Reja: Trombotsitlar agregatsiya va adgeziya xususiyatlarini faollovchi dori vositalari


FIBRIIOLIZNI FAOLLOVCHI DORI VOSITALARI


Download 173.5 Kb.
bet7/11
Sana07.01.2023
Hajmi173.5 Kb.
#1081213
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Qon ivishiga, qon tuqimasiga ta’sir qiluvchi dori vositalarining klinik va farmakologik tavsifi

6. FIBRIIOLIZNI FAOLLOVCHI DORI VOSITALARI

Bularga fibrinolizin, streptokinaza, streptodekaza, urokinaza, plazminni faollovchi omillar kiradi.


Fibrinolizin (plazmin). Farmakodinamikasi. Fibrinogen odam qonidagi plazminogen (profibrinolizin) ning tripsin bilan faollanishidan hosil bo‘ladigan proteolitik ferment hisoblanadi.
Qondagi antiplazmin bilan tezda falajlanishi tufayli, preparat trombni faqat tashqi tomonidan eritadi xolos. Uning bu ta’siri organizmda va probirkada ham kuzatiladi.
Fibrinolizin o‘zining aminokislota tarkibi va uning joylashishi jihatidan tripsin va ximotripsin ga o‘xshashligi tufayli u endogen plazminogenni plazminga o‘tkazuvchi aktivator xususiyatiga ega.
Bundan tashqari, uning parchalanishi natijasida xosil bo‘lgan fibrinogen, fibrin monomeri polimerlanishiga va tromboplastin hosil bo‘lishiga qarshilik ko‘rsatadi. Shunga qaramay, fibrinolizin qon ivitish omillarini va antifibrinolitik xususiyatini oshirib yuborishi mumkin, shuning uchun uni geparin bilan birga yuborish tavsiya qyushnadi.
Farmakokinetikasi. Preparat venaga tomchilabyuboriladi, eritmasi steril natriy xloridning izotonik yoki 5% glukoza eritmasida (1 ml 100—160 TB xisobida) eritib tayyorlanadi. Fibrinolizin eritmasiga 10000—20000 TB geparin qo‘shib 10—15 tomchi/daqiqa tezlikda yuborila boshlanadi. Bemor dorini yaxshi ko‘tara olsa, tomchilar soni 20—30 tomchi/daqiqaga ko‘laytiriladi. Klinik sharoitdan kelib chiqib, davolash davomiyligi 10—14 kunni tashkil silishi mumkin. Davolash kursi tugagach 3—4 kungacha geparin yuborib turish, so‘ngra esa neodikumarin yoki tiklopidin berish tavsiya etiladi.
Uzaro ta’siri. fibrinolizinga geparin, neodikumarin, atsetilsalitsilat kislota, dipiridamol, tiklopidin qo‘shib beriladi. Allergik jarayonlarni kamaytirish maqsadida antigistamin dorilar qo‘shib beriladi.
Salbiy ta’sirlari. (geparin salbiy ta’sirlariga qarang).
Ishlatilishi. 1) Periferik arterial qon tomirlari trombozida (o‘tkir miokard infarktida, ishemik insultda) birinchi sutka davomida ishlatiladi.
2) Periferik venalar trombozi (preparat kasallik boshlangandan 5—7 sutka davomida samarali hisoblanadi). Tromboz yoki emboliya hosil bo‘lgandan keyin qancha ko‘p vaqt o‘tsa, fibrinolizinning samaradorligi shuncha kamayadi.
Streptokinaza. Farmakodinamikasi. Dori Sguruhiga mansub betagemolitik yetreptokokk kulturasidan olinadi. Organizmda ta’sir qiladigan fibrinolitik modda. Plazminogenni plazminga o‘tkazuvchi qonda aylanib yuruvchi proaktivatorini aktivatorgacha faollaydi. Bundan tashqari, streptokinaza plazminogen bilan kompleks (1:1) hosil qiladi, bu kompleks qolgan plazminogen molekulasini faollaydi. Preparat tromb ichiga kirishi va fibrinolitik tizilmani faollashtirishi bilan fibrinolizindan farq qiladi. Dori 16—18 soat davomida 20—30 tomchi/daqiqa tezlikda yuboriladi.
Yirik arteriya va vena tromblarida doridan yaxshi samara olinganda 6 kungacha davolashni davom ettirish mumkin.
Antitelo hosil bo‘lishi xavfining oshishi va sezuvchanlikning susayganligi munosabati bilan davolash davomiyligi 8—14 kundan oshmasligi kerak. Davolash kursini 3—6 oydan keyingina qayta o‘tkazish mumkin, bu xam xavfli, chunki qonda antitelolar miqdori ko‘payganligi sababli dorini katta miqdorlarda yuborish talab qilinadi.
Streptokinaza qon bilan tromb saqlovchi a’zolarda tarqaladi, bir qismi antitelo bilan birikadi. Molekulasi kichik bo‘lganligi sababli interstitsial va limfa suyuqliklariga o‘tadi.
Homilaning birinchi 3 oyligida preparat yo‘ldosh orkali yaxshi o‘tadi, homilaiing 2 va 3oyliklari davomida yo‘ldoshdan kam o‘tadi, ona sutiga xam kam o‘tadi.
Antitelostreptokinaza kompleksi kisman siydik orkali chikariladi, bir qismi esa jigar va qorataloq retikuloendotelial hujayralarida oligopeptidlar va amyanokislotalargacha parchalanadi va buyrak orqali chiqariladi.
Uzaro ta’siri. Dorini geparin, neodikumarin, antiagregantlar bilan birga ishlatilsa bo‘ladi, ularni bir vaqtda yuborish tavsiya etilmaydi. Allergiyaning oldini olish uchun uni glyukokortikoidlar bilan qo‘shib ishlatiladi.
Salbiy ta’sirlari. 1) Gemorragiya—geparin va bilvosita ta’sir qiluvchi antikoagulyantlarga nisbatan ko‘proq uchraydi. Bu asorat geparin ishlatilganda yanada ko‘proq uchraydi. Shu sababli streptokinaza ishlatilganda geparinni to‘xtatish kerak. Bu asoratni yo‘qotish uchun epsilonaminokapron kislota va antigemofil plazma yuborish kerak.
2) Allergik reaksiyalar, ko‘pchilik bemorlarda streptokinaza va uning unumlariga antitela borligi uchun yuborishning birinchi kunlarida ham uchrashi mumkin.
Shuning uchun uni sinab ko‘rish uchun glyukokortikoidlar bilan yuborib kurish tavsiya qilinadi, bu miqdorga allergik reaksiyalar (harsratning ko‘tarilishi, qaltirash, bosh og‘rig‘i, bo‘g‘imlarda og‘riq, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, taxikardiya, havo yetishmasligi, terida toshmalar) kuzatilmasa, asssiy miqdorni 1—2 soatdan keyin yuboriladi.
3) Dorini eritrotsitlar qobig‘iga erituvchi ta’siridan gemoliz va N mikdorining kamayishi kuzatiladi.
4) Vazopatiya natijasida buyrakning zaharlanish belgilari kuzatilishi mumkin.
Ishlatilishi. Upka arteriyalari va periferik arteriyalar emboliyasi, chuqur va yuza venalar trombozi, o‘tkir miokard infarkti (birinchi 8 soat davomida), ko‘z to‘r pardasi trombozi va boshqa trombozlar yuz berish xavfi bor holatlar,
Yuqorida sanab o‘tilgan holatlarda iloji boricha streptokinaza yubornsh tezroq boshlanganda samara yaxshi bo‘ladi.
Streptokinaza bilan davolashni nazorat qilib turish tavsiya etiladi, ayniqsa siydikni eritrotsitlarga tekshirish lozim.
Streptodekaza. Streptokinazaning uzoq ta’sir qiladigan dori shakli. Bir marta yuborilganda 48—72 soat davomida fibrinolitik ta’sir qiladi. Venaga birdaniga yuboriladi, retrombozning oldini olish uchun geparin bilan birga ishlatish tavsiya qilinadi. Geparin DOrynpng davOloVchy mikdori yuborilgach bir sutkadan keyin kiritiladi.
Urokinaza. farmakodinamikasi. Odam buyragi hujayralari kulturasidan olinadi. Urokinaza plazminogenni plazminga aylantiradi. Antitrombolitik ta’siri streptokinazaga nisbatan tez kuzatiladi. Preparat trombni ichidan va tashqarisidan eritish qobiliyatiga ega.
Farmakokinetikasi. Venaga tomchilab, ba’zan esa birdaniga sekinlik bilan yuboriladi. Ta’siri 10—20 daqiqadan keyin boshlanadi, yarim chiqib ketish vaqti 20 daqnqaga teng. Uzining klinikfarmakologik tavsifi bo‘yicha streptokinazaga yaqin. Streptokinazadan farqi unda kamroq allergiya kuzatiladi. Shu sababli uni qayta yuborish mumkin.

Download 173.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling