Reja: vitaminlar haqida qisqacha maʻlumot vitaminlar kelib chiqish tarixi yogʻda eriydigan vitaminlar
D-vitamin (kalsiferol, antiraxitik)
Download 30.6 Kb.
|
VITAMINLAR
D-vitamin (kalsiferol, antiraxitik). D-vitaminning bir-biriga
o ʻxshash lOga yaqin birikmalari mavjud. Ammo shulardan ikkitasi qishloq xoʻjalik hayvonlari organizmida kalsiy va fosfor almashinuviga ta ʻsir qilib katta rol o ʻynaydi. Bular vitamin D2 va D3 dir. D2 vitamin (ergokalsiyferol). Ultrabinafsha nurlarning ta ʻsirida o ʻsimliklardagi ergosterin provitamin pigmentidan hosil boʻladi. D3 vitamin (xolekalsiyferol) organizmda quyosh nuri t a ʻsirida xolesterindan sintezlanishi mumkin. Bu vaqtda oraliq modda sifatida 7-digidroxolesterin paydo boʻladi. Bu mod da vitamin D3 ning provitamini deyiladi. Hayvonlar organizmida har ikkala vitaminning t a ʻsir qilishi bir-biriga yaqin. Pichan quritish vaqtida o ʻsimlik tarkibidagi ergosterinning ozroq qismi quyosh nurlari ta ʻsiri bilan D2 vitaminga aylanishi mumkin. D vitaminning manbai esa ayrim baliqlarning jigari xisoblanadi. D-guruh vitaminlari ingichka ichaklar devori orqali o ʻt suyuqligi ishtiroki bilan soʻriladi. D vitaminning asosiy funksiyalari ichak devori orqali kalsiy va fosforning soʻrilishini tezlashtirib, organizmda suyaklanish jarayonlariga taʻsir qilishdan iborat. Ozuqa tarkibidagi kalsiy va fosfor miqdori o ʻzaro to ʻgʻri nisbatda boʻlgandagina D| vitamin ularning so ʻrilishi va organizmda to ʻgʻri almashinuviga t a ʻsir qila oladi. Yosh, o ʻsayotgan hayvonlar organizmi vitamin D ga ayniqsa muhtoj boʻladi. Yosh hayvonlarda bu vitamin yetishmasligi oqibatida raxit kasalligi kelib chiqadi. Raxit kasalligiga suyak va to g ʻaylarda yyetarli miqdorda kalsiy yetishmay qolishi natijasida organizmda suyaklanish jarayonlari buziladi. Oqibatda suyaklar bo ʻshashib yumshashadi, ogʻirlik ta ʻsirida egiluvchan (deformatsiyalanuvchan) boʻlib qoladi. Oyoqlar egilib, majruh shaklga kiradi. Suyaklarning shu tariqa yumshab qolishi osteomalyatsiya deyiladi. Qo nda kalsiy kamayib, suyaklanish jarayonlarida katta ahamiyatga ega boʻlgan fosforli kalsiy tuzlarining yetishmasligi kuzatiladi. Bundan tashqari, raxit paytida hayvon o ʻsishdan qoladi, anemiya-kamqonlik, ishtahaning yoʻqolishi kabi hollar kuzatiladi. Yozda organizmning D vitaminga bo ʻlgan ehtiyoji hayvonlar terisidagi 7-degidroxolesterinning quyosh nuri t a ʻsirida D3 vitaminga aylanishi tufayli qisman qoplanadi. Shu sababli D vitaminga muhtojlik asosan qishda, hayvonlar qorongʻi joyda, quyosh koʻrmayyashaganda kuzatiladi. Qishloq xoʻjalik hayvonlarining D vitaminga boʻlgan sutkalik talabi 100kg. tirik vazniga nisbatan olganda 500-1500mg. xalqaro birlikka teng. Parrandalar tuxumga kirgan davrda Ularga D vitamin juda zarur. D vitamin organizmga haddan tashqari koʻp kiritilsa, unga zaharli t a ʻsir qiladi. Ayni vaqtda suyaklar haddan ortiqohaklanib baʻzi ichki organlarda ham ohak to ʻplanadi. Download 30.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling