19– rasm.Qalqovichli suyuqlik sathini ko‘rsatilgan. Sanoatda qo‘llaniladigan o’lchash sxemasi ko‘pchilik sath o‘lchagichlar shu sxema
asosida ishlaydi. Qalqovich 1 roliklar 2 yordamida muvozanatlovchi yuk 3 bilan elastik tros (po‘lat sim) orqali bog‘langan. YUk bilan biriktirilgan strelka shkala 4 ga muvofiq suyuqlik sathni ko‘rsatib turadi.
Qalqovichli sath o‘lchagichlar uchun, 5.3. rasmda trosning taranglik kuchi va roliklardagi ishqalanishni hisobga olgan xolda, «qalqovich-tortuvchi (protivoves)» tizimning muvozanat holati quyidagi tenglama bilan yoziladi:
GG=GP –Sh1 r c g,
bu erda, GG, GP- qalqovich og‘irliigiga qarshi og‘irlik kuchi (protivoves) va og‘irlik kuchi; S – qalqovich yuzasi; h1 – qalqovich chukkan balandligi; r c – suyuqlik zichligi.
Suyuqliknig sathining oshishi qalqovichning chuqurligini o‘zgartiradi va va unga qo‘shimcha itaruvchi kuch ta’sir etadi. YUqorida yozilganlarning natijasida tenglik buziladi va - qalqovich og‘irliigiga qarshi yuk pastga tushaveradi, toki osilga qalqovich h1 balandlikga teglashguncha.
Bu o‘lchagichning asosiy kamchiligi — shkalasining teskariligi va tros og‘irligining o‘zgarishi hisobga olinmasligi, baland idishlarda hisoblash qiyinligi va hokazo.
Qalqovichli sath o‘lchagichlarning turli modfikasiyalari mavjud. Ular birbiridan tuzilishi, o‘lchash xarakteri (uzluksiz yoki qayd qiluvchi), masofaga uzatish tizimini (pnevmatik, elektr va boshqalar) ishlatish shartlari va boshqa xususiyatlari bilan farq qiladi.
Idishdagi suyuqlik sathini o‘zgarishiga qarab qalovichning siljishini kamaytirish maqsadida chiziqli tavsifga ega bo‘lgan davriy cho‘kadigan silindrik qalqovichdan foydalanish mumkin.
Davriy cho‘kadigan qalqovichli satx balandligi o‘lchagichning ishlash prinsipi qalqovich (buyka) massasining suyuqlikka, cho‘kish chuqurligiga qarab o‘zgarishiga asoslangan. Bunday sath o‘lchagichlarning sezgir elementi og‘ir jism (masalan, silindr), ya’ni idish ichida vertikal osilgan va nazorat qilinayotgan suyuqlikka qisman botirilgan (5.4-rasm) qalqovichdan iborat. Qalqovich bikrligi S bo‘lgan va qalqovichga ma’lum kuch bilan ta’sir etadigan elastik ilgakka mahkamlangan (5.4 - rasmda bunday element prujinadir). Suyuqlik sathini 00 xolatidan h ga orttirilsa, itaruvchi kuch ortadi. Bu buykani x xolatiga ko‘tarishga olib keladi, bu erda, uning ko‘tarilishi bilan
cho‘kish kamayadi, ya’ni x
x∙C=(h-x)ρc∙g∙F-(h-x)ρg∙g∙F
bu erda, S — ilgakning bikrligi; ρc, ρg —suyuqlik va gazning zichligi; F —
qalkovich ko‘ndalang kesimining yuzi.
Do'stlaringiz bilan baham: |