Reja: Tarixiy antropologiyada Annallar maktabining vujudga kelish


 Tarixiy antropologiyada yangi yo‘nalishlarning vujudga kelishi


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/10
Sana18.11.2021
Hajmi0.54 Mb.
#175414
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2 мавзу маърузаси Тарихий антропология

4. Tarixiy antropologiyada yangi yo‘nalishlarning vujudga kelishi. 


Antropolog J. Levi  Fikricha “Mikrotarix mayda-chuyda narsalarga qarash 

emas, balki tafsilotlarni ko‘rib chiqishdir” deb ta’kidlagan edi.  XX asrning 70–80-

yillarida  tarixiy  antropologiya  bir  qancha  mamlakatlarda  rivojlanishi  sekinlashdi. 

90-yillarda  Fransiyada  tarixiy  antropologiyani  tanqid  qilish  kuchaydi,  fanni 

o‘rganish,  unga  qiziqish  pasayib  ketdi.  Lekin,  Y.I.  Bessmertniyning  fikricha,  bu 

jarayon  global  xarakter  kasb  etmadi,  ko‘pgina  mamlakatlarda  tarixiy 

antropologiyaga  qiziqish  o‘sdi,  bu  jarayon  orqali  ba’zi  mamlakatlarda  tarixiy 

antropologiyaning yangi yo‘nalishlari paydo bo‘ldi (Germaniya, Italiya, Ispaniya, 

Rossiya va boshqa mamlakatlarda). 

Bu rivojlanish natijasida tarixiy antropologiyaning o‘rganilish geografiyasi 

kengaydi,  tadqiqot  maydoni  oshdi.  Ko‘pgina  mamlakatlarda  turli  zamonaviy 

yo‘nalishlar,  jumladan,  AQSHda  yangi  madaniy  tarix  (new  cultural  history), 

Italiyada  mikrotarix  (u  so‘nggi  vaqtlarda  boshqa  ko‘pgina  mamlakatlarga  ham 

tarqaldi),  Germaniya,  Avstriya,  Shveysariyada  “Alltagsgeschichte”  yo‘nalishlari 

paydo  bo‘ldi.  Bundan  tashqari,  turli  mamlakatlarda  inson  tanasi  tarixi,  siyosiy 

madaniyat  atamalari  ham  tarixiy  antropologiyada  ishlatilmoqda  va  bir  qator 

mutaxassislar bu atamalarni ham tarixiy antropologiyada yangi yo‘nalishlardan deb 

e’tirof etishgan.  




Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling