Reja: Salb yurishlarining boshlanishi sabablari Salb yurishlarining Rim papaligi tomonidan uyushtirilishi


Mavzu : XII ’ XV asrlarda Germaniya Reja


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/37
Sana02.04.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1320132
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
Jahon tarixi 2 majmua.

Mavzu : XII ’ XV asrlarda Germaniya Reja: 
1.XII ’ XIII asrlarda Germaniyaning iqtisodiy va siyosiy taraqqiyoti.2. Shtaufenlarning 
idora qilishi. 3.Fridrix I Barbarossa va uning Italiyaga qilgan yurishlari. 4.Fridrix II Shtaufen va 
uning siyosati. 5.Nemis feodallarining polab va Boltiq boyini istilo qilishlari. 6.Shimoliy 
Ganza, Shvabiya va Reyn ittifoqlari. 7.Gabsburlar dinastiyasining hokimiyat tepasiga kelishi 
XII ’ XIII asrlarda Germaniyada ishlab chiqarish kuchlari o’sa boshladi. O’rmonlarni 
qisqartirish, botqoqliklarni quritish yo’li bilan ekin maydonlari kengaytirildi, qishloq xo’jalik 
asbob- uskunalari takomillashtirildi. G’alla, javdar, suli, apra bilan bir qatorda zig’ir ekilgan. 
Polizchilik, bog’dorchilik, uzumchilik kengaygan. Germaniyada shaharlar ham rivojlana 
boshladi. Reyn va Dunay daryolari boylaridagi shaharlar savdo markazlariga aylana boshladi. 
Movut to’qish, surp ishlash, metallsozlik, moynachilik, turli xil qurol ’ yarog’lar yasash 
nemis hunarmandchilik sexlarining asosiy mashg’uloti edi.Reyn daryosi boyidagi Kyoln va 
Vorms ; Mayn daryosi boyidagi Frankfurt ; yuqori Dunay boyidagi Ul’m, Nyurnberg, 
Augsburg shaharlar rivojlangan shaharlar edi. Germaniya XII ’ XIII asrlarda tarqoq feodal 
davlat edi. Germaniyaning siyosiy taraqqiyoti Fransiya va Angliyanikidan farq qiladi. Fransiya 
va Anglia tobora markazlashib borgan bo’lsa, Germaniyada feodal tarqoqlik hikm surardi. 
Mamlakat kichik ’ kichik knyazliklarga bo’linib ketgan edi. Imperator hokimiyati zaif edi. 
Imperator bor -yo’g’i feodallarning eng yirigi edi, xolos. Knyazliklar unga nomigagina vassal 
hisoblanardi. Buning asosiy sababi ’ Germaniya imperatorlarining bosqinchilik siyosati edi. 
Bunday siyosat Germaniya imperatorlarini yirik va mayda feodallarga butunlay bog’lab 
qoygan edi, chunki bosqinchilik yurishlarini feodallarning yordamisiz amalga oshirib bo’lmas 
edi.Fransiya va Angliyada shaharlar qirol hokimiyatining ittifoqchisiga aylangan bir paytda, 
Germaniyada uning aksi edi. Bunga asosiy sabab ’ bosqinchilik urushlarining imperatorlarni 
shaharlar taqdiriga befarq bo’lganliklari sabab bo’lgan. Frankoniya dinastiyasini idora qilish 


befarzand Genrix V bilan tamom bo’ladi, Germaniyani bir oz vaqt Lotar Saksonskiy (1125-
1137) boshqardi. U kuchli imperator emas edi, shu vajdan Shtaufenlar xonadoni bilan 
Velflar xonadoni o’rtasida hiyla ishlatishga majbur bo’ldi, chunki Shtaufenlar Shvabiya 
gertsoglari bo’lish bilan birga, Frankoniyada ham kuchli ta’sirga ega edilar va Bavariya 
gertsoglari esa Velflar xonadoniga mansub edi. 1125-1250 yillarda Germaniyani Shtaufenlar 
dinastiyasi boshqardi. Velflarning kuchayib ketayotganligidan betoqat bo’lgan knyazlar 
Konrad Shtaufenni imperator etib sayladilar. Konrad III (1138 - 1152) u ikkinchi salib 
yurishida ham qatnashigan edi, u o’z hukmronligini ko’pini Velflar bilan kurashga 
bgag’ishladi. Genrix Mag’rurning o’g’li Genrix Sherning yoshligidan foydalangan Konrad 
Velflardan Bavariyani tortib olib, ularga faqat Saksoniyani qoldirdi. Konradning taxt vorisi 
Fridrix I Barbarossa davrida Shtaufenlar dinastiyasi eng zo’r qudratga ega bo’ldi. Fridrix I 
Barbarossa (sariq soqol) 38 yil imperatorlik (1152- 1190) qildi. U shafqatsiz, tajovuzkor, 
shuhratparast va makkor siyosatchi edi. Fridrix I Bavariyani Velflarga qaytarib berib, ularni 
tinchitgach, salib yurishlari natijasida boyigan Italiyaga o’zining diqqat ’ e’tiborini qaratdi. 
Fridrix Rimda toj kiyish paytida (1154 - 1155) Italiya shaharlarining boyib ketganligiga va 
Italiyaning siyosiy jihatdan zaiflashib qolganligiga ishongan edi. Bunga sabab shuki, Italiyada 
papa, feodal knyazlar va shahar ’ respublikalarga aylangan shaharlar bir ’ birlari bilan 
dushman edilar. Fridrix I dastlab papa bilan do’stona munosabatda bo’lishga intildi. Rim 
shaharliklarning rahbari, Rim respublikasiga asos solishga harakat qilgan (1143 - yilda) va 
papani dunyoviy hokimiyatgan mahrum qilmoqchi bo’lgan Arnold Breshianskiyni Fridrix I 
papaga tutib berdi. Arnold Breshianskiyni papa zindonga tashladi va uni 1155 yilda gulxanga 
kuydirdi, va shu bilan Rim respublikasi tugatildi. Ammo oradan ko`p vaqt o`tmay 
imperatorning papa bilan munosabatlari yomonlashdi, ikki orada dushmanlik paydo bo`ldi.
Papa kuriyasida Rimda imperator papa qo’lidan ’’benefitsiy’’ tarzda toj oldi va shu 
sababdan u papa aytganlariga quloq solmog`i lozim deb bayon qilgan edi. 1157 yili 
Bezansondagi reyxstagda papa vakili (legati) shu haqda ochiqdan- ochiq gapirgan edi. 
Ikkinchi tomondan Barbarossaning o’zida Italiyani batamom tobe qilish rejasi vijudga keldi. 
Fridrix 1158 yilda 100 ming kishilik qo`shin bilan Italiyaga kirib keladi va Italiya shahar 
kommunalaridan imperatorning noibi tayinlanishiga rozilik beilishlarini talab qildi. Buyruqni 
rad etganliklari uchun Milan va Lombardiya va boshqa shaharlar og`ir kontributsiya 
to’lashga majbur bo`ldilar. Barbarossa 1158 yilning 11 noyabrida Rankal vodiysida 
(Pyachensa shahriga yaqin joyda) katta seym chaqirib, unga Italiyaning barcha eng yirik 
feodallarini va Italiya shaharlarining vakillarini taklif etdi. Ana shu seymda Rankal qarorlari 
deb atalgan qarorlar qabul qilinib, ular imperatorning Italiyadagi hokimiyatini cheklanmagan 
hokimiyatga aylantirdi. Jinoiy ishlar sudi, tanga zarb etish huquqi, yer- mulklarni taqsimlash, 
shahar noiblarini tayinlash Fridrix qo`liga o`tdi.Buyruqni rad etganliklari uchun Milan va 
Lombardiya va boshqa shaharlar og`ir kontributsiya to’lashga majbur bo`ldilar. Barbarossa 
1158 yilning 11 noyabrida Rankal vodiysida (Pyachensa shahriga yaqin joyda) katta seym 
chaqirib, unga Italiyaning barcha eng yirik feodallarini va Italiya shaharlarining vakillarini 
taklif etdi. Ana shu seymda Rankal qarorlari deb atalgan qarorlar qabul qilinib, ular 
imperatorning Italiyadagi hokimiyatini cheklanmagan hokimiyatga aylantirdi. Jinoiy ishlar 
sudi, tanga zarb etish huquqi, yer- mulklarni taqsimlash, shahar noiblarini tayinlash Fridrix 
qo`liga o`tdi.Siyosiy mustaqillikka konikib qolgan Lombardiya shahlari Barbarossaga qarshi 
qozg`olon kotardilar. Lombardiyaning eng yirik sanoat shahri bolgan Milan qozg`olonchilarga 
boshchilik qildi. Qo`zg`olongan javoban Barbarossa Milanni bosib olib (1162 yil) uni qattiq 


jazoladi. Nemis ritsarlari Milan yonidagi o`z lagerlarida qatl etilgan Lombardiyaliklarning 
kesilgan kallalarini koptok qilib oynashardi. Shafqatsiz jazolar Italiya shaharlarini qaddini 
ancha bukdi. Tez orada Lombardiya ligasi nomi ostida nemislarga qarshi Lombardiya 
shahlarining ittifoqi tashkil topdi. Bu ittifoqqa 15 ta shaharlar kirdi.(Lombardiya ligasiga 
kirgan 
shaharlar : 
Parma ;Milan ;Verchelli ;Verona ;Breshia ;Bergamo ;Ferrara ;Trevizo ;Paduya ;Mantuya ;Nova
ra ;Aleksandriya ;Paviya ;Pyachentsa ;Bolonya). Shtafenlarning yutuqlaridan bezovta bo`lgan 
papa Aleksandr III (1159-1181) ham ligaga kirdi. 1167 yilda Barbarossa Italiyaga yana qoshin 
tortib kelib Rimni oldi. Papa Aleksandr III qochib ketishga majbur bo`ldi. Imperator 
Lombardiya shaharlarini tinchitmoqchi boldi,lekin tosatdan boshlangan o`lat kasali qoshinlar 
safini xarob etdi (25 ming kishi o`ldi). va Fridrix Germaniyaga qaytadi. 1174-1176 yillarda 
Barbarossa yana Italiyaga paydo bo`ldi, lekin bu safar uning omadi kelmadi. 1176 yil 
bahorida Milandan uzoqroq Lenyano degan joyda u liga qoshinlari tomonidan batamon 
mag`lubiyatga uchratildi. Lenyako yonidagi mag`lubiyat Fridrix I ni Lombardiya shaharlariga 
yon berishga majbur etdi. Shaharlar erkin kommuna huquqini oldilar, Fridrix I papaning 
ishlariga aralashuvidan voz kechib, papaga ham yon berishga majbur bo`ldi. Barbarossaning 
1176 yili mag`lubiyatga uchrarishining sabablaridan biri, imperatorning eng yirik vassali 
Genrix Sher Velfning Italiyaga yordamchi qoshin olib borish haqidagi iltimosini rad qilishi 
bo`ldi. Vassallik majburiyatlarini bajarmaganligi uchun Genrix Velf feodallar sudiga tortilgan 
edi. Biroq Genrix Sher imperatorga boysunishdan bosh tortib, imperatorni qollab- 
quvvatlagan knyazlar bilan urush boshladi. Knyazlarning o`zaro urushi 2 yil (1178-1180) 
davom etib, Velflarning yengilishi bilan tugadi. Knyazlar sudi Genrix Sherni Germaniyadan 
haydab yuborish va uni barcha yerlaridan mahrum qilish haqida hukm chiqardi.Keyinchalik 
Genrix Sher Germaniyaga qaytib keldi va imperator uning ayblarini qisman kechdi. Unga 
Germaniyada qolish ruxsat etilib, Saksoniya yerlarini bir qismi (Braushvoy gertsogligi)
qaytarib berildi. Velflar ustidan g`alaba qozonishi Barbarosning katta yutug`i bo`ldi. Fridrix 
o`z imperatorligining oxirida yana Italiya ishlariga qaytdi. 1186 yilda u o`z o`g`li Genrix VI ni 
Sitsiliya taxtining voris malikasi Konstansiyada uylantirdi. Barbarossa buni o`zining diplomatik 
faoliyatidagi eng katta yutuq deb bildi. Haqiqatda esa bu ish Shtaufenlarga falokat 
keltiruvchi xato bir ish edi. Ana shu ish tufayli Shtaufenlar papalikni va Lombardiya 
shaharlarini ozlariga qarshi qurollantirdilar. Barbarossa 1190 yilda o`zi qatnashgan 3 chi salib 
yurishi haqida vaqtida vafot etdi. 1940 yili Gitler Sovet Ittifoqiga yurish rejasini Barbarossa 
rejasi deb atagan edi. Papa Innokenniy III davrida (1198-1216) papa hokimiyati zo`r qudratga 
erishdi. Papa hokimiyati-quyosh, imperatorniki-oy, Oy quyoshdan yorug`lik olganidek, 
imperatorlar ham o`z hokimiyatlarini papadan oladilar degan edi. Papa xazinasi osha 
zamondagi Yevropaning istagan qirolining xazinasigan boyroq edi. Ko`pgina qirollar o`zlarini 
papaning vassali deb tan olgan edilar. Shular orasida Angliya, Aragon, Portugaliya, Bolgariya, 
Shvetsiya, Daniya, Polsha, Armaniston qirollari bor edi. Innokentiy III imperatorlik toj taxtini 
ham o`z tasaruffiga olgan edi. 1197 yilda Genrix VI vafot etgandan keyin uning o`g`li Fridrix II 
Shtaufen 3 yoshga tolgan edi. U Sitsiliya qirolligi deb e`lon qilindi. Ammo knyazlar 
Barbarossaning 2 chi o`g`li Fillip Shvabskiyni imperator etib sayladilar. Papa boshda bu 
odamga rozilik berilgan bo`lsada, lekin keyin Filipp bilan janjallashib qoldi va Velflar todasiga 
mansub Genrix Sherning o`g`li Otton Velfni qollab- quvvatladi, u Otton IV nomi bilan 
imperator deb e`lon qilindi. Shunday qilib Germaniyada bir- biriga raqib ikki imperator paydo 
bo`ldi. Innokentiy III Otton IV bilan ham achchiqlashib, 1212 yilda yosh Fridrix II ni imperator 


deb e`lon qildi. Fridrix II (1212- 1250) Shtaufenlar xonadonining ikkinchi ko`zga ko`ringan 
vakili edi. Yarim nemis, yarim italyan bo`lgan Fridrix turli- tuman madaniy ta`sirlarga berilgan 
edi. Arab- Vizantiya ta`siri kuchli edi. Uning saroyida arab Vizantiyalik va yahudiy olimlar 
toplangan edi. Uning o`zi arab va yunon tillarini bilar edi. Lotincha va italiyancha she`rlar 
yozardi. Uning Plermodagi saroyi o`zining zeb ziynati bilan sharqdagi arab sultonlarining 
saroylariga o`xshardi. U Sitsiliya fedallarning qo`zg`olonlarini bostirdi. Musulmonlardan 
tuzilgan yollanma qoshin Fridrix II ga tayanch bo`ldi. 1231 yilda Fridrix Sitsiliya qirolligining 
konstitutsiyasini matbuotda e`lon qildi. Bu konstitutsiyasida mahalliy feodallarining 
huquqlari, Janubiy Italiya shaharlarining erkinligi qirqildi. Qirollik bir nechta mamuriy 
okruglarga bo`linib, ularni qirel tomonidan tayinlanadigan gubernatorlar idora qilardi. Butun 
aholidan yer solig`i undirilardi. Fridrix II Germaniyada tamomila boshqacha siyosat yurgizardi.
Germaniyada 
yashamaganligi 
uchun 
feodallar 
imperatorlikka 
boshqa 
odamni 
korsatmasliklari uchun, ularga har qanday yon berishlarga kongan edi. 1232 yilda Reyn 
shaharlari mahalliy feodallardan konikishga va erkin kommunalar huquqini olishga intilgan 
paytlarida, Fridrix II feodallarga yon bosdi va shaharliklarga xavf tug`diradigan farmon 
chiqardi. Fridrix II Innokentiy III bilan do`stona munosabatga edi. Ammo XIII asrning 20 
yillarida papa Grigoriy IX (1227-1241) davrida imperator bilan papaning munosabatlari 
keskinlashdi. Papa imperatordan salib yurishga jonab ketishni talab qildi. Fridrix II 1228- 
1229 yillarda 6 chi salib yurishini tashkil qilgan edi. Lekin yurish tez tamom bo`lganligidan va 
Turk-Misr sultonining nisbatan kichik yon berishlariga imperatorning qanoat hosil 
qilganligidan papa kuriyasi ranjigan edi. 1232 yilda papa ishtirokida Lombardiya ligasi rasmiy 
suratda yana ishga tushdi. 30 yillar ortasida Fridrix II Milanga yurish qilib, muvaffaqiyatga 
erishib, Lombardiya qoshinlarini tor mor edi, u rimga kirib borib, papa Grigoriy IX u yerdan 
qochdi. Bunga javoban Grigoriy IX Fridrix II ni dindan qaytgan deb, cherkovdan haydadi va 
german knyazlariga boshqa imperator saylashni taklif etdi. Papa Innokentiy IV (1243- 1254) 
davrida Fridrix II ning papa bilan kurashi shiddatli tus oldi. Innokentiy IV Rimda istiqomat 
qilishdan xavfsirab, Genuyaga kochib ketdi. Shu yerdan turib u fransuz va ingiliz qirollarini 
imperatorga qarshi uchun ochishga davat etdi. 
Papa tomonidan 1245 yilda Lionda yig`ilgan cherkov sobori, Fridrix II ni kofirlik va 
shakkoklikka ayiblab, imperatorga qarshi salib yurishi e`lon qilindi. Biroq fransuz va ingliz 
qirollari Shtafenlar bilan bo`ladigan urushga aralashishni istamadilar Fridrix II ni o`g`li Konrad 
IV german feodallaridan bir qismining qollab-quvvatlashiga erishdi, yuqori Dunay 
shaharlarini bir qismini o`ziga og`dirib oldi. Italiyaninng o`zida shaharlarning bir qismi 
imperator tomoniga o`tdi. Ikki toda yani, papa tarafdorlari bolgan gvelflar (yani italyanlar 
talaffuzida velflar so`zining o`zgargani) va imperator tarafdorlari bo`lgan gibellinlar (yani 
shtaufenlarning Shvabiyadagi qasrlaridan birining Veybligenning o`zgargan nomi) o`rtasidagi 
kurash shiddati urushga aylandi. Fridrix II 1248 yilda Parma yonidagi janga mag`lubiyatga 
uchradi. Oradan 2 yil o`tgach u vafot etdi, uning vafotidan keyin o`g`li Konrad IV imperator
bo`ldi. 1254 yilda Konrad qazo qildi, uning godak o`g`li Konradinni german knyazlari 
imperator qilib saylashdan bosh tortdilar. Konradinning amakisi Fridrix II 2chi o`g`li Manfred 
huzuriga ketib qoldi. Sitsiliya qirolligi Manfred qo`liga o`tgan edi. Papalar Karl Anjuyskiy 
(fransuz qiroli Lyodovik IX ni ukasi) boshliq fransuz feodallarini Italiyaga taklif qildilar. Fransuz 
qoshinlari 1266 yili Benevent shahri yonida Manfredni yengdilar va uni o`ldirdilar. Konrad IV 
ni yosh o`g`li Konradin 1268 yili o`z tarafdorlari yordamida fransuzlarni Janubiy Italiyadan 


siqib chiqarishga harakat qildi, lekin uning omadi kelmadi. Asir qilib olingan Konradin
Neopolda qatl etildi (1268yil). Shtaufenlar dinastiyasining so`nggi vakili shu tariqa halok 
bo`ldi. Shtaufenlarning halokati tufayli Germaniyadagi imperatorlik hokimiyati tamomila 
orqaga ketdi. Uzoq vaqt (1254-1273) yillarda Germaniyada haqiqatda butunlay imperator 
bo`lmadi. Elba daryosining ong tomonida va Boltiq dengizi qirg`oqlarida yashagan vagralar, 
obodritlar, lyutichlar, pomoryanlar XII asr o`rtasiga kelib feodallashgan edilar XII asrda nemis 
feodallarining garbiy slavyanlar ( biz yuqorida tilga olgan xalqlar) yerlariga hujumi keng 
miqyosda boshlandi. Ayniqsa Saksoniyalik feodallar sharqqa ko`proq intildilar. Slavyan 
qabilalarning tarqoqligidan foydalangan german feodallari XII- XIII asrlarda obodritlar, 
lyutichlar, pomonyanlarning yerlarini bosib oldilar. Slyavanyanlarga qarshi kurash 
Germaniyada o`ziga xos salib yurishi deb ham qaraldi. Bir nechta german feodallari Genrix 
Sher Velf boshchilik qilgan ritsarlarning salib qoshini 1147 yilda obodritlar yurtiga yurish qildi. 
Yurishda 60 mingtacha nemis ritsari qatnashdi. Nemislar son jihatidan ko`p bo`lsada, zafar 
qozona olmadilar. Obodritlar knyazi Niklot dushmanga qarshi ormonzor va botqoqliklardan 
foydalanib qarshilik korsatdi. Niklot german feodallarining ittifoqchisi bo`lgan daniyaliklarga 
qattiq zarba berdi va nemis kolonistlarini katta bir qismini yana Germaniyaga haydab 
yubordi. Ammo nemislar Elba daryosining o`ng tomonidagi yerlarga hujumni davom 
ettiraverdilar, Niklot shular bilan kurashda 1160 yil halok bo`ldi. Niklotning o`g`illari kurashni 
davom ettirsalarda ammo o`z mulklarining mustaqilligini saqlab qololmadilar va o`zlarini 
imperatorining vassallari deb tan oldilar. 1170 yili obodritlar yerida Meklenburg gertsogligi 
nomi ostida yangi yarim slavyan, yarim nemis gertsoligi tashkil topib, u imperiya tarkibiga 
kirdi. 1180 yilda pomoryanlar ham o`z mustaqilliklarini yoqotib bu yerda ham Pomeraniya 
nomi ostida yarim slavyan davlati tashkil topdi va uzoq vaqtgacha ikkinchi nomi bilan Sloviya 
deb atab kelindi. Lyutichlarning yerlarida Branderbung markgrafligining tuzilishiga asos 
solindi. Yirik german feodali Albrext Medved Askaniya ( 1170-yil vafot etgan) lyutichlarga 
qarshi qilingan yurishga boshchilik qildi. XIII va XIV asrlar mobaynida Brandenburg 
markgrafligini nemislar zo`r berib kolonizatsiya qildilar.Slavyanlarning Sileziya viloyati Polsha 
qirolligi tarkibiga kirgan edi. XII- XIII asrlarda bo`lib otgan o`zaro urushlar natijasida Sileziya 
knyazlari Polsha qiroli bilan yer- mulkka egalik qilish aloqalarini uzib, german imperatorini 
tan oldilar. Sileziyani nemislar kolonizatsiya qilgach, ular nemis tili va urf -odatlarini 
o`zlashtirdilar. Sileziya Sileziya gertsogligi nomi ostida Muqaddas Rim imperiyasi tarkibiga 
kirgan va keyinchalik XIV asr o`rtalarida Chexiya hukmronligiga o`tdi. Nemislarning Boltiq 
bo`yiga kirib borishlari XII asrning II yarmida boshlangan edi. Bu vaqtda nemis savdogarlari 
Boltiq dengizi sohilida faktoriyalar barpo eta boshladilar. Savdogarlar ketidan nemis 
kolonistlari kelib, ular livlar, qurlar, estlar kabi mahalliy qabilalar orasida xiristanlikni yoydilar. 
1201 yili nemislar Riga shahrini barpo etdilar va bu shahar nemis kolonizatsiyasining tayanch 
manzili bo`lib qoldi. Papa Innokentiy III livlarga, estlarga, qurlarga qarshi maxsus salib yurishi 
e`lon qildi. Livoniyani istilo qilish uchun Livoniya yoki qilichbardorlar Ordeni (chunki) ritsarlar
plashiga qilich tasviri tushirilgan edi), deb atalgan alohida orden ham tasis etildi. XII asrning 
20-30 yillarida livlar va qurlar istilo qilingan bo`lib, zo`rlab choqintirildi. Prusslarning janubiy 
Boltiq bo`yi qabilasi bilan urushgan polyak knyazlari Tevton ordenini yordam berishga davat 
etdilar. Orden polyaklarining taklifini qabul qilib, 1226 yilda o`z faoliyatini Quyi Visla daryosi 
bo`yiga kochirdi. Orden ritsarlari prusslarga qarshi qilib 1230- 1284 yillar mobaynida kurashib, 
mamlakatni istilo qildilar. Mariyenburg shahri Tevton (hoz. Pruss) ordenining poytaxti bo`lib 


qoldi. Shuningdek yangi barpo etilgan Kenigsberg, Memel shaharlari Prussiyaning yirik 
markazlariga aylandi. 
1237 yili Tevton ordeni qilichbardorlar ordeni bilan birlashib, o`z tasirini Boltiq dengizining 
sharqiy sohiliga yoydi. Nemis ritsarlari rus yerlariga ham kirishga urindilar. Ular Novgorod va 
Pskov yerlariga xavf soldilar. 1242 yil martida Novgorod knyazi Aleksandr Nevskiy Pskov 
yeridagi nemis otryadlarini tor- mor qilib, Pskov shahrini ozod qildi. 1242 yilning 5 aprelida 
Chud ko`lida nemislarning novgorodliklar bilan tarixiy jangi Muz ustidagi jang bo`lib, unga 
Aleksandr Nevskiy boshchilik qilib, ular nemislarni tamomila yenggan edi. Orden Prussiyani 
istilo qilgandan keyin, u Polshani va Litvanni siyosiy mustaqilligiga xavf solayotgan edi. 1346 
yili orden daniyaliklaridan Estoniya hududini sotib oldi. 1410 yilning 15 iyulida polyaklar, 
litvaliklar va ruslar Gryunvald yonidagi jangda ordenga qatiy zarba yetkazdilar. Orden 
qo`shinlari safida G`arbiy Yevropadagi 22 mamlakat vakillari jang qildi. XIV asr o`rtalarida 
kelib Shimoliy Germaniya shaharlari qudratli Ganza ittifoqiga birlashdilar. Ganza iqtisodiy 
ittifoqgina bo`lib qolmasdan siyosiy ittifoq edi. Lyubekda ittifoqqa kirgan shaharlardagi 
vakillarning vaqti- vaqti bilan sezdlarli bo`lib turardi. Ganza savdosini o`z nazoratiga olishga 
uringan Daniya qiroliga Ganza jiddiy zarba etkazdi. Ganza shaharlarining Daniya bilan olib 
borgan uch yillik urushini bartaraf etgan 1370 yilgi Shralzund sulh shartnomasiga ko`ra, 
Daniya qiroli Ganza ittifoqining ishlariga biror yo`l bilan aralashishdan voz kechdi va Daniya 
bo`g`ozlarida Ganzaga qarashli tovarlardan undiriladigan savdo bojlarini ancha kamaytirdi.
Ganza shaharlari bilan savdo qiladigan mamlakatlar Angliya, Shvetsiya, Rossiya nemislarining 
savdo vositachisi bo`lishlarini istamaganlaridan keyin XV asrning II yarmiga kelib Ganzaning 
ishi orqaga ketdi. Shimoliy shaharlarning ittifoqidan tashqari XIII-XV asrlarda Germaniyada 
janubiy va g`arbiy shaharlarning yirik ittifoqlari bor edi. Shvabiya ittifoqi yuqori Dunay 
daryosi rayonida joylashgan 90 ta shaharni o`z ichiga olgan edi. Ularning tepasida movut, 
surp, gazlama toqish, metallurgiya sanoati, qurol- yarog` ishlab chiqarish rivojlangan 
markazlar Augsburg, Ul`m, Nyurnberg shaharlari turardi, bular Italiya bilan savdo qilardi. 
Garbdagi Reyn ittifoqi sanoat va savdo ittifoqi edi. Reyn daryosi bo`yida joylashgan movut 
toqish va metall ishlab chiqarish rivojlangan Kyoln, Vorms, Strasburg shaharlari bu ittifoqqa 
kirgan edi. Bu shaharlar Niderlandiya, Fransiya va Italiya bilan savdo olib borardilar. German 
knyaz feodallariga qarshi birlashgan ikki shahar ittifoqi o`rtasida 1381 yilda urush boshlandi. 
Ikkala ittifoq shaharliklarga qarshi kurashda vaqtinchalik jipslashgan feodallardan 1388 yilda 
yengildilar. Nemis shaharlarining yengilishiga cabab, bu-shaharlarda mahalliy, o`lka 
manfaatlarining ustun bo`lganligi edi. 1273 yilga kelib imperatorlik davri tugab, feodallar 
graf Rudolf Gabsburgni (Shvabiyadan) imperator etib sayladilar. U 55 yoshda bo`lib, katta yer
mulklar egasi bo`lmagan hiylakor siyosatchi edi. Knyazlar uni imperatorlikka saylar ekanlar, 
uning zaif tomonini bilar edilar, chunki ular imperatorlarning kuchayishini istamas edilar. 
1273 yilda hokimiyat gabsburglar qoliga o`tadi. Rudolf Germaniyadagi ruhoniy knyazlarning
arxiyepiskoplar va yepiskoplar komagiga tayanib ish korishga harakat qildi. Chex qiroli 
Pshemisl II ni 1254 yilda imperatorlik tojini oziga olmoqchi bolganda, knyazlar uni rad etgan 
edilar. Rudolf Pshemisl bilan urush boshladi va boshqa german knyazlari yordamida uni 
yanchib tashladi, galabaga erishish natijasida Avstriyani va unga qoshni bir qancha 
viloyatlarni, yani slavyanlarning Shtiriya, Karintiya, Krayna kabi viloyatlarni bosib oldi. 
Gabsburglar hokimiyatni mustahkamlash uchun oldin Lyuksemburglar bilan kurashishlari 
lozim edi. Garbiy Germaniyada joylashgan kichkina Lyuksemburg knyazligidan tashqari, 


Lyuksemburglar yana XIV asrdan boshlab Chexiyani egallagan edilar. Lyuksemburglar 
xonadoni Karl IV davrida kuchaydi, Karl IV Chexiya qiroli va Germaniya imperatori sifatida 30 
yildan ortiq (1347 -1378) hukmronlik qildi. 1437 yilda Lyuksemburglar dinastiyasi barham 
topdi, shundan keyin Gabsburglar imperatorlik toj taxtini uzil kesil bosib olib, 469 yil yani 
1806 yilga qadar (Napaleon I davrigacha) qollarida saqlab qoldilar. Gabsburglar hokimiyati 
Lyuksemburglar davridagi hokimiyatga qaraganda ancha kuchsiz edi. Gabsgurglarning 
avloddan-avlodga meros bo’lib o’tadigan xususiy knyazlik yerlari bor edi. XV asrning 70 
yillariga kelib xuddi shu yo’l bilan Gabsburglar boy Burgundiyani qo’lga kiritishga muvaffaq 
bo’ldilar, (ya’ni Maksimilian Gabsburgni Mariya Burgundskayaga uylanishi bilan). XVI asr 
boshlarida boshqa nikoh yo’li bilan Gabsburglar Ispaniya dinastiyasi bilan qarindosh 
bo’ldilar, ya’ni Maksimilianning o’g’li Filipp Chiroyli Ferdinand bilan Izabellaning qizi 
Xuanaga uylandi. Keyinchalik bu Gabsburglarga Ispaniya toj ’ taxtini meros qilib olish 
huquqini berdi. Germiniyaning o’zida Gabsburglar Avstriya, Shtiriya, Karintiya, Krayna, Tirol 
va Shvabiyani bir qismini egallagan edilar. Fridrix III davrida (1439 -1493) fuqaro mamlakatda 
imperator borligini unuta boshlagan. Imperatorda hech qanday real hokimiyat ’ na 
umumimperiya qo’shini, na umumimperiya soliqlari, na markaziy sud va ma’muriy apparat 
bo’lmagan. XV asr mobaynida Germaniya imperiyaga qarashli yerlarni ko’pini yo’qotdi, bu 
yerlar qo’shni davlatlarga o’tib ketdi yoki ular o’zlarini imperiyada mustaqil yerlar deb 
e’lon qildilar. XV asrning 60 ’ yillarida Prussiya orden davlatiga vassallik munosabatlariga 
barham berib, Polsha qiroli hukmronligiga o’tdi. Klezvig-Golshteyn Daniyaga o’tdi. XV 
asrning 20 ’ yillarida guschilarning urushi boshlanishi munosabati bilan Chexiya imperiya 
tarkibidan ajralib chiqdi. Shveytsariya shaharlari va qishloq kantonlari ittifoqidan tashkil 
topgan mustaqil Shveytsariya federatsiyasi 1481 ’ yilda mustaqil davlat bo’lib, imperiya 
tarkibidan ajralib chiqdi. Shveytrasiya jamoalari german feodallariga qarshi kurashi XIII asrda 
Rudolf I Gabsburg davrida boshlangan edi. Bu kurash XIV ’XV asrlarda ham davom etdi. XV 
asr oxirida Gabsburglar Shveytsariya ittifoqining mustaqilligini uzil ’ kesil tan oldilar. 

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling