Reja: Virusologiyada qo’llaniladigan mikroskopik tekshirish usullari. Virusologiyada qo’llaniladigan hujayra kulturalari va ularni olish usullari. Laboratoriya hayvonlariga yuqtirish yo‘li bilan viruslarni o'stirish va ajratib olish


Download 33.98 Kb.
bet6/7
Sana18.06.2023
Hajmi33.98 Kb.
#1581824
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Nodira virusologiya

Tovuq embrionining tuzilishi. Tovuq embrioni ohaklangan qobiq
po‘st bilan qoplangan bo’lib, uning ichki tomoniga bu qobiq alohida
havo bo‘shlig’i hosil qiladi. Po'stloq qobig’i ostida xorioallantois
qobig’i bo’lib tuxumning to‘mtoq uchida po‘stloq qobig’iga o‘tadi.
Bu qobiq qon tomirlarga boy bo’lib, embrionning nafas olish
organi vazifasini bajaradi. Uning ichki tomonida allantois bo‘shlig’i joylashib, u ajratish organi vazifasini bajaradi va murtakni qurib qolish
va turli ta’sirotlardan himoya qiladi. Allantois bo‘shlig‘i amnion
suyuqligi bilan to’lgan amnion bo‘shlig‘ida joylashgan murtak atrofini
o‘rab turadi. Murtak sariqlik ipi orqali asosiy oziq manbai bo‘lgan
sariqlik xaltachasi bilan bog’langan. Rivojlanishning kechki
bosqichlarida embrion oziq moddalarni tuxumning o‘tkir uchida
joylashgan oqsil xaltachasidan oladi.
Ishga tayyorgarlik. Rivojlanayotgan tovuk embrionida virusni
o‘stirish uchun ma’lum tartibdagi harorat (odamda 36 - 38°C), namlik
(50 - 70%), shuningdek, yetarlicha ventilyasiya zarur. Virus turi va uni
yuqtirish usulidan qat’iy nazar, tovuq embrioniga virusni yuqtirish
inkubasiyadagi tuxumning 6 kundan 13 kungacha bo’lgan muddatlarida
amalga oshiriladi. Ilmiy izlanish maqsadi va virus
xususiyatlarini bilgan holda virusning optimal yuqtirish dozasini va
embrionni virus bilan zararlashning to‘g‘ri usulini tanlay bilish lozim.
Barcha operasiyalar aseptik sharoitda, imkoni boricha bokslarda
o‘tkaziladi.
Ish uchun quyidagilar tayyorlanadi: tuxum uchun taglik, spirtli
va yodli sharchalar, steril parafmli probirka, yopqich oynalar, steril
paxtali qopcha, doka, qog‘oz bilan o'ralgan steril idish, steril shprislar,
ignalar, pinsetlar, preparat ignalari.
Asboblar butun ish davomida spirtli stakanga solingan holatda
bo’lib, har bir o‘tkazilgan manipulyatsiyadan so‘ng gorelka alangasida
qizdirib sterillanadi. Ish boshlashdan oldin qo‘llar yaxshilab yuviladi va
dokadan tayyorlangan niqob taqib ishlash tavsiya etiladi.
Ish boshlash uchun yashash qobiliyati saqlangan embrion tanlab
olinadi, buning uchun maxsus yoritilgan quti - ovoskopda inkubasiyadagi
tuxumdan nur o‘tkazib ko‘riladi. Yoritilgan tuxum po‘sti orqali embrionni,
xorioallantois qobiq tomirlarini, havo qopchasi chegarasini ko‘rish mumkin.
Hayot qobiliyati saqlangan embrion harakatchan bo‘lib, qon tomirlari qon
bilan to‘la bo’ladi. Tuxum po‘stlog‘ida havo qopchasi chegarasi va embrion
holati qalamda chizib belgilanadi.
Tanlab olingan tuxumning to‘mtoq uchi (yoki tuxumning yon tomoni)
yaxshilab dezinfeksiya qilinadi: po‘stloq spirt bilan artiladi; yod suriladi; yana
spirt bilan artiladi va qoida bo‘yicha alangada tutib qizdiriladi.
Laboratoriya hayvonlariga yuqtirish yo‘li bilan viruslarni
o‘stirish va ajratib olish.
Viruslarni o‘stirish va ajratib olish maqsadida laboratoriya
hayvonlariga yuqtirish usuli hujayra kulturalari va tovuq embrioniga
nisbatan kamroq qo’llaniladi. Shunga qaramay bir qancha virusli
infeksiyalarda hayvonlarga yuqtirib qo‘zgatuvchini aniqlash muhim
ahamiyat kasb etadi (masalan, Koksaki virusi, qutirish virusi, kanali
ensefalit viruslarini aniqlashda). Shuni ta’kidlash kerakki, viruslarni
hayvonlarga yuqtirish yo‘li bilan ajratib olish usuli uzoq yillar
mobaynida birinchi va yagona usul bo‘lib kelgan va bu usul yordamida
bir qator viruslar aniqlangan.
Eksperimental modellar. O‘rganilayotgan virusga sezgir
hayvonlar eksperimental modellar deyiladi. Model sifatida ma’lum
viruslarga sezuvchan va yuqori moyillikka ega hayvonlar tanlab olinadi. Tajriba uchun olingan hayvonlar bir turga, ma’lum bir
yoshga ega bo’lishi va bir xil sharoitda saqlanishi lozim.
Tajriba o‘tkazilayotgan hayvonning yoshi infeksiyaning yuzaga
kelishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, Koksaki virusi bilan
zararlantirishda yetti kunlik sichqonlardan foydalaniladi, chunki ular bu
infeksiyaga 3-4 haftalik sichqonlarga nisbatan moyilroqdir.
Viruslarni samarali ajratib olish uchun, laboratoriya hayvonlarida
ko‘p uchraydigan virusli, bakterial, protozoy etiologiyali latent
(yashirin) infeksiyalarlardan holi bo’lgan hayvonlardan foydalanish
kerak.
Bunday kasalliklarga virusli zotiljam kasalligi, oq sichqonlarning
virusli ensefalomieliti, sutemizuvchilarning va qushlarning protozoy
ensefaliti va boshqalar kiradi. Virusologik ishlar uchun ko‘pincha toza
naslli eksperimental hayvonlar ishlatiladi. Ularda irsiyat bir xil bo’lib,
latent infeksiyalar kam uchraydi va ular viruslarga nisbatan yuqori
moyillikka egadir. Viruslarga, ayniqsa, gnotobiont hayvonlar sezgir
bo’ladi. Hayvonlar bilan olib boriladigan ishlarni bokslarda yoki
vivariyning maxsus operasion xonasida o'tkazish tavsiya qilinadi.
Barcha chiqindilar va o’lgan hayvonlar murdalari avtoklavlanadi va
yoqiladi.

Download 33.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling