Reja: Tabiat inson va koinot ekologiyasi. Demokrafiya, transport va ekologiya. O`zbekiston ekologik harakati


Download 26.45 Kb.
bet3/3
Sana22.12.2022
Hajmi26.45 Kb.
#1041084
1   2   3
Bog'liq
1,6,11,16

EKOLOGIK MUAMMOLARNI O‘RGANISH VA HAL QILISH MASALASIGA IKKI XIL YONDASHISH MAVJUD.


  • TEXNOTSENTRIK YONDASHISH

  • Ekologik muammolarni hal qilishning texnologik choralarini asosiy deb biladi. Ammo tabiat qonunlari va imkoniyatlari inobatga olinmaydi. Tabiiy boyliklardan foydalanishdan texnologik qudrad hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Texnika imkoniyatlari yordamida biosfera barqarorligini tiklash, ekologik muammolarni hal qilish mumkinligi takidlanadi. Bunday yondashish ko‘pchilik iqtisodchilar, siyosatchilar va xo‘jalik rahbarlari uchun asosiy hisoblanadi.

  • EKOTSENTRIK YONDASHISH

  • Ushbu yondashishda tabiat qonunlarini hisobga olish, mavjud tabiiy ekosistemalarni asl holda saqlash va rivojlantirish ustivor vazifa hisoblanadi. Biosferadagi mavjud bog‘liqliklarni bo‘zilishini texnik yechimlar yordamida tiklab bo‘lmaydi deb hisoblanadi.

  • Insoniyat taraqiyoti ekologik imperativ tabiat qonunlariga bo‘ysinish talabi bilan chegaralanadi.

  • OROL DENGIZI MUAMMOSI NIMALARDAN IBORAT

  • Markaziy Osiyo mintaqasining ulkan suv havzasi bo‘lmish Orol dengiziga Amudaryo va Sirdaryodan oqib kelayotgan suvning hajmi va suv sathining balandligi pasayib borishi 1961 yildan boshlab ko‘zatila boshlandi.

  • 1990 yilga kelib Orol dengiziga kelib qushiladigan suvlarning miqdori 10 marotaba kamaydi, suv maydoni esa, 1,5 marotaba qisqardi. Agar 1994 yilda suv sathining balandligi 36,6m ni tashkil etgan bo‘lsa, 1996 yilga kelib bu ko‘rsatgich 36m ni tashkil etgan. Hozirgi vaqtda suv sathining balandligi 1961 yildagi ko‘rsatgichiga nisbatan qariyb 18m ga pasaygan. Bunda dengiz suvining hajmi 4 marotaba, suv maydoni esa, 2 marotaba kamaygan. Hozirgi paytda suvning sho‘rlanish darajasi nihoyatda yuqori bo‘lib, har 1l suv tarkibida 24-25g tuz, ayrim joylarda esa, 44-45g gacha tuz mavjud. Buning asosiy sababi shundaki, 1981-1985 yillar mobaynida dengizga daryolar orqali 4,36 mln tonna tuz kelib qo‘shilgan, yer osti suvlari bilan 7 mln tonna tuz kelib qo‘shilgan.

  • Oxirgi 40 yildan ko‘proq vaqt davomida Orol dengizi o‘zining azaliy qirg‘oqlaridan qariyb 100-140 km ichkariga qarab cheklangan. Hozir Orol dengizi tuzlar va zaharli kimyoviy moddalar bilan to‘yingan 2ta ko‘lga aylanib bormoqda. Natijada 3,5 mln gektardan ortiq dengiz tubi tuzli sahroga aylanib, undan atmosfera havosiga yiliga 100 mln tonnadan ko‘proq zaharli tuzlar, changlar va kimyoviy moddalar ko‘tarilib atrof-muhitni ifloslantirmoqda. Orol dengizi tubidan ko‘tarilayotgan chang-tuzonlar yapon orollarigacha yetib borganligi va Oroldagi Tiklanish orolchasida bakteriologik qurollar sinab ko‘rilganligi haqida ma’lumotlar mavjud.Dengiz suv sathining pasayib borishi oqibatida bugun Orol 1300 ming gektar maydonni egallagan. Natijada tabiiy yaylovlar, pichanzorlar, baliq ovlanadigan ko‘llar, andatra urchiydigan va yashaydigan joylar qurimoqda, to‘qayzorlar maydoni qisqarmoqda. Agar oldingi yillari yiliga 1 mln dona andatra terisi tayyorlangan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatgich 250 marotaba kamaygan. Agar Amudaryo deltasida ilgari to‘qayzorlar maydoni 175 ming gektarni tashkil etgan bo‘lsa, hozir u 22 ming gektarga tushib qoldi, 800 ming gektar maydondagi qamishzorlar qurib bo‘ldi. Natijada Amudaryo deltasi cho‘lga aylanib, chorvachilik yiliga 5mln sentner yaxshi ozuqadan mahrum bo‘ldi. Xususan, Orol suv sathining pasayib borishi baliqchilik sanoati uchun juda katta zarar yetkazdi. Agar 1960 yili Orol dengizidan 400ming sentner baliq olingan bo‘lsa, 1980 yilda 12 ming sentner, 1985 yilga kelib 2400 sentner baliq tutilgan. Hozirgi paytda Orol dengizi o‘zining baliqchilikdagi mavqeini deyarlik yo‘qotdi. Natijada Mo‘ynoq baliq-konserva kombinati okeanlardan keltirilgan mo‘zlangan baliqlar hisobiga ishlashga o‘tdi. Ekologik zarar esa, qoplab bo‘lmaydigan darajaga yetdi. Markaziy Osiyo mintaqasida qum-tuz aerozollarning nihoyatda kuchli manbai vujudga keldi. Chang-tuz tuzonlarning atmosferaga ko‘tarilishini birinchi marotaba 1975 yilda kosmonavtlar koinotdan turib ko‘zatganlar. Chang-tuz tuonlarining o‘zunligi 400 km, eni 40 km va radiusi 300 km ni tashkil etadi. Mana shu chang-tuz aerozollarning yerga yog‘ilishi paxta va sholi hosildorligiga katta salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.Tuproqning sho‘rlanishi hisobiga qishloq xo‘jalik mahsulotlari Turkmanistonda 40% ga, O‘zbekistonda 30% ga, Qozog‘istonda 30-33% ga, Qirg‘izistonda 20% ga va Tojikistonda 19% ga pasayib ketdi.

    Download 26.45 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling