Reja: Suv resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishni huquqiy holatining tushunchasi va xususiyatlari


Suvdan foydalanish sohasida davlat boshqaruvi


Download 145.39 Kb.
bet3/4
Sana15.10.2023
Hajmi145.39 Kb.
#1704311
1   2   3   4
Bog'liq
Reja Suv resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishni -azkurs.org

Suvdan foydalanish sohasida davlat boshqaruvi O`zbekiston Respublikasi mas mahalliy davlat hokimiya Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, shuningdek bu sohada maxsus vakolatli bo`lgan hamda suvdan foydalanishni bevosita yoki havza (hududiy) boshqarmalari orqali tartibga solib turuvchi davlat organlari hamda boshqa davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
O'zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi (yer usti suvlari),O`zbekiston Respublikasi Davlat Geologiya va Mineral resurslar qo`mitasi (yer osti suvlari) hamda O'zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (yer osti issiq suvlari va mineral suvlar) o'z vakolatlari doirasida suvdan foydalanishni tartibga solish sohasida maxsus vakolati bo'lgan davlat organlari hisoblanadi.
Suvdan foydalanish va ani muhofaza qilish ustidan davlat nazoratining vazifasi suvdan foydalanish borasida belgilab qo`yilgan tartibi barcha vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralar, mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, dehqon xo'jaliklari va fuqarolar rioya qilishlari, suvni muhofaza qilish, suvning zararli ta'sirini oldini olish va bartaraf qilish vazifalarini, suvni hisobga olish qoidalarini, shuningdek suv to`g`risidagi qonunlarda belgilab berilgan boshqa qoidalarni bajarilishini ta'minlashdir.
Suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari, O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi, O`zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, O`zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi amalga oshiradilar.
Suvdan foydalanish ustidan idoraviy nazoratni O`zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo'mitasi organlari amalga oshiradilar.
Jamoat birlashmalari, jamoalar o'z nizomlariga muvofiq hamda fuqarolar suvdan oqilona foydalanish va uni muhofaza bo`yicha tadbirlarni amalga oshirishda davlat organlariga ko'maklashadilar. Bu tadbirlarni o`tkazishda davlat organlari jamoat birlashmalari, jamoalar va fuqarolar takliflarini hisobga oladilar. malari, jamoalar va fuqar
3. Suvdan foydalanish huquqi tushunchasi va turlari. Suvdan foydalanish huquqining paydo bo`lishi va bekor bo`lish asoslari.
Suvdan foydalanish huquqi tushunchasi asosan ikki holat bilan ko'proq
bog'liq.
ARXIV.UZ Birinchidan, u suv huquqining asosiy institutlaridan biri bo`lib, suv va suvdan oqilona foydalanish, uni muhofaza qilish hamda suv bilan bog'liq barcha muammolarni o`z ichiga oladi.

Ikkinchidan, suvdan foydalanish va uni muhofaza etish bilan bog`liq bo`lgan an foydalanish va unin Suv foydalanuvchichlarning huquq va majburiyatlari bilan bog'liq.


O'zbekiston Respublikasi "Suv va suvdan foydalanish to`g`risida"gi qonunning 21-moddasiga ko`ra: "Suv obyektlari aholining ichimlik suvga bo`lgan ehtiyojlarini, maishiy davolash; kurort, sog'lomlashtirish, hordiq chiqarish va boshqa ehtiyojlarini, qishloq xo'jaligi, sanoat, energetika, transport, baliqchilik xo'jaligi hamda boshqa davlat yoki jamoat ehtiyojlarini qondirish uchun qonunlarda ko`zda tutilgan talablar va shartlarga rioya qilingan holda foydalanishga beriladi. Oqindi suvlarni oqizish uchun suv obyektlaridan foydalanishga qonunlarchda ko`zda tutilgan hollarda hamda maxsus talablar va shartlarga rioya qilingan taqdirdagina yo`l qo`yilishi mumkin.
Suv obyektlari ayni bir vatda bitta yoki bir nechta maqsadlarda foydalanishga berilishi mumkin. Respublikamiz sharoitida foydalanadigan suv resurslarining asosiy qismi qishloq xo`jaligida sug'orish maqsadlarida ishlatiladi. Uning qismidan esa sanoatda hamda maishiy va kommunal maqsadlarda foydalaniladi. Ana shu har uchala yo`nalish ham yildan-yilga ko`proq suv talab qilmoqda. Natijada regionimizda suv problemasi tobora jiddiy muammo bo'lib qolmoqda. Bunday sharoitda suvni tejab-tergab ishlatish, uning behuda ketishiga yo'l qo'ymaslik, qaytarma va oqava suvlardan unumli foydalanish, eng muhimi - suv manbalarini ifloslanishdan va ortiqcha minerallanishdan saqlash talab qilinadi.
Bundan tashqari ushbu qonunning 22-moddasiga asosan, suvdan foydalanish turi ikki xil deb ko'rsatilgan. Suvdan umumiy foydalanish - suvning holatiga ta'sir qiladigan inshootlar yoki texnikaviy qurilmalarni qo`llamay foydalanish; suvdan maxsus foydalanish inshootlari yoki qurilmalarni qo'llanish yo'li bilan foydalanish. Inshootlar yoki texnikaviy qurilmalarni qo'llamay turib, ammo suvning holatiga ta'sir qiladigan tarzda suv obyektlaridan foydalanish ham ayrim holatlarda suvdan maxsus foydalanish turiga kiritilishi mumkin.
Suvdan umumiy va maxsus foydalanish turlarining ro`yxati suv xo`jaligi, tabiatni muhofaza qilish, sanitariya nazorati, geologiya va mineral resurslar organlari tomonidan belgilab qo`yiladi.
Shuningdek, suv qonunchiligida "Suvdan birgalikda va tanho foydalanish" masalasiga ham alohida e'tibor berilgan. Jumladan "Suv obyektlaridan birgalikda yoki tanho foydalanish mumkin.
Birgalikda foydalaniladigan suv obyektlari jumlasiga tanho foydalanish uchun berilmagan suv obyektlari kiritilishi mumkin.
Tanho foydalaniladigan suv obyektlariga mahalliy hokimiyat organlari qarori asosida biron korxona, tashkilot va muassasaga butunlay yoki qisman berib qo'yilgan suv obyektlari kiradi" (23-modda).
Albatta suv qonunchiligida suvdan ekologik talablarga rioya qilib
foydalanuvchilarning birlamchi va ikkilamchiligiga alohida e'tibor berilgan.
Tanho foydalanmoq uchun suv obyektlari berib qo`yilgan korxonalar, tashkilotlar va muassasalar suvdan birlamchi foydalanuvchilar hisoblanib, ular suv xo`jaligi va tabiatni muhofaza qilish organlari bilan kelishib, boshqa korxonalar, tashkilotlar, mua sasa kilamchi foydalanish uchun va fuqarolarga ruxsat berishga haqlidirlar.
Suvdan ikkilamchi foydalanish uchun berilgan ruxsatnomada suv obyektini berish maqsadi va undan foydalanishning asosiy shartlari ko`rsatiladi.
Zarur hollarda suvdan ikkilamchi foydalanish shartlari, taraflarning o`zaro huquq va burchlari suvdan birlamchi va ikkilamchi foydalanuvchilar o'rtasidagi shartnoma bilan rasmiylashtirilgan. ashtirilgan. V.UZ
Suvdan birlamchi foydalanuvchi suvdan ikkilamchi foydalanuvchining butun suv xo`jaligi faoliyati uchun javobgar bo`ladi.
Suvdan ikkilamchi foydalanuvchi, bashorati suvning tegishli ulushini suvdan birlamchi foydalanuvchi o`zlashtirib olgan yoki undan foydalangan taqdirda, unga nisbatan da'vo qo`zg`ashga va yetkazilgan zarar qoplanishini talab qilishga haqlidir. ("Suv va suvdan foydalanish to`g`risidagi Qonun"ning 24 moddasi).
Albatta, suvdan foydalanishning qonunda belgilangan muddatlari ham mavjud. Suv obyektlari doimiy yoki vaqtincha foydalanish uchun beriladi. Muddat avvaldan belgilanmagan holda foydalanish doimiy foydalanish deb e'tirof etiladi. Suvdan vaqtincha foydalanish muddati; qisqa va uzoq (3-20 yil) bo'lishi mumkin.
Suv obyektlaridan vaqtincha foydalanish muddatlari suvdan foydalanuvchi manfaatdor tomonlar iltimosnomasiga binoan, shu suv to`g`risida qaror chiqargan yoki undan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma bergan davlat organlari tomonidan uzaytirilishi mumkin.
Demak, barcha suvdan foydalanuvchilarga qonun asosida yuqoridagi talablarga asosan suvdan foydalanish huquqi beriladi. Agarda, suvdan foydalanuvchilar suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish talab hamda qoidalariga zid harakatlar sodir etganlarida ularning suvdan foydalanishi huquqlari bekor qilinishi ham mumkin.
Jumladan, "suv va suvdan foydalanish to`g`risida"gi qonunning X-bobi, 36- 39 moddalarida suvdan foydalanish huquqini bekor qilish bilan bog'liq barcha masalalar ko'rsatilgan.
Qonunning 36-moddasida "Suvdan foydalanish huquqini" bekor qilish asoslari quyidagicha ko`rsatilgan. I V.UZ
Korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, fermer, dehqon xo'jaliklari va fuqarolarning suvdan foydalanish huquqi:
suvdan foydalanishga ehtiyoj qolmaganda yoki undan voz kechilganda;
suvdan foydalanish muddati tugaganda;
korxona, tashkilot, muassasa, fermer va dehqon xo'jaligi tugatilganda yoki uning faoliyati to'xtatilganda;" tilganda: XIV.UZ
Suv xo'jaligi inshootlari boshqa suvdan foydalanuvchilarga berilganda; tanho foydalanilayotgan suv obyektlarini qaytarib olishga zarurat tutilganda bekor qilinadi.
Suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish qoidalari buzilgan yoki suv obyektidan belgilab qo`yilganidan boshqa maqsadda foydalanilgan, suv haqi to`lanmagan hollarda ham korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, fermer, dehqon xo'jaliklari va fuqarolarning suvdan foydalanish huquqi bekor qilinishi mumkin (ichimlik suvga bo`lgan ehtiyoj va maishiy ehtiyojlarni qondirish uchun suvdan foydalanish huquqi bundan mustasnodir).

korxonalari tashkilotlar Qonunlarda korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, fermer, dehqon xoʻjaliklari va fuqarolarning suvdan foydalanish huquqini bekor qilishning boshqacha asoslari ham ko`zda tutilishi mumkin.


Zero qonunchilikda suvdan foydalanish huquqini bekor qilish asoslari bilan
birga suvdan foydalanish huquqini bekor qilish tartibi ham aniq yoritilgan. Suvdan foydalanish huquqi:
suvdan maxsus, shuningdek ikkilamchi foydalanish uchun berilgan
ruxsatnomani bekor qilish;
tanho foydalanish uchun berilgan suv obyektlarini qaytarib olish yo'li bilan bekor qilinadi.
Suvdan maxsus foydalanish ruxsatnoma bergan organning qarori bilan bekor qilinadi. Suvdan ikkilamchi foydalanish suvdan birlamchi foydalanuvchining suv
xo`jaligi va tabiatni muhofaza qilish organlari bilan kelishib chiqargan qaroriga
binoan bekor qilinishi mumkin.

Download 145.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling