Reja: Salb yurishlarining boshlanishi sabablari Salb yurishlarining Rim papaligi tomonidan uyushtirilishi
Mavzu: XVI-XVII asr birinchi yarmida Italiya
Download 1.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Jahon tarixi 2 majmua.
Mavzu: XVI-XVII asr birinchi yarmida Italiya. Reja: 1.Italiyaning siyosiy tarqoqligi va iqtisodiy ahvoli. 2.Monax Savonarolaning ta’limoti.3.Neapolda Mazanyello qо‘zg‘oloni. 4.XVI asrning ikkinchi yarmi va XVII asr birinchi yarmida Italiya madaniyati. Italiya geografik о‘rniga kо‘ra Appenin yarim oroli, Padan tekisligi, Alp tog‘larining janubiy yonbag‘irlari, Sardiniya va Sitsiliya orollari hamda qator kichik orollar hududini egallaydi. Fransiya, Shveysariya, Avstriya, Sloveniya, San-Marino kabi davlatlar bilan chegeradosh. Ma’muriy jihatdan 20 viloyat, 110 ta provinsiya (ma’muriy birlik) hamda 8100 dan ortiq kommuna (kommuna.lot.umumiy- о‘rta asrlarda G‘arbiy Yevropada feodaldan о‘zini-о‘zi boshqarish huquqini qо‘lga kiritgan jamoa bо‘lib, IX-XII asrlarda Venetsiya, Genuya, Siyena, Lukka, Ravenna va Bolonya shaharlari kommunalarga aylangan) larga bо‘lingan. Uyg‘onish va Gumanizm (lot.humanus.insoniy- XIII-XVI asrlarda sxolastika va cherkovning ma’naviy hukmronligiga qarshi turgan hurfikrlilik) ning vatani bо‘lmish Italiya sо‘nggi о‘rta asrlar davrida siyosiy tarqoqlik va iqtisodiy inqirozni boshidan kechirayotgan edi.XVI asrdayoq Italiyaning siyosiy tanazzulidan foydalangan Fransiya va Ispaniya bu yerda bosqinchilik urushlarini olib bordi. Uzoq davom etgan (1494-1559) bu urushlar mamlakatning siyosiy tarqoqligini va iqtisodiy tanazzulini yanada kuchaytirdi.Mayda bо‘laklarga ajralib ketgan tarqoq Italiya muttasil fitnalar, yashirin diplomatik makrlar, о‘zaro mayda adovat, janjal va urushlar maydonidan iborat edi. Bularning hammasi boshqa yirik chet mamlakatlarning Italiya ishlariga aralashuviga sabab bо‘lardi. 1494 yildan Italiyaga fransuz feodallari bostirib kira boshladi. Italiya bilan Fransiya о‘rtasidagi urush tо‘xtab-tо‘xtab 60 yildan ortiqroq davom etdi va faqat 1559 yilda tо‘xtadi. Fransuzlardan tashqari XVI asrda gabsburglar (1273-1556 yillarda Germaniyani boshqargan sulola bо‘lib, ular Rudolf I (1273-1291), Albrext I(1298- 1308), Fridrix Avstriyskiy (1314-1330), Albrext II (1438-1439), Fridrix III (1440-1493), Maksimilian I (1493-1519), Karl V, imperator(1519-1556, ispan qiroli Karl I ni о‘zi) lar boshqarishgan. dinastiyasining vakili bо‘lgan imperator Karl V hukmronligi ostida qolgan ispan va german feodallari ham Italiyaga bosib kirdilar. Fransuz, ispan va german qо‘shinlari Italiyani taladilar va xonavayron qildilar. XVI asrning birinchi yarmida hali ham qudratli bо‘lgan Turkiya imperiyasiga qarshi kurashda Venetsiyaga katta kuch sarflashga tо‘g‘ri keldi.Noqulay xalqaro vaziyat va chet davlatlarning tо‘g‘ridan-tо‘gri intervensiyasi Italiyani yanada kuchliroq iqtisodiy va siyosiy tushkunlikka olib keldi.1559 yilgi Kato-Kambreziya sulhi Italiyaning siyosiy tarqoqligini va Ispaniyaga qaramligini mustahkamladi. Janubiy Italiya, Sitsiliya, Sardiniya, Milan gersogligi Ispaniya tarkibiga kirdi. Venetsiya, Savoyya gersogligi, Pemont va Papa viloyatidan tashqari hamma hududlar Ispaniyaga qaramlikni tan olishdi. Bu davrda chet el bosqinchilariga qarshi xalq harakatlari ham tо‘xtamadi. 1559 yilgi Janubiy Italiyada Kampanella tomonidan tayyorlangan qо‘zg‘olon fosh qilindi. Italiya XVI asrda siyosiy jihatdan ilgarigidek tarqoq mamlakat bо‘lib qolaverdi. Davlatlardan kattaroqlari: shimolda- Venetsiya, Genuya, Milan hamda Savoyya va Pemont gersogliklari, о‘rta Italiyada (1531 yilda Toskaniya gersogligiga aylantirilgan) Florensiya va papa davlati; janubida- Sitsiliyani ham о‘z ichiga olgan Neapol qirolligi bо‘lgan. Bundan tashqari, о‘nlab mayda «mustaqil» yerlar bо‘lgan. Papa davlati-ya’ni butun dunyo katoliklarining rahnomosi bо‘lgan Rim papasining qarorgohi hisoblangan hozirgi Vatikan davlati joylashgan bо‘lib, bu davlatning umumiy maydoni 0,44 kv.m. yoki 44 gektar, doimiy aholisi 800 kishiga yaqin. Ushbu kо‘rsatkichlarga kо‘ra u dunyodagi eng kichik davlatdir. Vatikanning nomi hududidagi tepalik- Mons Vatikanus (Mons Vaticanus) dan olingan bо‘lib, u lotinchada “fol ochadigan yer” degan ma’noni bildiradi. Qadimda Vatikan hududida hech kim yashamagan, chunki bu hudud muqaddas sanalgan. 326 yilda xristianlikning kirib kelishi bilan Konstantin ibodatxonasi qurilgan va shu vaqtdan buyon bu yerda odamlar yashay boshlagan. Hozirgi kо‘rinishida Vatikan 1929 yil 11 fevralda Italiya hukumati bilan imzolangan Lyuteran bitimiga binoan yuzaga kelgan. Vatikan absolyut monarxiya davlati bо‘lib, qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud hokimiyati Rim papasiga tegishli. Respublika tuzumi deyarli hamma yerda monarxiya tuzumi bilan almashtirildi. Milanda Sfors oilasi Gersog (о‘rta asrlarda Yevropada yirik feodal, mulk egasi, о‘rta asr oxirlaridan dvoryanlik unvonlaridan biri) unvonini oldi. Florensiyada medichilar avlodi Toskaniya gersoglari unvoniga ega bо‘ldi. Papa viloyatida papalar mutlaq monarxga aylanib, ular о‘z chegaralarini kengaytirish uchun mumkin bо‘lgan hamma vositalarni ishga soldilar. Aleksandr VI Borjia (1492—1503), Yuliy II (1503—1513) va Lev X Medichi (1513—1521) degan papalar о‘zlarining dabdabali hayotlari, harbiy va diplomatiya sohasida yurgizgan murakkab siyosatlari, italyan dinastiyalari bilan nasabiy aloqalariga qaraganda yepiskoplardan kо‘ra kо‘proq dunyoviy hokim edilar.Italiya urushlari tufayli Ispaniya va Portugaliya bilan munosabatlarning mustahkamlanishi ham Italiya uchun yangi jahon savdo bozorlariga yо‘l ochdi. XV asrda zamonaviy kо‘rinishdagi ilk bank (ital.banko,kursi,о‘rindiq) Genuyadagi muqaddas Georgiy banki paydo bо‘ldi. XVI- XVII asrlarda Shimoliy Italiya shaharlaridagi savdogarlar gildiya (nem.korporatsiya, uyushma- Yevropa mamlakatlarida о‘zaro yordam, siyosiy, diniy uyushmalar) lari о‘zlarining doimiy mijozlariga xizmat kо‘rsatadigan maxsus jirobanklar (giro.ital.-doira, aylana) tashkil qilardilar. Metall pullarning yetishmasligi va aylanish uchun noqulayligi XVII asrda veksellar (nem.wechsel-ayirbosh-muayyan miqdordagi qarzni belgilangan muddatda qat’iy tо‘lash majburiyati yuklangan qarzdorlik tilxati, qimmatbaho qog‘oz) va dastlabki banknotlar (ing. bank-note-markaziy bank tomonidan chiqarilgan qog‘oz pullar) ning paydo bо‘lishiga olib keldi. Bu davrdagi banklar 4 ta asosiy funksiyani bajargan: 1) Kreditda vositachilik qilish; 2) Tо‘lovlarda vositachilik qilish; 3) Omonatlar va pul daromadlarini safarbar qilish orqali ularni kapital (sarmoya) ga aylantirish; 4) Pul aylanishini yengillashtiruvchi kredit vositalarini (banknot, chek) yaratish bо‘lgan. Italiya iqtisodiyotining muhim tarmog‘i bо‘lgan tо‘qimachilik fransuz, nemis va ingliz tо‘qimachilarining raqobati tufayli inqirozni boshdan kechirayotgan edi. Italiya sanoatining rivojlanishiga Italiya urushlari davrida kо‘plab mablag‘larning yer sotib olishga yо‘naltirilganligi ham salbiy ta’sir kо‘rsatdi. Italyan urushlari davrida mamlakat iqtisodi yangi sharoitga moslashishga majbur bо‘ldi: vayronagarchilik, aloqalarning uzilishiga qaramasdan iqtisodiy rivojlanish imkoniyatlari barham topmadi va XVI asrdan boshlab ba’zi sohalarda о‘sish kuzatildi. Bunga 1559 yilgi shartnomadan keyin mamlakatda о‘rnatilgan tinchlik bilan birga raqobatchi mamlakatlar ahvolining о‘zgarishi ham sabab bо‘ldi: Fransiyada fuqarolar urushi boshlandi, Niderlandiyada inqilob va Ispaniya zulmidan ozod bо‘lish uchun kurash boshlandi. XVI asrning ikkinchi yarmidan boshlab Pemont, Bergamo, Venetsiya kabi shaharlarda tо‘qimachilik hajmi kengaydi. Ayniqsa, Venetsiyada ishlab chiqarishning о‘sishi kuzatiladi: 1521 yili bu yerda 3500 ta toy mato tо‘qilgan bо‘lsa, 1569 yili 26500, 1602 yili esa 29 mingta toy ishlab chiqarildi. 1553-1572 yillar mobaynida mahalliy kompaniyalar tomonidan mato ishlab chiqarish ikki barobarga oshdi.Genuya, Venetsiya, Milan, Paviya, Komo, Mantuya, Bolonya, Florensiya shaharlarida ipak gazlamalar tо‘qish ancha taraqqiy qildi. Yevropada urf bо‘lgan gazlamalar Angliya, Fransiya, Germaniya, Polsha va Vengriya kabi mamlakatlarga chiqarilardi. Asosiy ipak yetishtiruvchi о‘lka Neapol qirolligi edi.Ishlab chiqarishning tashabbuskori ilgarigidek sexlar doirasida faoliyat kо‘rsatuvchi kompaniyalar edi. Ular erkin tadbirkorlikka yо‘l qо‘yishmasdi. Bu yerda sex va kompaniyalarga qaram bо‘lgan usta hunarmandlar va yollanma ishchilar ishlar edi. Shu sabablar tufayli iqtisodiy о‘sish vaqtinchalik edi. XVII asrga kelib chuqur iqtisodiy inqiroz boshlandi. Masalan, Milanda tо‘qimachilik korxonalarning soni besh marta, mato tо‘qiydigan ustaxonalarning soni 70 tadan 15 taga kamaydi. Faqat Toskaniya gersogligida sanoat va savdo malum darajada rivojlangan. Ammo sanoatdagi inqiroz Italiyadagi savdo va bank ishlariga ham tasir etmasdan qolmadi. XVI asr boshlarida Venetsiya, Genuya, Florensiya xalqaro savdo va moliya markazlari edi. Italiyaning yirik shaharlari Ispaniya, Angliya, Fransiya bilan savdoda aktiv edilar. Turkiya tomonidan о‘rnatilgan tо‘siqlargava qaramasdan Venetsiya О‘rta Yer dengizining savdosida о‘z mavqeini saqlab qoldi. Yaqin Sharq mamlakatlaridan keltiriladigan shirinliklarga bо‘lgan Venetsiya monopoliya (iqtisodiyotning biror sohasida tanho hukmronlik) sini Portugaliya yо‘q qila olmadi. Italiya dehqonlarining aksariyati shaxsan ozod bо‘lsalar-da, yangi davr boshlaridayoq yerlaridan ajralib, ijarachilarga aylana boshladilar. Italiyada cherkov va davlat soliqlaridan ruhoniylar zodagonlar tо‘liq ozod qilingan edilar, ushbu soliqlarni tо‘lash dehqonlar zimmasida edi. Shunga qaramasdan, Italiya qishloq xо‘jaligida XVI asrning ikkinchi yarmida muvaffaqiyatlarga erishildi. Bо‘sh yotgan yerlarni tozalash hisobidan haydaladigan yerlar maydoni kengaydi, Toskaniya va Lombardiyada melioratsiya va irrigatsiya ishlari olib borildi, hamma joyda donli va xashakli ekinlar ekildi. Yangi joriy qilingan makkajо‘xori tezda ommaviylashib ketdi, sholi, kanop ekish, sitrusli daraxtlar ekish, shakarqamish yetishtirish kо‘paydi. Pilla qurti boqishda foydalaniladigan tut daraxtini о‘stirishga katta e’tibor berildi. Chorvachilikda ham muvaffaqiyatlarga erishildi; mollarni poda qilib boqish joriy qilindi. Janubiy Italiyada qо‘ychilik rivojlandi. Yaylovlar va ovchilikka mо‘ljallangan qо‘riqxonalar kо‘paydi. XVII asrning ikkinchi yarmida Italiyaning iqtisodiy inqirozi va siyosiy qaramligi yanada kuchaydi. Sanoat ishlab chiqarish keskin pasaydi: tо‘qimachilik Florensiyada 20 marta, Venetsiyada esa 30 marta kamaydi. Sanoat ishlab chiqarish uchun tо‘siqlar bu kapitalning yо‘qligi, ichki bozorning nihoyatda torligi va chet el raqobati edi. Ichki va tashqi savdoning susayishi bu yerda Avstriya va boshqa savdogarlarning hukmronligiga olib keldi.Italiyada fransuz urushlari boshlangani munosabati bilan Florensiyada davlat tо‘ntarishi yuz berdi. Fransuzlar bostirib keladi, degan ovozalar tarqalishi bilan, xalq ommasi Medichilarning zulmiga qarshi qо‘zg‘olon kо‘tardi. Florensiyada birmuncha vaqtgacha (1494y.) respublika qaytadan tiklanib turdi. Dominikanlik monax Savonarola (1452—1498) respublika ishlariga g‘oyat katta ta’sir kо‘rsatdi. Florensiyadagi о‘rta va xonavayron bо‘lgan mayda hunarmandlar kayfiyatini aks ettirib, Savonarola о‘z va’zlarida boylarniig dabdabali va turmush bekorchiligidan kelib chiqayotgan bema’nigarchilikdarni qattiq qoraladi va bir qancha mо‘tadil ijtimoiy islohotlar-daromad solig‘ining ijobiy formasini joriy qilish, kambag‘allarning qarzlarini bekor qilish, sudxо‘rlarni haydab yuborish, shaharlarda qarz beruvchi kassalar tashkil etish va h.zolarni talab qildi. Savonarola Rim papasini ham qattiq qoralab, papa saroyiga, undagi dabdaba va boylikka la’nat о‘qidi. Savonarola fransuzlarni «gunohga botgan Italiyaga» qarshi «xudo yog‘dirgan qahr-g‘azab» oqibati deb hisoblaydi.Fransuz bosqinchilari о‘zlarining talonchiligi va jabr-zulmlari bilan tezda italyan jamiyatining hamma sinflarini о‘zlariga qarshi qо‘zg‘atdilar. Florensiyadan tashqari yana Neapolni ham bosib olgan fransuz qiroli Karl VIII ning dastlabki muvaffaqiyatlari italyan davlatlarining unga (qarshi birlashuviga olib keldi. Fransuzlar shoshilinch ravishda Italiyadan chiqib ketishga majbur bо‘ldilar. Fransuzlarning chiqib ketishi bilan Savonarolaning mavqei ham bо‘shashdi. U 1498 yilda papaning amri bilan qamoqqa olindi va sud qilinib, gulxanda kuydirildi. Qochib ketgan Medichilar 1512 yilda ispanlar yordami bilan qaytadan-hokimiyat tepasiga chiqib oldilar. XVI asr boshida Italiya urushqoq qirol Fransisk I Valua boshchiligidagi fransuz feodallari bilan nomi tilga olingan imperator Karl V Gabsburg rahbarligidagi ispan-german feodallari о‘rtasida shiddatli urush maydoniga aylandi. 1525 yilda Paviya shahri yonida bu ikki dushman о‘rtasida qattiq jang bо‘ldi. Bu jangda Fransisk I batamom yengilib, Karl V uni asir oldi. Papa Kliment VII Gabsburglarling juda kuchayib ketishidan qо‘rqib, imperatorga qarshi Fransiya bilan Angliya ishtirokida Italiya davlatlarining koalitsiyasini uyushtirishga harakat qildi. Karl V buni bilib qolib, 1527 yilda о‘z qо‘shinlarini Rimga yubordi. Papa asir olindi, Rim esa yanada shafqatsiz tarzda talandi. О‘n minglarcha Rim aholisi va shu jumladan, juda kо‘p xotin-qizlar va bolalar о‘ldirildi. Landoknextlar papa saroyi- Vatikanga kirib, uni ham taladilar va kо‘p joylarni vayron qildilar. 1527 yil 6 maydagi «talon-toroj kuni» italyanlar xotirasida uzoq vaqtlargacha dahshat va benihoya katta milliy baxtsizlik kuni bо‘lib qoldi.XVI asrning oxirlari va XVII asrning boshlarida yashagan dominikanlik monax Tomazo Kampanello(1568—1639) Italiyaning atoqli mutafakkirlaridan biri edi. Kampanella 1600 yilda ispan Gabsburglarining zulmiga qarshi Kalabriyada kо‘tarilgan qо‘zg‘olonda qatnashdi. Kampanella qо‘zg‘olon vaqtida qamoqqa olinib, salkam 25 yil umrini har xil turmalarda о‘tkazdi. U turmada ekanida utopik (yunon.yо‘q joy,xayoliy taxminlarga kо‘ra, farovon joy) xarakterdagi «Quyosh shahri» («Civitas Solis») degan asarini yozdi. Tommazo Kampanelli “Quyosh shahri” asarida kambag‘allar ochlikdan о‘layotgan bir paytda Neapolda senyorlar “о‘z pullarini ov itlari-yu otlarga, qiziqchi artistlar-u aysh-ishratga sarflaydilar” deb yozgan edi. Senyorning 100 ekyu (frans.qalqon-fransuz tangasi bо‘lib, 1266 yilda qirol Lyudovik IX tomonidan zarb ettirilgan. XIII asrdan 1653 yilgacha oltindan, 1653 yildan to 1793 yilgacha kumushdan zarb qilingan, 1834 yil muomaladan chiqarilgan) daromadi bо‘lsa, unga qaram kishilarning yillik daromadi 3 ekyudan oshmas edi. XVI asr boshlarida Germaniya aholisining barcha toifalari katolik cherkovidan norozi edilar.XV asrning oxiri-XVI asrning boshlarida Germaniyada gumanizm (lot.humanizm, yani insoniy degan manoni bildiradi, gumanistlar avvalo inson va uning ishlari bilan qizoqqanligi uchun ularni insonparvar, yani gumanistlar deb atadilar), о‘zining kо‘plab yozuvchi va olimlariga ega edi. XVI asrning boshlarida Erfurt universiteti huzurida vujudga kelgan tо‘garak gumanizmning markazi bо‘lib qoldi. Tо‘garak rahbari Musian Ruf (1471—1526) edi. Musian Ruf sxolastikani (quruq ta’lim) qoralab chiqdi. Ulrix fon Gutten ham (1488—1523) Musian Ruf maktabidan chiqqan edi. U asli ritsarlardan bо‘lib, Lyuter reformatsiyasiga qо‘shilgan edi. Nemis gumanistlari Guttenning ta’biricha: «Germaniyaning ikki kо‘zi», ikki filolog olim-Erazm Rotterdamskiy (1467-1536) bilan Iogann Reyxlin (1455-1522) edi. Erazm Rotterdamskiy Gollandiyaning Rotterdam shahrida tug‘ilgan. U XV asrning 90- yillari va XVI asrning birinchi о‘n yilida turli mamlakatlarda Fransiya, Angliya, Germaniya va Italiyada yashadi. 1513 yildan boshlab, u Bazelda yashay boshladi. U grek va latin tilini yaxshi bilardi. Uning adabiy asari «Betamizlik madhiyasi» (1509 yil) degan satirasi bilan shuhrat qozondi. Minbarda turib va’z о‘qiyotgan xotin timsolida berilgan «Betamiz» о‘z xislatlarini maqtaydi, odamlarni о‘z maslahatlariga amal qilishga chaqiradi. Papalar, kardinal (kardinal. katolik cherkovi iyerarxiyasida Rim papasidan keyin, yepiskopdan oldin turuvchi ruhoniy)lar, yepiskop (yepiskop. nazorat qiluvchi-pravoslav, katolik, anglikan cherkovlarida oliy martabali ruhoniylaridan biri bо‘lib, cherkovga qarashli ma’muriy-hududiy birlik boshlig‘i)lar, monaxlar, ruhoniy olimlar Betamizning muxlislaridir.Erazm dunyoviy feodallarni bekorchiliklari, ovga berilib ketganliklari, shuhrat ketidan quvib, urushlar olib borishlarini tanqid qiladi. U papani va katolik cherkovini agdarib tashlashga davat qilmaydi. U asosiy zarbasini sxolastlarga, bekorchi monaxlarga qaratadi. Erazmning eng yuksak orzusi-bidatlardan «pok», «marifatli» cherkov edi. Uning yana bir boshqa asari- «Jahon shikoyati» asarida Yevropadagi urushlar, xalqaro ahvolni bayon qiladi. Erazm bu urushlar tо‘xtatilishini va Yevropada tinch davrn boshlanishini orzu qiladi, urushlarni monarxlar о‘z boyliklarini oshirish maqsadida olib boradilar, bunda yepiskoplar, ruhoniylar va monaxlar esa monarx (davlatni yakka hukmdori) larni urushdan tiyib turish о‘rniga, bu ishga yо‘l berib beradilar deydi. Erazm jafokash xalqqa murojaat bilan chiqadi, ya’ni “Barcha kishilar urushga qarshi birlashsinlar!”deb da’vat qiladi. Reyxlin ham filolog bо‘lib, universitetda grek va qadimiy yahudiy tillaridan dars berardi. Reyxlin yahudiy tilidagi kitoblarning kuydirilishiga qarshi 1509-1510 yillarda norozilik bildirib chiqqan edi, yahudiy tilidagi kitoblarning kuydirilishini esa Kyolndagi teologiya professorlari talab qilgan edilar. Erfurt tо‘garagining a’zolari Reyxlinni qо‘llab-quvvatladilar. Kyoln universiteti professorlari orasidagi sxolastlar Reyxlinga qarshi chiqdilar. «Johillarning maktublari» degan asar sxolastlarga qarshi reyxlinchilarning olib borgan kurashining yodgorligidir. Bu ikki tomlik «Maktublar» 1515 va 1517 yillarda nashr qilindi. Birinchi tomning muallifi Krot Rubian (Musian Rufning shogirdlaridan biri va Erfurt tо‘garagining a’zosi), ikkinchi tomning muallifi Ulrix fon Guttendir. Bu asar Kyoln teologi Ortuin Gratsiyga qaratilgan edi. Bu kitobda sxolastlarning soxta olimligi, ular ishlatadigan о‘rta asr latin tilining buzuqligi, ularning bekorchiligi, sxolastlar munozarasining bema’niligi fosh qilingan. Gumanistlar yosh avlodining vakili Ulrix Fon Gutten katolitsizmni tanqid qilishda Erazm bilan Reyxlindan о‘tdi. Gutten 1512 yilda Italiyada bо‘lgan vaqtidayoq papa cherkovidan nafratlanib, Germaniya boshiga tushgan hamma balolarning asosiy sababchisi о‘sha cherkov deb hisoblay boshlagan ediLyuter maydonga chiqqanida gumanistlar orasida birinchi bо‘lib Gutten uning tomonini oldi. Gutten ham xuddi guschilar singari zо‘rlik ishlatmay turib, reformatsiyani amalga oshirib bо‘lmaydi degan edi. U Germaniyadan katolik ruhoniylarini haydab yuborishni qattiq talab qildi. U 1522 yilda Frankoniyada ritsarlar qо‘zg‘oloni rahbari Frans Fon Zikengenning eng yaqin yordamchisi va safdoshi bо‘lib maydonga chiqdi.Gutten ham ritsarlar oilasidan chiqqan bо‘lib,u о‘z qarashlarida ritsarlarni shaharliklarga ham, dehqonlarga ham dо‘st bо‘lishi mumkin deb isbotlashga urinardi va shaharliklar bilan dehqonlarni ritsarlarning knyazlar va yepiskoplarga qarshi olib boradigan kurashlariga yordam berishga chaqirdi.Knyazlar bu qо‘zg‘olonni osongina bostirgach, Gutten Shveysariyaga qochib ketadi va Syurix kо‘li orollaridan birida vafot etdi.Germaniyada XVI asr boshida keskinlashib ketgan sinfiy ziddiyatlar oqimi natijada keng inqilobiy harakatga aylandi. Reformatsiya- XVI asrda katolik cherkovi ta’limotini isloh qilish maqsadida Germaniyada bо‘lib, о‘tgan va XVII asrning I-yarmida G‘arbiy Yevropaning qator davlatlarida ham yoyilgan ijtimoiy harakatdir.Bu harakat natijasida katolik cherkovida bо‘linish yuz berib, yangi oqim- protestantlik vujudga keldi.Reformatsiya 1517-yilda Germaniya aholisining katolik cherkovini reforma (isloh) talab qilib chiqishdan boshlandi. Reformatsiyani, knyazlarning bir qismi, shaharliklar va dehqonlar qо‘llab-quvvatladilar. Reformatsiya tо‘lqinini kuchayishiga Vittenburg universiteti teologiya (ilohiyot) fanidan dars beruvchi professori Martin Lyuter (1483-1546) katta ta’sir kо‘rsatdi.Martin Lyuter 1483 yilda Saksoniyaning Eysleben shahrida о‘ziga tо‘q tadbirkor oilasida tug‘ilgan. Uning otasi mis eritish korxonasi va mis konlarining egasi edi. 18 yoshida Lyuter Erfurt universitetiga о‘qishga kirib, u yerda gumanistlar tо‘garagining a’zolari bilan tanishdi. Universitetni tugatgach u monastrga ishga kiradi va monaxlar uni Saksoniyaning Vittenberg shahridagi universitetga dars berish uchun yuboradi. Lyuter tez orada teologiya (ilohiyot) doktori ilmiy darajasini oladi. Martin Lyuter indulgensiya yorliqlarini sotishga qarshi 1517yil 31 oktabrda cherkov eshigiga о‘zining dindorlarga qarata yozgan mashhur “95 tezis” (yunoncha.qoida, isbot) deb atalgan xitobnomasini yopishtirib qо‘yadi. Bu mashhur “95 tezis” indulgensiyalarni sotishga qarshi e’tirozlar edi. Aslida faqat ilmiy munozara uchun mо‘ljallangan ushbu tezislar lotinchadan nemis tiliga tarjima qilinib, butun Germaniyani tо‘lqinlantirib yuboradi.1520 yil 15 iyunda papa Lev X (1475-1521) Lyuterni cherkovdan haydashga qaratilgan bulla (о‘rta asrlarda papalarning asosiy hujjati bо‘lib, qо‘rg‘oshin va oltin muhr bilan tasdiqlangan) e’lon qiladi. Papa vakillari bulla matnini Germaniya bо‘ylab tarqatib, Lyuter asarlarini yoqishni tashkil qildi. Bunga javoban Lyuter 1520 yil 10 dekabrda universitet professorlari va talabalari huzurida papaning farmonini universitet hovlisida gulxanda kuydirdi. 1521 yil boshida Lyuter va uning tarafdorlari cherkovdan haydaldi. Lyuter Rim sudiga borishdan bosh tortdi va 1521 yilda uni Vorms shahridagi imperatorlik sudiga chaqirishdi. Nemis knyazlari katolik qirollar Ferdinand va Izabellalarning nabirasi ispan qiroli Karl I imperator qilib saylashdi. Yangi imperator endi Karl V deb atalardi. О‘z boshida bir necha tojlarni yiqqan Karl V Ispaniya, Niderlandiya, nemis yerlari, Neapol va Sitsiliyaga hukmronlik qilardi. Karl V haqida uni “vatani yо‘q qirol” deyishardi. Niderlandiyada tug‘ilib, u yerda 17 yoshgacha turdi. О‘smirligida Karl har tomonlama ma’lumot oldi, ispan, nemis, fransuz, italyan tillarini bilardi. U dunyo xristianlarining katolik mamlakatini tuzishni orzu qilardi. Lyuter о‘z tezislarida papa cherkovi bilan aloqani mutlaqo о‘ylamagan edi. Papa Lev X ham dastavval Lyuterning bu chiqishlariga e’tibor bermadi. 1519 yilda Leypsigdagi munozaralarda Lyuter, cherkov papasiz ham yashay oladi, degan fikrni ilgari surdi. U ruhoniylarning alohida bir uyushmaligini rad qildi va xudo qoshida har bir xristian ma’lum darajada о‘zi ruhoniydir, dedi. U Yan Gus bilan hamfikr ekanligini umum oldida e’lon qildi, chex reformatorini gulxanda kuydirganlarni qoraladi. Kо‘p о‘tmay Lyuter papa bullasini haqorat qilib, «Dajjolning bullasiga qarshi» degan pamflet yozdi. Lyuter bu talabnomasida yangi imperator Karl V ga murojaat qilib, Rimni papa qо‘lidan tortib olishni va German imperiyasidagi cherkov yerlarining hammasini musodara qilishni taklif etdi.1521 yil 28 yanvarda Vorms shahrida imperator Karl V ishtirokida reyxstag ochildi. Imperator papani quvvatladi. Papa imperatorga Fransiyaga qarshi Italiya olib boradigan urushda ittifoqchi sifatida kerak edi.Seymga chaqirib keltirilgan Lyuterga о‘z qarashlaridan voz kechish taklif etildi. Lekin u о‘z qarashlaridan voz kechmadi. “Mendan hamma narsani kutinglar, faqat qochishni va voz kechishni emas. Men qochmayman va eng sо‘nggi kunimgacha tan oladiganim, о‘z ta’limotimdan voz kechmayman!”, degan edi mardlarcha Lyuter. 1521 yil may oyida, reyxstag a’zolari tarqalib ketgandan keyin, Karl V Lyuterni qamoqqa olish tо‘g‘risida edikt (ya’ni qirolning alohida muhim farmoni) ni chiqardi. Vorms shahridagi suddan keyin kо‘pchilik Lyuterni ham Yan Gusning (1369-1415) taqdiri kutyapti, deb о‘ylagandi. Ammo Saksoniya kurfyursti Fridrix III (1463-1525) uning qochishiga yordam berdi, Lyuterni о‘zini qasrlaridan biriga yashirib qо‘ydi. U yerda Lyuter ritsar Georg nomi bilan yashadi bu yerda 1522 yil martigacha ya’ni edikt о‘z kuchini yо‘qotgunga qadar turdi va Injil va boshqa diniy yozuvlarni nemis tiliga tarjima qildi. Lyuter ta’limotining asosiy mohiyati shundaki, inson “qalbini qutqarish” ga, “gunohlardan forig‘ bо‘lish” ga cherkov va uning marosimlari orqali emas, insonga xudo tomonidan in’om etilgan e’tiqod orqaligina erishish mumkin. U inson e’tiqodini uning xudo bilan aloqasidagi yagona vosita deb biladi. Katolik cherkovining ta’limotiga qarama-qarshi о‘laroq, Lyuter cherkov va ruhoniylar inson bilan xudo о‘rtasida vositachilik qila olmaydi, deb e’lon qildi. Rim cherkovining odamlar “gunohlarini kechirish” ga bо‘lgan da’vosini esa tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri yolg‘on deb atadi. Bu, albatta cherkovning mutlaqo keragi yо‘q, degani emas, u boshqacha bо‘lishi kerak, xolos. Ruhoniylar dindorlarga Injilni tushuntirsinlar, ularga muqaddas kitoblarni о‘qishni о‘rgatsinlar. Lyuter ruhoniylar ham uylana olishlari, odatdagi kiyimlarni kiyishi, oddiy odamlar qanday bо‘lsa, shunday bо‘lishi kerak, deb hisoblardi. Cherkov ham “arzon” bо‘lishi kerak- uzoq chо‘ziladigan marosimlardan ozod bо‘lishi, ruhoniylarning qimmatbaho kiyimidan voz kechmog‘i kerak. Lyuter cherkovi esa dunyoviy hokimlarga – knyazlar va imperatorlarga bо‘ysunmog‘i kerak. Bunday ta’limot knyazlarning ham manfaatlarini ifodalardi. Cherkov islohoti shiori ostida monastrlarning yerlarini tortib olish hollari uchray boshladi. 1529 yili Karl V knyazlarga monastr va cherkov mulkini olib qо‘yishni ta’qiqladi. Shunda Lyuterning izdoshlari unga norozilik bildirdilar. “Protestant” (lot. norozi bо‘lish, kelishmaslik) sо‘zi ana shunday paydo bо‘ldi. Cherkov islohotchilarni protestantlar deb atay boshladilar. Protestantlar ruhoniylarning inson bilan xudo о‘rtasidagi vositachilik rolini inkor etadi. Ularda ruhoniylar bilan oddiy dindorlar farqlanmaydi. Cherkov iyerarxiyasi yо‘q, toat-ibodat soddalashtirilgan, ruhoniylarning oila qurishi man etilmaydi. Protestantlar asosan, AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Skandinaviya mamlakatlarida, Niderlandiya, Shveysariya, Avstraliya, Kanada, Boltiq bо‘yi mamlakatlariga tarqalgan. Ularning umumiy soni 750 mln.ga yaqin. Germaniyaning shimoli va shimoli-sharqiy yerlari, shuningdek, Markaziy Germaniyaning ham bazi bir knyazliklari lyuteranlikni qabul qildilar, janub esa katolikligicha qoldi. Keyinchalik bu diniy urushlarga olib keldi.1524 yilga kelib katolik cherkoviga qarshi boshlangan harakat dehqonlarning krepostnoylik (krepostnoylik, feodal davlatlarda dehqonlar qaramligining tо‘liq va mash’um kо‘rinishini mustahkamlagan huquqiy hujjat) zulmiga qarshi urushga aylanib ketdi. Qо‘zg‘olonning yetakchisi ruhoniy Tomas Myunser (1493-1525 yillarda yashagan) edi.Myunserning g‘oyalari о‘z ustozi Lyuternikiga nisbatan ancha xalqchil bо‘lib, u ezilgan omma manfaatlarini kо‘zlardi. Myunser “hokimiyat oddiy xalqqa berilishi kerak”, chunki xudoning irodasi shu der edi. U о‘z targ‘ibotida xudo haqiqiy dindorlar bilan, tanlanganlar bilan gaplashadi va xalq poplarga emas xudoga quloq solmog‘i kerak, deydi. Qachon qо‘rg‘on va monastrlar hamda “boylar va kambag‘allar dushmanlari” yо‘qolsa, xususiy mulk bо‘lmasa, о‘shandagina Germaniya baxtli bо‘ladi, deydi Myunser.Myunser xalqni о‘z hukmini о‘tkazishga, hokimlarni ag‘darishga chaqirdi. U reformatsiyani shunday tushungan; reformatsiyaning asosiy vazifasi dinning yangi kо‘rinishini yaratish emas, balki dehqon va shahar kambag‘allari yordamida ijtimoiy-siyosiy tо‘ntarish qilish deb tushunardi. Uning ma’ruzalarida “Yerdagi hayotni yaxshilash, yovuzlikni yо‘qotib, jannatni Yerda yaratish” zarurligini targ‘ibot qilar edi. Myunserning g‘oyalarida dehqonlarning kichik mulklarini yaratish, ularni feodallar zulmidan ozod qilish mujassamlashgan edi. Myunser 1525 yilgi dehqonlar urushi vaqtida Myulgauzen shahridagi inqilobiy harakatga boshchilik qildi.Lyuterning cherkovga qarshi isyonga chaqirishi 2 ta siyosiy qо‘zg‘olonga sabab bо‘ldi; 1 chisi, 1523-yilda Frans fon Zikkengen boshchiligidagi dvoryanlar qо‘zg‘oloni; 2 chisi, 1525-yildagi dehqonlar urushidir.Ritsarlar qо‘zg‘oloni Reyn viloyatida bо‘ldi. Bu viloyatga qо‘shni bо‘lgan Frankoniya, Shvabiyadagi ritsarlar 1522 yil avgustida Landau shahrida sezdga tо‘planib, 6 yil muddatga ittifoq tuzdilar. Bunga qasr egasi Frans fon Zikkengen (1481—1523) bosh bо‘ldi. 1522 yil sentabrda Zikkengen 6-7 ming kishilik ritsarlar otryadi bilan Trir arxiyepiskopi Rixardga qarshi otlandilar, qо‘shni knyazlar-Pfals kurfyursti (saylovchi-knyazlar.Muqaddas Rim imperiyasida XIII asrdan imperator saylash huquqiga ega knyazlar bо‘lib,1356 yilgi Karl IVning oltin bullasi bilan huquqiy jihatdan rasmiylashtirilgan) bilan Gessen landgrafi yordamga keladi va knyazlar ritsarlarni Trirdan uloqtirib tashladilar, ritsarlar qо‘zg‘oloni mag‘lubiyatga uchrab, ritsarlar siyosiy mustaqillikdan mahrum bо‘ldilar. 1524-1525 yillarga kelib, dehqonlar urushi uchta asosiy rayonga: 1) Shvabiya, 2) Frankoniya 3) Tyuringiya — Saksoniyaga yoyildi. Shvabiyadagi dehqonlar qо‘zg‘oloni Shveysariya chegarasidagi Shvarsfald okrugida 1524 yil yozida boshlangan edi. Qо‘zg‘olon kо‘targan dehqonlar 1524 yil 24 iyunda о‘z pomeshchik graflariga barshchina majburiyatini tо‘lashdan bosh tortdilar. Bularga qо‘shni Vlasiy monastri dehqonlari ham qо‘shildilar va ularning soni 3500 kishiga yetdi. Ular qurolli otryad tuzdilar va ilgari fransuzlarga qarshi urushda qatnashgan Gans Myuller degan dehqon boshchilik qildi. Janubiy Shvabiya feodallari о‘zlari yetarli darajada kuchli emasliklarichi sezib, bir necha oylar dehqonlar bilan tinch muzokara olib borib, qо‘zg‘olonning kengayib ketishiga yо‘l qо‘ymaslikka harakat qildilar. 1525 yilning uch oyi mobaynida Shvabiyada qurolli otryadlar soni oltitaga yetdi qurollangan kishilar soni 30-40 mingtaga yetdi. 1525 yil 6-7 martda Memmingen shahrida Shvabiya dehqonlari oltita otryadi rahbarlarining sezdi bо‘lib, unda qо‘zg‘olonchilar yig‘ilishida yagona dastur tuzilib, u «12 modda» dasturi deb ataldi. Bu dasturda muhim hisoblangan 4, 5,10-moddalarda dehqonlardan tortib olingan jamoa mulklari; о‘rmon, о‘tloq, kо‘llarni qaytib berish talab qilingandi. Dasturning 3 moddasida “Bizni hozirgacha shaxsi qaram kishilar deb hisoblash odat bо‘lib qolgan, biz endi erkin kishilar bо‘lishni istaymiz!”-deb yozilgan edi. Dasturning qolgan moddalarida barshchina, soliqlar va cherkov ushrini kamaytirish, qishloq ruhoniysini jamoaning о‘zi saylash huquqlari talab qilindi. Dastur kitobcha shaklida nashr qilinib, dehqonlar orasida keng tarqaldi. Shvabiya ittifoqi qо‘shinlari qо‘mondoni Georg Truxzes dehqonlarga sulh muzokaralari boshlashni taklif qiladi va 1525 yil 2 aprelda «12 modda» ni muhokama qilishlarini aytadi.2-aprel kuni Truxzes dehqonlarning Leyptem otryadiga hujum qiladi.Lekin dehqonlarning Boden va Konstans kо‘li qirg‘oqlarida joylashgan qо‘shinlariga hujum qilgan Truxzes jiddiy qarshilikka uchraydi. Shundan keyin Truxzes о‘z kuchlarini bu vaqtda qо‘zg‘olon avj olgan Frankoniyaga kо‘chirish imkoniyatiga ega bо‘ladi.Frankoniyadagi qо‘zg‘olon 1525 yil mart oxirlaridan boshlanib, 1525 yil aprel boshlariga kelib kuchaydi. Bunda ham dehqonlarning birinchi qurolli otryadi tuzildi. Frankoniyadagi otryadlarning tarkibi Shvabiya otryadlariga qaraganda murakkabroq edi, dehqonlar bilan bir qatorda ritsarlar ham qо‘shildilar, ular komandirlik vazifasini bajarar edilar. Rottenburg, Geylbronn, Vyursburg kabi shaharlar ham qо‘zg‘olonchilarga qо‘shildi.Frankoniyadagi eng katta otryadlar: 1) Rottenburg rayonida tuzilib, Stefan fon Mensingen va Florian Geyer degan ritsarlar bosh bо‘lgan Taubertal lashkari uning nomi «Qora otryad» edi. 2) markazi Geylbronn shahrida bо‘lgan, Georg Metsler degan dehqon va Vendel Gipler degan dvoryan boshchilik qilgan Odenvald lashkari. 3) Yakov Rorbax degan dehqon boshchiligidagi (Nekkar daryosi vodiysida) tuzilgan Nekkar lashkari. 4) Vyurtemburgda byurger Feyerbaxer boshchiligidagi «Porloq dehqon otryadi» edi. Odenvald va Nekkar lashkarlari 1525 yil aprel oyi о‘rtalarida «Porloq otryad» bilan birlashib, qо‘shinga Gets fon Berlixengen degan ritsar boshchilik qildi. Frankoniyadagi qо‘zg‘olonchilar yuzlab qasr va monastrlarni bosib oldilar va vayron qildilar, ular Vensberg qasrini bosib olib, о‘zlarini dasturlari bilan chiqdilar. «Geylbronn dasturi» deb atalgan 14 moddadan iborat dasturni Vendel Gipler tahrir qilgan edi. Bu dastur 1525 yil 9-12 may kunlari tuzilib, ritsarlar manfaati kо‘zlangan edi. Ritsarlar cherkov mulki fondidan yer bilan ta’minlanishi lozim edi, imperiya sudida о‘rin tutishi kerak edi. Dasturda hukumatga ichki bojxona chegaralarini yо‘q qilish, yagona pul, uzunlik va vazn о‘lchovini joriy qilish, savdodan boj olinishini bekor qilishni talab qilgan edi. Dehqonlar masalasida esa bu dasturda krepostnoy qaramlikdan tо‘lov berish baravariga ozod qilib, erkin yer egalariga aylantirishni talab qilgan edilar.Dasturning 5 moddasida, ruhoniylar dunyoviy ishlardan butunlay chetlatilishi kо‘zda tutilgan edi. Geylbronnda xuddi dastur muhokama qilinayotgan vaqtda, Truxzes Frankoniya qо‘zgolonini bostirishga kirishadi. 7 iyun kuni Truxzes “Qora otryad” qо‘shinlarini tor-mor qilib, Frankoniyaliklarning 5 mingga yaqin kishisi qolgan sо‘nggi otryadini ham qurolsizlantirdi. 1525 yil 6 dekabrda Yuqori Reyndagi qо‘zg‘olonning sо‘nggi tayanchi bо‘lgan Valdsgut shahri ham ishg‘ol qilindi. Janubiy Frankoniya va Shvabiyadagi qо‘zg‘olon alangasi Frankoniyaning shimoli-Saksoniya- Tyuringiya hududlariga tarqaldi. Bu qо‘zg‘olonga Tomas Myunser boshchilik qildi. Bu harakatning markazi Myunxauzen shahri bо‘lib, 1525 yil fevralida Myunserning bu yerga kelishi bilan shaharliklar eski Kengashni tarqatib yuborib, yangi “Adabiy Kengash” degan tashkilot tuzildi. Myunser va uning shogirdi Pfeyfer 8 mingga yaqin qurolli otryad tashkil qildilar. Myunserning о‘zi harbiy ishda tajribasiz edi. Kuchlarini birlashtirgan knyazlar Filipp Gessenskiy bilan Saksoniya gersogi Georg 1525 yil 16 mayda Frankengauzen shahriga yaqin joyda Myunser qо‘shinini tor-mor qiladi. 8 ming qо‘zg‘olonchidan 5 minggi jangda о‘ldirildi. Myunser asir olinib, qatl qilindi. 25 may kuni Myulgauzen shahri shg‘ol qilindi. Hammasi bо‘lib 100 mingga yaqin kishi qatl qilindi.1525 yilgi dehqonlar qо‘zg‘oloni Tirol, Shtiriya, Karintiya va Kraynaga yoyildi. Qо‘zg‘olon kо‘targan dehqonlar orasida nafaqat nemis dehqonlari balki slavyanlar dehqonlari ham bor edi, kо‘pgina qal’alar va monastirlarni egallab vayron qildilar. Lekin qо‘zg‘olonchilar lashkarlari yagona qо‘shin bо‘lib birlashishmadi va uning umumiy rahbari ham yо‘q edi. Har qaysi viloyatning qо‘zg‘olonchi lashkarlari о‘z holicha harakat qildilar.Lekin qо‘zg‘olonchilar lashkarining harbiy tayyorgarligi zaif, intizomi bо‘sh edi. Dehqonlar lashkari tartibi ham doimo о‘zgarib turardi. Dehqonlarning bir qismi kelib lashkarga qо‘shilsa, boshqalari о‘z uylaridan xabar olish uchun ketib qolar edilar. Dehqonlarning soddaligi va ishonuvchanligi ham feodallarga qо‘l keldi. Dvoryanlarning hamma talablarni bajarish haqidagi va’dalariga ishongan qо‘zg‘olonchilarning bir qismi taslim bо‘lsa, boshqalari uylariga qaytib ketgan. Bundan foydalangan Georg Truxzes kо‘psonli bо‘lmagan qо‘shini bilan dehqon otryadlariga hujum qilib, ularni yakkama-yakka holda yenggan.Germaniyadagi dehqonlar urushi Yevropada feodal tuzumni inqilobiy yо‘l bilan yо‘q qilish uchun bо‘lgan birinchi urinish edi. Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling