Reja: Tizim nima?


Download 13.21 Kb.
Sana08.05.2023
Hajmi13.21 Kb.
#1444875
Bog'liq
Tizimli tahlil-WPS Office


Tizimli tahlil: predmet va tushuncha.
Reja:
1. Tizim nima?
2. Tizimli tahli fanining tarixi, predmeti va tushunchasi.
3. Tizim tushunchasi, uning asosiy belgi va ko‘rsatkichlari.
Bugungi kunda keng qamrovli islohotlar amalga oshirilayotgan sharoitda davlat va xalqaro miqyosdagi masalalarni yechishga ketadigan muddatlar va resurslar cheklangan holda hozirda mavjud va vujudga kelishi mumkin boʻlgan muammolarning tizimliligi, koʻlamining oʻsib borishi, murakkab tizimlarni boshqarish muammosini samarali yechish vazifalari bir tomondan, bunday vazifalarni bajara oladigan malakali mutaxassislarni (analitiklarni) tayyorlash, ikkinchi tomondan tahlilni oʻrganishning zarurligini taqozo etmoqda, uchinchi tomondan tizimli tahlil, tizimli yondashuv boʻyicha raqobotbardosh oʻquv qoʻllanmalarni, darsliklarni yaratishni dolbzarb vazifaga aylantirdi. Islohotlarning, eng muhim siyosiy, huquqiy, iqtisodiy-ijtimoiy, ma‘naviy masalalarni oʻziga qamrab olgan yirik hajmdagi analitik (tahliliy) materiallar va ma‘lumotlarni qisqa vaqt mobaynida yaratib, umumlashtirib, chuqur strategik tahlil darajasiga yetkazish, hamda ta‘sirchan shaklda tinglovchilarga, talabalarga yetkazish, tabiiyki, juda katta gʻayrat-shijoat, bilim va tajriba, keng miqyosdagi tafakkur va intellektual salohiyatni talab etadi. Oʻtgan asrning oxirlaridan boshlab jamiyat taraqqiyoti bir tomondan juda koʻp yangi faktlar, turli sohalarga oid ma‘lumotlarning ochilishi va toʻplanishiga olib keldi, boshqa tomondan insoniyat oldiga ulardan foydalanishni tartibga solish, tizimlashtirish vazifasini qoʻydi. Buning natijasida, tizimli tahlil muammoni hal qilish metodologiyasi sifatida barcha zaruriy uslublarni, bilimlarni va muammolarni yechish uchun lozim boʻlgan harakatlarni umumlashtiruvchi asos, ustun vazifasini bajaruvchi fan sifatida shakllandi. Shu maqsadda davlat va jamiyat boshqaruvi tizimi mutaxassislarining ushbu fan asoslarini o‘zlashtirishlari ularning oʻz faoliyatida qarorlar qabul qilishlariga katta yordam beradi. Tizim – bu tizimli tahlilning markaziy tushunchasi. Tizim doimo maqsadga ega, chunki u shuning uchun mavjud va faol ishlaydi. Muayyan munosabatlar orqali o‘zaro bog‘langan va ular uchun qandaydir umumiy maqsadli funksiyani bajaradigan yoki umumiy maqsadga mo‘ljallangan obyektlar to‘plami tizim (sistema) deyiladi. Tizim – bu aniq ravishda o‘zaro bog‘langan va ta’sirlashuvchan hamda umumiy maqsadga mo‘ljallangan elementlar majmui yoki to‘plami. Agar xuddi shunday hech bo‘lmaganda ikkita elementni aniqlay oslak, masalan, o‘quv jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi, savdo jarayonida sotuvchi va xaridor, televideniyeda televizor va teleko‘rsatuvlarni uzatuvchi telestudiya va hokazo, bu demak tizim. Agar bir xil yoki har xil jinsli elementlarni (masalan, tushunchalar, buyumlar, odamlar) yig‘sak (birlashtirsak), bu tizim hosil bo‘ldi degani emas, bu tasodifiy aralashma xolos. Biror elementlarning to‘plami sistema bo‘lishi uchun bu tizimni kuzatish (tavsiflash) imkonini beruvchi tadqiqot maqsadi va tahlil aniqligi bo‘lmog‘i lozim. Masalan, loyihachi yoki sinovchi-tadqoqotchi uchun avtomobil bu tizim, ammo u yo‘lovchi uchun harakat vositasi (transport turi) xolos.Odatda tizim elementlari ma’lum predmet sohasi obyektlari kabi ta’riflanadi. Element (lot. elementum – dastlabki modda) – bu tizimning ma’lum bir funksiyalarni nisbatan mustaqil amalga oshirish qobiliyatiga ega, bo‘linmas komponentasi (qismi). Tizimda ular soni chekli yoki cheksiz bo‘lishi mumkin. Elementlar buyum, obyekt, predmetlarga bo‘linishi mumkin. Elementlar moddiy, energetik, axborot shaklida bo‘ladi. Tabiat bilan bog‘liq ravishda fizik, mexanik, kimyoviy, biologik, iqtisodiy, kibernetik va boshqa tizimlarni farqlash mumkin. Fizik, mexanik, kimyoviy, biologik tizimlar real mavjud obyektlarning mos xususiyatlarini tekshirishda vujudga keladi. Iqtisodiy tizim – bu o‘zaro iqtisodiy bog‘lanishga ega turli ta’sirlashuvchi obyektlar (jarayonlar, hodisalar) birlashuvi natijasidir. Kibernetik tizim – bu axborotni qabul qilish, saqlash va qayta ishlash hamda axborot almashishga qodir o‘zaro bog‘langan obyekt-elementlar to‘plamidan iborat tizimdir. Kibernetik tizimlarga misollar: avtopilot, xolodilnikdagi harorat regulyatori, EHM, inson miyasi, tirik organizm, biologik ko‘payish, kishilik jamiyati. Tizim yana elementlar o‘rtasidagi aloqalarni ham o‘z ichiga oladi. Elementlar va ular o‘rtasidagi aloqalar har biri ma’lum qiymatlar to‘plamini qabul qiluvchi xossalarga (ko‘rsatkichlarga) ega bo‘lishi mumkin. Istalgan tizimning muhim sifati unda bu tizimga kiruvchi barcha elementlarning hisobga olish xususiyatiga egaligidir. Shu sababli tizimni o‘rganishda elementlarni alohida ketma-ket o‘rganishga imkon beruvchi elementlarga ajratish usuli yetarli emas. Tizimning har bir elementi o‘z navbatida tizim bo‘lishi mumkin, bunday holda u asos qilib olingan tizimga munosabati bo‘yicha tizim osti bo‘ladi (bunda tizim haqida aytilgan barcha tushunchalar unga ham tegishli bo‘ladi). O‘z navbatida istalgan tizim boshqa tizimning tizim ostisi bo‘lishi mumkin, munosabat bo‘yicha yuqori tizim tizim usti bo‘ladi. Tizim elementlarini oddiy sanab o‘tish bilan yoki biror to‘plamga tegisli xossalarining berilishi bilan yoki ketma-ket o‘zaro bog‘langan tizim ostilarga (komponentalarga, elementlarga) ajratilishi bilan ifodalanishi mumkin. Oxirgi holda elementlar yoki ularning guruhlari o‘rtasidagi eng muhim bog‘lanishlarni aks ettiruvchi "tuzilma" tushunchasini kiritish mumkin. Bu o‘zaro aloqalar tizimning va uning asosiy xossalarining mavjudligini ta’minlaydi. Tuzilma grafik akslanishlarda, nazariy-to‘plamli munosabatlarda, matritsalar ko‘rinishida ifodalanishi mumkin. Tizimni tasvirlash akslantirish maqsadiga bog‘liq.
Mashhur rus olimi A. A. Bogdanov o‘zining mulohazalarini ilk bor tizimli yondashuv asosida “Тектология: всеобщая организационная наука” deb nomlangan asarida bayon qilgan va shu tariqa tizimlar nazariyasi fani yaratilishiga asos solgan. U har qanday jarayon yoki ob’ekt muayan tashkillashtirilganlik darajasiga ega bo‘lishi to‘g‘risida gipotezani olg‘a suradi va barcha xodisalarni tashkillashtirish va parchalanish jarayonlari sifatida ko‘radi: ob’ekt elementlarining integrativlik darajasi yuqori bo‘lsa, uning tashkillashtirilganlik darajasi yuqori bo‘ladi. A.A. Bogdanov ta’kidlaganidek, har qanday insoniy faoliyat tashkillashtiruvchi yoki tashkillashtirilganlikni susaytiruvchi bo‘lishi mumkin. Tizim qanaqa sohada bo‘lmasin, raqobatda yaxshiroq tashkillashtirilgan tizimlar zaif tashkillashtirilgan tizimlardan ustun kelishadi. Demak, yangi fan tizimlarning barcha tashkillashtirish shakllarini o‘rganishi va ulardan eng ilg‘orlarini aniqlashi lozim degan fikr tug‘ildi. Shuning uchun, elementlar va quyi tizimlarni optimal tashkillashtirish - tektologiya deb nomlangan yangi fanning bosh vazifasi sifatida ko‘rsatildi. Keyinchalik, vaqt o‘tib, 1948 yilda Norbert Viner tomonidan kibernetika deb nomlangan yangi fan yaratildi.3 Ushbu fan mashina, tirik organizm va jamiyatlardagi jarayonlarni boshqarish qonuniyatlarini o‘rgana boshladi va murakkab tizimlarning avtomatlashtirilgan ravishda boshqarilishini ta’minlashni asoslab berishga harakat qildi. Natijada avtomatlar, kompyuterlar va turli avtomatlashtirilgan tizimlar kibernetik tizimlar sifatida ko‘rila boshladi. Ammo ushbu fan boshqaruvni avtomatlashtirish bilan cheklanib qolib, o‘z izlanish ob’ektini toraytirib qo‘ydi. Masalan, korxona va tashkilot boshqarilishini, ya’ni ijtimoiy tizimlarning boshqarilishini avtomatlashtirib bo‘lmaydi, chunki ular – noaniqlik va tavakkallar sharoitida evolyusion yo‘l bilan rivojlanayotgan murakkab tizimlardir. Shuning uchun ham, kibernetika fani ko‘proq aniqlik sharoitidagi tizimlarni o‘rganadi. Nafaqat to‘liq ma’lumot talab qiladigan muammolarni, balki noaniqlik va ehtimollik sharoitida vujudga keladigan muammolarni ham yechish maqsadida yangi ilmiy yo‘nalishlar paydo bo‘la boshladi. Bular – tizimlar nazariyasi, tizimli tahlil, qarorlar qabul qilish nazariyasi, sinergetika. Lyudvig fon Bertalanfi (1901–1972) murakkab tizimlar nazariyasiga birinchi bo‘lib asos soldi. U murakkab tizimlarning umumiy hususiyatlarini ta’riflashga muvaffaq bo‘ldi. U sodda va murakkab tizimlar hususiyatlarini alohida o‘rganib chiqdi. U sodda tizimlar tashqi muhitga nisbatan yopiq bo‘lishi va, aksincha, murakkab tizimlarning tashqi muhitga nisbatan ochiq ekanligini ko‘rsatib bera oldi. Tizimlar nazariyasi – aslida tizimlar to‘g‘risidagi fan, tizimli tahlil esa - tizimlarni o‘rganish metodologiyasidir. 70-yillar oxirida murakkab tizimlar nazariyasining “sinergetika” deb nom olgan yangi yo‘nalishi paydo bo‘ldi. Ushbu tushunchani 1977 yilda ilk bor mashhur olim German Xaken5 o‘zining sinergetika fanini asoslab berishga bag‘ishlangan asarida ta’riflab berdi. Sinergetika murakkab tizimlarning ortga qaytmas dinamikasini, ya’ni evolyusisini o‘rganadi. Bunda guruhlar nazariyasi, chiziqsiz muvozanatsiz termodinamika, tenzor tahlili, ofatlar nazariyasi, differensial topologiya, falsafa, mantiq kabi fanlarining metodologik apparatidan foydalaniladi. G‘arbda tizimlar nazariyasini R. Akoff, O. Lange, R. Merton, M. Mesarovich, T. Parsons, U. Ross Eshbi va boshqalar yanada rivojlantirishdi. Rus olimlaridan V. G. Afanasev, V. M. Glushkov, V. P. Kuzmin, Yu. G. Markov, I. B. Novik, L. A. Petrushenko, V. N. Sadovskiy, M. I. Setrov, V. S. Tyuxtin, A. I. Uemov, E. G. Yudin va boshqalar tizimlar nazariyasi va tizimli tahlil ilmiy yo‘nalishining rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shishgan. Tizimlar nazariyasi va tizimli tahlil – tizimlarning vujudga kelishi, rivojlanishi, degradatsiyasi va tugatilishi, hamda ularning turlari, tuzilmalari, funksiyalari va hususiyatlarini o‘rganuvchi fan. Tizimlar nazariyasi va tizimli tahlil fanining o‘rganish ob’ekti sifatida tizim ko‘rinishiga keltiriladigan turli ob’ekt va xodisalarni ko‘rish mumkin. Tizimlar nazariyasining o‘rganish predmeti sifatida tizim ko‘rinishiga keltiriladigan turli ob’ekt va xodisalarning vujudga kelishi, rivojlanishi, degradatsiyasi va tugatilishi, hamda ularning turlari, tuzilmalari, funksiyalari va hususiyatlarini ko‘rish mumkin.
Tizim tushunchasi, uning asosiy belgi va ko‘rsatkichlari. Zamonaviy ilmiy-texnik faoliyatning bosh xususiyatlaridan biri tadqiqot va loyihalash obyektlariga tizimlar sifatida yondashishdir. Bu narsa, ayniqsa boshqaruv obyektlarini tadqiq etish hamda avtomatik boshqaruv tizimlarini ishlab chiqish jarayonida yanada yaqqolroq namoyon bo'ladi. Tizimni o‘zaro bog‘langan va bir-biri bilan ta’sirlashuvchi elementlar majmui kabi ta’riflash mumkin. Tizimlarga misol sifatida alohida qism va detallardan tuzilgan texnik qurilma, hujayralar majmuasidan tashkil topgan tirik organizm, odamlar jamoasi, ishlab chiqarish korxonasi, davlat va shunga o‘xshashlarni ko‘rsatish mumkin. Tizimning o‘zaro bog‘langan bir qator elementlaridan tuzilgan qismi uning qismtizimlari (tizimosti) deb ataladi. Odatda tizim elementlari muayyan predmet sohasi obyektlari kabi aniqlanadi. Elementlarning tabiati bilan bog‘liq ravishda fizik, mexanik, ximik, biologik, iqtisodiy, kibernetik va boshqa tizimlarni farqlash mumkin. Xossalar — tizimni ifodalash va uni boshqa tizimlar orasidan ajratib turuvchi sifatlar boiib, ular qandaydir ko‘rsatkichlar (parametrlar) to‘plami bilan aniqlanadi. Istalgan tizimning muhim sifatiy belgisi shundaki, tizim unga kiruvchi elementlarning birortasida mavjud bo‘lmagan xossalarga ega bo‘ladi. Tizimning tuzilishi (strukturasi) — tizim elementlarining asosiy xossalarini belgilovchi barqaror o‘zaro ichki aloqalar majmuasidir. Berilgan vaqt momentidagi tizimning holati hal qilinayotgan vazifa nuqtayi nazaridan ahamiyatli bo‘lgan tizim ko‘rsatkichlarining qiymatlar to‘plami bilan aniqlanadi. Tizimning dinamikasi (harakati, xulqi) — bu tizimning bir holatdan boshqasiga o‘tishi, undan uchinchisiga va h.k. dan iborat jarayondir. Tizimning harakat tartibi (rejimi) quyidagilardan biri bo'lishi mumkin:
• doimiy, ya’ni tizim ham m a vaqt aynan bir xil holatda bo‘ladi;
. davriy, ya’ni tizim teng vaqt oraliqlarida aynan bir xil holatlardan o‘tadi;
• o‘tish rejimi — tizimning vaqt b o ‘y ic h a shunday ikkita davr oralig‘idagi harakatiki, bunda har bir davrda tizim doimiy yoki ilavriy rejimda bo‘ladi. Tizim elementi uning boshqa elementlariga ta’sir etishi va ularning holatlarini olzgartirishi mumkin. Agar bir elementning boshqasiga ta’siridan iborat jarayonda ta’sir etuvchi element holati haqida m a’lumot berilsa, u holda elementga axborotli ta’sir amalga oshirilgan bo‘ladi va birinchi element ikkinchi elementga signal uzatayapti deyiladi.Tizim elementlari tomonidan ishlab chiqiladigan signallar (ta’sirlar) tizimdan tashqariga uzatilishi mumkin, bu holda ular tizimning chiquvchi signallari (ta’sirlari) deyiladi. 0 ‘z navbatida elementlarga tizim tashqarisidan signallar (ta’sirlar) kelishi ham mumkin, ular kiruvchi signallar (ta’sirlar) deyiladi. Tizimning kirishi — kiruvchi ta’sirlar qo‘yiladigan yoki kiruvchi signallarni qabul qiladigan tizim elementlaridir. Tizimning chiqishi deb chiqish ta’sirlarini amalga oshiruvchi yoki boshqa tashqi tizimga signallar uzatuvchi elementlarga aytiladi. Berilgan tizim uchun boshqarish tushunchasi unga shunday kirish ta’siri yoki signal berilishini anglatadiki, buning natijasiila tizim o‘zini talab etilgan tarzda tutadi. Tizimni boshqarish — strukturasi yoki holatlari to‘plamini muayyan maqsad bilan o'zgartirishga qaratilgan ta’sirlar ko‘rsatilishi yoki signallar berilishi demakdir. Boshqarishdan ko‘zda tutilgan maqsad, odatda, tizimning mumkin bo‘lgan holatlari to'plami yoki qandayilir ko‘rsatkichiga nisbatan muayyan cheklashlar sifatida beriladi. Boshqarish jarayoni uchun asosiy belgilardan biri — qaror qabul qilish funksiyasini amalga oshiruvchi tizimning zarurligidir. Zamonaviy ilmiy-texnik faoliyatning bosh xususiyatlaridan bin tadqiqot va loyihalash obyektlariga tizimlar sifatida yondashishdir. Bu narsa, ayniqsa, boshqaruv obyektlarini tadqiq etish hamda boshqaruv tizimlarini ishlab chiqish jarayonida yanada yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Yirik tizimlar tadqiq qilinganda tizimli yondashish yagona ta’sirchan ilmiy yondashish boiadi. Tizimli yondashish — murakkab obyektlarning qiyin kuzatiladigan va qiyin tushuniladigan xossalari tadqiqotining uslubiyatidir. Tizimli yondashish bilan uzviy bogiiq tizimning tahlili va sintezi tushunchalari mavjud.
Download 13.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling