Reja: Tarixiy obidalar – ma'naviyatimiz ko'zgusi


Oʻzbekistonning qadimiy shaharlari — Buxoro, Samarqand, Xiva, Shahrisabz, Termiz, Qoʻqon — yodgorlik shaharlaridir


Download 1.52 Mb.
bet2/5
Sana18.09.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1680668
1   2   3   4   5
Bog'liq
Buxoro

Oʻzbekistonning qadimiy shaharlari — Buxoro, Samarqand, Xiva, Shahrisabz, Termiz, Qoʻqon — yodgorlik shaharlaridir.
Buxoro — O'zbek xonligi poytaxti!
Ushbu shahar Oʻzbekiston Respublikasining qadimiy shaharlaridan biri, Buxoro viloyatining maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Buyuk ipаk yoʻlida yirik tijorat markazlaridan boʻlgan.
Buxoro shahri sharqning mashhur qadimiy shaharlaridan biri. Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, Buxoroga miloddan avval VI asrda asos solingan.
Bu shaharning har bir go'shasida – boy tarixga ega minoralari, osori- atiqalari, muqaddas qadamjolari va obidalarida olis o'tmishning aks-sadosi, qoldirgan izi bor.


Samarqand jahonning eng qadimgi shaharlaridan biri hisoblanadi.
Samarqand miloddan avval IV asrdan milodiy VI asrgacha Sugʻd davlatining poytaxti boʻlgan. Arxeologik qazishmalardan maʼlum boʻlishicha, yuqori paleolit davrida ham Samarqand hududida odamlar yashagan...
Samarqand bunyod boʻlganidan buyon u Oʻrta Osiyoning siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida katta mavqega ega boʻlib keldi. Shaharning Buyuk ipak yoʻli chorrahasida joylashganligi, bu yerda qadimdan hunarmandchilikning shoyi toʻqish, mashhur Samarqand qogʻozi ishlab chiqarish, kulolchilik, temirchilik, novvoylik, qandolatchilik, badiiy kashtachilik va boshqa turlari hamda savdosotiq ishlarining rivojiga turtki boʻldi.




Xiva – Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, shahar millodan avvalgi 5-asrda barpo etilgan va uning nomi shaharning qad. qismida joylashgan Xivaq (Xeyvaq) qudugi bilan bogʻliq.
Xiva oʻzining tarixiy oʻtmishi, meʼmoriy tuzilishi, obidalarining yaxlit saqlanganligi jihatidan mazkur qad rostlagan shaharlar orasida alohida alohida oʻrin tutadi.
Yer kurrasida mashhur boʻlgan Qohira shahriga tengdosh boʻlgan bu shaharning Ichan qalʼa qismi 1990-yil Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan. 
Dunyoga al-Xorazmiy, Najmiddin Kubro, Shihabuddin Xivaqiy, Pahlavon Mahmud, Muhammad Rahimxon (Feruz), Munis va Ogahiy kabi buyuk zotlarni yetkazib bergan azim zamin hisoblanadi.



Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling