Reja: Salb yurishlarining boshlanishi sabablari Salb yurishlarining Rim papaligi tomonidan uyushtirilishi
Mavzu: XII-XV asrlarda Rus davlatining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti
Download 1.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Jahon tarixi 2 majmua.
Mavzu: XII-XV asrlarda Rus davlatining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti
Reja: 1.Rusda feodal tarqoqlikning boshlanishi. 2.Galich-Volin, Vladimir-Suzdal knyazliklari va Novgorod hamda Pskov respublikalarining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tuzumi.3.Rus yerlarining chet el bosqinchilariga qarshi kurashi 4.Markazlashgan davlatning tashkil topishi.5.Markazlashgan Rus davlatining ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy tuzumi. Rossiya-federativ (lot.birlashma,uyushma-davlat tuzilish shakli, yuridik jihatdan muayyan siyosiy mustaqilligi bо‘lgan davlat tuzilmalaridan tashkil topgan murakkab davlat, 2005 yil ma’lumotlariga qaraganda jahonda 21 ta federativ davlat bor) davlat tuzilishidagi mamlakat hisoblanadi. Rossiyaning umumiy maydoni 17,075 mln.km.kv.bо‘lib, u dunyoda maydoniga kо‘ra 1 о‘rinda turadi, maydoni jihatdan ikkinchi о‘rinda turuvchi Kanadadan qariyb ikki baravar katta. Mamlakat dunyodagi quruqlik yuzasining 11,46 foizini, Yer kurrasida aholi yashaydigan hududning 12,65 foizini tashkil etadi. Qirg‘oqlarini Tinch, Shimoliy Muz va Atlantika okeani dengizlari yuvib turadi. Hududining kattaligi bois, dunyoning 16 ta mamlakati bilan chegaradosh va bu kо‘rsatkich bо‘yicha dunyoda birinchi о‘rinda turadi. Rossiya federatsiyasi tarkibida 21 ta respublika, 7 ta о‘lka, 48 ta viloyat, 2 ta federal ahamiyatidagi shahar, 1 ta avtonom (mamlakat tarkibidagi biror hududning Konstitusiya bilan kafolatlangan о‘z-о‘zini boshqarish huquqi) oblast va 9 ta avtonom okruglar mavjud. IX asrning II yarmi - X asrning boshida Novgorod knyazi (knyaz. slavyan.qabila boshlig‘i, davlat yoki alohida mulk hukmdori) Oleg (879-921) Novgorod, Kiyev va boshqa slavyan qabilalari ittifoqlarini о‘z hukmronligiga bо‘ysundirib, qadimgi Rus davlati yoki Kiyev Rusiga asos soladi. Bu jarayon knyaz Oleg tomonidan 882 yilda Kiyevning bosib olinishi bilan nihoyasiga yetgan deb hisoblanadi.Rus yerlarida XI asr oxiri –XII asr boshlarida feodal jamiyat uzil-kesil barqarorlashdi. Mamlakatda boshlangan iqtisodiy taraqqiyot yirik yer egalari, knyaz va boyarlar (turk. vajar.amaldor-IX-XVII asrlarda rus davlatida mulkdorlarning oliy tabaqasi) ning kuchayishiga olib keldi. Novgorod, Polotsk, Smolensk, Rostov, Suzdal, Ryazan kabi yirik shaharlar о‘z viloyatlarining mustaqil markazlari bо‘lishga intilardi.Bundan tashqari Rus yerlarining fojiasi о‘zaro qonli urushlar bilan ham bog‘liq edi. Bundan foydalangan qipchoqlarning hujumi 1054 yilda rus yerlariga hujumi mamlakatdagi vaziyatni yanada murakkablashtirdi. Ayrim knyazlar qipchoqlar bilan ittifoq tuzib, qо‘shni knyazliklarga qarshi yurish qilganlar. Rusdagi kо‘pgina knyazlar bu vaziyatdan chiqishni, nizolarga chek qо‘yishni о‘ylay boshladilar. Kiyev knyazi Yaroslav Mudriyning о‘g‘li Vladimir Monamax 1097 yili Lyubechda knyazlarning birinchi sezd (yunon.majlis) ini chaqiradi. Bu sezd “Har kim о‘z yurtiga ega bо‘lsin” deb qaror chiqardi. Bu esa feodal tarqoqlikning boshlanishini tantanali e’lon qilinishi edi. Solnomachi Nestor 1132 yili “Butun Rus yeri bо‘linib ketdi” deb yozgan edi. Rusda feodal tarqoqlik davri boshlandi. Ayni paytda Kiyev knyazining mavqei pasaydi. Kiyev Rusidan mustaqil bо‘lgan yerlar: Chernigov, Polotsk, Pereyaslav, Galich, Volin, Smolensk, Ryazan, Rostov-Suzdal, Novgorod yeri, Kiyev kabi bir qator mayda knyazliklar tashkil topdi. Kiyev knyazligi 15 ta mustaqil knyazlikka bо‘linib ketib, ularning har qaysisida knyazlik sulolasi qaror topdi va hokimiyat endi boyarlarning ixtiyorsiz merosi tariqasida avloddan- avlodga о‘tib turdi. Ushbu alohida knyazliklarning iqtisodiy va madaniy rivojlanishi ancha tez muvaffaqiyatli borayotgan edi-yu, lekin bu tuzumning 4 ta salbiy jihati bor edi, bular quyidagilar : 1.Knyazliklarga bо‘linish knyazlar о‘rtasidagi о‘zaro urushlar va janjallarni tо‘xtatmadi. 2. Rusning mudofaa qobiliyatini zaiflashtirdi. 3. Knyazliklar vorislar orasida maydalashib ketdi va XIII asrning boshiga kelib Botuxon bosqini arafasida 50 ta knyazlik tashkil topdi. 4. Juda tez orada knyazlar bilan mahalliy boyarlar о‘rtasida nizolar kelib chiqishga olib keldi. XII asrga kelib joylarda feodallar juda boyib ketdi. Ular о‘zlarining drujinachi (knyaz Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling