Reja: Transport bozori va uning mahsulotlarini xaraktrestikasi va o’ziga xosligi


Download 66.64 Kb.
bet15/16
Sana11.05.2023
Hajmi66.64 Kb.
#1449933
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
transport xizmatlarini sotish texnologiyasi

Tabiiy muhit jamiki landshaft (manzara) va atrof-muhitning ifloslanishi quyidagi holatlarga bog’liq:
· xom ashyoni ratsional ishlatish darajasi;
· qayta ishlab chiqarishga imkonsiz tabiiy resurslardan foydalanish miqdori;
· butunlay yo’q bo’lish oldida turgan hayvonlar soni;
· azon qatlamining kamayishi va natijada "issiqxona taassuroti" vujudga kelishi.
Yo’nalishlarning har bir muayyan ko’rsatkichlari orqali atrof-muhitning u yoki bu tomonini tasniflash mumkin. Shu bilan birga bular marketing kuchlarining taassurotiga ham ega.
Umumiy yondashuv jihatdan tabiiy muhitning o’zgarishi quyidagi omillar atrofida ro’y beradi: xomashyoning tanqisligi (defitsit), energiyaning qimmatlashishi, atrof-muhitning ifloslanishi va tabiiy resurslarning davlat tomonidan muvofiqlashtirilishi.
Marketing nuqtayi-nazaridan hozirgi sharoitda suvoziq-ovqat, yog’och, neft, ko’mir hamda ayrim mineral turlarini ishlatishda oqilona yondashuv qo’llanishi katta ahamiyatga ega. Energiyaning qimmatlashishi, avvalo, neft qazish ishlari bilan bog’liq. Ma’lumki, ularning zaxiralari cheklangan va keyingi qazish jarayonlari yildan-yilga yirik investitsiyalarni talab etmoqda. Boshqa (alternativ) energiya turlarini topish borasida muhim izlanish va tadqiqotlar olib borilmoqda. Gap quyosh, yadro, shamol va boshqa energiya manbalari to’g’risida bormoqda.
Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda ekologiya qonunchiligi doimo takomillashtirish va o’ta talabchanlik tendensiyasiga ega. Demak, bu sharoitda atrof-muhitni himoya qiluvchi standartlarga rioya qilgan firmalar muammolarni yechish maqsadida kam kuch va vosita sarflanadigan yo’l va imkoniyatlarni amaliyotga jalb etishlari muqarrar.
Bozor kon’yunturasi ko’p tomondan demografik tavsiflar va aholi shakllanishining asosiy tendensiyalari bilan belgilanadi. Bunda shaxsiy iste’mol tovarlariga bo’lgan talabning rivojlanishi va ishlab chiqarishga mo’ljallangan tovarlar bozoridagi o’zgarishlar o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri aloqa kuzatiladi.



Download 66.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling