Reja: Tabiat bilan tanishtirish metodlari haqida tushuncha
Download 28.1 Kb.
|
1534913886 72318
Tabiatda bolalar mehnati
Bolalarning tabiatdagi mehnati katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Mehnat qilish jarayonida bolalarda tabiatga bo'lgan munosabatlan shakllanadi. Tabiatdagi mehnat bolalarda berilgan topshiriqqaj mas'uliyat bilan yondoshishni tarbiyalaydi. Biroq buning uchun] bolalar zarur mehnat malakalarini egallab olgan bo'lishlari, o'z] mehnatlarining ahamiyatini tushunishlari lozim. Tabiatdagi mehnati maktabgacha yoshdagi bolalarning sensor tarbiyasi uchun qulayj sharoitlar yaratadi. Tarbiyachi bolalarni mehnat orqali maqsad vaj natijalarga erishish, narsalarni sensor belgilarini nazarda tutishga o'rgatadi. Masalan, o'simlikning suvga muhtojligini aniqlash uchun| uning holatini — barg va poyasining elastikligi, pishiqligi yoki uning so'lg'inligi, yumshoqligini, tuproqda esa — uning namligi, zichligi va shu kabi belgilarni hisobga olish lozim. Mehnat jarayonida bolalar o'simliklar holatining yorug'likka, | namlikka, issiqlikka, yaxshi tuproqqa bo'lgan ehtiyojlarini qonJ dirilishiga bogiiq ekanligini anglab oladilar. Bolalar muhitninj o'zgarishi, qonuniy tarzda o'simliklar holatini ham o'zgartirishinl bilib oladilar. Bu munosabatlarni o'zlashtirishlari ularning mehl natga bo'lgan munosabatiga ham ta'sir etadi — mehnat ongli va niaqsadga yo'naltirilgan bo'lib boradi. Bolalarda mehnatga qiziqish, mehnatsevarlik shakllanadi. Tabiatdagi mehnat — kuzatuvchanlikni o'stirish usullaridan biridir. Agar kuzatish mehnat bilan bog'langan bo'lsa, samaraliroq bo'ladi. Tabiatdagi mehnat jarayonida tarbiyaviy vazifalardan tashqari ta'limiy vazifalar ham hal qilinadi. Bolalar mehnat orqali, o'simliklarning xususiyatlari va sifatlari, ularning tuzilishi, ehtiyojlari, rivojlanishining asosiy bosqichlari, o'stirish usullari, o'simliklar hayotidagi mavsumiy o'zgarishlar haqida, hayvonlar, ularning tashqi ko'rinishi, ehtiyojlari, harakat qilishlari, hayot tarzlari va ularning mavsumiy o'zgarishlari haqida tasavvurga ega bo'ladilar. Shu jumladan, hayvonlarni tabiat burchagida parvarish qilishni o'rganadilar va shu orqali mehnat malakalarini egallaydilar. Download 28.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling