Reja: Transport bozori va uning mahsulotlarini xaraktrestikasi va o’ziga xosligi
Download 66.64 Kb.
|
transport xizmatlarini sotish texnologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ta’minotchilar
- Vositachilar
Makro-muhit yoki tashqi sharoitlar omillari asosan tizimli, umumiy bozor doirasidagi omillardan iborat. Bu yerga turli xil iqtisodiy, huquqiy, siyosiy, demografik, geografik, milliy, ilmiy-texnikaviy, texnologik, ijtimoiy-madaniy va boshqa xarakterdagi ta’sirlarning keng spektri kiradi.
Mikro-muhit yoki ichki sharoitlar omillari kompaniyaning faoliyati va uning imkoniyatlariga bevosita tegishli. Mikro-muhitning asosiy qismi kompaniya boshqaruvining nazorati ostida bo’ladi (faoliyat sohasini aniqlash, kadrlarni tanlash, xodimlar malakasining umumiy darajasi va marketing madaniyati, maqsadli bozorlar (segmentlar)ni, tovarlar harakatining yo’llarini tanlash, raqobat kurashida strategiyalarni ishlab chiqish, marketing vazifalarini yechish). Kompaniyaning mikro-muhiti tarkibiga ta’minotchilar, vositachilar, raqobatchilar, mijozlar (iste’molchilar) va aloqalar o’rnatiluvchi auditoriyalar kiradi. Biroq marketing faoliyatini uyushtirish jarayonida kompaniya qaramog’ida bo’lgan qismlarning manfaati ham hisobga olinishi zarur, shu jumladan, yuqori rahbariyat, moliyaviy xizmat, moddiy-texnika ta’minoti xizmati, ishlab chiqarish, buxgalteriya, ilmiy va konstruktorlik ishlari xizmati (5-rasm). Kompaniyaning umumiy maqsad va vazifalari, strategiya va siyosati yuqori rahbariyat tomonidan aniqlanadi. Ta’minotchilar - bu kelishilgan shartnomalarga ko’ra firmani xomashyo materiallari, jihozlar va texnik vositalar, komplektlovchi mahsulotlar, oziq-ovqat mahsulotlari va hokazolar bilan ta’minlab turuvchi kompaniyalar. Ular uch turga bo’linadi: eksklyuziv, qonun-qoidaga rioya qiladigan va chetki. Birinchilari - faqat mazkur firma bilan hamkorlik qiladilar, ikkinchilari - firmaga ham, uning raqiblariga ham xizmat qo’rsatadilar, uchinchilari - faqat raqobatchilar bilan ishlaydilar. Tabiiyki, eksklyuziv ta’minotchilarga yetarlicha katta hajmdagi faoliyat sohasiga ega bo’lgan, bunday ta’minotchiga barqaror ishni ta’minlay olgan firma ega bo’lishi mumkin. Qonun-qoidaga rioya qiladigan ta’minotchilarga kelganda esa, ular bilan yaqin munosabatlarni saqlab turish kerak, chunki ular firma haqida ham, uning raqiblari haqida ham boy axborot manbai bo’lib maydonga chiqishi mumkin. Ta’minot tizimining tashkil etilishi jiddiy ravishda marketing jarayonlariga ta’sir ko’rsatadi va resurslarning kamchiligi, tovar jo’natishdagi uzilishlar, albatta, sotish hajmiga va pirovard kompaniyaning izzat obro’iga ziyon keltirishi mumkin. Vositachilar - mahsulotlarni sotish va siljitishda firmalarga yordam beruvchi bozor (kompaniya) subyektlari. Shu bilan bir qatorda ular firma haqida va o’zlari haqida ma’lumot tarqatish bilan shug’ullanadilar. Vositachilar savdo va transport tashkilotlari, reklama va marketing agentliklari, sotish bilan shug’ullanuvchi firmalar va moliya tashkilotlari bo’lishi mumkin. Download 66.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling