Reja: Til leksikasining o‘zgaruvchaligi. Leksika xalq tarixi ko‘zgusi
Kuchaytiruv va ta’kid yuklamalari
Download 460.5 Kb.
|
12-MAVZU
2. Kuchaytiruv va ta’kid yuklamalari: - da// -ta, —ku, ham, -и, -уи, - oq, -yoq, -ki. Hozirgi turkiy tillarda kuchaytiruv-ta’kid yuklamalari kuchaytiruv, ta’kid bilan birga emotsional-ekspressiv, istak-xohish, iltimos kabi ma’nolami bildiradi.
Umumturkiy -da//-ta yuklamasi hamda uning variantlari o‘zi birikib kelgan so‘z (yo gap)ning ma’nosiga kuchaytiruv, ta’kid, ajratish kabi ekspressiv-emotsional ma’nolar beradi. Masalan, shor. теп-da kerdim; olt. oy-da, qoy-da doq; xak. sin-de urgenerzin, q.-balq. bir zot-da aytalmadim; tat. Basqalar bilan Jixansa babay-da kilgen idi; turkm. tizrak oqida “tezroq o‘qi-da”; chuv. vutra-da sunmaris, sivra-da butmaris “o‘tda ham kuymadilar, suvga ham cho‘kmadilar”; qirg‘. jerda, suu da bizdeylerdiki; ne de guzel sey “qanday ajoyib narsa”; olt. bu derde qayinda, aspak-ta, tit-ta ozup dat "‘bu yerda archa ham, tut ham, qayin ham о‘sib yotibti”; boshq. qildi-da kitti; tat. korjik-ta yoklamagan, kurasiy; turkm. garnlar-da, yaaslar-da: xak. aziraan-daa adazi cogil emiskende ijezi cogd “ularni ovqatlantiradigan otasi ham, sut beradigan onasi ham yo‘q”; chuv. seget-te irtmere "soat o‘tmay”; tuv. indig bolza-daa "shunday bo‘lsa ham”, o‘zb. о ‘zing bilasan-da va b. -ku, ham, -u,-yu-oq,-yoq,-ki(-kim), asosan, kuchaytirish, ta’kid ma’nolarini bildiradi. -ki yuklamasi: ozarb. bu-ki, sen-ki bilirsan, о getdi-ki, calis-ki, bikar gazma-ki “ishlagin, bekor kezmagin”, aaval istadi-ki, ha hagigati gizdan gizlatsin “u qizdan haqiqatni yashirishni istadi”; turk. isittim-ki kardesi gitmis; oyle kiziyorum-ki “shunday qiziyapmanki”: о gadar xarjadiki "u shuncha ko‘p pul xarjladiki”; o‘zb. Bildimki, siz kelgan ekansiz; U shunday kattaki, tasavvur qila olmaysiz. Ham yuklamasi o‘zi kuchaytirib voki ta’kidlab kelgan so‘zdan oldin ham, keyin ham kelishi mumkin. Bu yuklama, aksariyat hollarda, ta’kid ma’nosini ifodalaydi: turk. men-em ‘‘men ham”, o‘zb. Uni ham o 'qitaman, о‘zim ham о'qiyman (Shuhrat); Haqqim ham bor, imkonim ham bor ( A.Muxtor). Download 460.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling