Reja: vitaminlar haqida qisqacha maʻlumot vitaminlar kelib chiqish tarixi yogʻda eriydigan vitaminlar
Download 30.6 Kb.
|
VITAMINLAR
C-vitamini. (Askorbat kislota). Suvda va spirtda oson eruvchi rangsiz
kiiitallardir. Askorbat kislota o ʻsimliklar dunyosida keng tarqalgan. U daraxtlarning koʻk barglarida, karam, qalampirda, sitrus o ʻsimliklarda, qora smorodinada koʻproqdir. Kartoshka tarkibida bu vitamin ʻkamroq bo ʻladi. C vitamin organizmda moddalar almashinuvi jarayonlarida, tomirlar devorining oraliq moddasi-kollagen va prokollagenlarning sintezlanishida ishtirok etadi. Shu bilan birgalikda organizmda biriktiruvchi to ʻqimaning, tish dentin moddasi, suyaklarning, togʻaylarning hosil bo ʻlishi jarayonlarida ishtirok etadi deb xisoblanadi. Hazm sistemasi, jigar, qon sistemasi, nerv va endokrin sistemalarining faoliyati ham ma ʻlum darajada askorbat kislotaga bogʻliq. Hayvonlarning katta qorni va yoʻgʻon ichaklarida askorbat kislota mikroorganizm tomonidan sintezlanadi. Shuning uchun ham hayvonlarda Cvitaminozi odatda kam uchraydi. Odamlarda askorbat kislotaning yetishmasligi natijasida Cinga (lavsha) yoki skorbut deb ataladigan kasallik kelib chiqishi ilgaridan m a ʻlum. Maymun va dengiz choʻchqalarini uzoq vaqt vitamin C-dan mahrum qilib, tajribada Cinga kasalligini h o sil qilish mumkin. Agarda dengiz choʻchqalari ikki-uch hafta davomida tarkibida vitamin C boʻlmagan ozuqa bilan boqilsa, ularning bugʻimlari shishadi, ular yonboshiga orqasiga ogʻanab yotib qoladi. Tish, milklari shishib, qonaydi, tishlari qimirlab qoladi, to ʻkiladi va davolanmasa tez kunda o ʻladi. P-vitamin. (Rutin). O ʻtkazuvchanlik vitamini, bu vitamin yetishmasligi natijasida tomirlar murtlashib o ʻtkazuvchanlik xususiyati oshadi. Natijada ozgina t a ʻsirot ostida ham tomirlardan qon kelaveradi. P-vitamini guruhiga biologik ta ʻsiri bir-biriga o ʻxshash bir qator moddalar-flavon pigmentlar kiradi. Ular ichida eng ahamiyatlisi rutindir. Bu vitamin odatda tabiiy mahsulotlarda C-vitamin bilan birga uchraydi. Download 30.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling