So‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari
Omonim
sinonim
uyadosh
Paronim
Antonim
I.Omonim
shakldosh so‘zlar
Aytilishi va yozilishi bir xil, ammo manosi har xil bo‘lgan so‘zlardir: tut (daraxt) – tut (tutmoq), og‘iz (odamning og‘zi) – ogi‘z ( mol suti), ot ( hayvon ) – ot (ism) – ot ( otmoq) – ot ( so‘z turkumi).
II. Sinonim
ma’nodosh so‘zlar
Aytilishi va yozilishi har xil, ammo ma’nosi bir-biriga yaqin so‘zlar.
Masala: yuz, bet, aft, bashara, turq, chehra, oraz, ruxsor; osmon, samo, falak, ko‘k, yer, zamin.
Bir ma’no atrofida uyushgan so‘zlar sinonimik qatorni tashkil qiladi.
Sinonimik qatorda betaraf (asosiy, bosh) so‘z yoki dominanta bo‘ladi.
Betaraf so‘z ijobiy ham, salbiy ham ma’no ifodalamaydi, boshqalarga nisbatan ko‘p ishlatiladi, barcha uslublarda ishlatila oladi. Yuqoridagi sinonimik qatorda yuz, osmon, yer betaraf so‘zdir.
Bir so‘z sinonimik qatordagi har bir so‘z bilan alohida antonimlik hosil qilishi mumkin. - Bir so‘z sinonimik qatordagi har bir so‘z bilan alohida antonimlik hosil qilishi mumkin.
Masalan: mard, jasur, botir, dovyurak, qo‘rqmas – qo‘rqoq. - Ko‘p ma’noli so‘z har bir ma‘nosi bilan alohida sinosimik qatorni hosil qilishi mumkin.
Masalan: tez – jadal, tez (odam) – jizzaki, tez (kunlar) – yaqin.
Eslatma:
Sinonimning turlari I. Lug‘aviy ( leksik ) sinonimlar. So‘zlar o‘rtasidagi sinonimlik.
Bular ikki xil bo‘ladi:
To‘liq sinonimlar
Ma’noviy sinonimlar
Do'stlaringiz bilan baham: |