Reja: Salb yurishlarining boshlanishi sabablari Salb yurishlarining Rim papaligi tomonidan uyushtirilishi


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/37
Sana02.04.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1320132
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   37
Bog'liq
Jahon tarixi 2 majmua.

Kalita “pul xaltasi” unga О‘rda bojini boshqa knyazlardan yig‘ish huquqi berilishidan paydo 
bо‘lgan.Kalita vafotidan keyin buyuk knyazlik uning katta о‘g‘li Semyon Mag‘rurga (1340-
1353), undan sо‘ng Ivan II Qizil (1353-1359) lar davrida vaziyat murakkablashadi. Ivan II dan 
sо‘ng taxtga uning 10 yoshli о‘g‘li Dmitriy Ivanovich (1359-1389) kelib, u davlatni dastlab 
mitropolit (mitropolit. Aleksey yordamida boshqaradi. U 1362 yilda buyuk knyaz yorlig‘ini 
oladi. Dmitriy Ivanovich davrida 1367 yilda Moskvada xarsang toshlardan birinchi va yagona 
Kreml qurildi va u Moskvadagi yengib bо‘lmas qal’alardan biriga aylandi. Mо‘g‘ullarga qarshi 
dastlabki jang Oltin О‘rda xoni Mamay qо‘shini bilan 1378 yili Ryazan yerlaridagi Voje daryosi 
sohilida bо‘lib, unda knyaz Dmitriy g‘olib chiqadi. Moskva knyazi 1380 yil 8 sentabrda Don 
daryosi sohilida Kulikovo maydonidagi yangi g‘alabasi sharafiga Donskoy degan nomga 
sazovor bо‘ldi. Lekin 1382 yili Oltin О‘rda xoni Tо‘xtamish Nijegorod va Ryazan knyazlari 
kо‘magida Moskvani egallab, uni yana boj tо‘lashga majbur etadi. Donskoyning vorisi Vasiliy I 
Dmitriyevich (1389-1425) davrida Nijegorod knyazligi Moskvaga qо‘shib olinadi. XIV asrning 
90 yillarida Vologda, Velikiy Ustyug, Volok, Lamskiy, Bejetsk, Verxlar ham Moskva knyazligiga 
о‘tadi. Markaziy Osiyoda Amir Temur davlati tashkil topgach, uning Buyuk ipak yо‘lida 
nazorat о‘rnatishida asosiy tо‘siqlardan biri Oltin О‘rda edi. Shuning uchun Sohibqiron unga 
qarshi kurash olib bordi. Temur 1391 yilda Samara va Chistopol oralig‘ida Kondurcha 
(Qunduzcha) 1395 yilda Shimoliy Kavkazdagi Tarak janglarida О‘rda xoni Tо‘xtamish (1380-
1395) ni mag‘lub etadi. Amir Temur uni ta’qib etib Moskvagacha boradi. Ryazan knyazligi 
yerlarida ikki hafta qolgandan keyin Azov va Kaspiybо‘yi chо‘llariga qarab yuradi va Quyi 
Volga bо‘yidagi Saroy Berka, Saroy Botu va Hojitarxon (Astraxan) shaharlarini egalladi. 
Sohibqiron Ryazan yaqinidagi Yeletsni egallagandan sо‘ng, ortga qaytadi. О‘rdada Amir 


Temur taxtga qо‘ygan Edigey hukmronlik qila boshlaydi. Edigey qо‘shini 1408 yili hujum 
boshlab Serpuxoa, Rostov, Nijniy Novgorod shaharlarini bosib oladi. Moskvadan katta tо‘lov 
undiradi.XV asrning II yarmida Moskva knyazligida buyuk knyaz Vasiliy II (1425-1462) davrida 
ichki kurashlar avj oldi. Rus yerlarining Moskva atrofida birlashuvi buyuk knyaz Ivan III 
Vasilevich davrida (1462-1505) rus yerliklarining birlashuvi oxirgi bosqichga kirdi. Moskvaga 
1463 yil Yaroslavl, 1471 yil Novgorod, 1485 yili Tver knyazligi, 1510 yili Pskov, 1520 yili 
Ryazan yerlari Moskvaga bо‘ysundirilib, rus yerlarining siyosiy birlashuvi asosan yakunlandi. 
Ivan III Vasilevich Oltin О‘rdaga boj- yasoq tо‘lashdan bosh tortadi. Bu ochiqdan-ochiq qarshi 
harakat edi. О‘zini “о‘n ikki dengiz-u, yetmish о‘rda” ning xoni deb atagan Axmat (1465-1481 
yillarda Oltin О‘rda xoni) jazolamoqchi bо‘lib, Moskvaga yurish qildi, biroq Kaluga yaqinidagi 
Ugra daryosi etaklarigacha yetib bordi, u yerda rus qо‘shinlari ularni tо‘xtatdi. Rus harbiy 
boshliqlari qо‘shinlarni yaxshi joylashtirib, dushmanning kechuvlari va suzib о‘tiladigan 
joylarni tо‘sib qо‘yishdi. Oltin О‘rdaliklar bir oy davomida Ugrada ushlab turildi. 
Axmatxonning yurishi sharmandalarcha tugadi. 1480 yili Oltin О‘rda xoni Axmatning 
Moskvaga yurishi muvaffaqiyatsiz chiqdi va oqibatda Rus yerlarida 250 yil davom etgan 
mо‘g‘ullar istibdodiga butunlay barham berilib, rus yerlarining birlashish jarayoni boshlandi.
Rus yerlarining birlashishi jarayoni XVI asrning boshida tugadi. Knyaz Vasiliy III Moskvaga 
Ryazan knyazligining ikkinchi yarmini, Pskovni qо‘shib oldi, Smolenskni esa Litva knyazligidan 
ozod qildi.Markazlashtirish jarayonida kо‘p millatli davlat shakllandi. Moskva davlati 
tarkibiga karellar, ijorlar, vodilar, vepslar, saamlar, komi va nenetslarning yerlari ham 
birlashdi. Keyinchalik, Volga bо‘yi zabt etilgandan sо‘ng u yerdagi tatarlar, mordvalar, 
marilar va chuvashlar ham shu davlat tarkibiga kirdi. Yagona davlatning tashkil topishi 
feodallarning xalq hokimiyati ustidan hukmronligini mustahkamladi. Rus provaslav cherkovi 
yangi davlatda katta ahamiyat kasb etdi. Rusda markazlashgan davlatning tashkil topishi rus, 
ukrain va belorus xalqlarining tashkil topishiga olib keldi. Davlat boshlig‘i buyuk knyaz 
hisoblangan. U katta huquqlarga ega bо‘lib, qonunlar chiqarar, davlat boshqaruviga rahbarlik 
qilar, sud vakolatlariga ega edi. Uning hokimiyati vaqt о‘tishi bilan kuchayib bordi.Ayniqsa, 
Oltin О‘rda qulagandan sо‘ng buyuk knyaz butun Rusning hukmdoriga aylandi. Ivan III 
Vasilevich (1462-1505) va uning vorisi о‘zlariga podsho devonini olishga harakat qilgan.Ivan 
III 1462 yilda 430 ming kv.km.lik hududni meros qilib olgan bо‘lsa, Ivan IV hokimiyati (1533-
1584) ning dastlabki davrida 1533 yilda 2.800 ming kv.km.ga yoyildi. XV asrning oxiriga kelib 
Rossiya hududi 5.400 ming kv.km.ni tashkil qilar edi. Davlatning muhim organi Boyarlar 
dumasi hisoblangan. U Qadimgi Rusdagi Kengashdan kelib chiqqan. Boyarlar dumasining 
vakolatlari buyuk knyaz vakolatlariga mos tushgan. Buyuk knyaz Boyarlar dumasi bilan 
hisoblashishi shart emas edi. Biroq, uning barcha qarorlari boyarlar tomonidan 
ma’qullanmasa, hayotga tadbiq qilinmasdi. Vaqt о‘tishi bilan buyuk knyaz Boyarlar dumasini 
о‘ziga bо‘ysundirdi.Feodallar sezdlari ham xuddi ilgarigidek chaqirilib turardi. Ilgarigi saroy-
votchina boshqaruvi о‘rniga asta-sekin yangi prikaz (mahkama) boshqaruvi vujudga keladi.
Birinchi mahkama katta saroy prikazi va xazina prikazi edi. Ot-ulov xizmati maxsus prikazga 
aylanib, faqat knyazlarning shaxsiy xizmatlarini emas, dvoryanlar otliq qо‘shinlarining 
rivojlanishiga ham xizmat qiladigan bо‘ldi. Rus davlati uezdlarga bо‘linib, ular stanlarga, 
stanlar volostlarga bо‘lindi. Biroq xali bir xildagi ma’muriy-hududiy birlik tо‘liq ishlab 
chiqilmagandi. Ba’zi joylarda yerliklar (udellar) ham saqlanib qolgandi. Harbiy okruglar, sud 
okruglari ham saqlanib qoldi.Bu davrning eng muhim yodgorligi Ivan III davrida chiqarilgan 
1497 yilgi Sudebnik (Qonunnoma) edi. U Rus davlatining yagona sud amaliyotini joriy qildi, 


yangi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soldi, mayda va о‘rta feodallar – dvoryanlar va 
boyarlarning bolalarining maydonga chiqishini rasmiylashtirdi. Ayniqsa, u dehqonlarni 
yoppasiga krepostnoylashtirishni boshlab berdi. Chunki unda Yuriy kuni joriy qilingan edi.Rus 
haqiqati, Pskov sud yorlig’i, Moskva knyazlarining keyingi qonunlari Sudebnikning manbalari 
edi. Qonunnomada asosan jinoyat va jinoiy-huquqiy normalar mustahkamlangandi. 1497 
yilgi Qonunnoma shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarga Rus haqiqatiga 
qaraganda kam о‘rin ajratdi. Qarz haqida faqat bitta moddada gapirilgan edi. Bunda qarzini 
tо‘lay olmagan qarzdorning majburiyati haqida gapirilib, bunday norma Rus haqiqatida ham 
mavjud edi. Qonunnomada oldi-sotdi va shaxsiy ijara shartnomalari haqida ham aytib 
о‘tilgandi.1497 yilgi Qonunnoma Rus haqiqatiga qaraganda zarar yetkazishdan kelib 
chiqadigan majburiyatlarni ancha aniq kо‘rsatib beradi.Qonunnoma jazolarning maqsadi va 
tizimi borasida ham ancha о‘zgarishlar yasadi. Ilgari xazina uchun muhim daromad sifatida 

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling