2.3. Transportda marketingning asosiy funksiyasi (yo’nalishlari)
Transportda marketing transportda xizmat ko’rsatish va uni realizatsiya qilishni boshqarishni o’ziga xos tizimini namoyon etadi va bozor iqtisodiyoti sharoitida transport kompaniyalarini faoliyat yuritishida o’xshashi yo’q mexanizmdir.
Zamonaviy marketingni umumiy funksiyalari (bozorni o’rganish, rejalashtirish, baho belgilash) asoslanib transportni o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda transport marketingini quyidagi funksiyalarini (yo’nalishlar) ajratib ko’rsatish mumkin.
- transport bozorini kompleks o’rganish;
- transport xizmat ko’rsatish hududlarini iqtisodiyotni to’lov qobiliyatli talabini va iste’molchilarni aniqlash maqsadida o’rganish;
- transport kompaniyalari o’z imkoniyatlarini tahlil qilish, tashish ishlarini rejalashtirish, strategiya ishlab chiqish;
- transport mahsulotini sifati va turlarini oshirish bo’yicha tovar siyosatini ishlab chiqish;
- transport xarajatlari tahlili va narx (ta’rif) siyosati ishlab chiqish;
- sotish siyosatini ishlab chiqish;
- talabni shakllantirish uchun kommunikatsion siyosatni ishlab chiqish;
- transport marketing boshqaruvi.
Transportda marketingning asosiy funksiyalarini ixcham va sxematik ravishda umumiy ko’rinishini 4-rasmda ko’rishimiz mumkin.
4-rasm. Transport marketing konsepsiyasini asosiy yo’nalishlari[3]
Bu keltirilgan funksiyalar umumiydir. Transport turi va tashish turlari, har bir transport turlarini o’ziga xosligini hisobga olgan holda bir- biridan farq qiladi. Masalan, daryo transporti faqatgina odatda daryo atrofidagi hududlarga xizmat ko’rsatadi. Dengiz transporti esa, asosan katta port shaharlarga xizmat ko’rsatadi. Temir yo’l transporti esa xizmat ko’rsatish jarayoni yuqorida sanab o’tilgan transport turlari va avtomobildan tubdan farq qiladi. Ta’kidlab o’tish kerakki, hozirgi kunda barcha transport turlari to’g’ri keladigan umum marketing funksiyalari mavjud emas.
Amaliyotda marketing tizimi tashkilot marketingi holatiga asoslanib ishlab chiqiladi. Shu sababli yuqorida sanab o’tilgan transport marketingi funksiyalarini asosiylariga qisqacha holda to’xtalib o’tish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |