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
Jahon tarixi 2 majmua.

Mavzu: Sо‘nggi о‘rta asrlarda Hindiston  
Reja: 
1.Boburiylar davrida Hindistonning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti. 2.Akbarshoh va uning 
islohotlari. 3. Xalq harakatlari va imperiyaning parchalanishi. 4. Hindistonga ingliz va 
fransuzlarning kirib kelishi. 
XVI asr boshlarida Hindiston siyosiy parokandalik holatida edi. XVI asr 20-yillaridan 
Dehlida hokimiyatni egallab turgan sulton Ibrohim Lodi (1517-1526 yillarda boshqargan) ning 
harakatlari ajralib chiqqan vassallarni о‘z hukmi ostida birlashtirish uchun yetarli bо‘lmadi. 
Natijada sulton Ibrohimning siyosatidan norozi bо‘lgan saroy ayonlari orasida о‘sha paytda 
Kobulda hukmdor bо‘lib turgan Zahiriddin Muhammad Boburni taxtga taklif qilish g‘oyasi 
paydo bо‘ldi.Talantli sarkarda, tajribali davlat arbobi Mirzo Bobur bu qulay sharoitdan ustalik 
bilan foydalandi. 1526 yili Mirzo Boburning janglarda toblangan 20 ming qо‘shini 
Afg‘onistonning tog‘li yо‘llari orqali Hindistonga yurish qildi.Hind rojalari birlasha olmadilar 
va Mirzo Bobur qо‘shiniga ojizlik qildilar. 1526 yil 21 aprelda Panipat yonidagi jangda u 
sulton Ibrohim qо‘shinlarini tor-mor qilib, Dehlini egalladi. Mirzo Boburni taxtga taklif qilgan 
saroy ayonlari undan faqat sulton Ibrohimga qarshi foydalanmoqchi edilar, xolos. Mirzo 
Boburning Dehli taxtida uzoq qolishini tushungan hind zodagonlari unga qarshi birlashdilar. 
1527 yil 13 martda bо‘lgan jangda Mirzo Bobur ular ustidan ham g‘alaba qozonadi. Mirzo 
Bobur yana bir qator hind yerlarini bosib oldi va о‘zini bu yerlarning hukmdori deb e’lon qildi. 
Bunda Bobur aql-zakovotini ishlatadi. U agar Hindistonga sulton yoki mirzo unvoni bilan kirib 
borsa, hind xalqi uchun unvon ma’nosidagi bu atamalar begona bо‘lib, Boburni о‘zlarining 
podshohi sifatida tan olmasligi mumkinligini tushunadi. Shu bois, Hindistonga kirishdan oldin 
Bobur о‘zini podshoh (fors.pati-hukmdor va shoh, Sharq mamlakatlarida davlat hukmdori) 
deb e’lon qiladi. U hammadan kо‘proq hind xalqi zarar kо‘rayotgan feodal urushlarni tugatdi, 
savdo-sotiq, qurilish, fan va adabiyotga homiylik qildi. Vatandoshimiz Zahiriddin Muhammad 
Bobur 1526-yilda Hindistonni zabt etib, Boburiylar sulolasiga asos soldi. Hindistondagi 
Boburiylar davlati (1526-1858 yillarda yashagan), poytaxti-Dehli, Lahor, Agra. Hududi-4,6 
mln.km.kv.(1690). Davlat tili-chig‘atoy turkiysi,fors va urdu tillari. Davlat tuzumi- monarxiya 
bо‘lgan. “Qardosh Hindiston diyorida bobokalonimiz Zahiriddin Muhammad Bobur 
sulolasining vakillari ulug‘ ajdodlari xotirasini asrlar osha asrab-avaylab kelayotganliklari biz 
uchun behad quvonarlidir.Bobur о‘zbek xalqining buyuk farzandi, milliy g‘ururidir” degan edi 
О‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov.Bobur mamlakatda tartib, 
osoyishtalik, fuqarolar turmushida yengillik о‘rnatishga uringanligini uning kitobida yozib 


qoldirgan quyidagi parchalar ham tasdiqlaydi: “Tinch saqlangan mamlakatda mutlaqo hech 
bir kishi ichkilik ichishga urinmasin, uni hosil qilishga kirishmasin, ichkilik yasamasin, 
sotmasin va olmasin, о‘zida saqlamasin, eltmasin va keltirmasin; butun mamlakat boylab, 
о‘tgan sultonlardan qolib kelgan va daromadi haddan ortiq kо‘p bо‘lgan tamg‘ani, о‘zi ham 
shariat qoidalaridan tashqari bо‘lgani uchun musulmonlar ustidan olib tashlansin
podshohning mehribonchiligiga sig‘ingan turk, tojik, arab, ajam, hindi, forsiy fuqaro va sipoh-
butun millatlar, hamma inson toifalari bu hukmlar ijrosidan tashqariga chiqmasinlar va 
burilmasinlar”.”Boburnoma”dan. 
“Bobur dilbar shaxs; Uyg‘onish davrining bir hukmdori, mard va tadbirkor shaxs bо‘lgan. U 
san’atni, adabiyotni sevgan, hayot nafosatidan lazzatlana bilgan. Uning nabirasi Akbar yana 
ham dilbarroq va kо‘p yaxshi fazilatlarga ega bо‘lgan... Boburning Hindistonga kelishi tufayli 
Hindistonda buyuk о‘zgarishlar sodir bо‘ldi; san’atda, hayotda, me’morchilikda va 
madaniyatning boshqa sohalarida yangicha serilhom taraqqiyot yuz berdi” degan edi 
Hindistonning siyosat va davlat arbobi Javoharlal Neru.1526 yilda Hindistonda tashkil topgan 
о‘zbeklar (hindlar mamlakatga shimoldan kelgan barcha istilochilarni “mugxal” deb atashgan, 
yevropaliklarning bu sо‘zni buzib aytishi natijasida Boburiylar davlati tarixshunoslikda “Buyuk 
mо‘g‘ullar davlati”) deb notо‘g‘ri nom olgan.XVI asr va XVII asrda bu imperiya juda katta 
davlatga aylandi. Shimolda uning chegarasi Himolay tog‘igacha va Afg‘onistonning katta 
qismini (Qobul va Peshovar shaharlari bilan) о‘z ichiga olar edi.Imperiyada aholi diniy belgi 
jihatdan 2 ta guruhga musulmonlar va hindlarga bо‘linardilar.Agrar munosabatlar ilgari Dehli 
sultonligida qanday bо‘lsa, boburiylar imperiyasida ham shunday bо‘lgan. Podshoh hamma 
yerlarning oliy egasi hisoblanardi.Podshohga qarashli yerlar mamlakatda ekin ekiladigan 
hamma yerlarning 8/1 qismi teng edi. Ana shu yerlardan olinadigan daromad podshoh saroyi 
va podshoh qо‘shinlari xarajatlari uchun ishlatilardi. Qolgan yerlar imperiya zodagonlariga, 
kо‘proq musulmonlarga jagir (ya’ni harbiy xizmat evaziga in’om etilgan yer; XVI-XVIII asrlarda 
Hindistonda feodal yer egaligining hukmron shakli) sifatida bо‘lib berilardi. Jagir egasi-
jagirdor deb atalib, u о‘ziga qarashli yerlarda yashovchi aholidan feodal rentasi yig‘ish 
huquqiga ega edi.Jagirlarning hajmi har xil bо‘lardi; ularning kо‘pchilik qismi juda katta bо‘lib, 
bir yо‘la о‘n minglarcha dehqonlar jagirdorga qaram bо‘lib qolardilar. Yer-mulk asosan 
musulmonlar qо‘lida bо‘lsa, savdo,sudxо‘rlik ayniqsa, hunarmandchilik mahalliy hind aholisi 
qо‘lida edi.Musulmon savdogarlari azaldan О‘rta Osiyo va Yaqin Sharq bilan savdo qilib 
kelayotganliklari sababli quruqlikda va qisman dengiz orqali tashqi savdoda hindlardan ustun 
turardilar. Bobur mirzo 1530-yilda vafot etgach, о‘rniga Humoyun (1508-1556 yillarda 
yashagan) 1530-yilda taxtga о‘tiradi. Uning afg‘on va rajputlar ustidan hukmronligi sezilarli 
bо‘lmagan. Gujarot rojasi Bahodir esa ochiqdan-ochiq qarshi chiqqan. 1535-yili Humoyun 
qо‘shini Gujarotni oldi, biroq oradan ikki yil о‘tguncha Bahodirning о‘limigacha isyon davom 
etdi. Shershoh Bixar rojalarini Humoyunga qarshi kurashishga chaqirdi. 1539-yili Chaus va 
1540-yili Kanauj janglaridagi mag‘lubiyatlardan sо‘ng Humoyun Hindistondagi mulklarini 
Shershohga topshirishga majbur bо‘lib, Sindga, keyinroq Marvarga chekindi. 1544-yili safaviy 
Tahmosp I dan yordam olib, (Tahmosp I 1524-1576 yillarda yashagan; safaviylar sulolasiga 
mansub Eron shahanshohi (1541-1576 yillarda boshqargan), 10 yoshida shahanshoh bо‘lgan) 
va keyingi yili Kamron mirzodan Qandahor va Qobulni tortib oldi. 
1545-1550 yillarda Humoyun Komron bilan kurashdi, natijada Qobuldan ikki marta chiqib 
ketdi. Shershoh о‘limidan sо‘ng, uning vorislari о‘zaro urushga kirishdi.Bundan foydalangan 


Humoyun 1555 yil fevralda Panjob hukmdori Iskandarshohni yengib, Lahorni qо‘lga kiritdi. 
Iyulda esa Agra va Dehlini ishg‘ol etdi.1556-yilda Humoyun tasodifiy falokat tufayli halok 
bо‘lgach Boburiylar sulolasi hukmdorlari ichida “Buyuk Akbar” degan unvonga sazovor 
bо‘lgan Humoyunning о‘g‘li 13 yashar Akbar (1542-1605 yillarda yashagan) 1556 yilning 14 
fevralida Panjobdagi Kalanaura bog‘ida bо‘lib о‘tgan marosimda otaliq tarbiyachisi 
Bayramxon tomonidan Hindiston taxtining tojdori deb elon qilinib, u Jaloliddin Muhammad 
Akbar nomi bilan Hindistondagi boburiylar saltanatining podshohi deb elon qilindi. Yosh 
podshoh nomidan 1560 yilgacha davlat ishlarini otaliq (otaliq, turkcha;-kо‘pgina xalqlarda 
badavlat xonadon egalari tomonidan farzandlarini tarbiyalash uchun vassallar yoki 
xizmatkorlarga berish, farzand ma’lum yoshga yetganda oilasiga qaytgan) olib bordi.Oradan 
4 yil о‘tgach,otalig‘i Bayramxonni Makka ziyorati bahonasida Hindistondan badarg‘a qildi, va 
bir qancha qо‘zg‘olonlarni, jumladan, ukasi Hakimning isyonini bostirdi. 1579-yili 
chegaralarni kengaytirish uchun qо‘shni hududlarga yurish boshladi. Akbar Rajputan, Gujarot, 
Bengaliya va Kashmirni istilo qildi.Akbarshoh 1556-1605 yillarda Hindistonni boshqarishda 
uzoqni kо‘zlab siyosat yuritdi. Shu tufayli Hindistonda о‘z hukmronligini tо‘la va uzil- kesil 
о‘rnata oldi. Shuning uchun ham Hindistonda Boburiy hukmdorlar ichida eng ulug‘i “Buyuk 
Akbar” deb atashgan.U idora qilgan davrda mamlakatning sharq va janub tomondagi bir 
qancha viloyatlar; Bengaliya, Orissa, Gujarot, Markaziy Hindiston, Kashmir viloyatlari hamda 
Xandeshi va Ahmadnagar sultonliklari qо‘shib olindi.Shimolda Eronga qarashli muhim karvon 
savdosi punkti bо‘lgan Qandahor shahri ham bosib olinib, Hindistonga qо‘shib olindi. 
Boburiylar imperiyasida davlat tili turk va hind tillari edi. 1574-yili tashqi xavfni bartaraf 
etgach, davlat ichida bir qator islohotlar о‘tkazdi. Akbar о‘zidan oldingi shohlardan boshqaga 
yо‘l tutib, hind feodallarini о‘z xizmatiga tortishga harakat qilgan edi. U hind savdogarlariga 
doim homiylik qilib kelgan. Hinduizmga e’tiqod qiluvchilarga nisbatan diniy ta’qiblar ham 
Akbar davrida tо‘xtatildi. Hind aholisi jizyadan ozod qilindi, bundan oldin esa faqat 
musulmonlar bu soliqdan ozod qilingan edilar.Vaziri Abul Fazl bilan birga 1581-yili induizm, 
zardо‘shtiylik, va xristianlikdan ba’zi aqidalarni olib, yangi “dini ilohiy” nomli yangi din 
qonunlarini о‘rnatishga urindi. U Fotihpur, Sikri shahrida ibodatxona qurdirdi. Unda 
musulmonlar, hinduylar, zardо‘shtiylar va xristianlar turli xil munozaralarda qatnashgan. 
Lekin kо‘plab musulmonlar yangi dinni qabul qilishni xohlamasdi.Dini ilohiy mistizm,falsafa 
va tabiatga sig‘inishni о‘zida mujassam qilgandi.Akbar qibla sifatida Quyoshni olgan, sо‘nmas 
olovni tashkil qilgan, braxmanlar arqonini bog‘lab yurgan va peshonasiga hinduylar belgisini 
qо‘yib olgan. Akbar saroyida mol gо‘shti yeyish ta’qiqlangan.1593-yilda Akbar din erkinligi 
tо‘g‘risida farmon chiqarib, avvallari majburiy ravishda islom diniga kiritilgan hindlarga 
о‘zlarining ilgarigi dinlariga bemalol qaytishiga ruxsat etgan edi. Akbarshoh о‘z tarafiga 
mahalliy hind aholisini ham og‘dirishga harakat qildi. U mamlakatni boshqarishga 
musulmonlar bilan birga hindlarni ham jalb qildi, hindlarni har qanday ta’qib qilishlarni 
tо‘xtatdi, hindlar uchun muqaddas bо‘lgan sigirni sо‘yish va gо‘shtini iste’mol qilish, 
hindlarning ‘’satiy’’- ya’ni (eri vafot etsa beva qolgan ayolning olovda kuydirilishi) kabi odat 
va an’analarni ta’qiqladi va ularni jizya (jon solig‘i) dan ozod qildi. Akbar podshohlik qilgan 
davrda soliq ishlari tartibga solindi. Birinchidan, soliq tizimini yaxshi yо‘lga qо‘yish uchun ekin 
ekiladigan yerlarni maxsus о‘lchovdagi bambuk tayoqda aniq о‘lchab chiqildi; ikkinchidan, 
mahsulot bilan olinadigan soliqni rasman pul tо‘loviga almashtirildi. Akbarning buyrug‘i bilan 
butun Hindiston uchun yagona yer о‘lchovi joriy qilindi. Davlat solig‘i hosilning 3/1 qismi 
miqdorida belgilangan edi. Soliqlarni tо‘plashda ijarachilik tizimi bekor qilinib, soliqlarni 


maxsus moliya amaldorlari bilan yig‘ib olish joriy qilindi.Akbar podshohligi davrida о‘zbeklar 
(mо‘g‘ullar)ning imperiyasi 15 ta viloyat (suba), (suba, hind.-bir necha sarkorlikdan(sarkor, 
forscha.boshliq, boshlab beruvchi degani) iborat viloyat), larga bо‘lindi, bu viloyatlar (suba) 
lar quyidagilar; Qobul, Lohur, Mо‘lton, Dehli, Ajmir, Agra, Aud, Ahmadobod, Molva, 
Ollohobod, Bihar, Kxandesh, Berar, Ahmadnagar, Bengaliya subalaridir.
Akbar davrida har bir viloyatga shoh noibi - hakam (gubernator) boshliq qilib qо‘yilgan edi. 
Shuningdek, har bir viloyatga foujarlar - harbiy boshliqlar, gumashtalar - soliq yig‘uvchilar va 
kutvollar - shahar boshliqlari tayinlanardi. 
Har bir subaga shoh noibi subador hokim qilib qо‘yilgan edi. Akbar davrida yangi kanallar 
qazildi, eskilari tiklandi, irrigatsiya tizimi ancha kengaydi. Dehli shahrida katta- katta saroylar 
va har xil hukumat binolari qurilib, bu shahar о‘sha davrda jahondagi barcha shaharlarning 
eng kattasi va gullab yashnayotgan shahariga aylangan edi.Akbar va uning vorislari davrida 
Agra shahri Dehlidan keyin Hindistonning ikkinchi poytaxti edi, sababi ularning rezidensiyasi 
(qarorgohi) shu shaharda edi.Akbarshoh ilm- ma’rifatga tashna bо‘lib, uning davrida maxsus 
davlat tasviriy san’at korxonasi va rasmlar bо‘linmasi-naqqoshlik ta’sis etilgan.Akbar 
qо‘shinda kuchli intizom о‘rnatdi. Davlatda yangi ma’muriy chegaralash о‘tkazdi, umumiy 
soliq tizimini joriy qildi. Natura shaklida olinadigan, odatda hosilining 1/3 gacha yetadigan 
yer solig‘i pul shakliga о‘tkazildi. Hosil bо‘lmaganda va ocharchilik paytida soliq olish 
ta’qiqlandi. Imperiya bо‘ylab uzunlik va og‘irlik о‘lchov birliklari bir xil kо‘rinishga keltirildi, 
shuningdek, Ulug‘bek jadvaliga asoslanib, yagona quyosh taqvimi joriy etildi. Boburiylar 
ta’sirini oshirish maqsadida hindlarni davlat ma’muriyati va qо‘shinda muhim lavozimlarga 
tayinladi.Akbarshohning hukmronlik yillari imperiyaning “oltin davri” bо‘lgan. Akbar 
boburiylar tarixida birinchi marta tili, diniy e’tiqodi, urf-odati, ijtimoiy, madaniy jihatdan turli 
taraqqiyot bosqichidagi xalqlar, elatlar va qabilalardan iborat misli kо‘rilmagan qudratli 
saltanatga ega bо‘ldi. Hindiston davlat arbobi Javoharlal Neru sо‘zlari bilan aytganda:’’Buyuk 
mо‘g‘ullar davlati faqat Akbar davriga kelib Hindistonda hind saltanati qiyofasida qaror 
topdi’’.Akbarshoh musulmon va hind feodallarini muayyan darajada jipslashtira oldi. 
Akbarshohning islohotlari musulmon feodallar va diniy mutaasiblarning noroziligiga sabab 
bо‘ldi. Ular podshohni dinsizlikda aybladilar, xalqni unga qarshi kо‘tarishga harakat qildilar. 
Norozilar tomonida Akbarshohning о‘g‘li, taxt vorisi Jahongirshoh ham bor edi. U taxtga 
kelishi bilanoq otasining kо‘plab islohotlarini yо‘qqa chiqardi.Akbar 1605-yil 17 oktabrda 63 
yoshida vafot etadi. Uning boshqaruv tizimini о‘gli Jahongir (1605-1627 yillarda boshqargan) 
va nabirasi Shohjahon (1628-1658 yillarda boshqargan) davom ettirishga harakat 
qildilar.1605 yil 24 oktabrda Akbarshohning о‘g‘li Salim taxtga Nuriddin Muhammad Jahongir 
nomi bilan о‘tirib 1605-1627 yillarda boshqardi. U otasi vafotidan song, taxtga chiqqan. 
Uning davrida inglizlar 1611-yili birinchi savdo manzilgohlari qurishga ruxsat olishgan. U 
muvaffaqiyatsiz urushlar olib borib, 1621-yilda forslardan Qandahorni oldi. Uning saroyida 
asosiy ishni Nurjahon bajargan. Uning sо‘nggi yillari о‘g‘illari va sarkardalarning isyoni bilan 
ajralib turgan. U о‘g‘li Shohjahon isyoni paytida 1627-yilda Kashmir safaridan qaytayotib 
vafot etadi. Jahongirning va Rajput malikasi Manmatining о‘g‘li Shohjahon taxtga da’vogarlik 
qilib kelayotgan edi, u 1612-yili Nurjahonning jiyaniga uylanib,taxtga da’vo qilish uchun 
yaxshi imkoniyatga ega bо‘ldi. Shohjahon yoki Xurram 1622-1625 yillarda otasiga qarshi 
isyon kо‘taradi, otasi uni kechirdi. Jahongir vafotidan sо‘ng Nurjahonning ukasi kо‘magida 
1628 yil 4 fevral kuni taxtga о‘tiradi va о‘ziga Abul Muzaffar Shahobiddin Muhammad 


Sohibqironi Soniy degan dabdabali nom qabul qildi. U 1628-yil sentabrda о‘zini imperator 
deb e’lon qiladi. Shohjahon Hindiston janubidagi yerlarni kengaytirdi. 1632-yilda u 
Ahmadnagarni bosib oldi, 1636-yilda Golkonda va Bijapur imperiyaga qaram ekanligini tan 
olishdi.1648-yili poytaxt Agradan Dehliga kо‘chirildi. Shohjahon hukmronligining sо‘nggi 
yillari boburiylar safaviylardan (Safaviylar davlati-1502-1722 yillarda Eronni boshqargan 
sulola) mag‘lub bо‘la boshladi. 1647-yili Balxni boy berishdi. 1649-yili Qandahor forslarga 
о‘tdi.1658-yili Shohjahonning vafoti haqidagi mish-mishlar uning о‘g‘illari о‘rtasida kurash 
boshlanishiga 
sabab 
bо‘ldi. 
Natijada 
о‘g‘li 
Avrangzeb 
tomonidan 
taxtdan 
ag‘darildi.Tashqaridan qaraganda Shohjahon davrida imperiya gullab-yashnagandek 
tuyulardi, ammo imperiyaning ichki zaifligi uning davrida ravshanlasha bordi. Feodallarning 
tez-tez bо‘lib turgan g‘alayonlari davlat markazlashuviga putur yetkazdi. Eng yirik jagirdorlar 
mustaqil bо‘lishga harakat qilardilar.Kо‘pincha jagirdorlarning о‘zlari haq tо‘lab soliq 
yig‘uvchi bо‘lib olardilar, bu narsa shunga olib keldiki, jagirdorlar tobora boyib, mahalliy aholi 
ustidan ularning hukmronligi tobora tо‘laroq bо‘ldi, hukumat esa buni nazorat qilmadi.Lekin 
shunday bо‘lsada, imperiya Shohjahon davrida iqtisodiy va madaniy yuksaldi.Shohjahonning 
ilk farmonlaridan biri о‘zi uchun olamda о‘xshashi yо‘q taxt yasash haqida edi. Taxt yetti yilda 
bitkazilib, saroyga keltiriladi. Uzunligi 3 metrdan ortiq, eni 2 metr, va balandligi 5 metr ushbu 
oltin taxt olmos, yoqut, zumrad va marvariddan qadama qilib yasalgan bо‘lib, tepasiga ikkita 
yasama tovus о‘rnatilib,ularga ham javohirlar qadab qо‘yilgan edi. Hatto taxt poyidagi uch 
pog‘onali zinapoyaga ham qimmatbaho toshlardan naqsh solingan edi. Bu mо‘jiza “tovus 
taxt” nomini olgan. “Podshohnoma” asarining muallifi Abduhamid Lohuriy taxtning qiymatini 
10 mln rupiyaga baholab, bu mablag‘ni Iroqning 330 ming tumani va Movarounnahrda 
muomalada bо‘lgan 40 mln xoniy (о‘rta asrlarda О‘rta Osiyoda podshoh, xon, va sultonlar 
tarafidan, mudarris va ilmi toliblarga ularning maoshi uchun vaqti-vaqti bilan berib 
turiladigan pul in’omi, oltin tanga) ga teng deb yozgan edi. Jumladan, Shohjahon podshohligi 
yillarida qurilgan va hozirgi kunga qadar “Hindiston marvaridi” deb nom olgan dunyoning 
yetti mо‘jizalaridan biri deb atalib kelinayotgan Agra shahridagi Tojmahal 1631-yilda qurilishi 
boshlanib, 17 yil deganda (1648) nihoyasiga yetkazilgan va bu imorat Mumtoz mahal begim 
sharafiga qurilgan. 
Arjumand bonu- Mumtoz mahal begim (saroyning kо‘rki) deb atalgan. Chunki u saroyda 
maslahatchi va muhrdorlik lavozimida ishlagan. U qisqa umri davomida 14 nafar farzand 
kо‘rgan. “Tazkirat ul-havotin” asarida yozilishicha, Mumtoz mahal begimning dunyoda 
qoldirgan farzandlari 8 nafar, 4 qiz, 4 о‘g‘il bо‘lib, qolgan 6 tasi yoshligida nobud bо‘lgan. 
Uning о‘g‘illari Doro Shukuh (1616-1659), Shoh Shujo (1617-1661), Avrangzeb (1618-1707), 
Murodbaxsh (1621-1658), qizlari Jahon Orobegim, Anjuman oro Begim, Dahr oro Begim, Kiti 
oro Begimlardir.Mumtoz mahal begim vafot etgach Shohjahon unga atab maqbara 
qurdirmoqchi bо‘lib, maqbarani tarxini chizishda turk me’mori Muhammad Iso Afandining 
loyihasi ma’qul deb topiladi va qurilish ishlari boshlab yuboriladi va 17 yil deganda
nihoyasiga yetkazilgan va bu imorat Mumtoz mahal begim sharafiga qurilgan.Tojmahalning 
uzunligi 579 metr va eni 305 metr bо‘lib, 128 ta imoratdan iborat bо‘lgan, hozirgi paytda 
ulardan 76 tasi saqlanib qolgan, binoning balandligi 74 metr bо‘lib, maqbara Arjumand 
Bonuga berilgan nisbatlardan biri bо‘lib, Tojmahal (Saroy toji) deb ataldi.Tojmahal maqbarasi 
shoir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Boburning chevarasi Shohjahon tomonidan 
1630-1652 yillarda rafiqasi Mumtoz mahalbegim xotirasiga bunyod etilib, shohjahonning о‘zi 


ham shu maqbaraga dafn etilgan. Tojmahal Jamna daryosi qirg‘og‘ida qurilgan uch qavat va 
besh gumbazli inshoot bо‘lib, balandligi 74 metr bо‘lgan. Binoning burchaklarida har birining 
balandligi 45 metr bо‘lgan tо‘rtta minora qad kо‘targan. 
Binoning atrofida favvora va hovuzlari bо‘lgan ulkan bog‘ majmui barpo etilgan. Binoning 
devorlariga silliqlangan yarim shaffof marmar yotqizilgan hamda uning qurilishida feruza, 
aqiq, malaxit va serdolik kabi jilolanuvchi toshlar ishlatilgan. Bino qurilishida ishlatilgan 
marmar shunday xususiyatga egaki, kunduzi oq, erta tongda pushti va tun yogdusida kumush 
rangda tovlanadi. Maqbaraning chap va о‘ng tomonida qizil qumtoshdan barpo etilgan bir xil 
shakldagi machit joylashgan.Bino qurilishida Markaziy Osiyo, Eron, Janubiy Yevropa 
me’morchiligi yutuqlaridan foydalanildi. Turkiyalik me’mor Ustod Muhammad Jahon afandi 
boshchiligida 1632-1650 yillarda qurilgan. Qurilishda mahalliy ustalar bilan bir qatorda 
Afgoniston, Eron, Iroq, Arabiston, Shom, Turkiya va Movarounnahrdan kelgan memor, 
koshinsoz, sangtarosh, gultarosh, rassom, xattot va ustalar jami 20 mingdan ortiq kishi ishlab, 
bular orasida Samarqandlik memor Muhammad Sharif va Buxorolik haykaltarosh Ato 
Muhammadlarning nomlari zikr etilgan.Ushbu ulug‘vor va kо‘rkam inshoot 2007 yilda 
о‘tkazilgan sо‘rov natijalariga kо‘ra, 100 mln.dan ortiq ovoz olib yangi dunyoning yetti 
mо‘jizasidan biri deb tan olindi. Ushbu maqbara 1983 yilda YUNESKOning “Butunjahon 
merosi” rо‘yxatiga kiritilgan. Shuningdek, YUNESKO tomonidan Tojmahal Hindistondagi 
musulmon sanatining durdonasi, umuminsoniy merosning keng tan olingan va butun jahon 
qoyil qolayotgan javohiri, deb etirof etilgan.Shohjahon Agra, Dehli, Qobul, Ajmir, Kashmir, 
Lohur, Fayzobod, Gvalior, Ambal kabi shaharlarda о‘nlab ulkan imoratlar barpo etib, 
Shohjahonobod nomli yangi bir shaharga asos soldi.Boburiy hukmdor Avrangzeb 1658-
yilning iyun oyida Agraga kirib, bir hiyla bilan otasi Shohjahonni qal’aga qamab qо‘yadi va 
iyul oyida Abuzafar Muhiddin Avrangzeb Olamgir nomi bilan toj kiyib (1658-1707 yillarda 
boshqaradi). U yaxshi ta’lim olgan edi, hukmdor bо‘lishiga qaramay kamtarona hayot 
kechirgan.Avrangzeb saroy fitnasi natijasida otasini taxtdan ag‘darib va qonli jangda uchta 
aka-ukalarini yengib taxtga kelgan edi. U tajribali qо‘mondon va siyosiy nayranglarning ustasi 
bо‘lgan.U imperiya chegarasini janub tomonga qarab kengaytirdi, u Bijapur va Golkondani 
uzil-kesil bosib oldi. Shuningdek, u Ost-Indiya kompaniyasining 1688-1689 yillardagi 
hujumiga qarshi zarba bera olgan edi. Kompaniya unga juda katta tovon tо‘lashga majbur 
bо‘lgan edi. Yevropa mustamlakachilarning ochiqdan-ochiq tahdid qilib turgan xavfiga 
qarshi Hindistonning milliy kuchlarini birlashtirish о‘rniga Avrangzeb buning aksini qilib, bu 
kuchlarni parchalab yubordi.U Hindlarni yana diniy taqib ostiga oldi, yani islom dinidan 
boshqa din va uning vakillarini taqib qildi, Akbar davrida bekor qilinga jizyani 1679-yildan 
joriy qildi. Hindlarni ibodatxonalarining doim talab turdi, musulmon feodallarga hindlardan 
olgan qarzlarini tо‘lamaslikka yо‘l qoyib berdi. Kо‘plab hind ibodatxonalarini buzdirib 
tashlagan. Uning harakati islomga ham taaluqli bо‘lib, Hindistonda keng tarqalgan turli xil 
sо‘fiylik tariqatlariga (tariqat. arab. yо‘l,usul, tariqatga kirgan kishi sо‘fiy deb ataladi, va u 
qanoat qilib yashashi, Allohni sevishi va unga intilishi, ixtiyorini pir, muridga topshirishi lozim) 
qarshi qattiq kurashib, ularni murtadlikda ayblagan.Avrangzeb davrida Boburiylar davlati eng 
katta hududga ega bо‘ldi. Janubiy sarhadlardan tashqari butun hududda uning hukmronligi 
о‘rnatildi.Avrangzeb davrida kо‘p va og‘ir soliqlar tо‘lashga majbur etilgan aholi ommasi 
xonavayron bо‘lib qashshoqlasha bordi.Uning zamonida feodallar isyoni va dehqonlar 
qо‘zg‘oloni bо‘lib о‘tgan edi.Avrangzeb yuritgan ichki va tashqi siyosati qarama-


qarshiliklardan iborat edi. U qadimgi hind ibodatxonalarini buzdirib, hind millatiga mansub 
amaldorlarni ishdan chetlatib kо‘plab hindlarni о‘ziga qarshi qilib qо‘ydi va imperiyaning 
qulashini tezlashtirdi. О‘z navbatida, Janubiy Hindistonda joylashgan va haligacha imperiya 
tarkibiga kirmagan hududlar rojalarga qarshi urush olib bordi va ularning bir qanchalarini 
tobe etishga erishdi. Boburiylar imperiyasi larzaga kelib turgan bir paytda Hindistonning 
g‘arbida maraxtlar о‘z milliy davlatlarini tashkil qildilar. Maratxlar rahbari Shivaji (1627-1680) 
Avrangzebga qarshi tog‘li mintaqalarda yashovchi hindlarning qо‘zg‘oloniga boshchilik qildi 
va Boburiylar imperiyasining qulashiga poydevor qо‘ydi.G‘arbiy dekan tog‘larida yashovchi 
tog‘li dehqonlar qо‘zg‘oloniga mashhur yо‘lboshchi Shivaji (1627-1680) rahbarlik qilib, Shivaji 
20 yil davomida, 60 va 70 yillarda Boburiylarga qarshi xalq partizanlari urushi usulini qо‘llab 
muvaffaqiyat qozondi, Shivaji vaqtida Maxarashtra (maraxtlar mamlakati deb atalgan edi) 
Boburiylardan ozod bо‘lgan mustaqil davlat edi. Qо‘zg‘olon 1646 yili boshlangan edi. 1674 
yili Shivaji tantanali ravishda taxtga о‘tiradi. Biroq Shivajining о‘limidan sо‘ng bir necha yil 
ichida Avrangzeb bu davlatni bosib oldi. Taxtga kelgan Shivajining о‘g‘li Sambxadji 1689 yili 
qatl qilindi. XVII asr boshlarida yuz bergan yirik qо‘zg‘olonlardan yana biri sikhlarning 
(sikxizm.Hindistondagi hinduiylikda diniy- islohotchilik harakatining g‘oyaviy shakllaridan biri) 
mustaqillik uchun kurashi edi. О‘z vaqtida Akbarshohning homiyligidan foydalangan sikhlar 
keyinchalik yarim mustaqil davlatga aylangan edi.Hindistonning shimoli g‘arbida (Panjobda) 
XVII asrning ikkinchi yarmi va XVIII asr boshlarida sikxlar (sikxchilik- hinduiylikda diniy-
islohotchilik harakatining g‘oyaviy shakllaridan biri. XVI asrda Panjobda paydo bо‘lgan, 
asoschisi savdogar Nanak (1469-1538) edi). Avvaliga bu ta’limot feodallar zо‘ravonligidan 
norozi bо‘lgan shahar savdo doiralari manfaatlarini о‘zida aks ettirdi. Ta’limot xudo oldida 
barcha kishilarning tengligini e’lon qilib, mazhab imtiyozlarini rad etdi. Ikkinchi tomondan 
esa ta’limot zulmga qarshilik kо‘rsatmaslik haqidagi g‘oyalarga amal qilib, Boburiylar 
hukumatiga itoat qilardi. Buning oqibatida Boburiylar sikxlarga yaxshi munosabatda bо‘ldilar. 
Ularning tashkiloti Lahor va Panjobda edi. XVII asr о‘rtalaridan boshlab bu mazhabda 
musulmon va hind feodallarga qarshi qurolli kurash dasturi tuzildi.Sikxlar yer yuzida 
ekspluatatsiya bо‘lmaydigan “chinakam podsholik” о‘rnatishni istardilar. 1675 yili Avrangzeb 
sikhlar yо‘lboshchisi Teg Baxadurni Dehlida qatl ettirdi.XVII asr oxiri va XVIII asr boshlarida 
1669- yilda va 1671- 1672, 1686 va 1705 yillarda poytaxt Agra va Dehlida Jat- sikxlarning eng 
qudratli harakati rо‘y berdi. 1671-1672 yillarda jatlar Dehliga yurish qilib, Boburiylar 
poytaxtini egallashlariga sal qoldi. Boburiylar bu qо‘zg‘olonni bostirish uchun butun-butun 
armiyalarni yuborishga majbur bо‘ldilar.Avranzeb vafotidan keyin Baxodirshoh I davrida 
(1707- 1712) va undan keyingilar davrida imperiya ayrim parchalarga bо‘linib ketdi. 
Boburiylar hokimiyati hatto Dehlining о‘zida ham nomigagina saqlanib qolgan edi. 
Hindistonda yana feodal tarqoqlik vujudga keldi.Avrangzeb vorislari sarkardalar qо‘lida 
о‘yinchoq bо‘lishgan. Boburiylar ma’lum vaqt Dehlidan davlatni nazorat qilib turishdi, lekin 
Avrangzebning vorisi Bahodirshoh I (1707-1712) va Jahondorshoh (1712-1713) lar vazir 
Zulfiqorga tо‘la qaram bо‘lishgan. Farrux siyar (1713-1719) va Muhammadshoh (1719-1748) 
lar esa aka-uka Husayn va Abdulloh Saidiylarga tobe bо‘lishgan.Yevropalik 
mustamlakachilarning Hindistonga kirib kelishi XVI asrdayoq boshlangan edi. Yevropa 
mustamlakachilari bunday vaziyatdan foydalanib, hind rojalari va knyazlarining о‘zaro 
urushlariga aralashib, Hindistondagi mustamlaka yerlarini sekin asta kengaytira 
boshladilar.XV-XVI 
asrlarda 
Hindistondagi 
asosiy 
yevropalik 
mustamlakachiliklar 


Hindistonning Malabar deb ataluvchi janubi-g‘arbiy sohilida mustahkamlanib olgan 
portugallar edi. 

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling