Reja: vitaminlar haqida qisqacha maʻlumot vitaminlar kelib chiqish tarixi yogʻda eriydigan vitaminlar


Vitamin B2 (riboflavin, laktoflavin)


Download 30.6 Kb.
bet6/10
Sana18.12.2022
Hajmi30.6 Kb.
#1027846
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
VITAMINLAR

Vitamin B2 (riboflavin, laktoflavin). Bu sariq-yashil tusli, ignasimon, suvda yaxshi eriydigan kristallar boʻlib, tabiatda juda keng tarqalgandir. Flavinlar deb ataladigan shu modda tabiiy pigmentlar jumlasiga kiradi. Flavinlardan sut tarkibida uchraydigan pigment-laktoflavin deyiladi. Bu birikma tarkibida 5 uglerodli ribitol spirti boʻlganligi uchun riboflavin ham deyiladi. Shu moddaning vitamin B2 bilan bir xil ekanligini isbotlab berish mumkin boʻldi. Demak, riboflavin bilan B2 vitamini bitta moddadir. Riboflavin organizmda, muskullarda, jigar, buyraklarda, tuxumda, sutda boʻladi. O ʻsimlik mahsulotlarida ham talaygina riboflavin bor. Riboflavin quruq pivo achltqisi, quritilgan sut, beda unida ayniqsa koʻp.
Riboflavin ichaklar devorining shilliq pardasida, jigar, buyraklarda
va boshqa to ʻqimalarda fosfatlanganidan keyin vitamin holatiga kiradi.
Riboflavin flavoproteidlar deb ataladigan va organizmda oksidlanishqaytarilish jarayonlarida ishtirok etadigan fermentlarning kofermentidir.
Shu munosabat bilan riboflavin organizmda uglerod, oqsil, yogʻlar almashinuvida ishtirok etadi, aminokislotalarning dezaminlanish
jarayonlari uchun zarur b o ʻladi. Nerv sistemasining faoliyati ham bir
muncha darajada riboflavinga bogʻliq. Riboflavin yetishmaganda organizmda nerv sistemasi faoliyati buzilib, koʻpincha oyoqlar falaj boʻhb qoladi. Riboflavin koʻrish jarayoni uchun ham zarur. Me ʻda shirasi tarkibidagi xlorid kislotaning hosil boʻlishida ishtirok etadi. Riboflavin organizmda jigar, yurak-tomirlar sistemasi, qon yaratish sistemasining faoliyatiga ta ʻsir koʻrsatadi. U yetishmaganda hayvonlar o ʻsishdan qoladi, terisi kasallanib, juni tushib ketadi.
Buzoqlar onasini emish davrida riboflavinni sutdan laktoflavin
tariqasida oladi.
Hayvonlarning riboflavinga boʻlgan sutkalik ehtiyoji quyidagicha:
buzoq, choʻchqalar (100kg. tirik vazniga) 5-10mg., tuqqandan keyin
bolasini emizish davrida 8 - 16mg., choʻchqa bolalari (tirik vazni 10kg.
bo ʻlganda) 2,5mg., tirik vazni 8 0 -100kg. c h o ʻchqalar esa 6,5mg., parrandalarning isteʻmol qilayotgan 1kg. quruq oziqasi tarkibida 0 ,2mg.
riboflavin boʻlishi kerak.

Download 30.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling