Reja: Trombotsitlar agregatsiya va adgeziya xususiyatlarini faollovchi dori vositalari
Temir dorilari bilan davolash samaradorligini kuzatish
Download 173.5 Kb.
|
Qon ivishiga, qon tuqimasiga ta’sir qiluvchi dori vositalarining klinik va farmakologik tavsifi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Temir dorilari bilan samarali davolashning klinik va laboratoriya belgilari
Temir dorilari bilan davolash samaradorligini kuzatish. Temir yetishmovchiligini davolashning birinchi davrida (3—4 hafta davomida) eritrotsitlar sonini, gemoglobin miqdorini va qonning rang ko‘rsatkichini hafta davomida 1—2 marta tekshirib turish tavsiya etiladi. Sutka davomida gemoglobinning o‘sishi 0,1 — 0,2 g foizga, eritrotsitlar soni 40000 mm3ga ko‘paysa, davolash samarali hisoblanadi. Gemoglobin miqdorining 11,5—12 g foiz ko‘tarilishi kasallikning birinchi davri tugaganligini ko‘rsatadi. Temir yetishmovchili
34j a d v a l Temir dorilari bilan samarali davolashning klinik va laboratoriya belgilari
fH bilan kechayotgan kamqonliknipg yashirin davrini davolash davomida qon zardobidagi temir miqdorini nazorat qilib turish tavsiya etiladi (bu ko‘rsatkich dori ichishni 5—7 kun to‘xtatilgandan keyin aniqlanadi). Qon zardobida temir miqdorining bemor uchun individual normallashuvi yashirin temir yetishmovchiligining tugatilgani haqida xulosa chiqarish imkonini beradi (34jadval). Organizmda temir yetishmayotganda davolash kursi uchun ishlatiladigan dorining miqdori quyidagi formula yordamida (mg) =/bemorning tapa og‘irligi (kg)x2,5/x/16,5—(13x bemorning 100 ml qon tarkibidagi gemoglobin miqdori/hisoblanadi. N Sali bilan aniqlanganda g larga o‘tkazish uchun 100 foiz N Sali bo‘yicha 16,5 ga 100 ml deb olinadi. 50% N 40% N 35% N 30% N 25% N Misol: 60 kg tana og‘irligidagi bemor uchun N miqdori Sali bo‘yicha 35 foiz yoki 5,78 g ga teng bo‘lsa. Organizmda yetishmayotgan temir miqdori — /60 kgx2,5/x x/16,5—(13—5,78) % = 1350 mg ga teng bo‘ladi. Bu degani 60 kg ogirlikdagi bemor organizmidagi temir yetishmovchiligini qoplash uchun davolash kursi davomida 67,5 ml ferkoven olishi kerak bo‘ladi va hokazo. Sianokobalamin va folat kislotasi. Bu dori moddalarining farmakokinetikasi va farmakodinamikasi vitaminlar bo‘limida berilgan. Homilador ayol jigarida Bi2 vitamini miqdori kattalar jigaridagi miqdorning 1/3 qismini tashkil etadi. Chaqaloq bola jigarida 25 mkg ga yaqin Bi2 bo‘lib, u 1 yoshgacha bo‘lganda sezilarli darajada kamayadi. V12 yetishmovchiligi organizmda uning barcha to‘plangan (zahira) qismi tugaganda seziladi. Bu holat esa organizmga vitamin tushishi to‘xtagandan so‘ng 2—4 yildan keyingina yuzaga chiqadi. Vitamin Bi2 yetishmovchiligining yagona bir sababi Kastl ichki omilining tug‘ma va hayot davomida orttirilgan yetishmovchiligidir, ya’ni uning yaxshi so‘rilmasligidir. Shu sababli organizmga oksikobalamin kiritish ma’quldir, chunki u oqsillar bilan yaxshi bog‘lanadi. Organizmga 80 mkg kiritilganda 40 soatdan so‘ng vitaminning to‘planishi tiklanadi. Bu muddat ichida 90—95 foizi organizmda qoladi va o‘zlashtiriladi. Shuning uchun uni ozoz miqdorda kiritish foydali hisoblanadi. Kasallikning og‘irengilligini hisobga olib, 6—7 kun davomida 100—200 mkg dan kuniga bir martadan berib boriladi. Gematologik ko‘rsatkichlar esa periferik qonning umumiy analizidan va qon zardobidagi Bi2 miqdorini aniqlash orqali bilinadi. Davolash bosqichi uchun 1500—3000 mkg miqdorda berish mumkin, quvvatlab turuvchi miqdor esa 100 mkg dan bir oy davomida 2—3 martadan beriladi. So‘ngra 3 oyda bir marta 100 mkg berib turiladi. Keyinroq esa yarim yilda 1 marta beriladi. Kamqonlikning og‘ir ko‘rinishida esa eritrotsitlar soni bir mln ga kamayib ketganda yoki funksional miyelozlarda dori kuniga 500—1000 mkg dan 5—10 kun davomida va keyinroq esa haftasiga 1—2 marta remissiya uchun beriladi. Kasallikning og‘ir ko‘rinishida esa bemor hushdan ketib qolganda tezda bemorga eritrotsitar massa yoki 1 litrgacha yangi tayyorlangan donor qonini quyish tavsiya etiladi. Davolash foyda bermaganda oz miqdorda kortikosteroidlar qo‘shib beriladi. Chunki ular oshqozonichak shilliq pardasi tiklanishini va tabiiy kortikosteroidlar ajralishini kuchaytiradi hamda autoantitelo h,osil bo‘lishini kamaytiradi. Davolashdan so‘ng bemor faol bo‘lib qoladi, nshtaxasi ochiladi, tilidagi og‘riqlar kamayadi, periferik qon analizida gematologik ko‘rsatkichlar me’yoriga keladi. Qasallikning nevrologik belgilari bor bemorlar 6 oygacha davolanadi. Download 173.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling