Reja: Tarixiy antropologiyada Annallar maktabining vujudga kelish


  J.  Levining  “Nomoddiy  meros:  XVIII  asrda  Pyemontlik  tabib


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/10
Sana18.11.2021
Hajmi0.54 Mb.
#175414
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2 мавзу маърузаси Тарихий антропология

6.  J.  Levining  “Nomoddiy  meros:  XVIII  asrda  Pyemontlik  tabib 

karyerasi” asari tahlili. 

Shu  maqsadda  J.Levi  hujjatlarda  nomlari  saqlanib  qolgan  Santena 

qishlog‘ining  barcha  aholisining  biografiyasini  birma-bir  o‘rganib  chiqqan. 

Tadqiqotida  o‘z  asari  orqali  quyidagi  munosabatlarga  alohida  urg‘u  bergan: 

demografik  ko‘rsatkichlar,  oilaviy  strukturalar  va  aloqalar,  yer  oldi-sotdisi  bilan 

bog‘liq  bo‘lgan  operatsiyalar,  dehqonlar  ongi,  to‘dalar  o‘rtasidagi  raqobat  va 

kelishmovchiliklar,  Santena  qishlog‘ining  tashqi  dunyo  bilan  aloqalari.  Levi 

tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, bu munosabatlardan chiqqan xulosalar orqali butun 

bir  davrning  ma’lum  bir  nuqtalarini  baholash  mumkin.  Masalan,  yer  oldi-

sotdisidagi asosiy munosabat bu xaridor va sotuvchi o‘rtasidagi shaxsiy munosabat 

bo‘lgan, shu sababli yer aniq stabil bir narxga ega bo‘lmagan. Bundan tashqari, bu 

qishloq  ma’lum  bir  siyosiy  jarayonlarda  ham  ishtirok  etgan,  bu  qishloq  davlat, 

yonidagi Kyeri shaharchasi va arxipeyiskop nizolaridan unumli foydalanib alohida 

avtonomiyaga  erishgan.  Julio  Kyeza  bu  nizolarda  tomonlarning  muvozanatini 

ushlab  turgan  yoki  ular  o‘rtasida  kelishtiruvchi  kuch  bo‘lgan.  Faqat  uning 

o‘limidan keyingina davlat qishloq ustidan yana nazorat o‘rnata olgan.  

Bu asar kichik bir qishloq misolida yozilgan bo‘lsa-da, bu orqali o‘rta asr 

va  yangi  davr  Italiyasidagi  ba’zi  munosabatlar  qanday  bo‘lganini  ko‘rish  va  bu 




munosabatlarga  ma’lum  bir  nuqtayi  nazardan  turib  xulosa  berish  mumkin. 

Ayniqsa,  iqtisodiy,  agrar,  ijtimoiy  munosabatlar  orqali  o‘sha  davr  Italiyasining 

manzarasini  ko‘rish  mumkin.  Xulosa  qilib  aytish  mumkinki,  Yevropada  paydo 

bo‘lgan  yangi  yo‘nalishlar  dastlab  mahalliy  ahamiyat  kasb  etgan  bo‘lsa-da, 

keyinchalik ular tan olingan yo‘nalishlarga aylanishdi. Bunga yorqin misol sifatida 

yuqorida  tilga  olingan  mikrotarixni  yoki  har  kunlik  tarix  yo‘nalishlarini  olish 

mumkin.  Z.Krauker  tarixni  o‘rganishda  mikrotarixni  o‘rganish  muhim  ekanini 

qayd  etib  o‘tgan,  sababi  mikrotarix  ijtimoiy-madaniy  munosabatlarni  chuqurroq 

o‘rganadi,  tadqiqotlarda  inson  psixologiyasini  o‘rganish  muhim  ahamiyat  kasb 

etadi. Shu sababli bu yo‘nalish ham ma’lum nuqtalarda muhim ahamiyatga ega. 

 

Tayanch iboralar 

Annallar”  maktabining,  Nyu-Historical  Science,  Ijtimoiy  va  iqtisodiy  tarixning 

Annallari, “Annallar” maktabining avlodlari”,  

 

 



Foydalanilgan adabiyotlar.  

1. Кром. М.М. Историческая антропология. Пособие к лекционному курсу. 1-

е изд. СП б: 2000; 2-е изд. СП б-2004; 3-е изд. СП б 2010. 

2. N.Narziyev. Tarixiy antropologiya. O`quv qo`llanma. T. 2019 y.  




 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling