Reja: Virusologiyada qo’llaniladigan mikroskopik tekshirish usullari. Virusologiyada qo’llaniladigan hujayra kulturalari va ularni olish usullari. Laboratoriya hayvonlariga yuqtirish yo‘li bilan viruslarni o'stirish va ajratib olish


Virus tutuvchi materialni qayta ishlash


Download 33.98 Kb.
bet2/7
Sana18.06.2023
Hajmi33.98 Kb.
#1581824
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Nodira virusologiya

Virus tutuvchi materialni qayta ishlash
Olingan infeksion material aseptikaga rioya qilgan holda steril
idishga solinib, mustahkam yopiladi, muzli termosda laboratoriyaga
yuboriladi.
Viruslar tez inaktivatsiyaga uchraganligi uchun material qisqa
muddatda tekshirilishi lozim. Virusni saqlash uchun tekshiralayotgan
material (50% glitserin eritmasida) 5°C dan yuqori boMmagan haroratda
muzlatgichga qo‘yiladi. Lekin eng ishonchli usul -45° С va undan past
haroratda muzlatilgan holda saqlashdir; bunday sharoitda virus o‘z hayot
faoliyatini uzoq vaqt saqlaydi.
Virus saqlovchi qattiq materialni qayta ishlash uchun uni
xavonchada ezish yoki maxsus apparat - gomogenezatorda maydalash
kerak. Keyin tuzli eritmada 10% li aralashma tayyorlanib, 2000-3000
ayl/daq 15-30 daqiqa (yirik boMaklar cho‘kmaga tushishi uchun)
sentrifugalanadi. Viruslar cho‘kma usti suyuqligida qoladi va
keyinchalik uni tekshirish davom ettiriladi.
Suyuq virus tutuvchi material sentrifugalanadi va xuddi shunday
cho‘kma usti suyuqligi olinadi. Begona mikrofloradan tozalash. Virus tutuvchi cho‘kma usti suyuqligining bakteriologik sterilligiga shubha bo’lsa, begona
mikroorganizmlami yo‘qotish maqsadida unga antibiotiklar qo‘shiladi.
Antibiotiklar viruslarga ta’sir qilmaydi va ular o‘z hayot faoliyatini
saqlab qoladi. Penisillin, streptomitsin (200-1000 ТВ/ml) va nistatin (20
ТВ/ml) qo’llaniladi. Hozirgi vaqtda antibiotiklarga chidamli
shtammlaming ko‘p tarqalganligi sababli keng ta’sir doirali antibiotiklarni yoki ulaming birikmalarini (masalan: tetrasiklin, oksasillin, gentamitsin va boshqalar) qo’llash ma’qulroqdir.
Qoida bo‘yicha 30-60 daqiqalik aloqa bakterisid ta’sir uchun yetarli bo‘ladi,
lekin shunda ham material bakteriologik sterillikni nazorat qilish uchun
oziq muhitga ekilishi zarur. Begona mikrofloradan holi bo’lgan virus
saqlovchi suyuqlikdan keyingi tekshiruvlarda foydalaniladi.

Download 33.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling