Transport mahsulotini sifati va turlarini oshirish bo’yicha tovar siyosatini ishlab chiqish. Tovar siyosati transport ishini takomillashtirish, yangi texnikalarni kiritish, transport koridorlarini rivojlantirish, poyezdlar harakatini tezlashtirish kabi aniq ishlar to’plami ko’rinishidagi marketing dasturini maxsus bo’limi hisoblanadi. Bu ishlardan maqsad ko’rsatilayotgan xizmatlarni sifat bo’yicha qo’yilayotgan talab darajasiga olib chiqish va ularni sotilishini samaradorligini ta’minlashdan iborat. Shu sababli temir yo’l transportida ko’rsatilayotgan xizmatlarga quyidagi talablar qo’yiladi:
· talabning mavjudligi va sotishning qulay sharoitlari;
· xaridorlarning ehtiyojlarini qondirish va o’xshash xizmatlarga nisbatan qo’shimcha ijobiy xususiyatlarga ega bo’lish, ya’ni raqobatbardosh bo’lish;
· xavfsizlik, ishonchlilik, sifatlilik;
· reklama, xizmat va uni ko’rsatuvchilari haqidagi axborot, savdo markasi, marketing tayyorgarligining mavjudligi;
· bozor uchun yangiligi;
· iste’molchiga to’g’ri keladigan narx (narxning pastligi; xaridor tovardan olmoqchi bo’lgan natija; to’lanadigan narx evaziga oladigan sifat darajasi);
· modelning mashhurligi va tovar ishlab chiqaruvchilarning obro’si;
· savdo (sotish) tarmog’ining mavjudligi, ochiqligi;
· servis xizmat ko’rsatish va kafolatlar, almashtirishning osonligi.
Transport xarajatlari tahlili va narx (ta’rif) siyosatini ishlab chiqish. Narx belgilash usullari firma talab chizmasiga (grafigiga) asoslanib, xarajatlarning hisobiy miqdorini belgilab, raqiblar narxini o’rganib, o’z mahsulotiga narx belgilashga kirishadi. Temir yo’l transportida narx belgilashning turli usullaridan foydalanish mumkin.
Narxni formulalarda belgilash. Ko’pgina kompaniyalar mahsulot sotish narxini aniqlashda sodda formulalardan foydalanadi. Bunday formulalar yalpi olganda ishlab chiqarish xarajatlarining jami bandlariga yoki bu bandlarning ayrim qismlariga alohida ma’no beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |