Reja: Salb yurishlarining boshlanishi sabablari Salb yurishlarining Rim papaligi tomonidan uyushtirilishi


“Shenshi” (xitoy.keng kamar taquvchi olimlar.-Xitoyda feodalizm davrida feodallar


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/37
Sana02.04.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1320132
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   37
Bog'liq
Jahon tarixi 2 majmua.

“Shenshi” (xitoy.keng kamar taquvchi olimlar.-Xitoyda feodalizm davrida feodallar 


tabaqasi) deb ataluvchi olimlar tabaqasini qarshiligini keltirib chiqardi. 1506-yilda 
mahramlar (о‘zaro yuz kо‘rishi mumkin bо‘lgan eng yaqin qarindoshlar) markaziy 
boshqaruvni tamomila о‘z qо‘llariga olib, uni 15 yil davomida (1521-yilgacha) о‘z qо‘llarida 
tutib turdilar. Shenshilarning katta kuch sarflashi natijasida bu tо‘da hokimiyatdan 
chetlashtirildi, qatl etildi, mol-mulklari musodara etildi. Shenshi ikki toifaga bо‘lingan. 
Birinchi toifaga bevosita hokimiyatga aloqasi bо‘lgan va son jihatdan nisbatan kamchilikni 
tashkil etgan shaxslar qatlami - hukmdorning yaqinlari, katta amaldorlari va iyerarxiyaga 
asoslangan butun davlat apparati kirgan. Ikkinchi toifaga birinchi tabaqaga nomzod bо‘lgan 
va konfusiylik ta’limini olgan, lekin mansabga ega bо‘lmagan juda kо‘p о‘qimishli kishilar 
kirgan. Ular tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri davlat vakolatlariga ega emasdilar, lekin joylarda, jamoa 
boshqaruvida juda katta rol о‘ynaganlar. Bu esa о‘z navbatida Xitoyda davlat hokimiyatining 
markazlashuviga katta yordam bergan. Biroq bir asrdan keyin XVII asrning 20-yillarida 
mahramlar yana hokimiyatni qо‘lga olib, Shenshilarning kо‘pgina vakillarini ta’qib qildilar va 
qatl etdilar.etdilar 
Mavzu : XIII-XV asrlarda Hindiston Reja:
1. Dehli sultonligi davrida feodal tuzumning о‘ziga xos xususiyatlari. 2. XIV asrda Dehli 
sultonligining ichki va tashqi siyosati.3. Janubiy Hindiston davlatlari Baxmani va 
Vijayanagar.4. Hindistonga Yevropaliklarning kirib kelishi. 5. Dehli sultonligining tushkunlikka 
uchrashi. 6. Hindistonning Bobur tomonidan zabt etilishi.
Hindiston-Janubiy Osiyoda joylashgan. Hududi-3,39 mln.km.kv. Aholisi-1mlrd.21 
mln.kishi. Aholisining soni bо‘yicha dunyoda Xitoydan keyin ikkinchi о‘rinda turadi. Ma’muriy 
jihatdan 25 ta shtat va 7 ta markazga bо‘ysungan hududlardan iborat. Mamlakatning rasmiy 
nomi qadimgi fors sо‘zi “hindu” dan olingan bо‘lib, uning Konstitusiyasida ikkinchi nomi 
“Bxarat” deb kо‘rsatilgan. Hindiston aholisi eng kо‘p tilda gaplashadigan mamlakat 
hisoblanadi. Mamlakat Konstitusiyasida 1 mlndan ortiq aholi gaplashadigan 21 ta rasmiy til 
qayd etilgan. Mamlakatning pul birligi-rupiyaning qiymati har bir banknotda ana shu 21 tilda 
bayon etilgan. Bundan tashqari, Hindistonda 1650 dan ortiq lahjalar mavjud. 1148-1206 
yillar-Guriylar faoliyati davri bо‘lib, bu davlatga Surilar xonadoniga mansub Gur sultonlari 
sulolasi asos soldi. G‘aznaviylar (X- XII asrlarda О‘rta Sharqda mavjud bо‘lgan feodal 
davlatning va uni boshqargan sulolaning nomi) dan sо‘ng afg‘onlarning guriy sulolasi 
hukmdori Muhammad Guriy 1193 yili Dehlini ishg‘ol qiladi. Uning sarkardasi Qutbiddin 
Oybek 1192 yilgi Taraori va 1194 yili Chanadavar janglarida g‘olib bо‘lgandi. Guriylar davlati 
aka-uka G‘iyosiddin Muhammad (1162-1202 yillar hukmronlik qilgan) va Shahobiddin yoki 
Muhammad Guriy (1203-1206 yillarda hukmronlik qilgan) davrida hoz.Afg‘oniston va 
Hindistonning katta qismini о‘z ichiga oladi. Davlat markazi Gur viloyati, poytaxt shaharlari 
Feruzkо‘h va G‘azna bо‘lgan. 1206 yilda Muhammad Guriy vafotidan keyin Hind daryosidan 
Gang daryosigacha bо‘lgan butun Shimoliy Hindiston musulmonlar qо‘liga о‘tdi. XII asr 
oxirida poytaxtini Lahorga kо‘chirgan Muhammad Guriy tez-tez Hindistonning shimoli-
g‘arbiga yurish qilib turgan. Unga noib Qutbiddin Oybek (1206-1210) voris bо‘ldi. U 1290-
yilgacha hukmronlik qilgan G‘ulomlar, Shamsiylar va Balbanlar sulolasining asoschisi 
edi.1206-yilda G‘azna sultonlaridan mustaqil bо‘lib olgan Dehli sultonligi XIII asr va XIV asr 
davomida ancha katta davlat sifatida yashadi. Dehli sultonligini boshqargan sulolalar ; 1) 


Gulomlar sulolasi (1206-1211 yillarda boshqargan), bular Qutbiddin Oybek(1206-1210), 
Oromshoh ibn Oybek(1210-1211) lardir. 
2) Shamsiylar sulolasi (1211-1265 yillarda boshqargan), bular Shamsiddin Eltutmish 
(1211-1236), Feruzshoh ibn Eltutmish (1236), Roziya xotun bint Eltutmish (1236-1240), 
Bahromshoh ibn Eltutmish (1240-1242), Masudshoh I ibn Feruzshoh (1242-1246), 
Mahmudshoh I ibn Eltutmish (1246-1265)lardir. 
3) Balban sulolasi (1265-1290 yillarda boshqargan), bular Giyosiddin Balban (1265-1287), 
Kayqubod ibn Mahmud (1287-1289), Kayumars ibn Kayqubod (1289-1290) lardir. 
4) Xiljiylar sulolasi (1290-1320 yillarda boshqargan), bular Feruzshoh II ibn Yagrush (1290-
1296), Ibrohimshoh I ibn Feruzshoh (1296), Muhammadshoh I ibn Shihobiddin (1296-1316), 
Umarshoh ibn Muhammadshoh I (1316), Muborakshoh ibn Muhammadshoh I (1316-1320) 
lardir. 
5) Tuglaqiylar sulolasi (1320-1414 yillarda boshqargan), bular Giyosiddin yoki Alovuddin 
Tuglaqshoh I (1320-1325), Muhammadshoh II ibn Tuglaqshoh I (1325-1351), Mahmudshoh 
ibn Muhammadshoh II (1351), Feruzshoh III ibn Rajab (1351-1387), Muhammadshoh ibn 
Feruzshoh (1387-1388), Tuglaqshoh II (1388-1389), Abu Bakrshoh ibn Zafar (1389-1390), 
Muhammadshoh III ibn Feruzshoh III (1390-1393), Iskandarshoh II ibn Muhammadshoh III 
(1393), Mahmudshoh II ibn Muhammadshoh III (1393-1395), Nusratshoh ibn 
Muhammadshoh III (1395-1399), Mahmudshoh II ibn Muhammadshoh III (1399-1413) lardir. 
6) Sayyidlar sulolasi (1414-1451 yillarda boshqargan), bular Sayyid Xidr ibn Malik Sulaymon 
(1414-1421), Muborakshoh II ibn Sayyid Xidr (1421-1435), Muhammadshoh IV ibn 
Muborakshoh II (1435-1446), Olamshoh ibn Muhammadshoh IV (1446-1451) lardir. 
7) Lodilar sulolasi (1451-1526 yillarda boshqargan), bular Bahlul (1451-1489), Iskandar II ibn 
Bahlul (1489-1517), Ibrohim II ibn Iskandar II (1517-1526) lardir.
Dehli sultonligi yerlarida XII- XIII asrlar mobaynida siyosiy vaziyat murakkab bо‘lsa-da, 
musulmonlarning mustahkam hokimiyati о‘rnatildi. Dastlabki sulton Qutbiddin Oybek otdan 
yiqilib о‘lgandan sо‘ng, taxtga sulolaning mashhur uchinchi vakili Shamsiddin Eltutmish 
(1211-1236) о‘tirdi. U Dehlini о‘ziga qarorgoh qilib, Shimoliy Hindistonda о‘rnashib oladi. 
Uning davrida Chingizxon boshliq mо‘g‘ullar Afg‘onistonni talon-taroj qilgan bо‘lsa-da, Hind 
daryosida tо‘xtatildi. Uning sultonligi davrida Panjob, Sind, Bengaliya yerlari bosib olindi.
Sultonlikning shimoliy rayonlariga 1221 yili bostirib kirgan Jaloliddin Manguberdi Panjob va 
Sind yerlarida uch yil bо‘lib, yana о‘z yurtiga Chingizxonga qarshi kurashish uchun qaytib 
ketadi. XIII asr oxiri va XIV asr boshlarida Dehli sultonligi kengaydi, uning tarkibiga Shimoliy 
Hindistondan tashqari, Markaziy Hindiston viloyatlari va Dekan yassi tog‘idagi kо‘pchilik 
davlatlar kirdi. Eltutmish vafotidan keyin Dehli sultonligida taxt uchun kurashlar va 
feodallarning о‘zaro kurashlari avj oldi. Eltutmishning vafotidan sо‘ng 30 yil davom etgan 
ichki nizolardan sо‘ng, taxtga G‘iyosiddin Balban о‘tirdi.U davlatni jangari rajputlar va 
mо‘g‘ullardan himoya qilishi kerak edi.XIII asr yakunida Dehli sultonligi zо‘r qudratga erishdi. 
1290-yili Balbanning vorisi Kayumars zaharlab о‘ldirilgach, taxtga Xiljiyning noibi Jaloliddin 
chiqdi. U Xiljiylar sulolasiga (1290-1320) asos soldi. Uning davrida musulmonlar mulki janubiy 


Hindistongacha bordi. 77 yashar amakisini xoinlarcha о‘ldirib sultonlik taxtiga о‘tirgan
G‘iyosiddin yoki Alovuddin Xiljiy (1303-1025 yillarda boshqargan) bir qator islohotlar 
о‘tkazgan. Ularning asosiy mohiyati davlat daromadlarini kо‘paytirish, yirik jangovar qо‘shin 
tuzish, feodallar ustidan sultonning tо‘liq hukmini о‘tkazishdan iborat edi. Sultonning 
iqtisodiy sohadagi asosiy tadbiri jamoalardan olinadigan yer solig‘ini 2 baravar kо‘paytirish 
bо‘ldi. Endilikda dehqon olingan hosilning 4/1 qismini emas, 2/1 qismini soliqqa berishi lozim 
edi. Alovuddin Xiljiy 1306-1310 yillarda Dekan yarim orolini istilo qildi. U mо‘g‘ullarning 
Dehliga hujumini bir necha marta qaytardi, bunday hujumlar 1304-1305 yillarda tо‘rt marta 
bо‘ldi.Alovuddin Xiljiy О‘rta Osiyo va Arabistondan minglab otlar sotib oldirib keldi. Bu 
borada suiste’molliklar bо‘lmasligi uchun sulton Hindiston tarixida birinchi marta otlarni
tamg‘alashni buyurdi. Uning sultonligi davrida davlat qonunlarini buzgan amaldorlarga 
nisbatan beshafqat bо‘lingan. Uning о‘limidan keyin turmalardan 17 ming turli jazo 
muddatini о‘tayotgan amaldorlar bо‘shatilgan.Keyingi sulton Muhammad Tug‘laq (1325-
1351 yilllar boshqargan)ga sultonlik 1325 yilda otasidan о‘tgan. U о‘z hukmronligini otasi 
paytida ajralib ketgan knyazliklarni bо‘ysundirishdan boshladi. U о‘zini Iskandar 
Zulqarnaynning davomchisi deb e’lon qildi va Hindiston yarim oroli uning qо‘l ostida 
birlashtirildi, u hatto Eron bilan Xitoyni zabt etishni orzu qilgan edi. Uning soliq siyosati ya’ni 
hosilning 4/1 qismini undirish amalga oshmay qoldi. Sulton davrida Hindistonda 7 yil 
qatorasiga misli kо‘rilmagan qurg‘oqchilik bо‘lib, xalqqa kulfatlar keltirdi. Kо‘chalarda о‘lik 
otlarning terisi uchun talashayotgan odamlarni kо‘rish mumkin edi. Aholi orasida odam 
gо‘shti yeyish hollari ham uchradi. Tug‘laq hokimiyatini inqirozini uning 2 ta noma’qul 
tadbiri yana ham tezlashtirdi. 1) U Davlatobod janubida yangi poytaxt qurish bilan 
muammoni yechish mumkin degan qarorga keldi va poytaxtni kо‘chirib, qadimgi Devagiri 
shahrini Davlatobod deb о‘zgartirib, unga saroy ahllari va Dehlining hunarmandlari va 
savdogarlarini kо‘chirishga majbur qildi. Lekin hokimiyatni boshqaruviga putur 
yetayotganligini sezgan Tug‘laq bir necha yildan sо‘ng Dehliga qaytadi. Bu tadbir kutilgan 
natija bermadi.Uning qо‘shini Maduraygacha bordi, keyinroq о‘sha yerda Maduray sultonligi 
tashkil topdi.1347-yili Dekan zodagonlari Dehli hukumatini tan olmadi. Dehli sultonligidan 
ajralib chiqqan hududda Bahmoniylar sultonligi yuzaga keldi.2) Uning pul sohasidagi islohoti 
bо‘ldi. Uning mо‘ljali boyicha oltin va kumush pullar bilan teng muomalada bо‘lishini 
mо‘ljallagan mis pullar tez orada qadrsizlanib, mamlakat moliyasiga katta zarar yetkazdi. 
1338-yili Muhammad Tug‘laqqa qarshi jiyani Malvada isyon kо‘tardi. 1340-yili quyi 
Bengaliyada isyon kо‘tarildi, natijada Bengaliya mustaqillikni qо‘lga kiritdi. 1344-yili 
janubdagi Karnata va Telinga shohliklari о‘zlarini mustaqil deb e’lon qildilar. Muhammad 
Tug‘laq ularga qarshi yurish qildi, lekin Gujarotda boshlangan askarlar isyoni hamda Malv va 
Sinddagi qо‘zg‘olonlar sabab ortiga qaytdi. U 1351-yili quyi Hinddagi isyonni bostirishda 
halok bо‘ladi.Uning о‘g‘li sulton Feruzshoh Tug‘laq (1351-1393) davrida soliqlarni 
kamaytirish, davlat yerlarini dehqonlarga ijaraga berish natijasida qishloq xо‘jaligining, 
hunarmandchilik va savdoning birmuncha yuksalishiga erishildi. U kо‘plab kanallar qazdirdi, 
karvonsaroylar, maktablar, masjidlar, shifoxonalar va kо‘priklar qurdirdi. Bengal va 
Dekandagi sultonliklarning mustaqilligini tan olishga majbur bо‘ldi. Shuningdek, uning 
hukmronligi davrida Gujarot mustaqillikni qо‘lga kiritdi. Feruzshohning iqtisodiy siyosati 
tufayli uning obrо‘si oshdi. Feruzshohning vafotidan sо‘ng tug‘laqiylar sulolasi isyonlar 
natijasida tanazzulga uchradi. XIII-XVI asrlarda Hindistonda feodal tuzum о‘ziga xos tarzda 
rivojlandi. Hindistonda musulmon yer egaligi tizimi qaror topdi, shu tufayli butun yerlar 


davlat boshlig‘i-sultonning mulki deb qaralardi. Kelgindi musulmon feodallari sultonni harbiy 
xizmatchisi bо‘lib, undan iqta-vaqtincha yoki umrbod foydalanish uchun yer olardilar. Ular 
aholidan renta undirib olish huquqiga ega edilar. Ikkinchi tomondan, mamlakatda mahalliy 
feodallar (rojalar) saqlanib qolgan edi, ular о‘z viloyatlarini mustaqil ravishda boshqarib, 
sultonga boj tо‘lardilar. О‘rta va mayda hind feodallari-rajputlar qisman meros bо‘lib qolgan 
feodal mulkchilik huquqi asosida, qisman harbiy xizmat evaziga in’om tariqasida yerga egalik 
qilardilar. Yerlarning katta qismi har ikkala din – mahalliy hind dini (eski ibodatxona yer 
egaligi) va yangi musulmon, vaqf dinidagi ruhoniylarning qо‘lida edi. Musulmon hukmdorlari 
yangi ma’muriy-hududiy bо‘linishni joriy qilganlar. Dehli sultonligi 23 ta provinsiya 
(ma’muriy-hududiy birlik) ga bо‘lingan. Yirik provinsiya-lar shiki (viloyat) larga bо‘lingan edi. 
Undan keyingi ma’muriy-hududiy birlik - pargana (tuman) bо‘lgan. Uning tarkibiga bir qancha 
qishloqlar va patta - bir-ikki qishloq kirgan.
Dehli sultonligida ham ma’lum darajada braxman-kshatriylarning yuqori tabaqasi 
boshchiligidagi jamoalarning о‘zini о‘zi boshqaruvi saqlanib qolgan edi. Musulmon 
hukmdorlari hind jamoalarini, ayniqsa yirik jamoalarni tо‘liq bо‘ysundira olmaganlar. Hind 
jamoalari tepasida mukkadamlar, chaudxrlar (dohiylar) turgan. Ular hukmron bо‘lgan 
kastalarning boshliqlari edilar. Jamoalar tarkibida bir nechta qishloqlar bо‘lardi. Qishloq 
tepasida xuta turgan. Mukkadamlar, chaudxrlar, xutalar markaziy apparatning mansabdorlari 
emas, soliq tо‘lovchilarning vakillari edi. Jamoa mansablari meros bо‘lib о‘tardi, shuningdek 
merosxо‘rlar о‘rtasida taqsimlanardi. Bu vaqtda jamoa kengashlari - panchayatlar ham 
mavjud edi. Panchayatlar okrugda, qishloqda hukmron bо‘lgan kastalarning vakillaridan 
iborat tarkibda bо‘lardi.Hindiston XII-XIV asrlarda Arab dengizi sohasidagi shaharlar bilan 
xalqaro savdo aloqasini yо‘lga qо‘ydi. Quyidagi shaharlar Hindistonning savdo-sotiq 
markazlari edi; Malabar sohilidagi Goa va Kalikut, Kambay qо‘ltig‘i sohilida Kambay shahri edi. 
Shuningdek karvon savdosi bilan bog‘liq shaharlar bо‘lib, ular Agra, Panipa, Laxor, Multan edi. 
Hind zirovorlari va gazlamalari Yevropa va Shimoliy Afrikaga olib ketilardi. Hindistonga yilqi, 
qalay, mis, oltin, kumush pullar tashib keltirilardi. XVI asrda Hindiston tamomila tarqoq 
feodal mamlakat edi. Kо‘plab musulmon va hind feodallari bir-birilari bilan uzluksiz kurash 
olib borardilar. 50-60 yillar davomida sultonning vassal rojalar bilan olib borgan urushlari 
natijasida Bengaliya, Sind, Orissa va Gujarot xonavayron bо‘lgan edi. 1366 yilda Gujarotdagi 
qо‘zg‘olon bostirilgach, sulton Feruzxon hindlarni batamom qirib tashlash haqida buyruq 
berdi. Tо‘xtovsiz ichki urushlar Dehli sultonligining tanazullining asosiy sabablaridan biri edi. 
70-80 yillariga kelib Dehli sultonligi о‘z yerlarini himoya qilishga qodir emas edi. Dehli 
sultonligiga qarshi Amir Temur 1398 yilning may oyida 92 ming kishilik qо‘shin bilan 
Qashqadaryo vohasidan о‘tib, Termiz orqali yurib, avgustda Qobulni egallaydi. U yerdan 
Hindiston chegaralari tomon kirib borib, Tulumbi, Multon, Dubalpur, Sarasti, Fathobod, 
Somona, Asandiy, Tо‘qloqpur, Panipat kabi shahar va qal’alarni egallab, dekabr oyida Dehliga 
yetib boradi. Bu urushni u Muhammad payg‘ambar e’tiqodini yoyish, payg‘ambar nomini 
kо‘klarga kо‘tarish, butparast va kofirlarni islom diniga kiritish, bu yerdagi feodal tarqoqlik, 
о‘zaro urushlarga barham berish bayrog‘i ostida olib boradi.Dehli sultoni bо‘lgan sо‘nggi 
tug‘laqiy hukmdor sulton Mahmud (1393-1413) Amir Temur lashkariga qarshi о‘z sarkardasi 
Malluxon boshchiligida 120ming qurollangan otliq askar; 40 ming piyoda jangchi; 120 
zanjirband fillarni tashlaydi. Kamon otuvchilar joylashtirilgan bu fillarning ustiga о‘q, nayza va 
qilichdan himoya qiluvchi yopqich yopib, fillarni qoziq tishlarini ustiga zahar surtilgan 


pichoqlar bog‘lab qoyilgan edi. Fillar yonida chо‘g‘ tо‘ldirilgan xumcha, yonayotgan mum 
yoki neft otuvchi naftandozlar bor edi. Bu dahshatli manzaradan Sohibqiron chо‘chimadi, 
chunki bunday qurolni u Urganch qamalida qо‘llagan edi. Ibn Arabshoh bergan 
ma’lumotlarga qaraganda, fillarga qarshi chetlari qayrilgan uchi о‘tkir uchburchakli temir 
tikonlardan foydalangan. Fillar kelayotgan tomonga ularni kо‘mib qо‘yishgan. Bu fillar va 
ularning egalariga kulfat keltirdi.Bundan tashqari Amir Temur fil va askarlarga qarshi 
tuyalardan foydalanib, ularning dumiga arqon bilan xashak va tikon bog‘lamlarini bog‘lab, 
ularni yoqib, dushman tomon haydaganlar. Bu nafaqat fillarni, hatto askarlarni ham qо‘rquv 
va dahshatga solgan va yopirilib kelayotgan fillar orqaga qochganlar va sulton Mahmud 
Dehlaviyning askarlarini yengib, tо‘zg‘itib tashlagan. Bundan Amir Temur foydalanib, ularni 
yakson qilgan.1399-yil boshlarida Amir Temur sulton Mahmud qо‘shinlarini yengib, 15 ming 
askar bilan Dehliga kirib boradi. Temur 150 mingdan ortiq asir olingan hunarmandlarni, 
behisob о‘ljalar bilan Hindiston fillarini olib 1399 yil bahorida Samarqandga qaytadi. Sulton 
Mahmud qochib ketadi. Shundan keyin mamlakat mayda knyazliklarga bо‘linib ketdi. Oradan 
10 yilcha vaqt о‘tib hokimiyatga qisqa muddatga yangi sulola Sayyidlar (1414-1451) 
keldi.Sayyidlar sulolasi davrida Markaziy Osiyodagi temuriylar davlati bilan elchilik 
munosabatlari yо‘lga qо‘yilgan. 1441-1444 yillarda Shohruh Mirzo Hindistonga Abdurazzoq 
Samarqandiy (1413-1482 yillarda yashagan) boshchiligida elchilar yuboradi. U Kermon 
viloyati, Hо‘rmuz va Fors qо‘ltiqlari orqali Afanasiy Nikitindan 25 yil, Vasko da Gamadan 56 
yil oldin Hindistonga dengiz orqali borgan sayohatchi va elchi hisoblanadi. Keyinchalik Dehli 
shimolidagi afgonlar qabilalari boshligi Bahlul Lodi (1451-1489 yillar yashagan) Sayyidlarni 
hokimiyatdan chetlatdi va 1451-1526 yilgacha Hindistonni Lodilar sulolasi boshqardi. XIV-XV 
asrlarda Hindistonning janubida ancha yirik davlatlar mavjud edi. Ulardan biri Baxmani 
davlati bо‘lib, u G‘arbiy Dekan hududida joylashgan bо‘lib, poytaxti Bidar (hoz. 
Hindistonning Karnataka shtati, Bidar okrugi markazi) shahri edi. Bu davlat 1347 yilgacha 
yashadi va shundan keyin bir necha knyazlikka bо‘linib ketdi. Rus sayyohi, savdogari va 
yozuvchisi Afanasiy Nikitin (1433-1475 yillarda yashagan) shu davlatda 1469-1472 yillarda 
bо‘lgan. U uch yillik sayohati davomida mahalliy aholining turmush tarzi, ularning 
mashg‘ulotlari, hindlarning qanday ovqat tayyorlashi, otlar va uy hayvonlarini qanday boqishi, 
qanday kiyinishi va savdo qilishi kabi malumotlarni qiziqarli tarzda ifodalagan. Ushbu sayohat 
natijasida Uch dengiz osha sayohat (Kaspiy, Arabiston va Qora dengiz) nomli tarixiy-geografik 
va adabiy qiymatga ega bо‘lgan asarini yozgan.Baxmanidan janubda joylashgan yana bir 
davlat bu Vijayanagar davlati edi. Bu davlatga 1336-yilda asos solingan va 1486 yilgacha 
yashagan. Bu davlat qо‘shnisi Baxmani bilan deyarli urushlar olib bordi va urush natijasida 
ikkala 
davlat 
ham 
zaiflashdi 
va 
mayda 
knyazliklarga 
bо‘linib 
ketishini 
tezlashtirdi.Vijayanagarga qaraydigan Malabar sohili G‘arbiy Yevropa mustamlakachilari 
tomonidan XV asr oxirlariga kelib hech qanday qarshiliklarsiz ishg‘ol qilindi. 1498 yilda Vaska 
da Gama eskadrasi Malabar qirg‘og‘ida paydo bо‘lib, Kalukut shahriga tushadi. Portugallar 
XVI asr boshlaridayoq Hindistonning g‘arbiy va janubiy qirg‘oqlarida bir qancha joylarni
egalladilar. Portugallar Hind okeani, Fors qо‘ltig‘i va Qizil dengizda hukmron bо‘lib oldilar. 
Portugallar Yevropaliklar ichida birinchi bо‘lib Hindistonni mustamlaka qildilar, keyinchalik 
XVI asr oxiri va XVII asr boshlariga kelib, ularga gollandlar va inglizlar qо‘shildilar.XV asr 
mobaynida Dehli sultonligini buyuk davlat deb bо‘lmas edi. Dehli sultoni buyuk sulton degan 
dabdabali unvonga ega bо‘lsa-da, u shimoliy Hindistondagi oddiy davlat knyazliklaridan biri 
edi. Eng yirik davlat-qо‘shni Bengaliya knyazligi edi, biroq u ham shimoliy Hindiston uchun 


gegemonlik rolini bajara olmas edi. Tarqoq, sinfiy kurash keskinlashgan, musulmon va hind 
feodallaridan iborat bir-biriga dushman ikki guruhga bо‘lingan Hindiston Bobur zarbasiga 
dosh berolmadi. Shayboniyxon avlodlaridan Ubaydulla sulton va Muhammad Temur 
sultonlar boshqa mahalliy sultonlarning yordamiga tayanib, 1513-yil boshlarida 
Movarounnahrga bostirib kirdilar. Bobur mirzo 50 ming kishilik qо‘shin bilan ularga qarshi 
chiqdi, ammo yengilib Movarounnahrdan tamomila umidini uzib Qobulga qaytdi. U 21 yil 
mobaynida, ya’ni 1526 yilga qadar Qobulni idora qildi. Sо‘ngra Qobulni ikkinchi о‘g‘li Kamron 
mirzoga qoldirib, о‘zi Hindiston tomon yurish boshlaydi.Hindistonga 1525 yili 12 ming yaxshi 
qurollangan qо‘shin bilan hujum boshlagan Bobur Dehli sultonligidagi vaziyatni yaxshi bilar 
edi. U Hindistondagi sulton va rojalarning kelishmovchiligidan foydalanib, ularni kо‘pchiligini 
yakkama-yakka jangda yengdi. Bobur boshchiligidagi turkiy va afg‘on qabilalaridan tuzilgan 
qо‘shin hind yerlarini bosib olib, yangi davlatga asos soldilar. О‘sha paytlarda hindlar 
mamlakatida shimoldan kelgan barcha istilochilarni “mugxal” deb atashgan, yevropaliklarni 
bu sо‘zni buzib aytishlari natijasida Boburiylar davlati tarixshunoslikda “Buyuk mо‘g‘ullar 
davlati” deb notо‘g‘ri nom olgan. Dastlabki jang 1526 yil 21 aprelda Panipat shahri yaqinida 
bо‘ldi. Bobur о‘zining qо‘shinidan bir necha baravar kо‘p bо‘lgan raqibi Ibroxim Lodi 
qо‘shinini tor-mor etdi. Sulton jangda halok bо‘ldi. Bobur Dehli va Agra shaharlarini egalladi. 
Shundan sо‘ng Bobur о‘zini Hindiston shohi deb e’lon qildi. 1529 yili Bobur davlati hududiga 
Sharqiy Afg‘oniston, Panjob va Gang vodiysidan Bengaliyagacha bо‘lgan hududlar kirardi. 
Bobur о‘z tarafdorlariga, shuningdek, mahalliy feodallarga ham yirik yerlar in’om 
qildi.Mamlakatda hokimiyatni mustahkamlash kо‘p jihatdan Boburning xavfli dushmani 
Rajput rojasi Rana Sanga bog‘liq edi. 1527-yilda Rana Sanga musulmon va hind knyazlari 
ittifoqini tuzib, 100 ming kishilik qо‘shin bilan Sikri jangida (1527 yil) Bobur lashkaridan 
yengiladi. Mamlakatda hokimiyat mustahkamlandi. 1526-yil 27-aprelda Dehli shahrida Bobur 
podshoh nomiga xutba о‘qildi, shu tariqa, yangi saltanat- Boburiylar saltanatiga asos 
solindi.Bobur Hindistonda bir- biri bilan dushman bо‘lgan mayda mustaqil rojalarni ham 
qilich, ham siyosat yо‘li bilan birlashtiradi va 1530-yilgacha markazlashgan yirik saltanatini 
barpo etadi. Bu saltanat 332 yil (1526-1858 yillar),eng sо‘nggi boburiy shoh Bahodirshoh II 
(1837-1858), ya’ni Hindistonni Buyuk Britaniya tо‘liq istilo qilgunga qadar hukm surdi va 
Dehli sultonligi barham topdi. (bu sultonlik Hindistonni 1206-1526 yilda boshqargan). 
Boburning Hindistondagi ijtimoiy tayanchi bu harbiy feodallar guruhi edi. Bular Bobur bilan 
birga kelgan turk va afgon harbiylari edi. Lodilar sulolasi davrida Hindistonga kо‘chib 
kelganlar kо‘pchilikni tashkil qilar edilar va ularning asosiysi yangi hokimiyatga qarshi 
edilar.Boburning о‘limidan keyin afg‘on qabilalarining Sur sulolasi bilan olib borgan qarshi 
bunga misol bо‘la oladi. Boburiylar davrida podsho qо‘l ostidagi barcha yerlar, jamoa-raiyat 
hosilni 3/1 qismini soliq sifatida davlatga tо‘lar edilar. Soliqning pul shaklida yig‘ilishi haqida 
farmon chiqarilgan edi. Yirik yer egalari in’omga olingan yerlardan yuz ming runiy daromad 
qilardilar. Uning 3/1 qismini podsho xazinasiga berardilar. Har yuz ming rupiy daromad 
hisobiga feodallar 100 tadan otliq jangchini saqlashi va ta’minlashi zarur edi. Bobur 
mamlakat yerlarini о‘g‘illariga bо‘lib berdi. Katta о‘g‘li Xumoyunga-eng boy yerlar Ganga 
daryosi havzasiga egalik qildi; Panjob, sharqiy Afg‘oniston- Qobul va Qandahor esa uning 
ukalariga tegdi.Bobur 1530 yil 25 dekabrda vafot yetadi, 29 dekabrda taxtga Xumoyun 
о‘tiradiva 1530-1556 yillarda boshqaradi. U taxtga о‘tirgach, ukasi Komron mirzoga Panjob 
viloyatini berib, uni Kobul va Qandahor hokimi etib tayinlaydi. Askariy mirzoga Mо‘lton 
viloyatini, Hindol mirzoga Mevor, Marvar va Gujarotni in’om etadi. 1530-yilda Xumoyunga 


qarshi afg‘onlarning sur qabilasi g‘alayon kо‘tardi. Hindistondagi siyosiy vaziyat ancha vaqt 
tangligicha qoldi.Humoyun va Bixor va Bengaliyada joylashgan afg‘on qabilalarining 
yetakchisi Sherxon Sur о‘rtasidagi jangda Sherxon Surning qо‘li baland keldi. Mag‘lubiyatga 
uchragan Humoyun Eronga qochadi. Sherxon Sur Hindiston taxtini egalladi va shoh deb e’lon 
qilindi (1540-yilda).Sherxon Sur va uning о‘g‘illari 1554-yilgacha hokimiyatni boshqardilar.Bu 
davr Hindiston tarixida shafqatsiz о‘zaro ichki kurashlar davri bо‘ldi. Oqibatda Hindistonda 
og‘ir siyosiy vaziyat vujudga keldi. Bundan Humoyun ustalik bilan foydalanib, u turk, fors, 
turkman va о‘zbeklardan iborat kuchli qо‘shini bilan 1555-yilda hokimiyatni qaytarib oldi, 
lekin unga Hindiston taxtini boshqarish kо‘p yil nasib etmadi, 1556-yilda u tasodifiy falokat 
tufayli halok bо‘ldi. Uning о‘rniga о‘g‘li Akbar (1556-1605 yillarda boshqargan) taxtni egalladi. 
Boburning о‘g‘illari Humoyun (1508-1556), Kamron (1509-1557), Askariy (1512-1558), Hindol 
(1518-1551) yillarda yashaganlar va Boburiylar davlatini boshqarishda о‘z hissalarini 
qо‘shganlar, va faqatgina Humoyun (1530-1556) yillarda sulolani shoh sifatida boshqargan, 
xolos.

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling