6.2. Uch sharnirli arkalarning qo‘zg‘almas yuklar taʼsiridan analitik usulda hisoblash
Tayanch reaksiyalarni aniqlash
6.4 - rasm
Uch sharnirli arkaga vertikal yuklar taʼsir qilayotgan hol uchun tayanch reaksiyalarni aniqlaymiz (6.4 – rasm).
VA va VB vertikal reaksiyalar HA va HB lar esa gorizontal reaksiyalar bo‘ladi. Ularning qiymati-ni topish uchun muvozanat tenglamasi hamda qo‘shimcha to‘rtinchi tenglama MCo‘ng=0,yoki MCchap=0 tuziladi. Ularning aniq-lash tartibi quyidagicha bo‘ladi: MC=0 dan VA aniqlanadi. MA=0 dan VB aniqlanadi. MCo‘ng=0 dan HB aniqlanadi. X=0 dan HA aniqlanadi
Tekshirish uchun Y=0 va MCchap=0 tenglamalaridan foydalanish mumkin.
Ichki zo‘riqishlarni aniqlash
Arkalar uchun eguvchi moment (M), kesuvchi kuch (Q) va bo‘ylama kuchlar (N) ichki zo‘riqishlar bo‘ladi. Ularni quyidagi umumiy formulalar yordamida aniqlanadi.
Mx=M=–M; QX=V=–V; NX=U=–U (6.2)
chap o‘ng chap o‘ng chap o‘ng
Arkaning ixtiyoriy K kesimidagi egiuvchi moment shu kesimning bir tomonidagi xamma kuchlardan kesim og‘irlik markaziga nisbatan olingan momentlarning algebraik yig‘indisiga teng (6.5 – rasm).
MK=VaXk-R(Xk-a1)-R2(Xk-a2)-H*Yk (6.3)
yoki
6.5-rasm
MK=M0X–H∙YX (6.4)
Demak, arkaning K kesimidagi eguvchi moment (6.4) shu arkaga tegishli bo‘lgan oddiy balkaning xuddi shu mos kesimidagi eguvchi moment M0K (6.6 – rasm) va keruvchi kuchdan olingan moment HYK ayirmasiga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |