Reja: Trombotsitlar agregatsiya va adgeziya xususiyatlarini faollovchi dori vositalari
Temir dorilarining boshqa dorilar va ovqat bilan o‘zaro ta’siri
Download 173.5 Kb.
|
Qon ivishiga, qon tuqimasiga ta’sir qiluvchi dori vositalarining klinik va farmakologik tavsifi
Temir dorilarining boshqa dorilar va ovqat bilan o‘zaro ta’siri
Temir dorilari bilan bir vaqtda qabul qilingan ba’zi dori moddalari uning so‘rilishini kamaytirishi mumkin. Masalan, oshqozon osti bezi dorilari ichilgandan keyin 1—2 soat davomida temirning so‘rilishi buziladi, chunki yuqorida nomi keltirilgan ikki valentli metallar temir bilan yomon eruvchi birikmalar (xelatlar) hosil qiladi. Xolestiramin va desferroksiamin (temir dorilaridan zaharlanganda) antidot sifatida ishlatiladi. Desferroksiamin (desferal) temir bilan kompleks hosil qilib, temirni tutuvchi oqsillardan (ferritin, gemosiderin) siqib chiqaradi va siydik orqali chiqib ketishiga sabab bo‘ladi. Biroq desferroksiamin gemoglobin va temir tutuvchi fermentlar tarkibidagi temirga ta’sir qilmaydi. Birlamchi va ikkilamchi gemoxromatoz, gemosiderozlarda va temirdan o‘tkir zaharlanganda uni mushakka, venaga yoki ichishga beriladi. Dorining o‘rtacha boshlang‘ich kunlik miqdori 1,0 (1—2 marta yuborish mumkin), quvvatlab turuvchi miqdori esa 0,5. Ampuladagi dori 5 ml bidistillangan suvda eritilib mushakka yuboriladi. Venaga esa 15 mg/kg tana og‘irligi hisobidan tomchilab yuboriladi; sutkalik yuqori miqdori 80 mg/kg. Temirdan o‘tkir zaharlanganda dori 5—10 g dan ichishga (suvda eritib) beriladi. Qondagi va to‘qimalardagi so‘rilgan temirni chiqarib yuborish maqsadida bir vaqtnint o‘zida dori mushakka har 3—12 soatda 1—2 g dan, og‘ir holatlarda esa venaga (1,0) tomchilab yuboriladi. Ba’zi bir vaqtlarda dori terida toshmalar toshishiga sabab bo‘lishi mumkin. Dori uzoq vaqt ishlatilganda ko‘z kosasi asosini va siydikda temir miqdorini tekshirib turish tavsiya etiladi. Homiladorlik davrida dorini ishlatib bo‘lmaydi. Temir tetrasiklinlar bilan birikma (xelatlar) hosil qilib, uning so‘rilishini buzadi. Askorbin, kahrabo kislotalari va ularning tuzlari, laktoza, fruktoza, asal, oltingugurt saqlovchi aminokislotalar (sistein, metionin), inozin bir vaqtda ishlatilganda ikki valentli temirning uch valentli temirga oksidlanishidan saqlaydi va uning so‘rilishini ko‘paytiradi. Har 30 mg ikki valentli temirga 200 mg dan askorbin kislota to‘g‘ri kelganda ichakdan temirning yuqori darajada so‘rilishi ta’minlanadi. Spirtli ichimliklar (ayniqsa uzoq ichilganda) temirning so‘rilishini yaxshilaydi va jigarda to‘planishini ta’minlaydi. Levomitsetin qizil ko‘mikning temirga sezuvchanligini pasaytirishi mumkin. Temir dorilarini choy bilan ichish tavsiya etilmaydi, chunki temir choy tarkibidagi tannin bilan birikib, temir so‘riligpini 30—80 foizga kamaytirishi mumkin. Ayniqsa qattiq ovqatlar, tuxum, fosfat, oksalat, karbonat saqlovchi ovqatlar tavsiya qilinmaydi, chunki bu mahsulotlar temir bilan birikmalar hosil qiladi. Download 173.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling