Reja: Salb yurishlarining boshlanishi sabablari Salb yurishlarining Rim papaligi tomonidan uyushtirilishi


Mavzu: Sо‘nggi о‘rta asrlarda Eron


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/37
Sana02.04.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1320132
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
Jahon tarixi 2 majmua.

Mavzu: Sо‘nggi о‘rta asrlarda Eron  
Reja: 
1. Safaviylarning hokimiyat tepasiga kelishi.2. Safaviylarning olib borgan ichki va tashqi 
siyosati.3.Shoh Abbos I ning islohotlari.4.Safaviylar sulolasi davrida Eronning iqtisodiy
ahvoli.5. Eronni mustamlakaga aylantirishning boshlanishi.
Safaviylar davlati (1502-1736 yillarda ) yashagan. Poytaxti- Tabriz (1502-1548), Qazvin 
(1548-1598), Isfahon (1598-1736). Hududi-3,5 mln.km.kv (1512). Davlat tuzumi- monarxiY. 
Davlat tili- ozar tili va fors tili. 
Safaviylar turkiy tilda gaplashganlar, ular etnik jihatdan turkiylar (ozarbayjonlar) bо‘lishgan. 
Islomning shia mazhabiga e’tiqod qilishgan. Safaviylar sulolasini vakillari: Ismoil I (1502-1524), 
Tahmosp I (1524-1576), Ismoil II (1576-1578), Muhammad Xudobanda (1578-1587), Abbos I 
(1587-1629), Safiy I (1629-1642), Abbos II (1642-1666), Sulaymon I (Safiy II) (1666-1694), 
Husayn I (1694-1722), Tahmosp II (1722-1732), Abbos III (1735-1736) yillarda Eronni 
boshqarganlar.Yangi dinastiya о‘z nomini shayx Sayfiddin Isxoq nomidan olgan bu shayx 
(1253-1334 yillarda yashagan).XV asr oxirida feodal tarqoqlik davrida Safaviylar sulolasining 
ta’siri ortib boradi. Safaviylarning asosiy tayanchi “qizilboshlilar” deb ataluvchi kо‘chmanchi 
turk qabilalari edi. (Qizilboshlilar- Erondagi kо‘chmanchi turk qabilalari birlashmasi. 
Safaviylar davlatida shoh Ismoil I ning asosiy harbiy kuchi. Ular Kichik Osiyo, Suriya va 
Ozarbayjonda ham bо‘lgan. Ular 12 shia imomi sharafiga 12 qizil yо‘llik matodan salla о‘rab 
yurishgan. Shuningdek, peshonada ozgina soch qoldirib sochlarini va uzun mо‘ylov qо‘yib 
soqollarini olib yurishgan. Shoh Abbos I о‘tkazgan harbiy islohotdan sо‘ng ularning mavqei 
pasaygan).1500 yili Ismoil I (1487yil 17 iyul-1524 yil 23 may) G’ilondan ketib qizilboshlilarni 
o’z atrofiga yig’ib, 7 ming kishini to’plab, Oqquyunlilar davlatiga (Oqquyunlilar-(1468-1508 
yillar) –XIV-XV asrlarda Kurdistonda hamda Kavkazoldi va Kichik Osiyoning ba’zi 
mamlakatlaridagi о‘g‘uz qabilalari ittifoqi va ular tashkil qilgan sulola va davlat nomi) yurish 
qildi, ushbu davlat sultoni Murod ibn Yoqub qarshilik kо‘rsatsa-da, 1501 yilda Naxichevan 
yaqinidagi Sharur yalangligida hal qiluvchi jang bо‘lib, g‘alabaga erishdi. Sо‘ng Shirvondan 
janubiy Ozarbayjon tomon yurilib, kuzda Tabriz egallandi. Tabrizda Ismoil о‘zini shahanshoh 
deb e’lon qildi va tanga zarb ettirib, shialikning davlat dini bо‘lganligini ma’lum qildi. Boshqa 
hukmdorlardan ajralib turish uchun “Shialar shohi” unvonini ham oldi. U 1501 yili Eron 
hududini deyarli egallab Safaviylar davlatiga asos soldi.Ismoil I Tabrizni egallagach, Oq 
quyunlilar davlati markazi Hamadonga yurish qildi. 1503 yil 21 iyunda Alma Qulagi jangida 
Murod ibn Yoqub qoshinini tor-mor keltirdi. Oq quyunlilar davlati tugatilib, butun Iroqi Ajam 
Ismoil hukmronligiga otdi. 1508 yilda Bagdodni istilo qildi. XVI asrning boshlarida safaviylar 
barcha Eron yerlarini birlashtirish va yangi hududlarni egallash uchun janglar olib bordi. 
Ismoilshoh davridayoq Garbiy Eron yerlari bо‘ysundirilib, Musha’sha davlati yо‘q qilindi. 
Bundan tashqari, ular Iroqni Bag‘dod bilan birga, hamda muhim savdo yо‘llari kesishadigan, 
shialarning muqaddas shaharlari hisoblanmish Najaf va Karbaloni ham egallashdi. 


1510 yili qizilboshlilar Eronga hujum boshlagan kо‘chmanchi о‘zbeklarni yengib, Xurosonda 
mustahkamlanib oldi. 1514 yili Ismoil shialarni ayblagan Usmoniylar sultoni Salim I ga qarshi 
harakat boshladi va Kavkazorti, Kurdiston va Mesopatamiya uchun 40 yil davom etgan urush 
boshlandi.1514-1555 yillarda rasmiy ravishda islomdagi ikki yо‘nalish- sunniylik va shialik 
bayroqlari ostida olib borilgan bu urush aslida Eron shohlari va usmoniy sultonlarning boy 
yerlarni egallash, harbiy о‘ljalarga ega bо‘lish va xazinani boyitishga bо‘lgan qiziqishlari 
tufayli sodir bо‘layotgan edi. Turk va Eron hukmron doiralari Buyuk ipak yо‘lini nazorat qilish, 
Kavkazorti va Bag‘dod orqali о‘tadigan Yevropa- Osiyo savdo yо‘llarini qо‘lga kiritish edi. 
1514 yil 23 avgustda sulton Salim I boshchiligidagi turk qо‘shinlari Kichik Osiyoda 40 ming 
kishilik shialar qо‘shinidan yengildi, biroq turk armiyasi Chaldiron tekisligida qizilboshlilarni 
yengib, Tabrizni egallashdi. Lekin yanicharlar orasidagi notinchlik va mahalliy 
ozarbayjonlarning norozilik harakatlari tufayli turklar bu hududni tashlab chiqishga majbur 
bо‘ldilar. Ular chekinayotib, Tabrizning eng yaxshi hunarmandlarini о‘zlari bilan olib ketdilar. 
Bu urush Amasida (Kichik Osiyo) sulh shartnomasining imzolanishi bilan yakunlandi. Unga 
binoan Safaviylar Iroq, G‘arbiy Gruziya va Armanistonning bir qismini turklarga berishga 
majbur bо‘ldi.XVI asr 60-70-yillarida soliqlarning oshib borishi, urushlar va mahalliy 
mojarolar oqibatida xalqning ahvoli yomonlashdi. Mamlakat bо‘ylab tez-tez vabo tarqalib, 
ochlik va kasallikdan minglab odamlar qurbon bо‘lardi. Bu holat markaziy hokimiyatga qarshi 
xalq qо‘zg‘olonlarini keltirib chiqardi. Safaviylarga qarshi xalq qо‘zg‘olonlarining eng kattasi 
1569 yilgi G‘ilon qо‘zg‘oloni bо‘ldi. Safaviylar bо‘ysundirganga qadar G‘ilonda ikkita xonlik 
mavjud edi. Mustaqillikni tiklash uchun kurash olib borayotgan g‘ilonliklar 18 ming kishilik 
qо‘shin tuzdi. Ammo g‘ilonliklarga qarshi jо‘natilgan qizilboshlilar bu armiyani yengib, 
qо‘zg‘olonni bostirdi. G‘ilon viloyatining hukmdori etib shohning о‘g‘li tayinlandi, yerlar esa 
qizilbosh amaldorlarga bо‘lib berildi. 1572 yilga kelib qо‘zg‘olon tо‘liq bostirildi.
1571-1573 yillarda Tabrizda ham qо‘zg‘olon bо‘lib о‘tdi. Bu paytda Tabriz savdo va 
hunarmandchilik shahri bо‘lib, 300 mingdan ziyod aholi yashardi. Qо‘zg‘olonning 
boshlanishiga xalq harakati qatnashchilaridan qatl qilinganlarning dafn marosimiga mahalliy 
hukmdorlarning aralashuvi sabab bо‘ldi. Kambag‘al shaharliklar qо‘zg‘olon kо‘tarib shahar 
hukmdorining, bir qancha boy zodagonlarning va shialar oliy ruhoniysining uylarini buzib 
tashladi. Bu haqda “...har bir kо‘chada oddiy xalq orasidan kimdir о‘z hokimiyatining 
bayrog‘ini о‘rnatgan edi” -deb yozgan edi Eron tarixchisi Hasan Rumli. Qо‘zg‘olonga rahbarlik 
qilishda polvonlar (kurashchilar) faollik kо‘rsatishdi. Yari ismli polvon qо‘zg‘olonning umumiy 
rahbari edi. Shoh Tahmosp I (1524-1576) Tabrizga yangi hukmdor tayinlashga majbur bо‘ldi. 
Yangi hukmdor qо‘zg‘olonchilar rahbarlari bilan muzokaralar olib borib, ularni qо‘zg‘olonni 
tо‘xtatishga chaqirdi. Muzokaralar natija bermagach, shia ruhoniylari qо‘zg‘olonni kuch bilan 
bostirishga fatvo berdilar va qо‘zg‘olon bostirildi. Qо‘zg‘olon rahbarlaridan Yari, Avaz, 
Kо‘kcha, Shundti, Hasan va Husan polvonlar hamda yana 150 kishi qatl qilindi. Ammo 
qо‘zg‘olon behuda ketmadi. Yangi qо‘zg‘olonlarning oldini olish maqsadida shoh yon 
berishga majbur bо‘ldi va Tabrizni xazinaga tо‘lanayotgan barcha soliqlardan ozod qildi, bu 
esa shaharning keyingi taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega bо‘ldi. 1528 yil 24-28 
sentabr kunlari shayboniy sultonlaridan biri Kо‘chkunjixon bilan Tahmosp I о‘rtasida Jom 
viloyatining Zurobod mavzesida Jom jangi bо‘lgan, unda shayboniylar mag‘lubiyatga 
uchragan. Tahmosp I hukmronligi davrida Usmoniylar bilan urush davom etdi. Usmoniylar 
1534, 1538 va 1543 yillarda Eronga yurish qildi. Urush natijasida safaviylar hozirgi Iroq 


ustidan nazoratni yо‘qotishdi. Urushda muvaffaqiyatsizlikka uchragan Tahmosp I davlatning 
iqtisodiy va boshqa sohalari bilan shug‘ullandi. Tahmosp I 1576 yil 14 mayda Qazvinda vafot 
etdi. Uning о‘rniga о‘g‘li Ismoil II taxtga о‘tirib (1576-1577 yillarda boshqardi). 1577 yil 24 
noyabrda unga fitna uyushtirilib, unga fitnani tug‘ishgan singlisi Parixonim uyushtirib, haram 
kanizaklaridan biri tomonidan u zaharlangan edi. Ismoil II о‘ldirilgach, qizilboshlilar 
yoshligidan kasalmand va kо‘zi ojiz va kо‘ngli yumshoq Muhammad Xudobandani taxtga 
chiqarishdi. U 1578 yil fevralda toj kiydi, ammo uning xotini Xayriniso shoh nomidan ish 
yurita boshladi. Xayrinisoning birinchi farmoni shohning singlisi Parixonimni qatl etish haqida 
bо‘ldi. Bundan tashqari Ismoil II ning о‘g‘li shoh Shujo ham о‘ldirildi. Shunday qilib, Xayriniso 
davlatni faqat о‘zi boshqarishga kirishdi. Shoh esa xotinining muhri shohning muhri bilan 
tengligi haqida farmon chiqardi. Mamlakatda о‘zboshimchalik va boshboshdoqlik avj olib 
ketdi. Bundan foydalangan turk sultoni Murod III Eronga yurish qildi va Chaldir kо‘li atrofida 
qizilboshlilar mag‘lub bо‘lishdi.
Bir guruh zodagonlar 1579 yil iyulda Xayrinisoni о‘ldirishadi. Taxtga Muhammad 
Xudobandaning uchinchi о‘g‘li Abbos chiqadi, qari shoh esa qolgan umrini tinch va osoyishta 
о‘tkazadi. XVI asr oxiri- XVII asr boshlariga kelib Eronning iqtisodiy ahvoli ancha yaxshilandi, 
Safaviylar davlati ham mustahkamlandi. Davlatga qarashli yerlar- mulki devoniy (amlok) 
shohning mulki- xos yerlar ancha kengaydi. Shoh yerlari dastlabki safaviylar davrida ham 
katta edi. Lekin eng kо‘p yerlarni Abbos I (1587-1629 yillarda boshqargan) egalladi. Fransuz 
sayohatchisi Shadrenning yozishicha, shohning mulklariga Eronning eng hosildor yerlari va 
iqtisodiy rivojlangan hududlari kirib, bu yerlar mamlakat umumiy yerlarining 2/3 qismini 
tashkil qilardi. Davlat va shoh yerlaridan tashqari vaqf yerlari ham mavjud bо‘lib, bu 
yerlardan qoladigan foyda shia ruhoniylariga tegishli edi. Safaviylar о‘z xizmatida bо‘lgan 
zodagonlarga yerlarni suyurg‘ol shaklida emas, asosan tyul shaklida (ya’ni yerni bir umrga, 
lekin meros bо‘lib qolmaslik sharti bilan berish) berishardi. Bu davrda Eronda qishloq 
xо‘jaligi, yо‘llar, sun’iy sug‘orish inshootlari barpo qilindi. Mamlakatdagi iqtisodiy va siyosiy 
barqarorlik bir qator islohotlar о‘tkazish uchun sharoit yaratdi. Bu islohotlar shoh Abbos I 
davrida о‘tkazilib, asosan markaziy hokimiyatni mustahkamlashga qaratildi. Abbos I 1587 yili 
17 yoshida qizilboshlilar qabilalarining oqsoqollari tomonidan taxtga о‘tqazilgan bо‘lsa-da, u 
qizilboshlilarni tezda hokimiyatdan chetlashtirdi Tashqi siyosat ham mamlakatda 
barqarorlik о‘rnatishga xizmat qildi. Abbos I 1590 yili turklar bilan Istanbul shartnomasini 
imzoladi. Unga kо‘ra Sharqiy Gruziya, Sharqiy Armaniston, Kurdiston, butun Ozarbayjon va 
Luristonning bir qismi usmoniylarga о‘tdi. Abbos I esa turklar bilan sulh imzolagandan sо‘ng 
butun kuchini о‘zboshimcha feodallarni bо‘ysundirishga va shimoldagi о‘zbek xonlariga 
qaratdi. Natijada 1597 yili Nishopur va Marv о‘zbek xonlaridan (shayboniylar) dan tortib 
olindi. Harbiy islohotlar о‘tkazish natijasida Abbos I 12 ming kishidan iborat о‘qchilar, 10 
ming kishilik otliq g‘ulomlar (о‘rta asrlarda kо‘ngilli qо‘shin askarlari), 12 ming kishi va 500 
tо‘pdan iborat qо‘riqchilar korpusi tuzildi. Shoh qizilboshlilarning qо‘zg‘olonlarini bostirdi. 
1596 yili shohning buyrug‘i bilan qizilboshlilarning taqali qabilasi qirib tashlandi. Shohning 
xizmatiga sodiq qolgan qabilalar “shohsevar” (shohni sevuvchilar) nomini oldi.1599 yil Abbos 
I о‘zbeklardan (Buxoro xonligini boshqargan shayboniylardan) Mashhad va Hirotni tortib 
oldi. Harbiy islohotlarni о‘tkazgandan sо‘ng, Abbos I 1602 yili Turkiyaga qarshi urush boshladi. 
Urush davom etgan о‘n yil ichida u Ozarbayjon, Luriston, Kurdistonning bir qismi, Sharqiy 
Armaniston va Sharqiy Gruziyani usmoniylardan qaytarib oldi. Safaviylar tashqi siyosatdagi 


singari ichki siyosatda ham shafqatsiz edilar. Masalan, Abbos I yaxshi jang qilmaganligi uchun, 
о‘z о‘g‘illaridan birini о‘ldirishni, ikki nafarini esa kо‘zlarini kо‘r qilishni buyurgan. Abbos I 
davrida butun davlatni boshqarish ishlari shoh saroyida tо‘plangan edi. Saroyda “ulug‘lar 
majlisi” deb ataluvchi davlat kengashi ham faoliyat yuritardi. Shohning hokimiyati 
cheklanmagan bо‘lsa-da, muhim masalalarni hal qilishda shoh “ulug‘lar kengashi” bilan 
hisoblashardi. Abbos I davlat daromadlarining asosini tashkil qiluvchi soliqlar yig‘ishda ham 
ehtiyotkorlik bilan siyosat olib bordi. U о‘z hokimiyati uchun xavfli hisoblangan hududlardan 
olinadigan qо‘shimcha va favqulodda soliqlarni qisqartirdi, markaziy tumanlarni bundan 
ozod qildi. Ammo qolgan yerlarning dehqonlari davlat va armiya uchun juda kо‘p sonli 
soliqlar tо‘lar edi, shuningdek, sug‘orish inshootlari, kо‘priklar, saroylar qurish kabi 
majburiyatlarni bajarardilar. Vaqti-vaqti bilan shohning maxsus farmoniga kо‘ra aholidan 
о‘smirlar va qizlar saralab olinardi. Yigitlar kо‘proq Kavkazortidagi xristianlardan olinib, 
muntazam g‘ulomlar korpusiga yoki saroy soqchilari safiga qо‘shilardi. Qizlar esa shoh 
haramiga olinar yoki boshqa amaldorlarga chо‘ri qilib berilardi. 
Pul islohoti о‘tkazib 1 misqolga (4,6 grammо‘lchov birligi) teng “abbosiy” deb nomlanuvchi 
kumush tanga zarb ettirdi Abbos I hukmronligi davrida Ganjada juma masjidi va arman 
cherkovini qurdirdi. Tbilisini olgandan sо‘ng shaharda bir-biriga qarama-qarshi shia 
musulmonlar uchun masjid va xristianlar uchun cherkov qurdirdi. Bu ibodatxonalar 
ta’minotiga 40 tadan dо‘konni vaqf qilib berdi. Masjid kirish joyiga quyidagilarni yozdirgan: 
“Mendan keyin bu shaharda hukmronlik qiladigan musulmon shohlardan qо‘shni cherkov 
huquqini himoya qilishlarini sо‘rayman”. Shuningdek, cherkovning kirish joyiga ham shu 
mazmunda xat bittirdi: ”Bu yerda hukmronlik qiladigan xristian hukmdorlardan qо‘shni 
masjid huquqini hurmat qilishlarini sо‘rayman”. 
Shariat bо‘yicha bir musulmon ikkinchisiga tobe emas edi. Abbos I davrida poytaxt 1598 
yilda Qazvindan Isfahonga kо‘chirildi. Isfahon ajoyib saroylar majmuidan iborat qilib qayta 
qurildi. Shoh saroyi va shoh machiti mahobatli va serhasham qilib qurilgan edi. Poytaxtda 
hunarmandchilik va savdoni jonlantirish maqsadida shoh Julfa shahridan mashhur savdogar 
va hunarmand arman oilalarini bu yerga kо‘chirishni buyuradi. Julfadan kо‘chirilgan 15 ming 
oiladan Isfahonga 3 mingi yetib keladi, qolganlari esa yо‘lda vafot etadi. Shu tariqa 
Isfahonning yonginasida Yangi Julfa deb ataluvchi savdo markazi paydo bо‘ldi. Umuman 
Isfahonda 6 ta yirik savdo-hunarmandchilik markazlari vujudga keldi. Shahar aholisi tez 
sur’atlar bilan о‘sib, XVI asr boshlarida 500-600 ming kishiga yetdi. Shu paytda Isfahonda 162 
ta machit, 49 ta madrasa, 1802 ta karvonsaroylar, markaziy yopiq bozor va 273 ta hammom 
mavjud edi.
Hunarmandchilikning sohalari orasida, ayniqsa, tо‘qimachilik keng rivojlandi. Isfahon atrofida 
bozor uchun turli-tuman mato ishlab chiqaradigan 1460 ta mahalla bor edi. Isfahondan 
tashqari Sheroz, Tabriz, Mashhad kabi boshqa shaharlarda shoyi, baxmal, parcha kabi 
matolar ichki va tashqi bozor uchun ishlab chiqarilgan. Eronda tо‘qilgan zardо‘zlik 
mahsulotlari ayniqsa, Yevropa bozorlarida yuqori baholangan.
Ipak va zar iplardan dо‘ppi va belbog‘lar tikish, gilam tо‘qish ham keng tarqalgan edi. 
Ayniqsa, Eron gilamlari mashhur bо‘lib, о‘sha paytdagi Yevropa monarxlarining saroylarini 
bezab turgan. XVI-XVII asrlarda Eronda ishlab chiqarilgan badiiy san’at buyumlari-gilamlar, 


sopol va bronza buyumlari, qurollar pishiqligi va bezaklarining nafisligi bilan ajralib turgan. 
Eronlik ustalar metallga ishlov berishda katta yutuqlarga erishganlar. Ular tayyorlagan metall 
buyumlar-mushaklar, astronomiya asboblari, idishlar Garbiy Yevropa va Rossiya bozorlarida 
xaridorgir edi. Hunarmandlar ichki bozor uchun о‘simliklardan olingan bо‘yoqlar, teri 
buyumlari, oyna, sovun va boshqa xalq iste’mol buyumlarini ham ishlab chiqarardi. 
Eron shaharlari о‘z-о‘zini boshqarish tizimiga ega emasdi. Ammo savdogarlarning 
uyushmalari va hunarmandlarning esnaf (sex) lari ichki boshqaruv tizimiga ega edi. Esnaflar 
ustalarning malakasini belgilar, ishlab chiqarishning yо‘nalishi va miqdorini о‘rnatardi. Yakka 
tartibdagi hunarmandlar ham mavjud bо‘lsa-da, hunarmandlar asosan korxonalarga birikkan 
bо‘lib, ularda 70 tadan 80 tagacha ishchi ishlardi. Hunarmandchilikning mutaxassislashgan 32 
ta tarmog‘i mavjud edi. Tashqi savdoda ipak savdosi va boshqa ayrim tovarlar ustidan shoh 
monopoliyasining о‘rnatilganligi xazinaga juda katta foyda keltirdi.
Savdo kompaniyalari orasida shoh nomidan tashqi savdoda ishtirok etadigan armanlarning 
“Yangi Julfa” kompaniyasi ajralib turgan. Eron savdogarlari Osiyodagi boshqa mamlakatlarga 
va Yevropaga mahsulot olib borishardi. Ayrim kompaniyalar, hatto Shvetsiya va Xitoyda ham 
о‘z vakillik idoralariga ega edilar. Savdogarlar katta huquqlarga ega bо‘lib, hukmdorlar 
tomonidan himoya qilinar edi.Bu davrda Rossiya va Yevropaning boshqa davlatlari turklarga 
qarshi ittifoq tuzushdan manfaatdor bо‘lganliklari uchun ham bir necha marotaba Eronga о‘z 
elchilarini jо‘natdilar, shuningdek, Safaviylar ham Yevropa davlatlari bilan turklarga qarshi 
birgalikda kurash olib borishga harakat qilardi. Abbos I Germaniya imperatori, Ispaniya va 
Portugaliya qirollari, Rim papasi va Fransiya, Gollandiya, Rossiya hukumatlari bilan о‘zaro 
elchilar almashdi. Safaviylar davrida Moskva Rusi bilan doimiy aloqalar о‘rnatildi. О‘zaro 
elchilar almashuv XV asrdayoq boshlangan edi. XVI asrning 50-yillarida Povolje va Kaspiy 
bо‘ylarini egallab olganidan sо‘ng Rus davlatining Eron va boshqa Osiyo davlatlari bilan savdo 
aloqalari sezilarli ravishda kengaydi. 1588 yildan 1676 yilga qadar 20 ta rus elchisi Eronga 
jо‘natilgan bо‘lsa, Erondan Rossiyaga 15 ta elchi yuborilgan. Eron savdogarlari Astraxanga 
kelib doimiy savdo qiladigan bо‘lishdi. Abbos I vafot etgach safaviylar sulolasida uning ishini 
davom ettiruvchi qolmadi. Abbos I ning tо‘rt о‘g‘illaridan biri qatl etildi, ikkitasi kо‘r qilindi, 
tо‘rtinchisi vafot etdi. Shuning uchun shohning nevarasi Safiyni valiahd deb e’lon qilishdi. U 
1628-1642 yillarda boshqargan. Safiy bobosiga о‘xshamas, mayxо‘tlikka mukkasidan 
ketgandi. Hokimiyat ichidagi beqarorlik Qandahorning boburiy Shohjahon tomonidan 
egallanishiga olib keldi. G‘arbda esa turklar bilan yangi urush boshlandi. 1630 yili Murod IV 
qо‘shini Hamadonni egallab vayron qildi va aholini qirib tashladi. 1635 yili turklar Yerevan va 
Tabrizni, 1638 yili Bag‘dodni olishdi. 1639 yil 17 maydagi Qasri Shirin bitimi bо‘yicha, Yerevan 
va Ozarbayjon Eronga qaytarildi, Bag‘dod va Iroqi Arab uzil-kesil Usmoniylar davlatiga о‘tdi. 
Safiy I 1642 yili Koshonda mayxо‘rlik oqibatida vafot etdi. Dehqonlardan yoki bog‘dorlardan 
juda katta yer rentasi olinardi. Shoh xonadoniga qarashli yerlar tarkibiga kiruvchi chek yerda 
yoki chek yeri tiul yoki mulk deb ataladigan yerning bir qismi bо‘lishidan yoki dehqon vaqf 
yerlarining bir uchastkasiga ega bо‘lishidan qat’iy nazar — ishlab chiqaruvchi dehqon yerga 
birkitib qо‘yilgan bо‘lsa, hamma joyda о‘z hosilining deyarli hammasini yer egasiga 
topshirishi kerak edi, ishlab chiqaruvchining о‘zida esa yalpi hosilning kupi bilan beshdan bir 
yoki tо‘rtdan bir qismi qolardi. Dehqon yer uchun, suv uchun, ish hayvoni uchun (agar unda 
yetarli miqdorda ot-ulov bо‘lmasa) haq tо‘lar edi. Chek yerlariga ega bо‘lgan jamoa 
dehqonlardan tashqari safaviylar davrida kо‘plab yersiz dehqonlar bо‘lib, ular bir parcha 


yerni korandalik (korandalik. forscha. yerni ijaraga olish turi bо‘lib, ijara haqi yer egasiga 
hosildan tо‘langan) sharti bilan ijaraga olardilar, bunday hollarda ijaraga yer olgan kishida 
mahsulotning yanada kamroq qismi qolardi.
Eronning ayrim rayonlarida XVI— XVII asrlarda ham о‘z yeriga ega bо‘lgan dehqonlarning bir 
qismi saqlanib qolgan edi, ammo ularning yerlarini feodallar bosib olishi yoki boyib ketgan 
savdogarlar va sudxо‘rlar tomonidan sotib olinishi natijasida tez kamayib borardi. 
Ocharchiliklar, yuqumli kasalliklarning tarqalishi natijasida butun-butun dehqon 
qishloqlarining qirilib ketishi safaviylar qishlog‘idagi tez-tez bо‘lib turadigan oddiy voqea 
edi.Fors kо‘rfazini egallab olish uchun dastlabki harakatni XVI asrda portugallar boshlab 
berishdi. 1507 yili Ormuz orolini va undagi juda yirik savdo portini egallab olishdi, lekin aholi 
qо‘zg‘olon kо‘tarib ularni bu yerdan haydab yubordi. Oradan bir necha yil о‘tib, portugallar 
о‘zlarining dengizdagi harbiy ustunligidan foydalanib yana Ormuzni egallashdi. Bu yerda 
garnizon joylashtirilib, savdo faktoriyasi tashkil etildi.
Portugallar Fors kо‘rfazida hukmron bо‘lib olganlaridan sо‘ng ingliz savdogarlari Eron va 
Hindiston bilan savdoni shimoliy yо‘l, ya’ni Volga- Kaspiy yо‘li orqali rivojlantirishga harakat 
qilishdi. XVI asr 60-yillarida inglizlarning Moskva kompaniyasi katta qiyinchiliklar bilan 
Shirvon chegaralarida erkin savdo qilish huquqini qо‘lga kiritdilar va Shemaxada savdo 
faktoriyasini ochdilar. Inglizlarning Shirvon bilan savdo aloqasi turklarning bosqini tufayli 
tо‘xtab qoldi. Rossiya hukumati о‘z hududidan ingliz tovarlarini о‘tkazishga ruxsat 
bermaganligi sababli bu savdo yо‘li rivojlanmadi.
XVII asr boshlarida Eronga inglizlarning Ost-Indiya kompaniyasi о‘z vakillarini jо‘natdi. 1616 
yili shoh Abbos I ingliz savdogarlari bilan yaxshi muomalada bо‘lish, о‘z portlarida ingliz 
savdo kemalarini qabul qilish tо‘g‘risida buyruq berdi. Bir yildan sо‘ng kompaniya vakillari 
juda kо‘p tovarlar bilan kelganida Abbos I Sheroz va Isfahonda ingliz faktoriyalarini ochishga 
ruxsat berdi. Inglizlar shoh saroyida о‘z vakiliga ega bо‘lish, butun mamlakat bо‘ylab erkin 
savdo qilish, о‘zi bilan qurol olib yurish va zarur hollarda uni qо‘llash va diniy e’tiqod erkinligi 
kabi huquqlarga ega bо‘lishdi. Fors kо‘rfazi orqali Eron ipagi bilan savdo qilish foydali bо‘lib 
chiqdi. Chunki Erondan ipak bozori Halab (Aleppo) dagidan 50 foiz arzonga tushardi. Inglizlar 
butun Erondagi ipak savdosi ustidan tо‘la monopoliya о‘rnatishga harakat qilishdi. Buning 
evaziga ular Abbos I ga portugallarga qarshi kurashda Ost-Indiya kompaniyasining harbiy 
qismlaridan foydalanishni taklif qilishdi. 1623 yili Safaviylarning qо‘shini kо‘magida Ormuzni 
egallashga va portugallarni quvib chiqarishga muvaffaq bо‘lishdi. Ularning qurilmalari buzib 
tashlandi, port esa (Gombrun) ga kо‘chirildi va Bender- Abbos (Abbos bо‘g‘ozi) deb qayta 
nomlandi. Shu vaqtdan boshlab inglizlar Eronda yangi huquqlarni olishdi. Ularning asosiylari 
Bender- Abbos portida tushadigan bojlarning yarmini olish, bu yerda о‘z faktoriyasiga ega 
bо‘lish, ipak olib chiqish edi. Bu huquqlar avval inglizlarga berilgan bо‘lsa, keyin 
gollandlarning Ost-Indiya kompaniyasiga ham berildi. 
XVII asr о‘rtalariga kelib gollandlarning Ost-Indiya kompaniyasi inglizlar bilan raqobatda 
muvaffaqiyatga erishib ularni ortda qoldirdi. Chet el kompaniyalari tovar olib chiqishdan 
kо‘ra kо‘proq uni Eronga olib kirishni afzal bilishardi. Eron iqtisodiyoti uchun xavfli bо‘lgan 
holatlardan biri, kumush tangalarning, shuningdek, oltin va kumush buyumlarning olib chiqib 
ketilayotgani edi.


Safaviylar tomonidan savdo sohasida chet elliklarga berilayotgan yengilliklar nafaqat tashqi 
savdoni kengaytirish uchun, balki siyosiy manfaatlarni ham kо‘zlab qilinayotgan edi. Biroq bu 
yengilliklardan Yevropa savdo kompaniyalarining agentlari shu qadar jadal foydalandiki, 
natijada Eron Yevropa davlatlari uchun daromad manbaiga aylanib qoldi va Eron iqtisodiy va 
siyosiy tushkunlikni о‘z boshidan kechirdi. Bu narsa Eronni mustamlakaga aylantirish uchun 
zamin yaratdi. 

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling