Reja: Tarixiy antropologiyada Annallar maktabining vujudga kelish
Annallar maktabida L. Fevr va M. Bloklar faoliyati
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
2 мавзу маърузаси Тарихий антропология
2.
Annallar maktabida L. Fevr va M. Bloklar faoliyati M.Blok ba’zi hollarda L.Fevrga o’xshab madaniyat tarixi va ijtimoiy psixologiyaga murojaat qiladi. Alohida individumlarining tafakkurini tahlil qilishda emas bevosita ommaviy ko’rishda o’rganadi. Demak, Blok eng avvalo madaniyat tarixi va o’sha o’tmishdagi odam psixologiyasini o’rganish metodologiyasini bevosita ommaviy ko’rnishlar asosida amalga oshirishga chaqirdi. Shuningdek, olim biror-bir senor yoki hukmdorning shaxsiga tavsif bermaydi. Blok foydalangan metodlarning tadqiqotchilari uning metodida sotsiologik mavhumlashtirish ko’rinishida bo’lmay, aynan insoniyat jamiyatining aloqalar tizimi odamlar o’rtasidagi munosabatlar ko’rnishida chiqadi. Tadqiqotchilar Blok metodologiyasida shaxslarni emas, butun bir jamiyatni tahlilini ko’radi. Uning asarlarida bir senor yoki hukmdorni shaxsiy tavsifi berilmaydi. Blok texnika tarixi, o’zaro yer munosabatlari, G’arbiy Yevropaning feodallashuvi, madaniy ruxiy tiklanishi bilan shug’ullangan bo’lsa ham, u ijtimoiy tuzumning tadqiqotchisi bo’lib kelgan. “M.Blok va L.Fevrning madaniyat tarixiga, ijtimoiy pisixologiyaga murojaat etishlari, muammoni o’rganishda olim alohida individlarning fikrlari tahlilidan emas, balki bevosita ommaviy hodisalarning tahliliga asoslanadi. Blokning “Feodal jamiyat” nomli ikki jildlik asariga nisbatan Fevr hayrat bilan feodal davrda “hukmronlikning mavhum g’oyasi aniq bir hukmdor tavsifidan kam ajratilganligi” va biror bir mansabdor shaxs yoki hukmdorning shaxsiy tavsifnomasi berilmaganligi to’g’risida so’z yuritadi”. M.Blok tarixiy taraqqiyot o’rganishda ayrim tarixiy shaxslar emas, hukmdorlar emas, balki o’sha tarixiy taraqqiyot davridagi ommaviy hodisalarni tahlil qiladi. Ommaviy hodisalarni o’rganish asosida o’sha davrning mazmun mohiyatini ochib berishga harakat qiladi. Insoniyatning o’tmish tarixiy taraqqiyoti alohida tarixiy shaxslar emas, taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi bo’lgan xalq ekanligi g’oyasini ilgari suradi. Blok nima bilan shug’ullanmasin texnika tarixi, yer munosabatlari, G’arbiy Yevropadagi feodalizm o’rta asrlardagi odamlarning madaniy, psixologik bo’g’ini bilan u ijtimoiy strukturalizm tadqiqotchisi bo’lib qolavergan, shuning uchun uni iqtisodiy qiziqishlarini asl diapazonini jiddiy toraytirish hisoblanadi. Blok fransuz tarix metodologiyasi zahirasi, ruhiyat asosida o’z tadqiqotini amalga oshirdi. Shu bilan birga Blok metodolgiyasi nemis tarixchilarining ko’rsatmalaridan yiroq edi: tarixchilar e’tiborini nafaqat jamiyat, balki mamlakat ham egallagan. Tarixchi M.Blokning hamkori L.Fevr asosiy kategoriya sifatida “sivilizatsiyani hisoblasa, undan farqli ravishda Blok uchun asosiy kategoriya sifatida jamiyat bo’lib qoldi. Blokning nazarida ma’lum bir takroriylikka ega bo’lgan tipik ommaviy hodisalar egallagan, shuning uchun Blok metodologiyasining muhim parametri bo’lib, o’rganiladigan jamiyat va institutlarga qiyosiy tipologik yondashuv hisoblangan. Keng dunyoqarashga ega bo’lgan tarixchi uchun taqqoslashdan foydalanish tabiiy holdir. U g’arbdagi feodalizm bilan eski Yaponiya tuzilishigacha bo’lgan qiyoslashlardan foydalangan. Chunki
Blok uchun
feodalizm Yevropa
rivojlanishining noyob hodisasi emas, balki “ijtimoiy tipdir”. Bu yerda olim insoniyat tarixiy taraqqiyotining notekisligi va har bir mamlakat, hudud uchun alohida bo’lishini e’tirof etdi. Shu bilan birga turli jamiyatlarning o’xshash rivojlanish bosqichlarida ularga xos bo’lgan qonuniyatlarni aniqlagan. Ammo qiyosiy-tipologik metoddan foydalanish unga tuzilgan qatorlar orasidan yakka xususiy holatlarini aniqlashga imkon bergan. Tarixchi uni qiziqtirgan ijtimoiy hodisalarning genezisini o’rganishi tabiiydir. Biroq Blokni ko’pgina olimlar afzal ko’rgan usullari - aniq bir institutning mavjudligini aniqlab olishdan oldin ularning asoslarini o’zlashtirmay turib sabablarini manbalar bilan almashtirib o’rganadigan bunday genetik tushuntirish qoniqtirmaydi. Blok murakkab tarixiy hodisalarni tushuntirishda faqatgina ularning tub ildizlarini qidirishdan iborat bo’lgan urunish xatarli ekanini bildiradi. U ko’pgina tarixiy tadqiqotlar mualliflarida uchraydigan “vasvasa” “manba but-sanam”, “kelib chiqish savdoyiligi” deya atadi. Tarixiy tadqiqotlarda faqat manbani o’rganish va faqat shu manba asosida butun bir yaxlit manzarani tasvirlashga qarshi chiqdi. Ba’zi olimlar o’tmishni o’rganish emas, tarixiy manbani o’rganish bu tarixchining kasbi deb tushundilar. M.Blok bunday tushunchaga qarshi chiqdi. “Eman urug’idan eman daraxti paydo bo’ladi. Ammo u faqatgina qulay muhit sharoitidagina eman bo’lib yetishadi va daraxt bo’lib qoladi, muhit esa embriologiyaga bog’liq emas. Arablar, vengrlar, normanlar bosqinidan yaratilgan “muhit” ta’rifida “inson insonga tobeligi” yetakchilikni egallagan. M. Blok “Feodal jamiyat” asarini ham feodal munosabatlarini yoki ularning paydo bo’lishi sharoitlarini aniqlash genezisining “embriologik” tadqiqotlaridan boshlamaydi. Biroq Blokning manbalarni emas, balki ma’lum bir feodal institut egallagan klassik shaklini tadqiqot qilishga kirishish va uning kelib chiqish tarixi bilan umuman qiziqmaydi degan fikrga kelish noo’rindir. M.Blok shu qatlamning mohiyatiga doir bilimlar bilan to’laqonli qurollangandagina genesis 1 muammosiga murojaat etgan. Jamiyat paydo bo’lishini yaxlit holda uning rivojlanish bosqichining yetuk davrida bir butun tasavvur eta turib, uni keng genetik aloqada ko’rishga harakat qilgan”. Blok tomonidan maxsus o’rganilgan IX-XIII asrlardagi feodal jamiyat bir tomondan kechki antik davrni, ikkinchi tomondan esa yangi davrni (XVIII asr revolyutsiyasigacha) o’z ichiga olgan tarixiy istiqbolga kiritilgan. Ratsional tanlov bilan qurollangan iqtisodiy-ijtimoiy tadqiqot o’chog’i Annall tarixchilari keyinchalik Blok tomonidan davom ettirilgan yarim statik qishloq joylarining bayoniga qarshilik bildiradi. Ular axloqiy asoslarga ega bo’lgan institutlar funksiyalarini amalga oshirish kishilar muhtojligiga bo’ysunishning umumiy ezgulikka xizmat qilishini savolini beradi. Jumladan, Allan Marksfadlani o’rta asrlarning oxiridagi ingliz qishloq hayoti haqida yozadi. Ular ruhiy va jismoniy harakatlarining bo’shliqlarini ahamiyatiga urg’u berish an’anasi haqida qayg’urishadi. Blok ijtimoiy qatlamning mohiyati talqinini va uning hosil bo’lish tarixini taklif etsa hamki, o’z vazifasini bajargan deb hisoblamaydi. Har safar o’rta asrlarning u yoki bu ijtimoiy institutini o’zi tugallangan tahririyatida tasvirlaganda, shu institutning turli mamlakatlar yoki bir davlat hududidagi turli viloyatlarida ko’p qirrali ekanligini ko’rsatishga harakat qilgan. Bunga sabab, o’zi tomonidan berilgan dastlabki ta’rif barchada bir xillik yoki keng tarqalgan fikrlarning yuzaga kelishini oldini olish mumkinligi sababi mavjud edi. M.Blok tarixiy bilimni rivojlantirish bilan shug’ullanib, tarixni o’rganishda qiyosiy metodga alohida e’tiborni qaratdi. Olim tarixiy tadqiqotlarda qiyosiy metoddan foydalanish
1 Lotincha “Genesis” – vujudga kelish, tug`ilish. Bu o`rinda yo`nalishning vujudga kelishi nazarda tutilmoqda.
tadqiqotda aniqlikka xizmat qilishini ta’kidlaydi. Shu sababli u tarixiy tadqiqotlarda bu metoddan kengroq foydalanishni ko’rsatdi va o’z tadqiqotlarida ushbu metoddan unumli foydalandi. Biroq ijtimoiy tizim qiyosiy tahlili bitta olim hal qilishi qiyin bo’lgan muammodir. Shuning uchun ham Mark Blok “Feodalizm va feodal, yakkalik yoki ko’pchilik muammosini ko’tarib uni hal etishdan bosh tortadi. U faqatgina o’z tadqiqotining natijasini va imkoniyatini ko’rsatgan holda, Yevropa feodalizmi va o’rta asrlarda Yaponiyadagi ijtimoiy tuzilish orasidagi tipik yaqinlikni faraz qilish uchun asos bo’lgan Yevropa va Yaponiya orasidagi bog’liqlikni ko’rsatib o’tish bilan chegaralanadi. Olim o’rta asr feodal jamiyatini tadqiq qilishga ko’p kuch sarfladi. Blok mulohazalarining boshi hisoblanmish feodalizm ko’rinishi hayotiy haqiqatning mavhumlashtirilgan belgilar to’plami emas edi. Bu ko’rinish real makon va tarixiy zamonga to’g’rilangan, hamda ko’pgina manba va dalillarga tayangan edi. Tahlillarning keyingi bosqichlarida ushbu tavsif aniqlashtirilib, serqirra va ko’p o’lchovli xossaga ega bo’lib boradi. Blok feodalizmning qandaydir umumiy xossalarini sanab o’tishdan iborat bo’lgan yo’ldan bormaydi. U tarkibiy qismlari o’zaro bog’liqlikda bo’lgan yaxlit bir organni sistemali ko’rinishini ochib berishni ma’qul ko’radi. Uning fikricha, feodalizm bu G’arbiy Yevropa hududida bir necha asr davomida yetakchilik qilgan ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy institutlarning o’zaro aloqasi va bog’liqligi yig’indisidir. “Blok tarixchilarni sud tergovchilariga qiyoslaydi. Ayblanuvchi tomonidan aytilgan fikr, yoxud uning iqroriga ham qoniqmay, tergov ishining barcha ikirchikrigacha aniqlashga uringan tergovchidek, tarixchi-tadqiqotchi ham “yuzada yaqqol ko’rinib turgan” manba dalillarigagina tayanib qolmaydi. U takror- takror yangi savollarni berib boradi, garchi savollar to’plami to’g’ri tuzilgan bo’lsa, u eng muhimlarini ajratib oluvchi “hujjatlar uchun magnit”ga aylanishini ta’kidlaydi. M.Blok tadqiqotlarida tarixiy haqiqatni ochishda eng asosiy unsur bu manba deb e’tirof etdi. Tarixiy haqiqatga yetishmoq uchun yodgorliklarga o’ta faollik bilan murojaat etmoq zarur . “Ish boshida doimo – tirishqoqlik ruhiyati, ammo bu tirishqoqlik ruhiyati talabchan olimga tegishlidir. Blok asarlari g’oya va gipotezalarga boy. Biroq u o’zi shakllantirgan “ har qanday tarixchi tekshirishi iloji yo’q bo’lgan hech qanday fikrlarni ilgari surmasligi haqidagi to’g’rilik qonuni” ga rioya qilib kelgan. “Tog’rilik qonuniga bir misol” O’rta asrlarning ijtimoiy tarixiga oid muammoli savolga to’xtalib, unga javob bera olishga botinolmagan. Blok shunday deydi: “Kitobxondan uzr so’rayman, ammo shunday holatlar uchraydiki, tadqiqotchining galdagi vazifasi “Men topa olmadim” degan iqrorni aytishi lozim bo’ladi. Kamina aynan mazkur holatga tushib, bilmasligini tan olishi lozim, lekin ayni paytda bu holat ushbu tadqiqotimni davom ettirishim uchun asos bo’lib qoladi”. Blok manbalarning doirasini kengaytirishga da’vat qilish va ularni o’rganish metodikasini qayta ko’rib chiqish bilan chegaralanmaydi. Blok olim va shaxs sifatida o’ziga xos xislati shundan iboratki, uning novatorlik tabiatiga mos keluvchi so’z va ish birligidir. U o’z asarlari va maqolalarida tarixiy yodgorliklarini tanlash, talqin qilish va qayta ishlashning o’ziga xos usullarini qo’llash bo’yicha qimmatli ilmiy ma’lumotlarni yoritib o’tadi. Tarixiy tadqiqotlarning chegaralarini shiddatli chetga surgan Blok yangi kelajak istiqlolini aniq tushunuvchi odam va hodisalarning qatlami ostida ijtimoiy hayot yuzasida sodir bo’ladigan o’zgarishlarni aniqlashtiruvchi jamiyat strukturasi qa’ridagi yashirin qatlamlari mavjudligini aniqlaydi. Asosiy e’tiborini siyosiy hodisalar tavsifidan ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlarni o’rganishga qaratar ekan, u tarix manbalarining kategoriyasiga murojaat qildi. Blok ishlaridan biri bo’lgan “metod darsi” edi. Uning mehnat faoliyati manbalarning ostida yashiringan ijtimoiy haqiqatga aniq va chuqur erishishga yetaklovchi atamalar tahlilining ishonchli tajribalaridan iborat. Blokning safdoshlari ham bunday vorisiylikni tasdiqlash bilan chegaralanishgan. Blok uchun esa muammo shu yerdan boshlangan. Zero, ijtimoiy muhitning o’zgarishi bilan aloqaning insoniy tuzilishi ham tegishlicha o’zgaradi. Annallar maktabining o’tgan faoliyati davrida o;ziga xos avlodlar shakllandi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling