«O’rtacha xarajatlar plyus foyda» tamoyili bo’yicha narx belgilash. Tovarning tannarxiga muayyan ustama qo’yishdan iborat
bo’lib, narx belgilashning eng oddiy usuli hisoblanadi. Sotuvchilar xaridorlar oldida ular qo’ygan narx tannarx bilan sarflangan kapitaldan olinishi lozim bo’lgan adolatli foyda yig’indisiga teng ekanligini e’lon qiladilar. Ustama narx miqdori tovar turiga qarab, juda keng chegaralarda tebranib turadi.
«Ko’zlangan foyda normasi» olishni ta’minlaydigan narx belgilash. Bunday yondashuvni qo’llaydigan ishlab chiqaruvchilar oldindan sarf etilgan kapital uchun muayyan qaytim foiz olishga
intiladilar. Bu usul o’rtacha solishtirma xarajatlarni hisoblashga asoslanadi, investitsiyalangan kapital uchun kutiladigan qaytim foizi doimiy xarajatlarga qo’shiladi va xarajatlarning bir qismi hisobiga o’tkaziladi, so’ngra o’rtacha xarajatlar miqdori topiladi, endi orzudagi foydani ham o’z ichiga olgan narx belgilanadi.
Narxni chegaraviy xarajatlar bo’yicha belgilash. Bunday yondashuvni qo’llash bilan firma mahsulotining qo’shimcha hajm birligini bu mahsulotni ishlab chiqarishning alohida qiymatiga sotadi, bu holda xarajatlarning faqat bir qismi qoplanadi, foyda amalga oshmaydi. Narxni belgilashning bunday strategiyasi agar firma ishni to’xtatish xavfi ostida qolgan va foydalanadigan ishchi kuchini saqlab qolishni xohlagan sharoitlarda naf keltirishi mumkin.
2.4. Temir yo’l transportida marketing muhiti
Transport marketing muhiti deganda kompaniyada marketing xizmati xodimlarining mijozlar bilan yaxshi hamkorlik munosabatlarini o’rnatish va bu munosabatlarning saqlanishiga bevosita ta’sir ko’rsatuvchi subyektlar va kuchlarning majmui tushuniladi. Muhit doimiy o’zgarishda, ya’ni u yoki bu salbiy yoki ijobiy ta’sir ko’rsatishi mumkinligi sababli, uni tizimli o’rganish, alohida jarayonlarni va ularning o’zaro aloqasini kuzatish zaruriyati marketing tadqiqotlari jarayonida juda muhim tadbir bo’lib hisoblanadi. Hatto muhitning arzimas o’zgarishiga e’tibor bermaslik yoki nazoratni susaytirish kompaniyaning va bozorning boshqa subyektlari ishida juda og’ir oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Odatda muhitlar mikromuhit va makromuhitlarga ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |