Reja: Suv resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishni huquqiy holatining tushunchasi va xususiyatlari
Suvdan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari
Download 145.39 Kb.
|
Reja Suv resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishni -azkurs.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suvdan foydalanuvchilar
4. Suvdan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari.
Suvdan foydalanuvchilar huquq va burchlari "Suv va suvdan foydalanish to`g`risida"gi qonunning IX bobi, 32-35 moddalarida aniq ko`rsatilgan. Mazkur qonunning 32 moddasida suvdan foydalanuvchilarning quyidagi huquqlari bayon etilgan: suv obyektlari qanday maqsadlar uchun foydalanishga berilgan bo`lsa, faqat shu maqsadlarda foydalanish; suvdan foydalanishni amalga oshirish uchun inshootlar, qurilmalar va boshqa obyektlarni qurish; RXIV UZ berilayotgan suvning miqdori va sifatini tekshirish; qonunlarda nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, shartnoma bo`yicha olinmay qolgan suv uchun tovon to`lanishini talab qilish; suv obyektlaridan foydalanish bo'yicha qonunda taqiqlanmagan boshqa foydalanish ishlarni amalga oshirish huquqiga egadir. Shuningdek, suvdn foydalanuvchilarning huquqlari qonun qo`riqlanadi. Suvdan foydalanuvchilarning huquqlari buzilgan taqdirda bu huquqlar qonunlarda ko`zda tutilgan tartibda tiklanishi lozim bo`ladi. Zero, qonunga asosan suvdan foydalanuvchilarning huquqlarini cheklash hollari ham qonunda ifoda etilgan. Mazkur qonunning 34-moddasiga asosan. Qonunlarda ko'zda tutilgan hollarda aholi sihat-salomatligini saqlash maqsadlarini, davlatning boshqa manfaatlarini, shuningdek suvdan boshqa foydalanuvchilar manfaatlarini ko`zlab, suvdan foydalanuvchilarning huquqlari cheklab qo'yilishi mumkin. Lekin bu holda aholining ichimlik va maishiy ehtiyojlari uchun suv obyektlaridan foydalanish shart-sharoitlari yomonlashib qolmasligi lozim. ARXIV.UZ Ayniqsa, barcha suv va suv obyektlaridan foydalanuvchilar qonunda ko`rsatilgan majburiyatlarni amalga oshirishlari zarur. Suvdan foydalanuvchilar: obyektlaridan oqilona ravishda foydalanishlari, suvni tejab-tergab sarflash, suvning sifatini qayta tiklash va yaxshilash to`g`risida qayg'urishlari, suv olishning belgilangan me'yorlariga rioya etishlari; me'yorlariga rioya etishlari; iflos moddalar aralashib qolgan oqindi suvlarni suv obyektlariga oqizishni tamomila to`xtatish choralarini ko`rishlari; suvni muhofazalaydigan va boshqa suv xo'jalik inshootlarini hamda texnikaviy qurilmalarni soz holda tutishlari, ularni ishlatish sifatlarini yaxshilashlari, olinayotgan suvni hisob-kitob qilib borishlari; suv resurslaridan foydalanganlik haqini o`z vaqtida to'lashlari shart. Barcha holatlarda yerdan foydalanuvchilar sug'orish jarayonida suvdan foydalanuvchilar ham bo`lib hisoblanadi. Shuni uchun ham yerdan foydalanuvchilar "Yer Kodeksi"ning 39-40 moddalari talablariga ham qattiq rioya etishlari lozim. http://azkurs.org Download 145.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling