Reja: Tarixiy antropologiyada Annallar maktabining vujudga kelish
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
2 мавзу маърузаси Тарихий антропология
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.Tarixiy antropologiyadagi mikrotarix yo‘nalishi haqida.
- «protestant etika”
bum” holati yuzaga keladi. Bu hududlarda yashovchi aholi o‘z oilasi, qishlog‘i
yoki shaharchasi tarixi bilan qiziqadi, joylarda turli “tarixiy ustaxonalar” paydo bo‘ladi. 5.Tarixiy antropologiyadagi mikrotarix yo‘nalishi haqida. Bu yo‘nalishda og‘zaki tarix metodi keng qo‘llaniladi. Dastlab tanqidga uchragan “har kunlik tarix” 80-yillar oxirida tan olingan yo‘nalishlardan biriga aylandi. Bu yo‘nalishga bag‘ishlangan maqolalar A. Lyudtke tahriri ostida 1989- yilda Germaniyada, 1995-yili AQSHda to‘plam holatida nashr etildi. Bu yo‘nalish vakillari asosan XX asr boshi tarixini o‘rganishgan. Oddiy odamlar ongiga fashizm g‘oyasi qanday ta’sir etgani, oddiy odamlar nima uchun fashizmga xayrixoh bo‘lganligi o‘rganilgan. Bu yo‘nalishning mikrotarixdan farqli tomoni shundan iboratki, mikrotarix o‘rganilish davri sifatida o‘rta asrlar va yangi davr boshlarini olsa, bu yo‘nalish asosan XX asrda bo‘lgan hodisalar bilan tadqiqot olib boradi. Germaniyada mikrotarix yo‘nalishining vakillaridan biri bu X.Medik hisoblanib, u o‘rganish davri sifatida XVII–XIX asrlarni olgan, X.Medik Shvabiya hududlaridagi qishloqlarda tadqiqotlar olib brogan. Tadqiqotlarda asosan shu yerlik aholining diniy tasavvurlari va bu tasavvurlarning insonlar mehnat faoliyatiga ta’siri o‘rganilgan. Bu tasavvurlar ularning moddiy madaniyatiga, xususiy mulk haqidagi tushunchalariga qanday ta’sir ko‘rsatganligi tadqiq qilingan. Tadqiqotlardan shunday xulosa kelib chiqadiki, bu qishloqlarda mulkiy munosabatlarda asosiy rolni «protestant etika” o‘ynagan, bu etika mehnat munosabatlarini ham tartibga solib turgan. Bu hududlarda, muallifning ta’kidlashiga ko‘ra, ota-onalar mulkni butun holda ko‘rishni xohlashgan, uning bo‘linib ketishiga qarshi bo‘lishgan. Shu sababli bu hududlarda o‘sha davrlarda ko‘p farzandlilik jamiyat tomonidan yoqlanmagan. Yuqorida yozilganidek, J.Levi 1991-yilda e’lon qilgan maqolasida mikrotarix kichik hodisalar orqali jamiyat rivojlanishidagi keskin burilishlarni ko‘rsatib bera olishini ta’kidlab o‘tgan. 1990-yilda esa Levi hodisalarga
Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling