Reja: Salb yurishlarining boshlanishi sabablari Salb yurishlarining Rim papaligi tomonidan uyushtirilishi


Mavzu: XI-XV asrlarda Angliya Reja


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/37
Sana02.04.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1320132
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
Jahon tarixi 2 majmua.

Mavzu: XI-XV asrlarda Angliya Reja
1.Vilgelm Istilochinig idora qilishi.2.Dahshatli sud kitobiva XI asrda ingliz dehqonlarining 
ahvoli.3.Genrix II Plantagenetning islohotlari.4.Buyuk Erkinlik xartiyasi.5.Angliyada 
parlamentning vujudga kelishi.6.Uot Tayler qozgoloni va uning ahamiyati.7.Ingliz millatining 
tarkib 
topa 
boshlashi. 
Kanut 
Datskiy 
davlati 
(1017-1035), 
(Daniya,Norvegiya,Shvetsiya,Angliya va Shotlandiya) azo edi, parchalanib ketgandan keyin 
Angliyada Eduard Ispovednik 1042 yilda normannlar yordamida milliy qirollikni tikladi va 
(1042-1066 yillarda boshqardi). U ozini monaxlarga xos bolgan tabiati bilan Xudojoylaqabini 
olgan. Eduard davrida mahalliy amaldorlarning mamlakatni boshqarishdagi tasiri kuchaydi. 
Anglo-saks zodagonlarining bir qismi daniyaliklarga moyil edi.Eduard boshchiligidagi ikkinchi 
bir qism zodagonlar fransuz-normann gertsogi Vilgelm bilan ittifoq tuzishga harakat qildi. 
1066 yilda Eduard vafot etgandan keyin zodagonlar mahalliy zodagonlar mahalliy anglo-saks 
feodali-Uesseks gertsogi Garoldni qirol etib saylashdi. Lekin Vilgelm Eduard vasiyatini pesh 
qilib, taxtni zorlik bilan olishga qaror qildi va 1066 yil sentabr oyida 15ming kishilik armiya 
bilan La-Mansh bogozidan otib, inglizlar yerini janubiy qismini egalladi. Inglizlar va 
normannlar ortasidagi hal qiluvchi jang 1066 yil 14 oktabrda Gastings yaqinidagi Senlak 
degan joyda bolib,bunda nisbatan yaxshi qurollangan normannlar galaba qozondilar, qirol 
Garold jangda halok boladi.Vilgelm boshliq normandiya gertsogligi galaba qozonadi. 


Normandiya gertsogi Vilgelm 1066 yil 25 dekabrda Londonga kiradi,Vilgelm I (inglizcha 
Uilyam I)Fotih(Istilochi) laqabi bilan Angliya taxtiga otiradi va 1066-1087 yillarda boshqaradi. 
Normannlarga qarshi eng yirik qozgolonlar1068 yilda Mersiya va Nortumbriyada boladi. Bu 
qozgolonlarga Daniya qiroli yordam berishiga qaramay Vilgelm qozgolonni bostiradi va 
qozgolonchilardan qattiq och oladi. Ancha obod bolgan York va Durgam vodiylari 
normannlar tomonidan vayron qilindi. Normannlar bosqinchiligi Angliyada yirik yer egalarini 
feodal tabaqani yangiladi, yani anglo-saks feodallarining deyarli barcha mulklari tortib olindi 
va kelgindi normann va fransuz feodallariga bolib berildi.Angliyadagi yirik normann feodallari 
baronlardeb ataldi.Mamlakatdagi barcha yerlar feodal mulki hisoblangan xojalikka, yani 
manorlarga bolindi.Angliyadagi ekin ekishga yaroqli bolgan barcha yerlarning 7/1qismi 
Vilgelm I ni mulki (domeni) deb elon qilindi.Angliyadagi barcha cherkovlarda, yuqori diniy 
lavozimlardagi anglo-sakslar boshatilib, fransuz-normann ruhoniylari qoliga otdi.Uilyam I 
Kenterberi arxiyepiskopi (bosh ruhoniysi) qilib, Lanfrakni tayinladi. Anglo-saks tilida toat-
ibodat qilish taqiqlandi, monastrlar fransuzlar uslubida qayta tamirlandi. Angliyada qirol 
hokimiyati kuchaya bordi. Oz hokimiyatini kuchaytirish maqsadida normannlar Angliya 
boylab koplab qalalar qurdirdi. Ulardan eng mashhuri Londondagi Tauer (bolib, u hozirgacha 
mavjud).1086 yil Vilgelm I tomonidan Angliya aholisining rо‘yxatga olish o’tkazildi, bu XI 
asrdagi faqat Angliyada emas, balki butun Yevropadagi katta tadbir edi Vilgelm tomonidan 
Angliyaning barcha shahar va qishloqlariga maxsus vakillar yuborilib, ularning vazifasi har bir 
jamoaning kozga koringan vakillari bilan savol-javob otkazib mamlakatning iqtisodiy hayoti 
haqida malumot ilish edi. Royxatga oluvchilar savollariga faqat haqiqatni aytib javob berish 
haqida qasamyod qildirilishi aholini bu tadbirni qorqinch bilan qarshi olishga togri keldi.Shu 
tufayli royxat varaqalarini Dahshatli sud kitobideb atadilar,ayrim adabiyotlarda u Qiyomat 
daftarideb ham ataladi. 1086 yilda qirol tomonidan otkazilgan aholini royxatga olishdan 
asosiy maqsad ; 1) mulk soligi gildani tartibga solish va uni toplash uchun kerakli 
malumotlarni yigish. 2) qirolni uning vasallari ega bolgan yer va daromadlari va boyliklari 
hajmi va taqsimlanishi togrisida axborot bilan tanishtirish edi. Vilgelm I ning bu tadbirni 
otkazishdan kozlagan eng asosiy maqsadi-mamlakatda haqiqatda qancha yer maydoni 
borligini aniqlash orqali xazinaga tushadigan daromadni ko’paytirish edi.1086 yildagi 
rо‘yxatda dehqonlar turli nomlar bilan ataldidilar: Ozod kishilar (frigolderlar), Angliyadagi 
kam yerli dehqonlar (bordarilar bo’lib, ular baronlarga qaram dehqonlar bo’lib,ularning chek 
yerlari bor edi), (kottarilar juda oz chek yeri bolib, ular asosan tomorqalardan iborat 
bolib,shu yerga ega dehqonlar edilar), (villanlar-Angliyadagi qaram dehqonlar bolib,ular 
barshchina otab berardilar).1086 yilgi royxatga ko'ra Angliyada bordari va kottarilar aholini 
32% ini tashkil qilib,ular 89ming kishini tashkil qilgan,villanlar esa 38% ini tashkil qilib, ular 
10.600 kishini tashkil qilgan,erkin kishilar esa 12% ini tashkil qilib,33ming kishidan iborat 
bolgan.Ingliz tarixchisi A.Mortonning malumotlariga qaraganda 1086 yilda Angliya aholisi 
2mln kishini tashkil qilgan. Vilgelmning о‘g‘li Vilgelm II Malla (1087-1100) va Genrix I (1100— 
1135) lar otalarini siyosatini davom ettirdilar. Qirollik ayniqsa Genrix I davrida kuchaydi. 
Genrix I davrida qirollik sudi kuchaytirilib, u maxsus sudyalar vaqt-vaqti bilan mamlakat 
bо‘ylab safarga chiqib, grafliklarda sud ishlarini amalga oshirar edilar.Sudlov palatasiqirollik 
dud kursisidegan nom oldi. Uning davrida qirollikning moliyav ishlari ham 
takomillashtirildi.Xazinaga doir masalalar bilan shugullanuvchi Shaxmat taxtasi palatasideb 
atalgan maxsus Kengash tashkil etildi.Bu Kengash taxtasi xazinaga tushgan boylikni 
hisoblaydigan boldi. ‘’Plantagenet’’ laqabi Anji graflariga Jofruani otasidan meros tariqasida 


o’tgan edi.Uning otasi Fulek Anjuyskiy salib yurishlari davrida Quddus qiroli bolgan Bolduin II 
ning kuyovi bolib,ozi ham 1131-1143 yillarda Quddus qirolligini boshqarib,ozining gerbiga 
cholda osadigan sariq gulli osimlik (plata genista) tasvirini ramz sifatida chizdirgan 
edi.Shundan boshlab,bu avlod plantagenetlar sulolasi deb atalgan. (Plantagenetlar-Anji 
sulolasi,ingliz qirollari sulolasi bolib,Angliyani 1154-1398 yillarda boshqargan mahalliy 
suloladir, uning asoschisi Genrix II hisoblanadi. Genrix (1154-1189) davrida qirollikka tegishli 
hududlar kengaytirildi, Anji, Puate, Turen, Angliya tarkibiga qoshildi,fransuz qiroli Lyudovik 
VII ni qoyib yuborgan xotini Eleonoraga uylanib,uning mulki bolgan Puatu, Gyuenn,Gaskon 
yerlariga ham ega boldi. Genrix II harbiy sohada islohot otkazib,asosan chet elliklardan iborat 
bolgab yollanma doimiy armiya tarqatib yuborildi, va 1181 yilda xalq lashkari tuzilib, 
ruhoniylar va yahudiylardan tashqari barcha kishilarga harbiy xizmat otashni majburiy qilib 
qoydi.U sud sohasida ham islohot o’tkazib, endi har bir kishi ma’lum summa to’lash yo’li 
bilan o’z ishini ko’rib chiqishni feodal sudidan qirol sudiga o’tkazish mumkin edi. U cherkov 
sohasida ham islohot o’tkazib, yepiskop va abbatlarni saylovi mening ishtirokimda о‘tkazilishi 
kerak deb talab qildi. Genrix II bu islohotni otkazishdan maqsadi cherkov hokimiyatini qirol 
hokimiyatiga boysundirish edi.Genrix II cherkov islohotini otkazish va bu borada ruhoniylar 
orasida tayanchga ega bolish maqsadida oziga eng yaqin kishi bolgan Foma Beketni 
Kenterberi arxiyepiskopi darajasiga kotardi. 
Shundan song 1164 yilda Klarendon shahridagi cherkov yiginida quyidagilar elon qilindi : 
1)arxiyepiskoplar qirolning vassallaridir va ular dunyoviy feodallar qirolga qanday 
majburiyatda bolsalar, ruhoniylar ham xuddi oshanday tartibda boysunadilar. 
2)din vakillari faqatgina cherkov sudida sudlanib qolmasdan, balki qirol sudiga ham 
chaqiriladi. 
3)cherkovdan chetlatish faqatgina qirol roziligi bilan bolishi mumkin. 
4)cherkov yerlari xazinaga boshqalar qatori soliq tolashi zarur. 
5)diniy shaxslarga qirolning ruxsatisiz Rim papasiga arz qilib borish va Angliyadan chiqib 
ketish taqiqlanadi. 
Bu narsa ingliz cherkovining toliq qirol hokimiyatiga boysunishiga olib kelardi. 
Kutilmaganda Klarendon qaroriga qirol juda katta umid tikkan Foma Beket qarshi chiqdi. 
Darg‘azab bо‘lgan Genrix II qaysar arxiyepiskopdan qutulishga qaror qildi va Beketni 
о‘ldirishni о‘zining ikki ritsariga buyurdi. 1170 yil Foma Beket ibodat qilayotgan paytda ikkita 
ritsar tomonidan о‘ldirildi, bu voqea Rim papasi qulog’iga yetib bordi. Papa agar qirol Foma 
Beketni ata-yin о‘ldirganligi aybini yuvmasa va cherkov ishiga aralashishni tо‘xtatmasa, u 
cherkovdan quviladi, deb dо‘q-pо‘pisa qildi. Genrix II ancha yon berishga majbur bо‘ldi.
Qirolni papalik tomonidan tahqirlanishi mamlakat ichkarisidagi baronlarni g’azabini 
keltirib,baronlar Genrix II ga qarshi o’g’illarini qurollantirdilar. 1189 yilda qirolga qarshi 
fitnada qirolicha Eleonora va shahzodalar ham qatnashishdi. Ana shunday tо‘s-tо‘polonlar 
vaqtida Genrix II vafot etdi.XIII asr boshida Angliya siyosiy kurashlar maydoniga aylandi.Bu 
kurash ayniqsa Genrix II ning о‘g‘illari Richard I Sher Yurak (1189-1199) va Ioann (Jone) 
Yersiz (1199-1216) davrlarida kuchaydi. Ioann Yersizning obrosiga zarba bergan birinchi 


sabab, Angliyaning Fransiya bilan bolgan toqnashuvi va bu toqnashuvda inglizlarning 
maglubiyati boldi.Angliya shimoliy Fransiyadagi Normandiya, Anji, Turen, Puatuning bir 
qismidan mahrum boldi. Ioann Yersizning obrosini tushirgan ikkinchi sabab,uning Rim papasi 
Innokentiy III bilan nizosi boldi.Ioann Kenterberining papa tomonidan tasdiqlangan yangi 
arxiyepiskopini tan olishdan bosh tortdi.Shundan song papa Ioanni taxtdan tushirilgan deb 
elon qildi, qirol tezlik bilan uzr so’rashga va unga har yili 1000 kumush marka xiroj tо‘lashga 
1212 yilda majbur bo’ldi.Yuqoridagilar mamlakat ichida uning obro’sizlanishiga olib keldi va 
Ioann Yersizni 1215 yilda o’z baronlari bilan to’qnashtirdi. 1215 yil yozida ritsarlar va 
shaharliklar tomonidan qollab-quvvatlangan baronlar Ioannga qarshi ochiq urush elon 
qildilar.Qirol esa oz dushmanlarining kuch jihatdan ustun ekanligini sezib,1215 yil 15 iyunda 
qozgolon kotarganlarning talablari bayon qilingan hujjatni imzolashga majbur boldi.Bu hujjat 
orta asrlar Angliya tarixida Buyuk erkinlik xartiyasinomi bilan mashhurdir. (Xartiya 
gr.yorliq,qolyozma,hujjat bolib,ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega bolgan bazi bir hujjatlar 
nomi.Angliyada Buyuk erkinlik xartiyasi,yoki, 1814 yilda Fransiya Konstitutsiyasi xartiya deb 
atalgan, hozirgi kunda bu atama istemoldan chiqib ketdi,orta asrlarda esa u juda keng 
tarqalgan edi). Xartiya 63 moddadan iborat bolib, u Angliya Konstitutsiyasining asosini 
tashkil etadi va u lotin tilida tuzilgan edi. Uning asosiy moddalari baronlar va ruhoniylar 
manfaatini ifodalagan.Unga kora feodallar oz yer-mulklarini meros qoldirish huquqiga ega 
boldilar.Qirol cherkovning erkin saylovlariga rioya qilishni,vassallaridan odatdagidan koproq 
tolovlar olmaslikni, baronlarni qamamaslik,ularning mol-mulkidan mahrum etmaslik 
shartlarini qabul qildi.Xartiyadagi 4modda Uels va Shotlandiyaga taaluqli,3modda cherkov 
ishlariga tegishli,30modda dunyoviy va diniy baronlar manfaatlariga doir,7modda ritsarlar va 
frigolderlarga tegishli,3modda shaharliklarga tegishli.Qolgan13modda hukumatning 
mamuriy-huquqiy tashkilotlarining faoliyatini yaxshilash talablari oz ifodasini topgan edi. 
1216 yilga kelib qirol Ioann vafot etadi.Uning vorisi yosh og’li Genrix III (1216-1272) baronlar 
qо‘lida uzoq vaqtgacha qurol bо‘lib qoldi. 1258 yil 30 aprelda baronlar Genrix III ga 
talabnomalarini qoyadilar, chunki 1258 yil mart oyida Genrix III baronlar va ritsarlarga 
daromadlarini tо‘rtdan uch qismini qirol xazinasiga tо‘lashlarini talab qilgan edi.
Baronlar o’z talabnomalarida ; 1)Qirol atrofida kelib chiqishi fransuz bo’lgan amaldorlarni 
lavozimidan bo’shatish va Angliyadan chiqarib yuborish. 
2) 24 kishidan iborat baronlar Kengashi maslahati bilan ish yuritish. 
Qirol bu talablarni bajarishga majbur boldi. 1258 yil 11 iyunda baronlar va katolik cherkovi 
oliy ruhoniylari (prelatlar) Oksfordga yigildilar va ozlarini 29 banddan iborat talabnomalarini 
(petitsiya) qirolga taqdim qildilar.
Petitsiyada ular quyidagi talablarni ilgari surdilar ; 
1)Qirollik yashaydigan qasrlarni qoriqlash Angliya qirolligi hududida tugilgan ishonchli 
fuqarolarga topshirilishi kerak ; 2)Dengiz qirgoqlaridagi qasrlar ham ishonchli fuqarolar 
tomonidan qoriqlanishi lozim 
3)Baronlar Kengashi roziligisiz hech kimga Angliya qirololigi hududidagi dengiz qirgoqlari va 
unga qoshni bolgan qirgoqlarda qasrlarni mustahkamlashga ruxsat berilmasin.Qirolga 
topshirilgan arznoma korib chiqilgach, baronlardan iborat 24lar kengashi toliq tashkil qilindi 


va islohotlar otkazildi. Baronlarning Oksfordda tо‘plangan «quturgan parlamenti» tez orada 
Konstitusiya ishlab chiqdi. Bu alohida Konstitusiya qirolni baronlarning doimiy nazoratiga
topshirdi.Baronlar o’rtasida qirolga nisbatan birlikni bo’lmaganligi natijasida ular ikki guruhga; 
qirol tarafdorlari va qirolga qarshi tomonga bо‘linib ketdi.Qirolga qarshi tomon kuchlariga 
asli Fransiyalik bo’lgan Simon de Monfor boshchilik qildi. 1263 yilda yuqoridagi guruhlar 
o’rtasida kelishmovchilik fuqarolar urushini boshlanishiga olib keldi.1264 yil 14 may kuni 
Lyusi yonidagi jangda Simon de Monfor boshchiligidagi qozgolonchilar qirol Eduard 
qoshinlari ustidan galaba qozonib, qirol Eduard asir qilib olindi. Uch kishidan iborat Simon de 
Monfor boshchiligida mamlakatni boshqarish uchun komissiya tuzildi. 1265 yil yanvarda 
Simon de Monfor mamlakatni boshqarish komissiyasi majlisini chaqirdi va bu majlisga 
baronlardan va yepiskoplardan tashqari, har bir graflikdan va kattaroq shaharlardan 
ikkitadan vakil taklif etdi.Bu amalda, Angliya parlamenti faoliyatining boshlanishi 
edi.Shunday qilib,fransuz General shtatlariga oxshash, Angliyada birinchi marta uch toifa 
vakillaridan iborat parlament chaqirildi. Simon de Monforga hokimiyat tepasida uzoq vaqt 
turish nasib qilmadi. Shahzoda Eduard asirlikdan qochib, qirollikka keladi va qirollik 
kuchlarining asosiy tashkilotchisi bо‘lib qoladi. 1265 yil 4 agustda Ivzem yonidagi jangda 
Monfor mag‘lubiyatga uchradi va о‘ldirildi. Eduard I nomi bilan (1272-1307) yillarda 
boshqardi.U o’z mavqeini kuchaytirish uchun Shotlandiya va Uels bilan urush olib borib, 1282 
yil Uelsni istilo qildi. Shotlandiya bilan urush olib borishdagi moliyaviy qiyinchiliklarni bartaraf 
etish uchun, soliq undirishni qonunlashtirish uchun 1295 yilda parlamentni toliq tarkibda 
chaqirdi. Bunda har bir grafliklardan dvoryanlar, ruhoniylar va shaharliklardan, yani, har bir 
ijtimoiy tabaqa vakillaridan ikki kishidan iborat vakillar qatnashdilar.Bu parlamentning tarkibi 
kelajakda ana shunday yigilishlar uchun namuna bо‘lganligidan, uni keyinchalik «namunali 
parlament» deb atadilar. Shu vaqtdan e’tiboran Angliya parlamenti muntazam suratda 
yig‘iladigan bо‘ldi, parlament, 1297 yildan boshlab, soliqlarni tasdiqlash huquqini qo’lga 
kiritdi. XIV asrda, ya’ni yuz yillik urush davom etayotgan yillarda Eduard III (1327-1377) 
parlamentni tez-tez (deyarli har yili) chaqiradigan bо‘ldi, sababi, urush katta xarajatlar talab 
qilar edi. Pulga muhtoj qirol har safar parlamentga murojaat qilib, undan kо‘mak sо‘rashga 
majbur bо‘lardi. 1343 yildan boshlab parlament ikki palataga bо‘lindi. Yuqori palata lordlar 
palatasi deb atalib, u ruhoniy lordlar, arxiyepiskoplar, yepiskoplar, eng yirik monastrlarning 
abbatlari (katolik monastriga qarashli mulk egalari) va dunyoviy lordlar (baronlar)dan iborat 
bо‘lardi. Umum palata deb atalgan quyi palata grafliklarning vakillari bо‘lgan ritsarlar va 
shaharliklardan iborat edi. Yuz yillik urushdagi muvaffaqiyatsizliklar munosabati bilan XIV 
asrning 70-yillarida Angliya-ning ahvoli mushkullashdi. Ingliz feodallarini Kresi va Puate 
yonidagi erishgan ajoyib g‘alabalari zamoni tugab, ular birin-ketin mag‘lubiyatga uchray 
boshladilar. Endilikda о‘ljalar kelish о‘rniga, urush endi yangi-yangi xarajatlar qilishni talab 
qilardi. Ingliz hukumati parlamentdan soliqlarni oshirishni sо‘rashga majbur bо‘ldi. 1377 
yilda, yangi qirol Richard II (1377-1399), (Eduard III ning nevarasi) idora qila boshlagan 
dastlabki yilda parlament jon solig‘i joriy qildi, bunday soliq Angliyada ilgari hech qachon 
bо‘lmagan edi. 14 yoshli va undan yuqori har bir erkak va ayol bu soliqni tо‘lashga majbur 
edi. 1380 yili jon solig’i uch baravarga oshiriladi.Soliqni yig’ishdagi suiistemolliklar, 
nohaqliklar Angliyada xalq qozgoloniga sabab boladi.Kambagal ruhoniylar va rohiblardan 
xalq voizlari yetishib chiqadi. Xalq orasida katta obroga ega bolgan Jon Boll oz vazlarida 
«Odamato yer haydab, Momohavo charx yigirganda kim dvoryan bо‘lgan?» deb aytgan 
kinoyali sо‘zlari qishloqlarda tez-tez takrorlangan. Qo’zg’olon1381 yil may oyida Esseks 


grafligida boshlandi.Bu graflikda dehqonlar jon solig‘i yig‘uvchilarni haydab yuborib, ularni 
ba’zilarini о‘ldirdilar.Qо‘zg‘olon Esseksdan tashqari boshqa Kent, Sefolk, Norfolk va boshqa 
grafliklarga ham yoyildi. Qozgolonga Uot Tayler (tayler sozi- tunukasoz demakdir), Jon Boll, 
Jek Stroular boshchilik qildilar.
1381 yilning 13,14,15 iyun kunlari qо‘zg‘olonchilar poytaxtni egallab turdilar.
Ular qirolga qо‘zg‘olonchilarning talablari yozilgan petitsiyani taqdim qildilar. Bu petitsiya 
tо‘rt moddadan iborat edi: 1) Krepostnoy huquqni bekor qilish; 2) qо‘zg‘olonchilarga 
umumiy avf berish; 3) mamlakatda barcha savdo-sotiq qilishga erkinlik berish; 4) 1 akrgacha 
(40-sotix) hajmdagi yer uchun 4 pens miqdorida ijara haqi belgilash.
14 iyun kuni qirol muhri bosilgan yuzlab yorliqlar qozgolonchi dehqonlarga tarqatildi. Qanoat 
hosil qilgan dehqonlar shu kuni kechqurun Londondan chiqib ketdilar.Dehqonlar orasida 
parokandalik boshlanganini sezgan hukumat mamurlari 15 iyun kuni Uot Taylerni xoinona 
о‘ldirdilar. Londondan jо‘natilgan jazo otryadlari qо‘zg‘olonchilardan qattiq o’ch oldilar. 
Qо‘zg‘olonning yengilishining asosiy sabablari quyidagilar; 1) qo’zg’olonni puxta ishlab 
chiqilgan dasturi yo’qligi; 2) qo’zg’olonchilar o’rtasida tashkiliy jihatdan uyushganlik va 
birlikning yoqligi; 3) qozgolonchilarning yomon qurollanganligi va ularga yaxshi qurollangan 
ritsarlar armiyasining qarshi turganligi; 4) qozgolonchilar qirol hokimiyatidan osha davrda 
real amalga oshirib bolmaydigan talablarni bajarishni talab qilganliklari edi.
Plantagenetlar dinastiyasini sо‘nggi vakili qirol Richard II ni о‘zining tog‘avachchasi, Lankaster 
gertsogi Genrix taxtdan ag‘darib, о‘ziga Genrix IV deb nom oldi (1399-1413y). 
Richard qasrga qamaldi va tez orada vafot etadi.
Genrix IV ning bunday yo’l tutishiga sabab, Eduard III ning katta ogillarining farzandlari ham 
taxtga davo qilishga qonuniy jihatdan haqli edilar. 
Genrix IV va Genrix V (1413-1422) davridagi ularga qarshi chiqishlarga jurat eta olmagan taxt 
davogarlari,zaif va kasalmand Genrix VI (1422-1471) davrida bosh kotarib chiqishdi. 
Qirolning asosiy dushmani York gertsogi bolib,uning bayrogida oq atirgul tasviri bor edi. 
Qirol bayrogida esa (lankasterlar dinastiyasidan edi) qizil atirgul tasviri bor edi. 
Xalq ommasining Lankasterlar dinastiyasiga bolgan nafratidan foydalanib,gertsog Richard
Yorkskiy tarafdorlari tezroq hokimiyatni qolga olishga intildilar. 
Genrix VI betobligi sababli 1455 yilda Richard Yorkskiy qirollik regenti deb elon qilindi.Biroq 
Lankasterlar tarafdorlari tez orada Richard Yorkskiyni regentlik vazifasidan chetlatdilar.1455 
yili Lankasterlarni (lankasterlar-1399-1461yillarda Angliyani boshqargan dinastiya) Yorklarga 
qarshi boshlagan urushida dastlab lankasterlarni qoli baland keldi. 1460 yildagi jangda 
Richard Yorkskiy oldirildi.Uning boshi tanasidan judo qilinib,qogoz toj kiygizilgan kalla osib 
qoyildi.Ammo oldirilgan Richardni ogli Eduard Yorklar todasiga boshchilik qildi, u 


lankasterlarni ikki marta maglubiyatga uchratib,Londonni bosib oldi va ozini Eduard IV nomi 
bilan qirol deb elon qildi. Genrix VI esa Tauer zindoniga qamab qoyildi va 1471 yilda oldirildi.
Eduard IV York (14611483) idora qildi.
Qonli toqnashuvlar kop bolgan Oq va Qizil gullar urushi 1455-1485 yillarda bolib otdi va 
Angliya oz aholisining 4/1qismini yo’qotdi. 
Eduard IV parlamentni istar-istamas chaqirar edi. Tez orada Yorklarning о‘z oilalari ichida 
kurash boshlanib ketdi. 1483 yil Eduard IV vafot etgandan keyin uning ukasi Richard III 
hokimiyatni egalladi va о‘zining ikkita jiyani Eduard IV ning bolalarini о‘ldirdi. Bu voqeadan 
keyin Eduard IV oilasining tarafdorlari Lankasterlarning qolgan-qutgan odamlari bilan 
birlashib, Richard III ni hokimiyat tepasidan ag‘dardilar. 
Qat’iy jang 1485 yil 22 avgustda Bosvort degan joyda bо‘ldi. Richard III jangda mag‘lubiyatga 
uchradi, Genrix Tyudor g‘olib chiqdi. Lankasterlar dinastiyasiga qarindosh bо‘lgan Genrix 
Tyudor shu yerning о‘zidayoq Genrix VII nomi bilan qirol deb e’lon qilindi. Genrix VII (1485-
1509) Eduard IV ni qizi Yelizaveta Yorkka uylandi va bir-biriga dushman bolgan har ikkala 
sulolani birlashtirdiu. 
Genrix VII davrida qirol hokimiyati kuchayib boradi, urushlarda qirilib ketgan normann 
zodagonlari orniga, qirol lordlar palatasiga kiritgan yangi anglo-saks zodagonlari uning 
ishonchini qozondilar.Umumpalataga taklif qilingan ritsarlar va shaharliklar ham qirol 
kiritgan qonunlarni tasdiqlar, unga yangi soliqlar yigishga ruxsat berar edi. 
Genrix VII Tyudor davrida (Tyudorlar sulolasi-1485-1603 yillarda Angliyani boshqargan sulola) 
parlament yig’ilishlari davom etdi.

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling