Reja: Tabiatni o’rganishda fizikaning o’rni va uning boshqa fanlar bilan bog’liqligi


Download 23.3 Kb.
bet2/6
Sana02.01.2022
Hajmi23.3 Kb.
#199089
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
fizika

Issiqlik fizikasi — asosan, akademik P. Q. Habibullayev yaratgan ilmiy maktabda olib borilib, uning asosini O’zbekiston Fanlar akademiyasining issiqlik fizikasi bo’limi tashkil qiladi. Ilmiy ishlar: bir jinsli bo’lmagan muhitlar issiqlik fizikasi, lazer nurlarining jismlar bilan o’zaro ta'sirlashuvi, yuqori haroratli o’ta o’tkazuvchanlik yo’nalishlariga taalluqlidir.

Yadro fizikasi — bu sohadagi ishlar, asosan, Yadro fizikasi institutida olib boriladi. Ular O’zbekistonda 20-yillardan boshlan-gan. Lekin muntazam tadqiqotlar Fizika-texnika institutida akade-mik S. A. Azimov (1914 - 1988) rahbarligida olib borilgan. 1956-yilda esa Yadro fizikasi instituti tashkil qilingan. Hozir bu yerda: yadro spektroskopiyasi va yadro tuzilishi, yadro reaksiyalari, maydonning kvant nazariyasi, elementar zarralar fizikasi, relyativistik yadro fizikasi va boshqa yo’nalishlar bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.


Download 23.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling