Reja: Trombotsitlar agregatsiya va adgeziya xususiyatlarini faollovchi dori vositalari


Aktilaza (trombni erituvchi to‘qima, faollovchi plazminsgen)


Download 173.5 Kb.
bet8/11
Sana07.01.2023
Hajmi173.5 Kb.
#1081213
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Qon ivishiga, qon tuqimasiga ta’sir qiluvchi dori vositalarining klinik va farmakologik tavsifi

Aktilaza (trombni erituvchi to‘qima, faollovchi plazminsgen)
Endoteliylarda ishlab chiqariladigan moddalar analogi bo‘lib, glikoproteid xisoblanadi, venaga yuborilganda fibrin yordamida faollangach plazminogenning plazminga o‘tkshini ta’minlab, fibrin trombning erishnga olib keladi (tromb to‘qimasi ichida).
Farmakokinetikasi. Venaga bolyus ko‘rinishida yuboriladi (1—2 daqiqa ichida), so‘ngra 1—3 soat davomida tomchilab yuboriladi.
Uzaro ta’siri. fibrinolizinga qarang.
Salbiy ta’sirlari. Ko‘ngil aynishi, qayt qilish, tana haroratining ko‘tarilishi, eshakem, bosh og‘rishi, kamros— kon oqishlar ko‘rinishida uchraydi. Qon oqishi kuzatilsa, yangi tayyorlangan plazma yoki qon quyiladi, shuningdek fibrinoliz falajlovchilarini yuborish mumkin.
Ishlatilishi. Utkir arteriya va venalar trombozi.
7. KAMKONLIKDA ISHLATILADIGAN DORI VOSITALARI

«Sorlom avlod uchun» xalqaro xayriya jamg‘armasining 1995 yildagi anjumanida ta’kidlaganidek, respublika aholisining 15 foiziga yaqini kamqonlik kasalligiga uchragan, o‘smirlar orasida bu raqam 20 foizni, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida bu ko‘rsatkich 25 foizni tashkil qiladi. Homilador ayollarning 70 foizi kamqonlik kasalligi bilan og‘riydi.


Qamqonlikka — ko‘p omilli, ko‘p nozologik, patologik jarayon sifatida qarash umumiy qabul qilingan bo‘lib, bu kasallykda qon tarkibida gemoglobin umumiy miqdorining kamayishi kuzatiladi.
Temir tabiatda keng tarqalgan, o‘zgaruvchan valentli element.
Inson organizmida 4—5 g temir bo‘ladi, uning 65— 67 foizi gemoglobin, qolgan qismi esa jigar, qorataloq va ilikda zahira (depo) holida to‘planadi. Odam organizmining temirga sutkalik talabi 1—2 mg.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) ekspertlarining ta’kidlashicha, organizmning temirga bo‘lgan fiziologik ehtiyoji, bu organizm tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan va sutka davomida organizm tomonidan yo‘qotilgan temir miqdori o‘rnini bosadigan va yangi to‘qimalar hosil bo‘lishini ta’minlaydigan temir miqdoriga teng.
Temir — gemoglobin, mioglobin, sitoxromlar, peroksidaza va katalaza fermentlarining asosiy tarkibiy qismi bo‘lib, u to‘qimalarga kislorod tashish, to‘qimalar nafas olishida hosil bo‘ladigan sof radikalli oksidlarni chiqarib tashlashda ishtirok etadi.
Samarali eritropoez (eritroblastlarning gemoglobin bilan to‘yinishi) uchun organizmda temir moddasi yetarli bo‘lishi shart. Temir moddasining yetilgan eritrotsitlarga o‘tkazilishi asosan retseptorlarda transferindan ajralish yo‘li bilan vujudga keladi.
Erkaklarda temir asosan siydik, axlat, ter orqali va terining muguzlanishi natijasida (sutkasiga 1 mg ga yaqin), 95 foiz ayollarda esa hayz ko‘rish natijasida (2 mg/kunga) chiqib ketadi. Homiladorlik davrida temirga ehtiyoj (10 mg/kunga) ortadi.
Bolalarda temirni organizmdan yo‘qotish kattalarga nisbatan kam bo‘lsada, organizmning tez o‘sishi hisobiga temirga ehtiyoj yuqori bo‘ladi.
Temir yetishmovchiligi organizm tomonidan o‘zlashtirilayotgan temir bilan bir kechakunduzda qabul qilinayotgan temir orasidagi nisbat buzilganda kuzatiladi, buning natijasida ko‘mikning temir bilan ta’minlanishi va eritrotsitlar paydo bo‘lishi buziladi.
Temir o‘zlashtirilishining kamayishi qabul qilinayotgan ovqat moddalari (go‘sht, jigar, taloq va o‘simlik mahsulotlari) tarkibida uning miqdorining kamligi yoki biologik o‘zlashtirilishi buzilishi natijasida kuzatiladi.
Temir yetishmovchiligi fiziologik sabablar (organizmniig o‘sishi), ayollarda hayz ko‘rish davrida, qon yo‘qotish va homiladorlikda hamda ychykda yashovchn parazitlar natijasida kuzatiladi.
So‘rilgan temirning 40—70 foizi go‘sht tarkibidagi gemoglobin va mioglobin hisobiga to‘g‘ri keladi. Aholining to‘laqonli ovqatlanmasligi, ayniqsa uglevodga soy ovsat bilan ovqatlanish sog‘lom aholi orasida, tyniqsa bolalar, o‘smirlar, hayz ko‘rayotgan ayollar va homilador ayollarda temirga talab yuqori bo‘lishini ko‘rsatadi (32jadval).
Temir yetishmovchiligi natijasida kelib chiqqan kamqonlikning patogenetik davosi temir tutuvchi doridarmonlar (33jadval) yuborishga asoslangan. Bu dorilarni bemorga ichish uchun berish, mushakka va venaga yuborish mumkin.



Download 173.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling