Reja: Virusologiyada qo’llaniladigan mikroskopik tekshirish usullari. Virusologiyada qo’llaniladigan hujayra kulturalari va ularni olish usullari. Laboratoriya hayvonlariga yuqtirish yo‘li bilan viruslarni o'stirish va ajratib olish


Download 33.98 Kb.
bet3/7
Sana18.06.2023
Hajmi33.98 Kb.
#1581824
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Nodira virusologiya

Viruslarni tozalash usullari. Ba’zi virusologik tekshiruvlami o‘tkazish uchun, masalan, elektronmikroskopik, shuningdek, viruslarning fizik-kimyoviy
xususiyatlarini o‘rganish uchun begona aralashmalarsiz, o‘ta tozalangan
preparatlar kerak bo’ladi. Ikki marta sentrifugalash yo’li bilan
konsentrlangan virus tutuvchi materia) lar shunday tozalanishi zarurdir.
Qo‘shimcha tozalash ishlari fizik-kimyoviy usullar bilan amalga
oshiriladi.
Differensial sentrifugalash. Cho‘kish tezligiga ko‘ra turli
kattalikdagi bo’laklarni ajratish usuli. Bu usulda virus tutuvchi material
ko‘p marotaba kichik (2000-3000 ayl/daq) va katta (40000-50000
ayl/daq) tezliklarda sentrifugalanadi. Virus bir cho‘kma usti suyuqligida
(kichik tezlikda), bir cho‘kmada (katta tezliklarda) bo‘ladi,
resuspenziyalanib, yana sentrifugalanadi. Bu yo‘l bilan virusning yuqori
darajada tozalanishiga erishiladi.
Zichlik gradientida sentrifugalash. Viruslarni tozalash va
ulaming zichligini aniqlash uchun qo’llaniladi.
Bu usulda sentrifuga probirkasiga moddaning har xil zichlikdagi
eritmalari qavat-qavat qilib quyiladi (masalan, saxaroza), bunda eng
yuqori zichlik (virus zichligidan yuqori) probirka tubida hosil qilinadi,
yuza qismiga qarab esa, zichlik asta-sekin kamayib boradi. Tozalanuvchi
virus tutuvchi aralashma yuqori qismga quyiladi. Sentrifugalash vaqtida
har xil zichlikdagi bo’laklar eritmaning turli qatlamlarida alohida zona
sifatida taqsimlanadi. Ma’lum zichlikka ega bo’lgan viruslar, to‘qima
bo’laklari zichligidan farq qilib, qaysidir bir zonada joylashadi va ularni
toza holda ajratib olish ham mumkin.
Tozalash usullarining boshqalari ham qo’llaniladi, masalan,
viruslarni alkogol ta’sirida cho‘ktirish va boshq.
Agar virusni yana tozalash kerak bo’lsa, yoki ularning komponentlami o‘rganish zarur bo’lsa, ularni fraksiyalarga ajratish usullari
qo’llaniladi. Ya’ni o‘rganilayotgan virus preparati bir necha fraksiya
(bo’lak) larga bo’linadi va har biri alohida tekshiriladi. Fraksiyalashda
elektroforez, xromatografiya, ion almashinuvchi smolalar ishlatiladi.
Hujayra kulturasi - sun’iy sharoitda o‘sish va ko‘payish
qobiliyatiga ega bo’lgan, odam yoki hayvonning to‘qima hujayralaridir.
Virusologiyada hujayra kulturalari muhim ahamiyatga egadir. Ular
virusli infeksiyalar diagnostikasida va virusologiyada ilmiy tekshirishlarni o‘tkazishda o‘ta zarur bo‘lgan vaksinalarni ishlab
chiqarishda qo’llaniladi.
Viruslami o‘stirishda va ajratib olishda hujayra kulturalarini
qo’llash universal usul hisoblanadi, chunki ko‘plab viruslar uchun
sezgir, ya’ni ular ko‘paya oladigan kulturalami tanlab olish mumkin.
Hujayraga viruslar sitopatik ta’sirining mavjudligi ishlashda
qulaylik keltirib chiqaradi. SPTga ko‘ra zararlangan hujayra kulturasida
virusning borligini oson aniqlash mumkin.
Viruslarni hujayra kulturasida o'stirish boshqa usullarga nisbatan
qulay standart usul hisoblanadi, chunki hujayra kulturasi bir turdagi
hujayralardan tuzilgan, nomaxsus ingibitorlar va antitelolar saqlamaydi.
Kamchiliklariga kelsak, hujayra kulturalarini tayyorlash qiyinroq,
birlamchi kultura tayyorlanadigan to‘qimalar ko‘pincha latent viruslar,
mikoplazma, bakteriya, zamburug‘lar bilan zararlangan bo’ladi.

Download 33.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling