Reja: Salb yurishlarining boshlanishi sabablari Salb yurishlarining Rim papaligi tomonidan uyushtirilishi
Download 1.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Jahon tarixi 2 majmua.
Mavzu : XI- XV asrlarda Turkiya
Reja: 1. Usmoniylar davlatining tashkil topishi.2. Kichik Osiyo va Bolqon yarim orolida turk istilolari.3. Sulton Murod I ning olib borgan harbiy yurishlari.4. Yildirim I Boyazid, Muhammad I Chalabiy va Murod II lar hukmronligi davrida Usmoniylar davlatining tashqi siyosati.5. Konstantinopolning istilo qilinishi.6. Usmoniylar davlatining garb va sharqqa yurishlari. О‘g‘uzlar (о‘g‘uzlar turkiy qabila bо‘lib, Markaziy Osiyoda yashaganlar. VII asr boshida Turk hoqonligi tarkibida tо‘qqiz о‘g‘uz qabilasidan paydo bо‘lgan) ning О‘rta Osiyodan Kichik Osiyo kо‘chib kelishi va saljuq turklari (saljuq turklari XI-XIV asr boshida Yaqin va О‘rta Sharqdagi bir necha davlatlarda hukmronlik qilgan qabila bо‘lib, sulola nomi turk-о‘g‘uz qabilasi boshlig‘i Saljuq nomidan olingan) bilan aralashib ketishi natijasida Kichik Osiyoda XIII asr oxiri va XIV asr boshlarida yangi davlat tashkil topdi. Bu davlatda о‘g‘uz turklari yetakchi rol о‘ynadilar. Dastlab Ertо‘g‘rul о‘g‘uz turklarining rahbari bо‘lib, u Vizantiya imperiyasi bilan qо‘shni Sakare daryosi bо‘yidagi mulkka egalik qilardi. Ertо‘g‘rulning о‘g‘li Usmoniylar sulolasi va Usmon turk sultonligining asoschisi Usmon G‘oziy (1282-1324), g‘oziy (vatan himoyasiga, g‘ayridinlarga qarshi kurashga rahbarlik qilgan yoki alohida mahorat bilan urushgan jangchiga beriladigan faxriy unvon) Vizantiyaga qarshi urush boshlab, Brusu shahrini bosib oldi va 1299 yilda poytaxt qilib tanladi. Usmon Kichik Osiyodagi boshqa amirliklarni ham о‘ziga itoat qildirdi. Yangi tashkil topgan turk xalqi Kichik Osiyodagi barcha turklar uning nomi bilan ataldi. 1299 yil Anatoliyaning g‘arbida Usmon I G‘oziy tomonidan yangi turkiy davlat- Usmoniylar davlatiga asos solindi va 1299-1922 yillarda mavjud bо‘ldi. Bu sulolaning birinchi sultoni (arab. hukmdor, podshoh, musulmon davlatlari boshliqlari unvoni, Turkiyada 1922 yilgacha amalda bо‘lgan) Usmon I G‘oziy (1258 yili Vifiniyada tug‘ilgan,1326 yili Bursada vafot etgan), va oxirgi sultoni Mehmed VI Vahobiddin (1918-1922 yillar) da jami bо‘lib 36ta sulton boshqarib, shulardan 19ta sulton о‘rta asrlar davrida boshqarishgan. Usmon hokimiyat tepasiga kelgach barcha e’tiborini Vifiniyani bо‘ysundirishga harakat qildi. U 1291 yilda Melanpiyani zabt etdi va Vizantiyaning bu gо‘zal shaharchasini о‘ziga qarorgoh qilib oldi. Melanpiyaning aholisi bu yerni tashlab ketdi. Usmon bu yerga Garmiyon va Anatoliyaning boshqa hududlaridan aholini joylashtirdi. Xristianlar sobori Usmon buyrugi bilan masjidga aylantirildi va har jumada uning nomi xutbada yangray boshladi. XIII asr oxiri XIV asr boshlarida Usmon beyligi о‘z hududini kengaytirdi. 1301 yil Usmon Yenishehrni zabt etib, u yerga qal’a qurgach, Bursa shahrini qо‘lga kiritish uchun tayyorlana boshladi. 1302 yilning yozida Vizantiyaning Bursadagi vakili qо‘shinlarini Vafeyada tor-mor etdi.Bu usmoniy turklarning katta janglardagi ilk zafari edi. Vizantiya imperiyasi qarshisida kuchli raqib turganini angladi. Usmon mulklari bо‘lgan hududlarga kо‘plab aholi kochib kela boshladi. Bu Usmonning keyingi yurishlariga turtki berdi. Vizantiyaliklar Usmonning mavqei oshayotganini kо‘rib Anatoliya qishloqlarini tark eta boshlashdi. 1305 yili usmoniy turklar Levke jangida mag‘lub bо‘lishdi, ularga qarshi Vizantiyaliklar qо‘shinida xizmat qilayotgan kataloniyalik bо‘linmalar ham qatnashdi. Bu paytda Vizantiyada toju-taxt uchun kurashlar boshlanib ketadi, bu turklar uchun harbiy harakatlarni davom ettirish uchun qulay vaziyat yaratdi. Usmon qо‘shinlari Anatoliyaning Qora dengiz sohilidagi Vizantiyaga tegishli bir qancha shaharlarni egalladi. Shu yili turklar birinchi marta Vizantiyaning Yevropa qismidagi hududlarga hujum qilishdi. Usmoniylar Bursani Usmonning о‘g‘li Urxon davrida egallashdi. Usmoniylar davlatining ikkinchi hukmdori Urxon (1326-1359 yillarda boshqargan), 1288 yilda Anatoliyada tug‘ilgan. Urxon Bursani beklik poytaxti deb e’lon qildi. Urxon 1327 yilda birinchi marta kumush tanga- aqcha (aqcha.turk.-savdo-sotiq, tо‘lov muomalalarida narx, baho, qiymat о‘lchovi birligi bо‘lib, asosan kumushdan zarb qilingan) zarb qildi. 1330 yili Urxon qо‘shini Nikeyani, 1337 yili Nikomediya (Izmir) ni qо‘lga kiritdi. Turklar Urxonning ukasi A’loiddin boshchiligida Nikeyaga qarab yurish qilayotganda Vizantiya imperatorining qо‘shinlari bilan jang bо‘lib о‘tdi. Jangda imperiya qо‘shinlari yengildi, imperator yaralandi. Nikeyaning zabt etilishi usmoniylarga Vizantiya imperiyasining Osiyodagi mulklariga hujum qilish uchun yо‘l ochdi. Dengiz orqali yordam olib turgan Nikomediya qamali 9 yil davom etib, Urxon bu hududni olish uchun Marmar dengizining tor bо‘g‘ozini qamal qildi. Chorasiz qolgan Nikomediya ahli shaharni turklarga topshirdi. Turklarning Marmar dengizi va Bosfor sohillariga chiqishi ularning Frakiyaga qiladigan hujumlariga zamin yaratdi. 1338 yilda turklar Frakiya tomon yurish boshlashdi. Urxonning о‘zi 30 ta kemasi bilan Konstantinopol ostonalarida paydo bо‘ldi. Vizantiya imperatori Andronik III Paleolog (1328-1341 yillarda boshqargan), Urxon bilan munosabatlarini yaxshilash uchun unga qizini beradi va usmoniylar va Vizantiya imperiyasi munosabatlari bir muncha vaqt yaxshilanadi. XIV asrning 40 yillariga kelib Karesi bekligidagi toju-taxt uchun kurash Urxon qо‘shinlarini Vizantiyaning Yevropadagi qismiga kirib kelishi uchun zamin yaratdi.1345 yili Urxon Karesi beyligini tugatdi. Turklar 1346 yili Vizantiyada davom etayotgan zilotlar va fuqarolar urushi (1341-1347) ga aralashib bо‘lajak imperator Ioann VI Kantakuzenga yordam berishdi va amaldagi imperator Ioann V Paleologga qarshi kurashishdi. Buning evaziga Ioann VI qizi Feodorani Urxonga beradi.Turklar 1352-1354 yillarda Yevropaga birinchi yurishlarini boshlashdi. 1354 yili zilzila tufayli mudofaa devorlari vayron bо‘lgan Galliapolni qiyinchiliksiz zabt etishdi. XIV asrdagi tо‘xtovsiz olib borilgan urushlar paytida turklarda professional qо‘shin tarkib topa boshladi. Urxon davrida turk qо‘shini orasida xalq lashkari tipidagi muntazam qо‘shinlardan tashqari, yanicharlardan iborat professional piyoda askarlar ortyadlari ham bor edi. Turklar Vizantiyaliklar tajribasidan о‘rganib, jang paytlarida devor teshadigan qurol ishlatardilar. XIV asr oxiri va XV asrda turklar о‘q о‘tadigan qurol ishlata boshladilar. 1326 yilda Urxon Bursani egalladi va poytaxtga aylantirildi. Usmoniylar davlatining ikkinchi hukmdori Sulton Murod I (1359-1389 yillarda boshqargan). U taxt talashib ukalari Ibrohim va Xalilni о‘ldirtirib yubordi. U hokimiyatni egallagach, e’tiborini davlatining sharqiy va janubiy chegaralariga qaratdi va bu viloyatlarni istilo etdi. Murod I 1361 yili Frakiyaning asosiy shahri Edirna (Adrianopol) ni bosib oldi u Brusu о‘rniga Turkiyaning yangi poytaxti bо‘lib qoldi. Murod sulton unvonini qabul qilib tarixga Murod I nomi bilan kirdi. U 1362 yilda bolgarlarning boy shahri bо‘lgan Fillipol (Plovdiv) ni egalladi. Turk jangchilari Bolqon yarim orolida shafqatsizlik bilan ish kо‘rdilar, tinch aholini talab о‘ldirib, qul qilib Sharq bozorlarida sotib yubordilar. Adrianopolning bosib olinishi bundan keyingi turk istilolariga yо‘l ochib berdi. 1371 yili serblar, bolgarlar, valaxlar va vengerlar ittifoqi 60 ming kishilik qо‘shin bilan Murod I ga qarshilik kо‘rsatdilar, lekin Maritsa daryosi bо‘yidagi jangda yengildilar, shundan sо‘ng Janubiy Serbiya qiroli sulton qо‘l ostiga о‘tdi, Vizantiya imperatori uning vassali bо‘lib qoldi va о‘rta asrlarda yosh Turkiya davlati tashkil topdi. 80-yillarda Murod I g‘arbga tomon yurishini davom ettirdi. 1385 yili Sofiyani, 1386 yili Nishni qо‘lga kiritdi. Kichik Osiyoda davlat hududi Garmiyon, Tekka va Hamid beyliklari hisobiga kengaydi. 1386 yili bir qancha beyliklar Qaramon beyi qо‘shini ostida birlashib usmoniylarga qarshi urush ochdi. 1387 yili Murod I Bolqondagi harakatlarini tо‘xtatishga majbur bо‘ldi, bunga sabab, Qaramon beyligining ixtilofi bо‘ldi. Murod I Qaramon beyi A’loiddinga qarshi qо‘shin tayyorlab, Kо‘nya pasttekisligida uni tor-mor erdi. Murod I Anatoliyada harbiy harakatlarni tо‘xtatdi va qо‘lga kiritilgan hududlarni 5 ta sanjoq (usmoniy turklar imperiyasida asosiy ma’muriy-hududiy birlik, viloyatning tarkibiy qismi) qa bо‘lib, о‘zining sodiq amaldorlariga taqsimlab berdi. Sо‘ngra о‘z qо‘shinin olib Bolqonga jо‘nadi. Bolqon xalqlari uchun 1389 yil eng og‘ir yil bо‘ldi. О‘sha yili turklar bolgarlarga qarashli yerlarni qо‘lga kiritishdi va shoh Shishman yashiringan Nikopolni qamal qilishdi. Bolgarlar shohi Shishman taslim bо‘lib о‘zini sultonning vassali deb tan oldi. Shu vaqtda serb knyazi Lazar turklarning Serbiyaga hujum qilishidan xavotirlanib qо‘shin tо‘pladi. Lazar bundan ikki yil oldin bosniyaliklar yordamida Plochnika jangida g‘alabaga erishgani uchun bu safar ham g‘alabaga umid qilardi. 1389 yil iyunda Murod I katta qо‘shin bilan Serbiya hududiga kirdi. Turklar mashaqqatli Ixtiman darasidan о‘tib, Morava daryosigacha yetib kelishdi, Bosniya, Serbiya va Albaniya chegarasidagi Kosovo tekisligiga о‘rnashishdi. Murod I qо‘shiniga qarshi bu yerda serb va bosniyaliklarning birlashgan qо‘shini, shuningdek, albanlar, gersogoviniyaliklar, polyaklar va vengerlarning guruhlari joylashgandi. 1389 yil 15 iyunda Janubiy Serbiyadagi Kosovo maydonida katta jang bо‘ldi. Serbiya qiroli Lazar 80 ming kishilik qо‘shin tо‘pladi. Sulton Murod I boshchiligidagi turklar Lazar kuchidan 3 marta ortiqroq kuch bilan Serbiyaga qarshi harakat qildilar. Erta tongda Murod I harbiy kiyimlarini kiyib jangga tayyorlanayotgan paytda uning qarorgohiga о‘zini Milosh Obilich deb tanishtirgan bir serb yigitini keltirishadi. U turklarga dushmanning holati haqida tо‘liq ma’lumot berishini aytadi. Serbni sulton huzuriga olib kirishadi. Milosh sultonga yaqinlashgan zahoti kutilmaganda qо‘ynidan xanjarini olib sultonni sulton о‘ldiradi. Uni shu zahotiyoq yanicharlar chopib tashlaydi. Bu voqea jangga о‘z ta’sirini о‘tkazmadi, turklar tо‘liq g‘alabaga erishdi. Lazar asirga olindi va qatl etildi. Murod I ning о‘limidan sо‘ng uni katta о‘g‘li Boyazid sulton deb e’lon qilindi va 1389-1402 yillarda boshqardi. Shundan keyin Serbiya hududining bir qismini egallab, faqatgina Dunay bо‘yi Serbiyasi (u Podunaviya ham deyiladi) ning qolgan kichik bir qismigina serb knyazlari sultonning vassali sifatida bir oz idora qildilar. Turklarning Maritsa daryosi bо‘yidagi (1371y) va Kosovo maydonida (1389y) Nikopol yonidagi (1396y) g‘alabalari Konstantinopolni qulashini muqarrar qilib qо‘ydi. Vizantiya imperatori Manuil II (1399-1402) G‘arbiy Yevropaga ketib u yerda Italiya, Angliya, Fransiya qirollaridan yordam sо‘radi, lekin uning urinishi befoyda ketdi. XIV asr oxirlarida turklarning asosiy maqsadi Bolqon yerlarini zabt etishdan iborat edi. 1393 yili turklar bolgarlar poytaxti Tirnovoni bosib oldi. 1395 yili Vidin shahri taslim bо‘ldi, 1396 yilda Bolgariya bosib olindi va 1459 yilga kelib bu sо‘nggi serb hududi ham turklar tomonidan istilyo qilinib, turk mulklariga kiritildi.1394 yili turklar Pelloponesga hujum qilishdi va grek knyazlari vassallikni tan olishdi. Albaniyaning kichik bir qismi turk sultoniga tegishli hududga aylandi. Boyazid qо‘shinlari Vengriyaga suqilib kirdi. Vengriya qiroli Siguzmund I 1392 yili muvaffaqiyatsiz urush olib bordi. Boyazid Anatoliyaning g‘arbiy va markaziy qismidagi Oydin, Saraxun, Garmiyon, Menteshe va Hamid beyliklarini tobe qildi. 1390-1392 yillarda Qaramon beyligi tor-mor etildi. 1396 yili Boyazid davlatiga Sivas qо‘shib olindi. Boyazidning shiddatli harakatlari unga zamondoshlari “Yildirim, ya’ni shiddatli” laqabini berishgan. 1396 yilgi galabalardan ruhlangan Boyazid Vizantiya poytaxtini egallashga harakat qila boshladi. Lekin Vengriya qiroli Siguzmund I ning usmoniylarga qarshi salib yurishi boshlayotgani haqidagi xabar unga yetib keladi. Venger qiroli salib bayrogi ostiga nafaqat vengerlar, balki Yevropaning boshqa davlatlaridan ritsarlar tо‘pladi. Uning qо‘shini safida ingliz, fransuz, italyan, nemis va chex ritsarlari bor edi. Salibchilarning umumiy soni 100 mingta askar edi. Asosiy jang 1396 yil 25 sentabrda Dunayning о‘ng qirg‘og‘idagi Nikopol shahri yonida bо‘ldi. Jangda dastavval salibchilar ustun bо‘ldi, fransuz ritsarlari turk yanicharlarini siquvga oldi. Jang taqdirini saralangan turk chavandozlari hal qildi. Vassal knyaz Stefan Lazarevich boshchiligidagi 15 ming kishilik serb qо‘shini hal qiluvchi pallada turklar g‘alabasiga hissa qо‘shdi. Siguzmund qо‘shini tor-mor bо‘ldi, uning о‘zi Dunay bо‘ylab qatnaydigan venetsiya kemalariga minib qochdi. Turklarga 10 mingga yaqin salibchi asir tushdi va ular Boyazidning buyrug‘iga asosan qatl etildi. Boyazid bir necha nomdor ritsarlarni fransuz qiroli Karl VI ga juda katta tо‘lov evaziga qaytarib berdi. Fransuz qirolining sultonga tо‘lagan tо‘lovi miqdori 200 ming oltin dukat (og‘irligi 3,44 gramm bо‘lgan kumush va oltin tanga) bо‘lgan. Salibchilarning mag‘lubiyati tufayli bolgarlarga qarashli yerlar usmoniylar qо‘liga о‘tdi. Valaxiya hukmdori ham sultonga vassalligini tan oldi. 1397 yili Boyazid qо‘shini Attika va Pelloponesga yurish qildi. 1400 yili quruqlikdan Konstantinopolga hujum qildi va shaharni qamal qildi, lekin shaharni qamal qurollarisiz va kuchli flotsiz ololmasligini bilib iziga qaytadi. Bu voqealardan sо‘ng Yevropa davlatlari tahlikaga tushib qoldi. Xuddi shu paytda Amir Temurning Boyazidga qarshi yurishi boshlandi. Yevropa davlatlari Boyazidga qarshi kurashish uchun Amir Temur bilan ittifoq tuzishga intildilar. Vizantiya, Venetsiya davlatlari shunday taklif bilan Amir Temurga murojaat qildilar. О‘z navbatida Boyazid Amir Temurni birgalikda Yevropaga qarshi kurashga da’vat etadi. Biroq, Sohibqiron uni rad etib, sulton saroyida panoh topgan isyonchi turkman qabilalari boshliqlarini unga topshirishni talab qiladi. Muzokaralar natijasiz tugagach, ikkala tomon jangga tayyorgarlik kо‘ra boshlaydi. Sohibqiron Amir Temurning usmoniylar imperiyasiga yurishi natijasida 1402 yil 25 iyulda Anqara jangida turk yanicharlari Amir Temur qо‘shinlaridan yengildi va Boyazid asir olindi. Boyazidning buyuk Sohibqirondan mag‘lubiyati Yevropani muqarrar halokatdan qutqarib qoldi. Bu g‘alaba bilan Amir Temurni tabriklab kо‘pgina Yevropa davlatlari qirollari maktub yuborgani bejiz emasdi. Vizantiya imperiyasi umri ham yana 50 yilga uzaydi. Ushbu buyuk galaba munosabati bilan katta xursandchilik izhor qilgan Fransiya qiroli Karl VI, Angliya qiroli Genrix IV va Vizantiya imperatori Manuil II Paleologlar bilan Amir Temur о‘rtasidagi diplomatik yozishmalar shundan dalolat beradi. Ukrainalik tarixchi Omelian Pritsakning yozishicha: “Amir Temur saltanati Yevroosiyodagi eng sо‘nggi buyuk saltanatdir”. Amir Temurning Kichik Osiyodagi harakatidan sо‘ng vaqtinchalik Usmoniylar davlatining markazlashuvi tо‘xtatildi. Temur 1403 yil oxirlarida Anatoliyani tark etayotganida Oydin, Garmiyon, Qaramon kabi bir qancha beyliklarga о‘zini-о‘zi boshqarish huquqini berdi. Boyazidning katta о‘g‘li Sulaymonga usmoniylarning Yevropadagi mulklari tekkach u Edirna shahrini poytaxt qildi va sultonlikka da’vo qila boshladi. Uni Vizantiya imperatori Manuil II qо‘llab-quvvatladi. Boyazidning ikkinchi о‘g‘li Musoni esa Valaxiya hukmdori Mirchi Staro qо‘lladi. 1408 yili Sulaymon ukasi Musoni Konstantinopol yaqinida tor-mor etdi. Muso xalq orasida targ‘ibot ishlarini olib borib, u Sulaymonning vizantiyaparast siyosatini qoralab, unga ergashganlarni “dinni himoya qilish uchun” о‘ziga qо‘shilishga da’vat qildi. Sulaymon askarlari birin-ketin uni tashlab, Musoga qо‘shildilar. 1409 yili Sulaymon Konstantinopolga qochayotganda о‘ldirildi. Muso Edirnadagi sulton taxtini egalladi. Muso taxtda bor-yо‘g‘i 4 yil (1409-1413yillarda) о‘tirdi. Shu paytda Muso ukasi Muhammad bilan ular о‘rtasida nizo kelib chiqdi. Nihoyat 1413 yili Maritsa yonidagi jangda Boyazidning о‘g‘illari о‘rtasidagi birodarkushlik urushida Muhammadning qо‘li baland keldi va taxtga о‘tirdi va 1413-1421 yillarda boshqardi. Muhammad I nomi bilan taxtni egallagach 1414-1415 yillarda о‘z hokimiyatini mustahkamladi. U Valaxiya hududlarini talon-taroj qildi. 1421yil may oyida u vafot etgach uning о‘g‘li Murod II taxtga о‘tirib (1421-1444, 1446-1451 yillarda boshqargan) otasining dushmani Mustafoga qarshi urush qilib, 1422 yil bahorida Bursadan uncha uzoq bо‘lmagan Ulubod daryosi sohilida jang bо‘lib, bu jangda Murod II g‘olib chiqdi. 1424-1426 yillarda Oydin va Menteshe beyliklari usmoniylar davlatiga qо‘shib olindi. Usmoniylarning ikkita dushmani Anatoliyada Qaramon beyligi va g‘arbda Vizantiya imperiyasi qolgandi. Shunday qilib, Temur hujumidan sо‘ng ancha zaiflashib qolgan Usmoniylar davlati XV asrning 20-yillarida о‘ziga keldi. 1422 yilning iyunida Murod II Vizantiya imperiyasini tugatishga harakat qildi, lekin Konstantinopol qamali muvaffaqiyatsiz chiqdi. 1440 yil turklar Serbiyaga yurish qildi. Ular Semendriya qal’asini buzishdi. Shu paytda turklarga qarshi Transilvaniya sarkardasi Yanosh Xunyadi kurash olib bordi. 1441-1442 yillarda venger va chex qо‘shinlariga qо‘mondonlik qilib sulton qо‘shini ustidan g‘alaba qozondi. 1442 yil Vozaga jangida u boshchilik qilgan qо‘shin turklarni tor-mor etdi. 5 mingga yaqin turk askari asirga olindi. Sulton 1444 yilning iyulida venger qiroli Vladislav bilan Serbiya yerlarining Vengriya bilan chegara hududlari mustaqilligini tasdiqlab sulh tuzishga majbur bо‘ldi. Sulh 10 yilga mо‘ljallangandi, lekin о‘sha yilning о‘zidayoq buzildi. 1444 yil 10 noyabrda Varna yonidagi jangda Yanosh Xunyadi qо‘shinlari yengildilar, Yanosh Xunyadi qochdi va turklarga qarshi kurashga kuchlar tо‘play boshladi. Sulton Murod II XIV asrning ikkinchi yarmidayoq Shimoliy Frakiya, Shimoliy Bolgariya va Makedoniyaga Kichik Osiyodagi turk qabilalarini joylashtirdi. XIV asr oxiri va XV asrning birinchi yarmida Bolgariyaning Qora dengiz sohilidagi Dunay va Maritsa vodiylarida hamda О‘rta yer dengizi va Qora dengizning hosildor yerlarida turk manzilgohlari vujudga keldi. Bolqonga qilingan keyingi yurishlar Markaziy Yevropaga katta xavf sola boshladi. 1448 yili Yanosh Xunyadi turklarni tо‘xtatish uchun sо‘nggi bor harakat qildi. Venger, chex, polyak va nemislardan iborat qо‘shin tо‘pladi.1448 yil 17-19 noyabr kunlari Kosovo maydonidagi jangda 50 ming kishilik turk qо‘shini Yanosh Xunyadining qо‘shinlarini mag‘lubiyatga uchratdi, Yanosh Xunyadi Vengriyaga qochdi. 1451 yilda Murod II vafot etgach, uning о‘rniga о‘g‘li Muhammad II Fotih (1451 1481yillarda boshqargan) bо‘ldi. Konstantinopolda Rumelihisor qurilayotganidan xabar topgan Konstantin XI sultonga elchi yuborib Vizantiyaga qarashli bu hududda qal’a qurilishini tо‘xtatishni sо‘raydi. Biroq sulton elchilarni qabul qilishni xayoliga han keltirmadi. Qal’aning Konstantinopolga xavf solmasligiga ishonch hosil qilish uchun imperator sultonga yana elchilar jо‘natdi. Sulton elchilarni zindonga tashlatib, ularni о‘ldirtirib yubordi. Imperator Konstantin XI Muhammad II bilan tо‘qnashuvdan qochish niyatida yana bir bor harakat qildi. Vizantiyaliklar barcha shartlarga rozi bо‘lishini bildirdi, lekin sulton ulardan Konstantinopolni topshirishni sо‘radi. Konstantinopol о‘rniga ularga Moreyani berishni taklif etdi. Imperator bunday sharmandalikdan kо‘ra jang maydonida о‘lish afzal ekanini bildirdi. Vizantiya imperiyasining usmoniylar imperiyasi oldida kuchsizligi aniq edi. Ular tashqaridan yordam ololmadi. Rim papasi Nikolay V 1453 yil martida uchta genuyaliklar kemasida oziq-ovqat va qurol-yarog yuborish bilan cheklandi. Genuya hukumati Konstantinopolga yordam bermaslikka qaror qildi. Venetsiyaliklar kemalari Konstantinopol qamal qilinganiga ikki hafta bо‘lganda yetib keldi. Chet ellik yollanma jangchilar soni 7 ming kishi edi, flot esa 25 ta kemadan iborat bо‘lgan. Bu vaqtda Muhammad II Konstantinopol tomon siljib borardi. 1453 yil martida turk askarlari Konstantinopolga yurish boshladi. 5 aprelda sultonni о‘zi Konstantinopol ostonalariga yetib keldi. Turk sultoninig qо‘shini soni 150 ming kishini, 80 ta harbiy kema va 300 ta yuk kemasidan iborat edi. 18 aprelda sulton hujum qilishga buyruq berdi. Poytaxtning 400 ming aholisidan shahar himoyasida 5 ming kishi qatnashdi, xolos. Himoyada, shuningdek, 2 ming jangchidan iborat italiyalik harbiylar ham bor edi. Yevropa davlatlari esa Vizantiyada bо‘layotgan voqealarga loqaydlik bilan qarashdi. Manbalarda e’tirof etilishicha, sulton Mehmet II Yevropada xristianlarni tugatmaguncha о‘z qilichini qiniga solmaslikka va’da bergan. Og‘ir bо‘lib о‘tgan janglardan sо‘ng 1453 yil 29 mayda Konstantinopol quladi. Imperator Konstantin о‘ldirilib, shahar himoyachilari qirib tashlandi. Vizantiya poytaxti talandi. Zabt etilgan shaharni Muhammad II Usmoniylar davlatining poytaxtiga aylantirish maqsadida sulton shahar binolariga ziyon- zahmat yetkazilmasin deb buyruq berdi. Yustinian zamonidagi mashhur yodgorlik ayo Sofiya sobori saqlanib qolinib, u sultonning asosiy masjidiga aylantirildi. Konstantinopolning olinishi turklarga Markaziy Yevropaga qilinadigan yurishlar uchun zamin yaratdi. Muhammad II ning dastlabki zarbasi Serbiyaga yо‘naltirildi va 1454-1455 yillarda Serbiya egallandi. Konstantinopol qulaganidan sо‘ng yevropaliklar nazarida yengilmasdek tuyulgan turklar 1456 yili Yanosh Xunyadidan mag‘lub bо‘lishdi. Yanosh Xunyadi boshchiligidagi serb, venger, chex va nemis qо‘shini 27 iyul kuni Belgrad ostonalaridagi jangda Muhammad II qо‘shiniga qaqshatqich zarba berdi. Kо‘plab jangchilarini yо‘qotgan turklar Sofiyaga chekinishdi. Belgrad ostonasidagi omadsizlik venger yerlariga hujumlarni orqaga surdi. 1456 yili Egey dengizidagi Tamoz, Imroz, Semendra va Lemnos orollari egallandi. Turklarga Dunay knyazliklari taslim bо‘lishdi; Moldova 1456 yilda qaram bо‘ldi, Valaxiya esa 1476 yil bо‘ysundi. 1459 yili turklar Serbiyaning barcha hududlarini qо‘lga kiririshdi va u Usmoniylar davlatining viloyatiga aylantirilib, 200 mingga yaqin serblar qul qilindi. 1461 yili turklar Kichik Osiyoning shimolidagi muhim savdo nuqtasi hisoblangan greklarning Trapezund imperiyasini (bu imperiya 1204-1461 yillarda yashagan) bо‘ysundirdi. Trapezund imperatori David shaharni topshirishdi. David va zodagonlar dengiz orqali shaharni tark etishdi. Aholining kо‘pchiligi Istanbulga kо‘chirildi, 1500 ta bola yanicharlarga olindi 1462 yili sulton Valaxiyaga yurish boshladi. Valaxiya sardori Vlad III turklarga qarshilik kо‘rsatdi, lekin qochishga majbur bо‘ldi. 1463 yil Bosniya egallanib, qirol Stefan qatl etildi. 1465 yili Gersogovina bо‘ysundirildi. 1466 yili Albaniya egallandi. 1477 yilda Qrim Usmoniylar davlatiga о‘lpon tо‘laydigan davlatga aylandi. Bolqon va Kichik Osiyodagi g‘alabalar turk sultonini kо‘proq yurish qilishga undadi. Uning rejasiga Vengriya, Italiya va Germaniyaga yurish kirgan. Muhammad II 1479 yili Neapol va Milanga qarshi urush e’lon qildi. 1480 yili sulton qо‘shini 300 ta kemada Italiya janubidagi Otranto shahriga yurish qildi va ikki haftalik qamaldan sо‘ng 1480 yil 11 avgust kuni shaharni qо‘lga kiritdi. Shahar aholisining yarmi qatl etildi, 800 kishi islomni qabul qilmagani uchun о‘ldirildi. Otrantoning 8 ming aholisi qullikka solindi. Turklarning Otrantodagi xatti-harakatlari butun Italiyaga ma’lum bо‘ldi. Vatikan ulkan salib yurishiga tayyorgarlikni boshlab yubordi. Muhammad II Misr mamluklariga (arab.qul), (1250-1517 yillarda Misrni boshqarganlar) qarshi urush olib borish kо‘zda tutilgan edi, lekin usmoniylar qо‘shini Italiyadan qaytayotganda yо‘lda Muhammad II kasallikdan vafot etadi. Usmoniylar imperiyasi taxtiga Muhammad II ning о‘g‘li Boyazid II taxtga о‘tirib (1481-1512 yillarda boshqargan) uning hukmronligi davrida Vengriya, Polsha, Venetsiya, Misr va Eronga qarshi urushlar olib borildi. Boyazid II yanicharlar fitnasi tufayli 1512 yil 25 aprelda taxtni о‘g‘li Salimga topshirdi va Salim I nomi bilan 1512-1520 yillarda taxtni boshqardi. Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling