Reja: Transport bozori va uning mahsulotlarini xaraktrestikasi va o’ziga xosligi


Iqtisodiy – transport balans (ITB)


Download 66.64 Kb.
bet5/16
Sana11.05.2023
Hajmi66.64 Kb.
#1449933
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
transport xizmatlarini sotish texnologiyasi

Iqtisodiy – transport balans (ITB) bu ishlab chiqarish hajmi, talab etilayotgan mahsulot, tovar taqchilligi ko’rsatkichlari tizimidir. ITBning asosiy manbasi mamlakat ma’lum tumanlariga berilayotgan tovarlarning material balansi hisoblanadi.

Transportda talab va taklif bu – transportga bo’lgan ehtiyojlar va shu ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan transport xizmatlarini sotish uchun belgilangan hajmi.

Transport tarifi - bu yuk va yo’lovchi tashish uchun foyda, raqobatchilar narxlarini inobatga olgan xolda tashish yoki boshqa transport xizmatlar tannarxidan kelib chiqqan xolda, ularni belgilangan qiymati.
Transport bozorida raqobat - transport kompaniyalari o’rtasida hajm va sifat jihatidan mijozlarga xizmat ko’rsatish jarayonida vujudga keluvchi musobaqa.
Transport xizmatining raqobatdoshligi transport bozorida uning raqobatchilardan iste’molchilar uchun qulayroq bo’lgan farqli afzalliklarni taklif qilish.
Transport xizmatining raqobatdoshligi transport turi bo’yicha, kompaniya bo’yicha va ko’rsatilayotgan xizmat turlari bo’yicha yuzaga kelishi mumkin.


Transportda marketing vositachilari – bu transport mahsulotini talab va taklifni shakllantirishga, mahsulotni iste’molchilarga yetkazib berishga yordamlashuvchi kompaniya yoki kompaniyalardir. Masalan, ekspeditorlik kompaniyalari.
Transport kompaniyalarni marketing majmuasi - bu talabni o’rganish, transport xizmatini rivojlantirish va iste’molchilarni jalb qilish, shu jumladan reklama, chegirmalar, imtiyozlar orqali, xizmat ko’rsatishini yaxshilash kabi bir qator tadbirlar yig’indisi.
Transportda marketing boshqaruvi - bu transport marketingni asosiy qismi bo’lib, ma’lumotlarni yig’ish va tahlil qilish, transport bozorini monitoringini olib borish, yuk tashishni rejalashtirish va transport ishlarini rivojlantirish, minimal xarajat bilan transport bozorida maksimal natijaga erishish va talabni kuchaytirish masalalarini boshqarishdir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida marketing deyarli kompaniyani barcha boshqaruv sohalarini o’z ichiga olishi zarur, shuning uchun marketing boshqaruvi moliyaviy boshqaruvga, ishlab chiqarish faoliyatiga, ta’minot tizimiga, kadrlar siyosatiga o’z ta’sirni ko’rsatishi lozim.
Yuqorida bildirilgan fikrlardan kelib chiqqan holda, transportda marketingning asosiy tamoyillari deb quyidagilarni hisoblash mumkin:
- transportdan foydalanuvchilarning qiziqishlarini aniqlash maqsadida transport bozorini va uning iqtisodiy kon’yunkturasini chuqur o’rganish;
- transport bozorini segmentlash;
- Ishlab chiqarish va sotishning xaridor talablariga aniq javobi;
- Innovatsion ishlab chiqarish tamoyili
- Rejalashtirish va prognozlashtirish, ya’ni bozordagi vaziyatni his qilish;
- transport oqimini optimal boshqarish logistik tizimidan foydalanish.
Bu tamoyillarni quyida transportda foydalanish darajasini batafsil ko’rib chiqamiz.



Download 66.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling