Reja: Salb yurishlarining boshlanishi sabablari Salb yurishlarining Rim papaligi tomonidan uyushtirilishi


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/37
Sana02.04.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1320132
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
Jahon tarixi 2 majmua.

ozodlikka chiqqan sobiq servlar-villanlar) deyilgan, о‘tish jarayoni yuz berdi.Juda kо‘p 
dehqonlar о‘z xо‘jaliklarini erkin yurita boshladilar. 
2. Yuz yillik urush munosabati bilan fransuz dehqonlarining ahvoli keskin og‘irlashdi. Inglizlar 
armiyasi Fransiya hududida о‘zini uyidagidek harakat qilardi. Ayniqsa, urush harakatlarining 
dehqonlar yelkasiga tushishi va armiyaning oziq-ovqatlar bilan asosan ular tomonidan 
ta’minlanishi dehqonlar ommasining iqtisodiy ahvolini og‘irlashtirdi. 
3. Ayniqsa urushlar о‘rtasidagi tanaffuslar vaqtida fransuz dehqonlarining ahvoli yanada 
og‘irlashdi.Chunki, ham fransuzlarga, ham inglizlarga yollangan askarlar tinchlik shartnomasi 
tuzilgan vaqtda ishsiz qolardi va bu davrda ular aholini talash bilan kun kechirar 
edi.Dehqonlarning dvoryanlarga nisbatan g‘azabi kundan-kun kuchayib borar edi. 1358 yil 
may oyining oxirlarida Bove okrugida qо‘zg‘olon boshlanib, u keyin Sena, Marna va Uaza 
daryolari havzasidagi rayonlarga yoyildi. Il de Frans, Pikardiya va Shampan dehqonlari 
qо‘zg‘aldilar.Qirol Ioann Londondagi asirlikda vafot etgandan keyin uning merosxо‘ri dofin 
Karl Karl V nomi bilan (1364-1380) yillarda boshqardi.U hokimiyat tepasiga kelgandan sо‘ng, 
avvalo inglizlar bilan sulh tuzdi. 1360-yilgi Bretan sulhiga binoan Fransiyaning shimoli-
g‘arbidagi kо‘p hududlar inglizlarga berildi, fransiya urushni davom ettirishga ojiz 
bо‘lganligidan shunday qilishga majbur edi.Karl V shtatlarni chaqirishga barham berdi. Uning 
harbiy islohotlari natijasida qirollikning yirik harbiy otryadlari tuzildi, 120 ta kemadan iborat 
harbiy flot qurildi, fransuz qо‘shinida tо‘plar paydo bо‘ldi. Harbiy islohot natijalari urushning 
borishida darhol namoyon bо‘ldi.1369-yilda urush harakatlari boshlanib boshlanib 
ketganidan sо‘ng, bu harakatlar inglizlar uchun muvaffaqiyatsiz bо‘lib chiqdi. Karl V ning 
iste’dodli bosh qо‘mondoni Dyugeklen, tez-tez va tо‘satdan harakat qilib, inglizlarni birin-
ketin Normandiya, Puatye va Giyendan surib chiqardi. Dyugeklen qasrlarni qamal qilishda 
artilleriyadan foydalandi. U 200 dan ziyodroq qal’alarni dushmandai tozaladi. 1380 yilda 
inglizlar qо‘lida jami bо‘lib bir nechta sohil bо‘yi shaharlari qolgan edi. Urush asta-sekin sо‘na 
bordi. Karl V va Dyugeklen vafotidan keyin, 1396 yilda 28 yilga chо‘zilgan yarashish ahdi 
tuzildi. XIV asrning oxiri — XV asrning boshlari Fransiyada yangi siyosiy inqiroz zamoni bо‘ldi. 
Karl V ning о‘g‘li Karl VI (1380—1422) 12 yoshida qirol bо‘ldi. 90-yillarning boshlarida u ruhiy 
kasallikka chalinib qoladi va saroy ayonlari qо‘lida qurolga aylanadi. Mamlakatni 
zodagonlarning ikki guruhi navbat bilan boshqargan. Ulardan birini qirolning amakisi
Burgundiya gersogi boshqarsa, ikkinchisiga Karlning ukasi-Orlean gersogi va graf Armanyak
yetakchilik qilganlar. Butun Fransiya bir-biriga raqib guruhlarga bо‘linib ketdi. Burgundiya 
gersogi partiyasiga qarshi 1411yildan boshlab, Orleanskiyning qaynotasi graf Armanyak 
boshchiligida kurash boradi. Har ikkala tо‘da navbati bilan hokimiyat tepasiga chiqib olib, 
davlat mablag‘larini talon-taroj qildi, qirollikka qarashli mulklarni bosib oldi, shaharlarni 
taladi. Burgundlar va armanyaklar kurashi avj olgan bir paytda ingliz qiroli Genrix V 30 ming 
kishilik qо‘shin bilan Fransiyaning shimoliga kelib tushadi. Fransuzlarda 100 ming kishilik 
qо‘shin bor edi-yu, lekin ularning harbiy mahorati g‘oyat past edi. 1415 yil kuzida Azenkurga 
yaqinidagi jangda, fransuzlar qattiq mag‘lubiyatga uchradilar. Gersog Orleanskiy inglizlarga 
asir tushadi. Inglizlar Parijga yaqinlashib borib, gersog Burgundskiy kо‘magida qirol Karl VI 


hukumatini juda tahqirli sulh shartlarini qabul qilishga majbur etdilar. 1420 yilgi Trua 
shartnomasiga kо‘ra, Angliya bilan Fransiya umumiy qirol qо‘l ostida bitta qirollikka 
birlashdilar. Karl VI ning qizi malika Yekaterinaga uylangan Genrix V har ikkala
mamlakatning qiroli bо‘lishi kerak edi. 1422 yil avgust oyining oxirida Genrix V 36 yoshida 
tо‘satdan vafot etadi, shu yilping oktabrida keksa qirol Karl VI vafot etadi. Ingliz-fransuz 
qirolligi tarafdori bо‘lgan Burgundiya tо‘dasi Genrix V ning 10 oylik о‘g‘li Genrix VI ni Angliya 
va Fransiyaning qiroli deb e’lon qildi. Armanyaklariing «milliy» fransuz tо‘dasi dofin Karlni 
Karl VII nomi bilan qirol deb e’lon qildi. Luara daryosining janubida kichkina Burj shahri bir 
necha yilgacha Karl VII ning poytaxti bо‘lib qoldi. Karl VII ni “Burjning qiroli” deb masxara 
qilardilar.1428 yilda Orlean shahrining ham fransuzlar qо‘lidan ketishi xavfi tug‘ildi. Uning 
olinishi mamlakat janubiga yо‘l ochib, inglizlarni Giyendagi qо‘shin bilan birlashish imkonini 
beradi. Butun mamlakat Orleanliklarning qahramonona kurashini kuzatib turardi. О‘z 
manfaatlarini kо‘zlagan Burgundiya, Bretan gersogliklari inglizlar tomoniga о‘tib ketgan bir 
paytda, oddiy xalq kо‘tarilib bosqinchilarga qarshi partizanlik urushi boshlanadi. Xudda 
mana shunday Fransiya uchun hayot-mamot davrida tarix sahnasiga Janna d Ark chiqadi. 
Janna d Ark 1412 yili Shampan va Lotaringiya chegarasidagi Domremi qishlogida Jon Dorn 
degan dehqon oilasida tugilgan. 1429-yilning yanvarь oyida Janna amakisi Dyuran Laksar 
bilan uydan qochib chiqib, inglizlarga qarshi kurashayotgan fransuz armiyasiga kelib 
qо‘shiladilar. Bu yerda Janna uni taxt vorisi Karl huzuriga kuzatib qoyishlarini sо‘raydi va 
faqatgina u Fransiyani ozod qilib, qirolga toj kiydira olishini aytadi. 1429 yilning martida Karl 
VII ning qasrlaridan birida uni qirol qabul qiladi. U ritsarlik qurol-aslahasini taqib, otda 
qо‘shinni aylanib chiqib, Orlean yonida urush harakatlarini boshlashga da’vat etadi. Janna 
fransuz qо‘shini ichida intizomni kо‘tarishga chaqirdi va dushman bilan kurashda о‘zi katta 
pahlavonlik kо‘rsatdi. Orlean 1429 yilning 5 mayida ozod qilindi va Jannani «Orlean qizi» deb 
atashdi. Janna Karlga Reyms shahrida toj kiyish marosimini о‘tkazishga maslahat berdi. Karl 
VII ning toj kiyish marosimi muvaffaqiyatli о‘tdi. Sо‘ngra, Janna urush harakatlarini tezlatish 
va Parij tomonga yurish qilishni qattiq turib qirolga taklif etdi. Ritsarlarcha kiyingan 
Jannaning harbiy bо‘linmasi Orleanga yо‘l oladi. Orleanning 200 kunlik qamaldan ozod 
etishdan keyin Janna d Ark “Orlean qizi” nomi bilan mashhur bо‘lgan. 1430 yili Kompyen 
shahrini mudofaa qilish paytida, burgundiyaliklar Jannani asir qilib olib, Burgundiya gersogi 
uni inglizlarga 10 ming oltin livrga sotadi. Inglizlar Jannani Ruanga keltirib, cherkov sudiga 
topshiradilar. Yepiskop Kashon boshchiligidagi sud Jannani afsungarlikda ayblaydi. Karl VII 
Jannani о‘limdan qutqazishni xayoliga ham keltirmaydi. Tribunal tomonidan dahriylikda 
ayblangan Janna d Ark 1431 yilning 30 mayida Ruan shahri markaziy maydonida gulxanda 
yoqib yuboriladi. Inglizlar Jannani inkvizitsiya yordamida о‘ldirishdi, lekin uning g‘oyasini yо‘q 
qila olmadilar. Janna yoqilgan joyda о‘rnatilgan oq but bugunga qadar ham mavjud. Karl VII 
ning merosxо‘ri Lyudovik XI (1461—1483) davrida qirollik hokimiyati kuchaydi, uning 22 yillik 
boshqaruvi davrida qirol talyasi 3 baravar oshadi. U о‘z zamonasining siyosatdoni, eng yirik 
diplomati edi. U о‘z hukmronligining kо‘pchilik qismini yirik feodallarga qarshi ayovsiz kurash 
bilan о‘tkazdi. Feodallar unga qarshi «Jamiyat baxt-saodati uyushmasi» degan ittifoq tuzdilar. 
Ittifoqning rahbari gersog Burgundskiy-Karl Jasur edi. Lyudovik XI Lotaringiya feodallarini va 
Shveysariya ittifoqi kantonlarini gersog Burgundskiyga qarshi gij-gijladi. 1477 yili Nansi 
yonidagi jangda Karl Jasur mag‘lubiyatga uchradi va о‘ldirildi. Karl Jasurga qarashli 
Flandriyani va Niderlandiyadagi boshqa mulklarni uning Avstriya-Germaniya shahzodasi 
Maksimilian Gabsburgga erga tekkan qizi Mariya Burgundskaya о‘ziga meros qilib oldi. 


Lyudovik XI Burgundiya masalasini hal qilib, isyonchi feodallarning bemalol adabini berdi. 
Ular birin-ketin qamoqqa olinib, qiynoqqa va azobga solindi, bir qismi qatl qilindi. Shular 
orasida Armanyaklar xonadoni butunlay halok bо‘ldi.Shuning uchun ham Lyudovik XI ni sira 
yoqtirmas va undan qо‘rqar edilar. Uni har qanday diplomatik fitnalar yо‘li bilan nozik 
о‘rgimchak uyasi yasab, shu uyaga raqibini aldab ilintiruvchi makkor о‘rgimchakka 
о‘xshatardilar.Lyudovik XI ning о‘g‘li Karl VIII (1483—1498) mustaqilligini hamon saqlab 
qolgan sо‘nggi Bretan gersogligini qо‘shib oldi (1491 y). Karl VIII 1491 yili Bretan gersogining 
qizi Annaga uylanishi bilan, Fransiya qirolligining markazlashishi yakun topadi. XV asr oxirida 
Fransiyada mutloq monarxiyaga asos solinadi. XVI asr boshlariga kelib Fransiya Yevropadagi 
eng katta va eng markazlashgan qirolliklardan biriga aylandi. 

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling