Reja: Transport bozori va uning mahsulotlarini xaraktrestikasi va o’ziga xosligi
Download 66.64 Kb.
|
transport xizmatlarini sotish texnologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nomoddiy xarakteri
Umumiylik va ommaviylik transport bozori jamiyatda transportni rolini ajratib ko’rsatadi va xizmatlar bozorining bir qismi hisoblanadi. Biroq yuk tashish ishlab chiqarish jarayonining ishtirok etishini hisobga olsak, texnik va ishlab chiqarish maqsadiga yo’naltirilgan mahsulotlar bozorini ham bir qismi hisoblanadi. Har qanday mahsulot narxida transport xarajatlarini yotishi, transportni shu jumladan temir yo’l transportini moddiy tovar boyliklar yaratuvchi soha sifatida qarashga majbur qiladi. Bundan tashqari transport mamlakat mudofasi uchun strategik ahamiyatga ega. Inson hayotini va iqtisodining biror qismini transportsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Shu sababli transport zimmasiga xizmat ko’rsatish sifatini yaxshilash kabi vazifani yuklaydi.
Nomoddiy xarakteri transport bozorida ma’lum bo’lgan o’ziga xoslik bilan o’lchanadi. Transport mahsulotini jismoniy obyektining sifat standartlarini ishlatib bo’lmaydi. Shu sababli, bugungi kunda foydalanilayotgan “Transport xizmati sotuvi” tushunchasi unchalik to’gri emas, chunki xizmat ko’rsatiladi, sotilmaydi va buning uchun narx emas balki ta’rif asosida haq to’lanadi. Nomoddiylik transport xizmati to’g’ridan-to’g’ri ma’noda dizayn yoki qadoqqa ega bo’lmaganligi uchun, uni buyum sifatida ushlab ko’rish imkoniyati yo’qligi bilan izohlanadi. O’z xizmatini zaxirada saqlash imkoniyati yo’qligi bilan ham tavsiflanadi. Transport mahsulotining talab va taklif mos tushishi boshqa mahsulotlardan farqli ravishda, ishlab chiqarish va realizatsiya jarayoni o’rtasida tanaffus bo’lishiga olib keladi. Transport xizmatining manzil va vaqt jihatdan bog’liqligi uning nomuqobilliyligiga sabab bo’ladi. Transport xizmati sifat jihatidan doim bir xil bo’lolmaydi, chunki bir turdagi yukni bitta iste’molchiga turli vaqtlarda yetkazib berilishi vaqtga nisbatan farqlanadi. Transport xizmati hudud jihatidan turli transport turlari o’rtasida ichki raqobatbardoshligini chegaralaydi va mamlakat transport tizimida o’zaro logistik aloqalarga ehtiyoj oshadi. Transport bozorida u yoki bu transport o’rni uning universalligi, samaradorligi, texnik jihatdan ta’minlanganligi, o’tkazuvchanlik qobiliyati xususiyatlaridan kelib chiqib belgilanadi[1]. Bu ko’rsatkichlar transport bozorida taklifni tavsiflaydi. Chunki turli transport turlari yoki alohida transport kompaniya is’temolchilar talabini turlicha qondiradi, bu esa transport turlari o’rtasida raqobatni keltirib chiqaradi. Bu raqobat transport turlarini marketing strategiyasiga nisbatan sezuvchanligini ko’rsatadi. Ba’zi hollarda alohida transport turlari tabiiy monopol hisoblanadi masalan: temir yo’l transporti, quvur transporti. Odatda ishlab chiqaruvchilar “eshikdan-eshikkacha” tizimidagi tashish turini afzal ko’radilar. Magistral transport turi (avtomobildan tashqari) ancha samarali hisoblanadi, faqatgina ulardan bir birlari bilan aralash, intermodal tashishni tashkil etishni talab etadi. Bunga quyidagi tashish usuli misol bo’la oladi ya’ni tashish masofasini bir qismi temir yo’l transportida, bir qismi boshqa transport turlarida tashiladi. Transport turlari o’rtasidagi hamkorlik va kooperatsiya mamlakat transport tizimini yaxshilashga va iste’molchiga qulaylik tug’dirishi bilan ajralib turadi. Download 66.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling